O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


Uddaburonlik bilan boshqaruv



Download 180,02 Kb.
bet11/18
Sana26.07.2021
Hajmi180,02 Kb.
#128824
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
“O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qo’llaniladigan zamonaviy aloqa”

Uddaburonlik bilan boshqaruv - yuzaga kelgan vaziyatni doimo bilib turish, uni o‘zgarishini o‘z vaqtida sezib, kerakli choralar ko‘rish va avval qabul qilingan qarorni yanada aniqlashtirish yoki o‘zgargan vaziyatga ko‘ra yangi qaror qabul qilish bilan ifodalanadi.

Bo‘linmalarni boshqaruvini samaradorligi va yuqori sifatliligi hal qiluvchi darajasi komandirlar o‘rtasidagi tezkorlikka (operativnosti) bog‘liq bo‘ladi. Komandirlarning tezkorligi deganda, bo‘linma komandirining yuzaga kelgan vaziyatni zudlik bilan baholashi, maqsadga muvofiq qaror qabul qilishi, bo‘ysunuvchilarga puxta va to‘qri vazifa qo‘yishi (ko‘rsatmalar berish va komandalar berish) tushiniladi. Ayniqsa guruh komandiriga (seksiya, tank) razvedka va safar qo‘riqlovi vazifalarini bajarayotganda yuqori tezkorlik zarur bo‘ladi. Dushman bilan kutilmaganda to‘qnashib qolganda komandirning komanda berishidagi ozgina sustkashligi og‘ir oqibatlarga olib kelish mumkin.

Zamonaviy janglarda boshqaruvni yashirinligi muhim ahamiyatga ega. Yashirinlik barcha shaxsiy tarkibni yuqori hushyorligi, radio aloqa olib borishdagi puxta va qattiq tartib hamda niqoblash qoidalariga amal qilish orqali ta’minlanadi.

Jangda bo‘linmalarni boshqarish komandirning bo‘ysunuvchilarga ko‘yilgan vazifani bajarishiga qattiq ishonch bilan qarashiga asoslanadi. Bunday ishonch har bir askarning, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi ofitserning va serjantning tashabbuskorligi, mohirligidan, tayyorgarlik darajasidan, ularni jangovar vazifani bajarish uchun shaxsiy ma’suliyatni yuqori darajada tushunganligidan kelib chiqadi. Komandir - jangni tashkilotchisidir. Uning buyruqlarda, komandalarda, ko‘rsatmalarda ifodalangan irodasi bo‘linmalarni harakatga keltiradi, ularga yanada qulay jangovar tartib beradi, faoliyatini dushman ustidan g‘alaba qilishga yo‘naltiradi.

Guruh komandiri jangni odatda, joylarda tashkil etadi, agar buni iloji bo‘lmasa boshlang‘ich (dastlabki) rayonda xarita yoki joyning maketida tashkil etadi. Bunday holatlarda guruh komandiri seksiyalarga (tanklarga) va berilgan vositalarga jangovar vazifani atakaga o‘tish rubejiga harakatlanayotgan paytda joylarni o‘zida aniqlashtiradi.

Jangovar (tankchi) guruh komandiri gruppani radio orqali, ovoz bilan komanda qilib, signal berish vositalari orqali ba’zan esa, harakatlarni «men, bajargandek bajar» prinsipi asosida boshqaradi.

Gruppa, seksiya (tank) komandiri jangovar mashina ichida turib, bo‘ysunuvchilari faoliyatini aloqa vositalari, o‘rnatilgan signallar orqali boshqaradi.

Aloqa shunday tashkil etilgan bo‘lishi kerakki, birinchidan ishonchli va uzluksiz bo‘lishi, ikkinchidan buyruqlar, ko‘rsatmalar, signallarni zudlik bilan yashirincha berilishini ta’minlashi kerak.

Ko‘rinadigan asosiy xabar berish vositalariga yorituvchi, signal beruvchi patronlar, tutun shashkalari, tutunli qo‘l granatasi, yorituvchi va tutunli snaryadlar, minalar hamda bayroqcha, fonar kiradi. O‘zi joylashgan o‘rnini, etib borilgan rubejlarni va oldingi marra chizig‘ini, bir-birlarini tanib olish signallarini (tunda) hamda aviatsiyani o‘z bo‘linmalarimizni tanitadigan nishon - belgilarni tartibi va belgilash usullari yuqori komandir tomonidan o‘rnatiladi va bo‘linma komandirlari va shaxsiy tarkibga vazifa qo‘yish davomida yetkaziladi.

Piyoda faoliyat ko‘rsatayotganda guruh komandiri ham piyoda bo‘lib, bo‘linma zanjirini orqasida

(50 m uzoqlikda), o‘z gruppasini ko‘radigan va boshqarish qulay bo‘lgan joyda bo‘ladi. Seksiya komandiri bevosita zanjirda harakatlanadi.

Jangovar mashinalarda mexanik - xaydovchi (xaydovchi), navodchik – operator (pulemet navodchi) qoladi, komandir ular orqali jangovar mashina (tank) ni va ular o‘tini boshqaradi.

Mudofada guruh komandiri tevarak atroflar, dushmanlar, o‘z bo‘ysunuvchilari va qo‘shinlar harakati bemalol ko‘rinishini hamda gruppani uzuluksiz boshqarishni ta’minlaydigan joydagi komandirlik-kuzatuv punktida (KKP) yoki PJM (BTR) da ichida bo‘ladi. Guruh komandiri bilan odatda, berilgan bo‘linmalar komandiri va seksiya bilan bog‘lanib turuvchi aloqachilar birga bo‘ladi, ular bir vaqtning o‘zida kuzatuvchi vazifasini ham bajaradilar.

Komandirlik-kuzatuv punkti jangovar tartibdan ajralib turadigan bo‘lishi kerak emas, uni joylashtirishda tevarak atrofni, joylarning himoyalovchi va niqoblovchi xususiyatlaridan moxirona foydalanish kerak.

Tank gruppasida asosiy aloqa vositasi radio hisoblanadi. Har bir tank ichki va tashqi aloqa kanaligi ega. Ekipaj a’zolari va desant komandiri bilan telefon aloqasini tank ichida ta’minlash hamda tank komandirini va qurol navodchigini tankning tashki aloqa radiostansiyasi bilan bog‘lash uchun ichki tank aloqa qilish moslamasi (TPU) mavjud. Radiostansiyada ishlaganda aloqa olib borish qoidalariga qattiq rioya etish kerak. Guruhda jang paytidagi hamma komandalar radio orqali ochiq matnda beriladi. Komanda berilayotganda bo‘linmalar pozivnoy (shartli nomi) bilan chaqiriladi, joylar, punktlar shartli nomlanishi va orientirlarga nisbatan ko‘rsatiladi.


Download 180,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish