O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD-PSIXIATRIYA



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD-PSIXIATRIYA 
EKSPERTIZASI 
SUD PSIXIATRIYASINING PREDMETI, PROTSESSUAL 
VA TASHKILIY ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasida sud-psixiatriya ekspertizasining 
shakllanishi va rivojlanishi 
O‘rta asrlar Sharqining buyuk olimlari asarlaridayoq, jumladan 
Abu Ali ibn Sinoning Tib qonunlari kitobida inson psixikasi 
(ruhiyati)ning buzilishi bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklar tavsiflangan. 
Biroq psixiatriya xizmatining, jumladan sud psixiatriyasi xizmatining 
tibbiyot tarmog‘i sifatida shakllanishi ancha keyingi davrga mansub. 
O‘zbekiston Respublikasida sud psixiatriyasi xizmatining 
shakllanish va rivojlanish tarixi XIX asr oxirlaridan boshlanadi. 
1895-yil oktabr oyida Toshkent harbiy gospitali qoshida «Ruhiy 
kasallar uchun bo‘linma ta’sis etish to‘g‘risida nizom» qabul 
qilingan. Ushbu bo‘linmada 40 ta o‘rin erkaklar uchun, 10 tasi esa 
ayollar uchun ajratilgan. Bo‘linmaning birinchi rahbari harbiy 
shifokor A. S. Trapeznikov bo‘lgan. 1918-yilda bo‘linma Sog‘liqni 
saqlash xalq komissariati qoshidagi O‘lka psixiatriya kasalxonasi 
sifatida qayta tashkil etilgan. O‘rinlar soni 150 tagacha oshirilgan, 
kasalxona shifokorlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari ham 
ko‘paytirilgan. O‘rta Osiyodagi mazkur eng katta psixiatriya 
kasalxonasining birinchi direktori L. V. Ansiferov bo‘ldi. 
Keyinchalik Qo‘qon va Xiva shaharlarida ham ixtisoslashgan 
psixiatriya shifoxonalari ochilib, ularning psixiatr shifokorlari ruhiy 
kasallarni sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tkazish uchun jalb etila 
boshlandi. 
1927-yilda Toshkent shahrida Respublika psixonevrologiya 
dispanseri tashkil etildi. U ruhiy kasallarning ambulatoriya sharoitida 
davolanishini tibbiy kuzatish va nazorat qilish xizmatiga asos soldi. 


5
1940-yildan boshlab respublikamiz psixiatr olimlari Moskva 
shahrida joylashgan Serbskiy nomidagi Sud psixiatriyasi markaziy 
ilmiy tadqiqot institutining yetakchi olimlari bilan yaqin ilmiy aloqa 
o‘rnatdilar. 1972-yilgacha g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etgan ruhiy 
kasallar umumiy tipdagi psixiatriya kasalxonalarida majburiy 
davolangan bo‘lsalar, keyinchalik Toshkent shahrida maxsus tipdagi 
respublikalararo kasalxona tashkil qilindi. Majburiy yo‘sinda 
davolanadigan Respublika psixiatriya kasalxonasi hozirgi kungacha 
shu toifadagi yagona davolash muassasasidir.
1944-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika sud-
psixiatriya ekspertizasiga rossiyalik mashhur psixiatr 
P. B. Ganushkinning shogirdi professor F. F. Detengoff tayinlandi. 
Mamlakatimiz psixiatriyasining shakllanishi professor F. F. Deten-
goffning shogirdlari – Y. A. Blinovskiy, X. A. Alimov, T. I. Ismai-
lov, Sh. A. Murtalibov, B. Toshmatov kabi professorlarning nomlari 
bilan bog‘liq. Professor B. Toshmatov O‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh psixiatri bo‘lib, mamlakatimizda 
sud psixiatriyasi xizmatiga boshchilik qilgan.
Sud psixiatriyasi O‘zbekiston Respublikasi IIV idoraviy sog‘liqni 
saqlash muassasasi ishining muhim bo‘g‘inidir. Respublika 
psixiatriya kasalxonasida, shuningdek uning viloyatlarda faoliyat 
ko‘rsatayotgan ixtisoslashgan bo‘linmalarida mahkum ruhiy bemorlar 
nazorat qilinadilar va davolanadilar. 
Psixiatr shifokorlarning malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash ishlari Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti 
negizida amalga oshiriladi. 
Oliy Majlis 2000-yil 31-avgustda qabul qilgan va 2001-yil 1-
yanvardan kuchga kirgan «Psixiatriya yordami to‘g‘risida»gi qonun 
O‘zbekiston Respublikasida psixiatriya xizmatining yanada 
rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Mazkur qonun to‘rtta bo‘lim va 43 
ta moddadan iborat. 
«Umumiy qoidalar» nomli birinchi bo‘limda (1–15-moddalar) 
Qonunning maqsadi, psixiatriya yordamini ko‘rsatish prinsiplari va 
kafolatlari hamda ruhiy kasallarning huquqlari bayon etilgan. Ruhiy 
kasallikka chalinib oqibatida ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan 
shaxslarga qo‘llaniladigan majburiy yo‘sindagi tibbiy choralar 
belgilangan. 


6
«Psixiatriya yordamini ko‘rsatuvchi shaxslar» nomli ikkinchi 
bo‘lim (16–19-moddalar) psixiatr shifokorlarning huquq va 
majburiyatlariga bag‘ishlangan. 
«Psixiatriya yordamining turlari va uni ko‘rsatish tartibi» nomli 
uchinchi bo‘lim (20–40-moddalar)da psixiatriya yordamining turlari, 
shaxslarni guvohlantirish tartibi, psixiatriya kasalxonalaridagi 
bemorlarning huquqlari, unday kasalxonalar ma’muriyati va tibbiy 
xodimlarning majburiyatlari, psixiatriya muassasalarida yashovchi 
shaxslarni ijtimoiy ta’minlash va maxsus ta’lim berish turlari 
ifodalangan. 
Qonunning «Yakuniy qoidalar» nomli to‘rtinchi bo‘limida (41–
43-moddalar) bemorlarga psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi tibbiyot 
xodimlarining harakatlari ustidan shikoyat qilish tartibi, shaxslarning 
psixiatriya yordami to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun 
javobgarligiga doir qoidalar keltirilgan. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish