O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Tergovchining xonasida o‘tkaziladigan ekspertiza 
o‘z tabiatiga 
ko‘ra ambulatoriya sharoitidagi ekspertizaga yaqin bo‘ladi va odatda 
tergovchi taklif qiladigan bir nafar psixiatr shifokor tomonidan 
o‘tkaziladi. Bunday guvohlantirish juda kam qo‘llaniladi. Ko‘pincha 
psixiatr tergovchiga kasallikka oid maslahat beradi. Ekspertning 
xulosasi uzil-kesil emas, balki tavsiya xususiyatiga ega. U quyidagi 
savollarga javob berishi mumkin: sud-psixiatriya ekspertizasi 
tayinlash uchun asoslar bormi, ekspertga qanday materiallar taqdim 
etilishi zarur, ekspertiza hal qilinishi uchun qaysi savollarni berish 
lozim? Agar ishda ekspertiza xulosasi mavjud bo‘lsa, tergovchi 
psixiatrga ekspertlar xulosalarini izohlash va ularni asoslab berishni 
taklif etishi mumkin. 
Sud majlisi davomida o‘tkaziladigan ekspertiza 
ishni sudda 
ko‘rib chiqish jarayonida ayblanuvchining ruhiy sog‘lomligi haqidagi 
masala yuzaga kelganida tayinlanadi. Psixiatr-ekspert sud majlisi 
boshlanguniga qadar ish materiallari bilan tanishadi, ayblanuvchini 
so‘roq qilish vaqtida sud jarayonida hozir bo‘ladi, protsess 
ishtirokchilarining ko‘rsatmalarini eshitadi, ekspertiza uchun muhim 
bo‘lgan holatlar xususida ularga savollar beradi. So‘ngra sud va 
protsess ishtirokchilari ekspertga o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarni 
beradi. Ekspert imkon qadar uzil-kesil xulosa beradi, aks holda 
ekspertiza o‘tkazilayotgan shaxsni psixiatriya muassasasiga yuborish 
zarurati yuzaga keladi. Ko‘pincha psixiatr-ekspertlar sudga sud-
psixiatrik guvohlantirishidan o‘tgan va mavjud xulosaga ko‘ra 
tushuntirish zarur bo‘lganida chaqirtiriladi. Sud majlisidagi sud-
psixiatriya ekspertizasini psixiatr-ekspert bir o‘zi yoki bir qancha 
psixiatr shifokorlardan iborat komissiya o‘tkazishi mumkin. Ekspert 
ish holatlari va tekshirilayotganning shaxsi bilan tanishganidan so‘ng 
yozma xulosa beradi, uni sud majlisida o‘qib eshittiradi va xulosa 
bilan bog‘liq savollarga javob beradi. Psixiatr-ekspert sud ruxsati 
bilan guvohlar, jabrlanuvchilar va ayblanuvchiga savol berishga 


19
haqlidir. Ekspertizadan o‘tkaziluvchini guvohlantirish vaqtida sudda 
tanaffus e’lon qilinadi, ekspertiza sud tarkibi va protsess 
ishtirokchilarisiz o‘tkaziladi. 
Sirtdan(sirtqi)o‘tkaziladigan ekspertiza 
ekspertizadan o‘tkazi-
layotgan shaxsni shaxsiy guvohlantirishsiz, guvohlik ko‘rsatmalari, 
tibbiy hujjatlar, tavsifnoma va fikrnomalar asosida amalga oshiriladi 
(ekspertizadan o‘tayotgan shaxsning xatlari, kundaliklari, 
qo‘lyozmalari katta ahamiyatga ega), shu bois bu turdagi 
ekspertizaning imkoniyatlari juda cheklangan. Ish sirtqi ekspertizaga 
sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash uchun asos bor yoki yo‘qligi 
masalasini hal qilish uchun yuboriladi. Sirtqi ekspertiza quyidagi 
maqsadlarda tayinlanadi: ayblanuvchida jinoyat sodir etish paytida 
vaqtinchalik ruhiy buzilish borligini tasdiqlagan yoki rad etgan 
ekspertiza xulosasining to‘g‘riligini tekshirish va nazorat qilish; ruhiy 
kasallikning boshlanishi va qancha vaqt davom etganligini aniqlash; 
bir qator ilmiy va nazariy masalalarni tushuntirib berishdan iborat. 
Sirtqi ekspertizani sinchiklab to‘plangan, batafsil, jumladan tibbiy 
hujjatlarsiz o‘tkazib bo‘lmaydi. 
Sirtqi ekspertizada ruhiy sog‘lom shaxsning muayyan paytdagi 
holatini aniqlash taklif etiladi. Agar sirtqi ekspertiza o‘tkazish 
zarurati yuzaga kelsa, tergovchi tergov harakatlarini o‘tkazayotganida 
shaxsning hatti-harakatini ifodalovchi materiallarni xronologik 
ketma-ketlikda to‘plashga alohida e’tibor berishi lozim. Shaxsning 
bevosita jinoyat sodir etishdan oldingi, uni sodir etish paytidagi va 
shundan keyingi holatiga doir ma’lumotlar ayniqsa katta ahamiyatga 
ega. Huquqbuzarlik fakti bo‘yicha guvohlar bilan bir qatorda uning 
qarindoshlari, xizmatdoshlari, qo‘shnilari va boshqa shaxslardan ham 
so‘rab surishtirish zarur. 
O‘limdan keyingi ekspertiza 
ham faqat ish materiallari bo‘yicha 
o‘tkaziladi va juda qiyin ekspertiza hisoblanadi, chunki ekspertizadan 
o‘tkazilayotgan shaxsning sud tergov organlarini qiziqtirayotgan 
paytdagi ruhiy holatini ifodalovchi hujjatlar ko‘pincha bo‘lmaydi. 
O‘limdan keyingi ekspertiza quyidagi hollarda tayinlanadi: jinoyat 
sodir etgan va sud boshlangunicha vafot etgan shaxslarga nisbatan, 
hukm qilingan va vafot etgan, ruhiy holati sudda shubha uyg‘otgan 
shaxs haqidagi hukmni qayta ko‘rib chiqish chog‘ida, shuningdek 


20
o‘zini o‘ldirgan shaxslar xususida (o‘zini o‘ldirish sabablari 
noma’lum bo‘lganida va bu ruhiy kasallik oqibati bo‘lgan deb taxmin 
qilinganida). O‘limdan keyingi ekspertiza ko‘p hollarda o‘limdan 
oldingi vasiyat va hadya dalolatnomasi bo‘yicha bahslar bilan bog‘liq 
fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Shaxs o‘zini o‘ldirganida o‘limdan keyingi ekspertizani o‘tkazish 
chog‘ida tergov va surishtiruv organlari vafot etgan shaxs, uning 
sog‘lig‘i, oilaviy o‘zaro munosabatlari, o‘limidan oldingi xatlarining 
mazmuni haqida to‘liq ma’lumot berishlari kerak, zero har qanday 
o‘zini o‘ldirish ham ruhiy kasallik oqibati bo‘lavermaydi. Ma’lumki, 
o‘zini o‘ldirishni nafaqat ruhiy kasallar, balki ruhiy jihatdan sog‘lom 
odamlar ham ruhiy affekt holatida sodir etishlari mumkin. 
JINOYAT PROTSESSIDA SUD-PSIXIATRIYA 
EKSPERTIZASI

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish