O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana13.01.2023
Hajmi0,7 Mb.
#899348
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Nurmatova Nasiba

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


27 
2.2. Gap ustida ishlash. 
 
Gap ustida ishlash.
Fikr almashish, aloqa-aralashuv gap vositasida amalga 
oshiriladi, shuning uchun ham gapni oʻqishga, gap tuzishga, gap mazmunini 
aniqlashga, gapni toʻgʻri yozishga oid amaliy bilimlar savod oʻrgatish davridan 
boshlab shakllantiriladi. 
Oʻquvchilarda nutq, uning ogʻzaki va yozma shaklda boʻlishi, nutqning 
gaplardan hosil boʻlishi va gap haqida amaliy tushuncha darslikdagi mazmunli 
rasmlar asosida hosil qilinadi. Buning uchun oʻqituvchi rasm yuzasidan 3-4 soʻzli 
savollar tuzib keladi. 
Umuman, xat-savod oʻrgatish jarayonida oʻqish va yozuv darslarida gap, 
gapning soʻzlardan tuzilishi, gapda soʻzlarning alohida-alohida yozilishi, gapning 
oxiriga mazmuniga qarab nuqta, soʻroq, undov belgisi qoʻyilishi, gapning birinchi 
soʻzi bosh harf bilan yozilishi haqida amaliy tushuncha beriladi. 
Bu 
jarayonda, 
avvalo, 
“soʻz”
tushunchasi 
shakllantiriladi. 
Oʻqituvchi 
mazmunli rasm asosida hikoya tuzdiradi, hikoyadan bir qancha predmetlar tanlab 
olinadi, predmetlar nomi birma-bir soʻraladi. Bunda har bir aytilayotgan 
nom 
soʻz
ekanligi taʻkidlanadi. SHu tariqa “soʻz” tushunchasi rasmlar yoki 
predmetlarning oʻzi yordamida tushuntiriladi. Bu oʻrinda gapning soʻzlardan 
tuzilishi aytib oʻtiladi. “Boʻgʻin” mavzusi oʻtilganda soʻzlarning boʻgʻinlardan 
tashkil topishi tushuntirib beriladi. 
Oʻyin tarzida olib boriladigan ish turlari oʻquvchilarning lugʻatini boyitish 
bilan birga, oʻqishga qiziqish uygʻotadi, imloviy sezgirlikni oshiradi va soʻzning 
tovush Savod oʻrgatish jarayonida oʻquvchilar oʻqishga oʻrganish bilan parallel 
ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq 
oʻquvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim: 
1. Partada toʻgʻri oʻtirish, daftarni toʻgʻri qoʻyish, chiziqlarni chamalash
yozayotganda ruchkadan toʻgʻri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish (1-rasm). 


28 
2. Ish daftari yoki alifbe asosida oʻzbek alifbosidagi barcha katta va kichik 
harflarni yozish, shuningdek, harflarni soʻzda bir-biriga bogʻlab yoza olish: bosma 
matnni yozma matnga aylantirib yozish. 
Grafik malaka, birinchidan, qoʻl-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda 
muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning oʻzlashtirilgan 
birligi boʻlgan tovush grafik belgilarga, yaʻni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga 
ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning 
toʻgʻri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va imloviy qoidalarga rioya 
qilishni, uchinchidan, oʻz fikrini, taassurotini, istaklarini ifodalashda yozuv 
malakasidan foydalanishni talab qiladi. 
SHuni taʻkidlash kerakki, savod oʻrgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin 
uni qanday shakllantirishni koʻz oldiga keltirib, fikrlab oladi, baʻzan harf shaklini 
havoda “chizadi”, harf namunasini koʻchiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday 
yozishni oʻzicha sekin gapiradi; oʻqituvchi oʻquvchi yoniga oʻtirib, ruchkani 
toʻgʻri ushlatadi va uning qoʻli bilan harfni yozishni koʻrsatadi yoki oʻzi yozib 
tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta jismoniy 
kuch sarflaydi. Savod oʻrgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha soʻzni yozishi 
mumkin. 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish