Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «muqobil energiya manbalari» kafedrasi



Download 2,32 Mb.
bet7/86
Sana23.06.2022
Hajmi2,32 Mb.
#696414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86
Bog'liq
O?zbekiston respublikasi oliy va o?rta maxsus ta\'lim vazirligi a

NAZORAT SAVOLLARI

  1. Jamiyat hayotida va rivojlanishida yoqilg‘i-energetika resurslari ahamiyati nimadan iborat?

  2. Yoqilg‘i-energetika resurslari nimalardan tashkil topgan?

  3. O’zbekistonda elektr energetikasini rivojlantirishning normativ-huquqiy asoslari.?

  4. O’zbekistonda atom energetikasini rivojlanishining ahamiyati nimadan iborat?

  5. O’zbekistonda atom energetikasini rivojlanishining normativ-huquqiy asoslari.?

  6. Elektr energetika sohasida qanday ishlar olib borilmoqda?



MAVZU №12
Energetik tekshiruv o’tkazish usullari va jihozlar
Reja:
1. Energetika tekshiruv. Energetik tekshiruv o’tkazish usullari va bosqichlari.
2. Dastlabki energetik tekshiruv.
3.Batafsil energetik tekshiruv.
4.Energetik tekshiruv ob’ekti. Energetik tekshiruv jihozlari.
O‘zbekiston Respublikasini 1992 yil 9 dekabr «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi va 1997 yil 25 apreldagi «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunlari qabul qilindi.
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunda auditorlik foaliyati bilan sho‘g‘ulanish qonun - qoidalari 18 ta moddada ba’tafsil bayon etilgan. Jumladan,

I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR


1 - modda. Audit
1. Audit — muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidan xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligini, shuningdek mukammalligi va asosliligini, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada monandligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir. Audit shuningdek konsaltingni — mijoz bilan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
2. Auditorlik faoliyati maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan xo‘jalik sub’ektlari faoliyati ustidan nazorat qilinishining o‘rnini bosmaydi.
2 - modda. Auditor, auditorlik firmasi
1. Auditor — belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olgan va auditorlarning kasb-kor ro‘yxatiga kiritilgan mutaxassisdir.
2. Auditorlik firmasi — yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘z ustaviga ko‘ra faoliyat sohasi auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan korxonadir.
Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar tarzida tuzilishi mumkin, ochiq turdagi aksiyador jamiyatlar bundan mustasno.
3. Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro‘yxatidan o‘tib, litsenziya olganlaridan keyin o‘z faoliyatlarini boshlaydilar.
3 - modda. Xo‘jalik yuritayotgan sub’ekt
Xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlar deyilganida mulk shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar hamda mustaqil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayrim fuqarolar tushuniladi.
Xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlar auditor (auditorlik firmasi)ni tanlash huquqiga ega bo‘lib, bu huquq auditorlik firmasi va xo‘jalik yuritayotgan sub’ekt o‘rtasida tuziladigan shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi.
4-modda. Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida amalga oshiriladi.
5 - modda. Auditorlik faoliyatiga litsenziya berish
Auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziyalar davlat ro‘yxatidan o‘tilgandan keyin beriladi.
Auditorlik faoliyatiga doir litsenziyalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ob’ektlarda energiya tejash buyicha energiya tekshiruvi va energiya ekspertizasi utkazish koidalari
1. Korxona, tashkilot va muassasalarda energiya tekshiruvchi utkazishga oid ushbu koidalar Uzbekiston Respublikasining «Energiyadan okilona foydalanish tugrisida»gi , «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini Davlat nazoartiga olish tugrisida»gi, «Iste’molchilar xukukini ximoya kilish tugrisida»gi konunlari, Fukaro kodeksi, el.energetikadagi nazorat buyicha Davlat Agenligi «Uzdavenergonazorat» Nizomlari asosida ishlab chikilgan va elektr va issizlik energetiya ishlab chizaruvchilari va iste’molchilarni, ularning mulkchilik shaklidan kat’iy nazar, energiya tekshiruvidan utkazishda Davlat nazorati idoralarining asosiy vazifa va xukuklarini belgilaydi.
2. Ushbu koidalar iktisodiyotning barcha soxalaridagi energiya samarasi va energiya tejashni ekspertiza kilish va tekshirish tartibini belgilaydi, amalga oshirishga muljallanayotgan yangi, kayta tiklanaetgan ob’ektlar texnologiyalar va uskunalar xo‘jjatlarining foydaliligi va energiya tejamligini baxolash maksadida ularni mukobil variantlar bilan solishtirib xulosa yasash va berish ketma-ketligi xamda ishlab turgan korxona tashkilot va muassalarda energiya manbalaridan unumli foydalanish va ob’ektlardagi ekilgi–energetika va moliyaviy xarajat-larni kamaytirish imkoniyatlarini belgilaydi.
3 Ushbu koidalar Respublikamiz xududida joylashgan ekilgi-energetik manbalaridan maxsulot ishlab xizmat kursatishi uchun xususiy extiejlariga ishiga 6 ming tonnadan ortiz shartli ekilgi eki 1 ming tonnadan ortiz motor moyidan foydalanadigan barcha korxona tashkilot va muassalari taalukli .
4 Energiya tejashni ekspertiza va tekshiruvdan utkazishni moliyalashtirish korxona tashkilot muasasalarning uz mablaglarni xisobidan va Respublikamiz konunchiligi bilan takiklanmagan boshka manbalardan amalga oshiriladi.

  1. Korxona, tashkilot va muassasalarda energiya tekshiruvlari o‘tkazishdan asosiy maksad tejaladigan zaxiralarni aniklash, baxolash va ularning solishtirma energiya iste’molini ishlab chikish, bunga kuyidagilar kiradi:

Energiyadan foydalanish bilan boglik maxsulot ishlab chizarish, ish, xizmatlarning xakikiy energetik samarasini baxolash; Energiya ishlab chizaruvchi va energiya iste’mol kiluvchi uskunalar xolatini aniklash;
6. Energiya ishlab chizaruvchi va energiya iste’mol kiluvchi ob’ektlarning elektr va issizlik tarmoklaridagi yozilђining noishlab chizarishsarflari va energiya yo‘zotishlarni aniklab ularni yo‘zotish buyicha tavsiyalar berish;
Energiya iste’molining optimal rejimlarini belgilash; texnologik jarayonlarda va korxonaning yordamchi ishlab chizarish ob’ektlarida yozilђi sarfini, elektr va issizlik energiya iste’molini ratsionalizatsiya kilish.
7. Energiya tejash buyicha utkaziladigan tekshiruv va ekspertizalar, berish belgilangan tartibda Ushbu xukukka ega korxona va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
8. Energeiya tejash eksperitza kilish va tekshirish ustidan «Uzdavenergonazorat» D.A. nazorat ziladi va boshkaradi.

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish