O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Sud-psixiatriya ekspertizasining turlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Sud-psixiatriya ekspertizasining turlari 
Sud-psixiatriya ekspertizasi asosan quyidagi turlarda amalga 
oshiriladi: ambulatoriya ekspertizasi, statsionar sharoitida, tergovchi-
ning xonasida, sud majlisi davomida, sirtdan va o‘limidan keyin 
o‘tkaziladigan ekspertiza. 
Ambulatoriya ekspertizasi 
ekspertizadan o‘tkazilayotgan shaxsni 
psixiatr shifokorlarning komissiyasi tomonidan bir martalik guvoh-
lantirishdir. Ambulatoriya komissiyalari psixiatriya kasalxonalarida 
va psixonevrlogik dispanserlarda faoliyat ko‘rsatadi. Ular qoshida 
doimiy sud-psixiatriya ekspert komissiyalari mavjud. Ekspert 
komissiyasi uch nafar psixiatr shifokordan (rais va komissiyaning 
ikki a’zosidan, ulardan biri ma’ruzachi bo‘ladi) tashkil topadi. 
Shifokor avval ekspertiza qilinuvchi shaxsni ko‘zdan kechiradi, u 
bilan batafsil suhbatlashadi, ayni vaqtda uning kasallik tarixini tuzadi, 
shuningdek ish materiallari bilan tanishadi. So‘ngra u ekspertiza 
qilinuvchi shaxsni komissiyaga taqdim etadi va kasallik tarixi haqida 
gapirib beradi. Komissiya shaxsni tekshiruvdan o‘tkazadi, kasallik 
tarixi va barcha taqdim etilgan materiallar asosida xulosa chiqaradi. 
Ambulatoriya sharoitida o‘tkaziladigan sud-psixiatriya eksperti-
zasi bir qator afzallik va kamchiliklarga ega. Asosiy afzalligi – 
xulosaning qisqa muddatda, tezlik bilan olinishidir. Kamchiligi ko‘p 
hollarda ruhiy buzilishlarning tabiati (xarakteri) va og‘irlik darajasi 
haqidagi masalani hal qila olmasligidadir. Ambulatoriya ekspertizasi 
jinoyat va fuqarolik protsessida o‘tkaziladigan sud-psixiatriya 


17
tekshiruvining eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi. Barcha ekspertiza-
larning deyarli 70 % oxirgi qaror chiqaradigan ambulatoriya sud-
psixiatriya ekspertizalari hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Ambulatoriya sharoitda guvohlantirishni ruhiy jihatdan sog‘lom 
shaxslarga nisbatan ham (ularning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish 
paytidagi holatini baholashda, ruhiy sog‘lomligi shubha uyg‘otgan 
taqdirda) o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ko‘pincha bunday 
ekspertizalar alkogoldan mastlik paytida huquqbuzarlik sodir etgan 
shaxslarga nisbatan o‘tkaziladi. Ambulatoriya ekspertizasi ruhiy 
kasal ekanligi ko‘rinib turgan shaxslarni guvohlantirishda asosli 
hisoblanadi. Agar ambulatoriya guvohlantirishi chog‘ida uzil-kesil 
xulosa berishning imkoni bo‘lmasa, komissiya statsionar sharoitida 
kuzatish zarurligini aytadi. 
Statsionar sharoitidagi sud-psixiatriya ekspertizasi 
psixiatriya 
institutlari va kasalxonalarida, statsionarlari bo‘lgan psixiatrik klini-
kalarda o‘tkaziladi. Ba’zi bir psixiatrik kasalxonalarda sud-psixiatriya 
ekspertizasi uchun maxsus bo‘linmalar ajratilgan. Kuzatish 
tugaganidan va tekshirilayotgan shaxs statsionarda bo‘lgan vaqtida 
olingan barcha ma’lumotlar o‘rganilganidan keyin ekspert komis-
siyasi o‘z xulosasini beradi. Statsionar ekspertizasini o‘tkazuvchi 
muassasalardagi doimiy ekspert komissiyalari ham uch nafar shifokor 
(rais, ikki nafar komissiya a’zosi)dan iborat tarkibda tashkil etiladi. 
Bunda ulardan biri, ya’ni tekshiruvdan o‘tkazilayotgan shaxsni 
doimiy kuzatayotgan shifokor ma’ruzachi bo‘ladi. Statsionar sharoi-
tida kuzatish muddati 30 kundan oshmasligi kerak. Bu muddatda 
shaxsning ruhiy holati haqida uzil-kesil xulosa chiqarishning imkoni 
bo‘lmasa, ekspert komissiyasi tajriba muddatini uzaytirish zarurligi 
haqida yozma ravishda asoslantirilgan qaror chiqaradi. Mazkur 
qarorning nusxasi ekspertiza tayinlagan organga yuboriladi. 
Statsionar sharoitidagi ekspertiza odatda kasalligini aniqlash va 
tashxis qo‘yish qiyin bo‘lgan shaxslar uchun, simulyatsiya (mug‘om-
birlik) yoki aggravatsiyada shubha bo‘lganida, shuningdek laborato-
riya tadqiqotlari o‘tkazish zarur bo‘lganida amalga oshiriladi. 
Kasalxonaga statsionar ekspertiza o‘tkazish uchun shaxs tergov 
organlarining qarori mavjud bo‘lganidagina yoki ekspertiza o‘tkazish 
haqida sud ajrimi bo‘yicha qabul qilinishi mumkin. Agar statsionar 


18
sharoitda ekspertiza o‘tkazishga yuborish hujjat bilan rasmiylash-
tirilmagan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa va tekshiruvdan 
o‘tkazilayotgan shaxsni zudlik bilan qabul qilish uchun tibbiy 
ko‘rsatma bo‘lmasa, kasalxona ma’muriyati uni qabul qilishni rad 
etishi mumkin. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish