O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti


III.2.BOG`CHA     BOLALARINI     MAKTABGA     TAYYORLASHDA



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/38
Sana14.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#364031
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

III.2.BOG`CHA     BOLALARINI     MAKTABGA     TAYYORLASHDA  

HARAKATLI 

O`YINLARDAN 

SAMARALI 

FOYDALA-

NISH............................................................................................................61-66 bet 

BOB BO`YICHA XULOSA......................................................................66-67 bet 

XULOSA.....................................................................................................68-70 bet 

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR....................................................71-73 bet 

 

 

 

 


KIRISH 

 

Mavzuning  dolzarbligi  va  o`rganilish  darajasi.

  Mamlakatning    qudratini  

belgilaydigan  omillar  ko`p.    Biroq  ularning  eng  asosiylaridan  biri  shu  yurtda  

voyaga  etayotgan  yuksak  ma`naviyatli,  jismonan  sog`lom,  har  tomonlama 

barkamol avloddir. Zero, el-yurtning  kelajagi  bugun  kamolga etayotgan  yoshlar 

qo`lida.  "Vatanimizning    kelajagi,  xalqimizning  ertangi  kuni,  mamlakatmizning 

jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori  avvalombor  farzandlarimizning unib-o`sib, 

ulg`ayib,    qanday  inson  bo`lib    hayotga    kirib  borishiga    bog`liqdir"  ,  deb 

ta`kidlaydi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  "Yuksak  ma`naviyat  -  yengilmas  kuch" 

kitobida. 

Ana  shu  ezgu    maqsadlarni  amalga  oshirish    mamlakatimiz  mustaqil  

taraqqiyot  yo`lidagi    davlat  siyosatining  eng  ustivor    yo`nalishlaridan    etib 

belgilandi.    Kadrlar    tayyorlash    milliy  dasturi    asosida  yosh  avlodni  yuksak 

intellektual    salohiyatli, zamonaviy  bilim  va  tafakkurga  ega, ayni  paytda  sog`lom 

turmush  tarziga  rioya  qiladigan,  jismonan  sog`lom,  ruhan  tetik    insonlar  etib 

voyaga    yetkazishning    samarali  tizimi    hayotga    izchil  tatbiq  etilmoqda.  Bu 

jarayonda    o`g`il-qizlarimizni    jismonan  sog`lom,  kuchli  iroda  va  yuksak  

intellektual    salohiyatga  ega  insonlar      etib  tarbiyalashning  bosh  omili,  o`zbek  

sportining  kelajagi  xalqaro  maydondagi    obro`-e`tiborini  yuksalitirish    asosi 

bo`lgan bolalar sportini rivojlantirish  umummilliy  harakatga  aylandi. 

Prezidentimiz  tashabbusi  bilan O`zbekiston  Bolalar  sportini rivojlantirish  

jamg`armasi    tashkil  etilib,    yoshlar  o`rtasida    sportni    rivojlantirishning      noyob   

tizimiga    asoso  solindi.    Davlatimiz  rahbarining    2002-yil  24-oktbrdagi  

"O`zbekiston  Bolalar  sportini    rivojlantirish  jamg`armasini  tuzish    to`g`risida"gi   

va  2004-yil    29-avgustdagi    "O`zbekiston    Bolalar  sportini  rivojlantirish  

jamg`armasi    faoliyatini    takomillashtirish  chora  -  tadbirlari  to`g`risida"gi  

farmonlari  bolalar sportini  rivojlantirishda   muhim dasturilamal bo`layotir. 

Islom  Karimov  Bolalar  sportini    rivojlantirish    jamg`armasi  tashkil  

etilganidan    buyon    o`tgan    davrda    bu  sohada  mamlakatimizda    katta  tajriba  



to`planganini  alohida  qayd etdi. Bugun  yurtimizda  sog`lom va  barkamol  avlod  

voyaga    yetayotgani,  o`z  iste`dodi    va  mahorati    bilan  jahon    arenalarida    ulkan  

muvaffaqiyatlarni  qo`lga    kiritayotgan    ko`plab  yosh  sportchilar    yetishib 

chiqayotgani    sportni,    xususan,  bolalar  sportini  rivojlantirishga  qaratilayotgan 

alohida e`tibor samarasidir. 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgach  barcha  sohalar  singari  ta`lim 

tarbiyada ham ko`pgina yangilanishlarni amalga oshirish ehtiyoji tug`ildi. Buning 

uchun  esa  pishiq-puxta  ishlangan,  ma`lum  maqsad  va  vazifalarni  o`zida 

mujassamlashtirgan  istiqbolli  dastur  talab  etilar  edi.  Prezidentimizning 

mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ushbu sohada bo`lgan alohida e`tibori, uning 

taraqqiyoti  timsolida  yurtimizning    porloq  kelajagini,  davlatimizning  buyukligini 

tasavvur  etganligining  natijasi  o`laroq  1997yilda  "Ta`lim  to`g`risida"  gi  Qonuni 

hamda  "Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"  dunyoga  keldi.  Unda  uzluksiz  davom 

etadigan  bir  butun  ta`lim-tarbiya  jarayonining  belgilovchi  ilk  turi-maktabgacha 

ta`lim,  deya  ataladi.  Birgina  ushbu  yondashuvning  o`ziyoq  bu  ta`lim  turiga  har 

tomonlama    ehtiyotkorlik  va  mehribonlik  bilan  qaramoqni  talab  etadi.  Negaki, 

bugunki  bolakay  yoki  qizaloq  zimmasida    XXI  asrda  kuchga  to`lib,  sog`lom, 

bilimli,  aqlli  bo`lib  jamiyatimizning  faol  a`zolariga    aylanishdek  ulkan  vazifa 

turibti.  Bunda  esa  ular  sizu-bizga-kattalarga  ishonishadi.  Agar  yoshlarimizdagi 

shijoatni,  kuch-quvvatni,  bilimdonlikni,  fidoiylik  va  vatanparvarlik  bilan 

uyg`unlashtira olsak, bundan-da ziyoda qudratni topa olmaymiz. 

 Mamlakatimiz  kelajagi  uchun  sog`lom  avlodni  tarbiyalash  hamda  voyaga 

yetkazishda  jismoniy  tarbiyaning  ahamiyati  juda  katta.  So`nggi  yillarda  sport  va 

jismoniy tarbiya yoshlаr hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Xususan 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining    "O`zbekistonda  bolalar  sportini 

rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida"gi Farmonida "bolalarni jismoniy va 

ma`naviy  tarbiyalashning  zamonaviy  shakl  va  uslublarini,  jinsi  va  yoshiga  qarab 

bolalarda  sport  ko`nikmalarini  singdirishning  sport  sohasida  iqtidorli  bolalarni 

ixtisoslashtirilgan  sport  maktablari  va  markazlarida  mashg`ulotlarga  tanlab 



olishning  ilmiy  asoslangan  tizimlarini  ishlab  chiqishni  tashkil  etish  hamda  ularni 

tadbiq qilishga ko`maklashish" lozimligi alohida ta`kidlandi. 

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va 

vazifalari  bolalarni  jismoniy  va  aqliy  jihatdan  rivojlantirish,  ularning  ruhiyat, 

shaxsiy  qobiliyatlari,  intilishi  va    ehtiyojlarini  qondirish,  milliy  va  umuminsoniy 

qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta`minlash, 

ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga  

muvofiq maktab ta`limiga tayyorlashdan iborat. 

Bola  dunyoga  kelgan  kundan  boshlab,  davlat  va  jamiyat  hamda  ota-ona 

zimmasiga  uni  sog`lom,  aqlli,  xushxulqli  qilib  tarbiyalash  vazifasi  qo`yiladi. 

Davlat  va  jamiyatning  kelajagi  yosh  avlodning  qanday  voyaga  etishiga  ko`p 

jihatdan bog`liqdir. O`z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy darajasi 

bilan belgilanadi. 

Shu  bilan  birgalikda  biz  ham  shu  mavzuga  qo`l  urib,  ilmiy,  ilmiy-uslubiy 

manbalarni  taxlil  qildik,  ko`pgina  ilmiy  anjumanlar  materiallarini  o`rganib 

chiqdik.Ilmiy  amaliy  anjumanlar  materiallaridan  mavzuga  oid  quyidagi:   

"Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  jismoniy  tayorgarligi  dinamikasi  va  uning  yosh 

bilan  bog`liq  xususiyatlari"  Masharipova  M.  (2005y),  "  Maktabgacha  yoshdagi 

bolalar  tarbiya  tizimida  jismoniy  mashqlarning  o`rni"  Salixova  G.(2005y)    "Ota-

onalarning  oilada  jismoniy  tarbiyani  tashkil  etish  uslubi"    Atoev  A,  Ibragimov 

B.(2008y) , "Maktabgacha yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o`yinlarning 

o`ziga  xos  xususiyatlari"Yo`ldosheva  G,Davronova  D.  (2008y),  "Maktabgacha 

ta`lim  muassasalarida  sayr  qilishni  tashkil  etishning  tarbiyaviy  ahamiyati" 

Sultonov  R,  Kambarov  D.(2009y),  "Jismoniy  tarbiya  va  sport  ta`limidagi 

muammolar  yechimi  yo`lida  "Mavlonov  A,  Mamirova  D,  Xoliqov  A.(2009y)va 

boshqa ko`pgina maqola va tezislar bilan tanishib chiqdik. 




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish