O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


MOLIYAVIY TUSHUMLAR VA XARAJATLARNING TUZILISHI



Download 0,83 Mb.
bet18/26
Sana02.01.2022
Hajmi0,83 Mb.
#306480
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
TO LOV BALANSI YANGISI 22

MOLIYAVIY TUSHUMLAR VA XARAJATLARNING TUZILISHI

(mln. dollar)

 

2018 yil I choragi

2020 yil I choragi

Moliyaviy hisob

-137,6

-2 372,5

Moliyaviy aktivlarning sof olinishi

-1,23

652,6

Xorijga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar

0,15

0,6

Portfel investisiyalar

-

-

Boshqa investisiyalar

1,1

-123,0

ulardan

valyuta va depozitlar

148,9

159,9

savdo kreditlari va bo‘naklar

-147,8

-282,9

Rezerv aktivlar

384,5

775,0

 

Moliyaviy majburiyatlarning sof olinishi

523,3

3 025,1

Xorijdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar

427,1

198,3

Portfel investisiyalar

1,23

1 009,7

Moliyaviy derivativlar

-

-0,4

Boshqa investisiyalar

95,0

1 817,5

ulardan

kreditlar va qarzlar

60,1

876,3

savdo kreditlari va bo‘naklar

181,5

911,9

boshqa kreditor qarzdorliklar

-166,3

56,7

TO‘GʻRIDAN-TO‘GʻRI VA PORTFEL INVESTISIYALAR


2020 yil I choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarning sof kirib kelishi 198 mln. dollarni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2018 yil I choragiga nisbatan 2 barobarga kamdir. Ushbu kamayish, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (bundan keyin – MTB) doirasida investisiyalar repatriasiyasi hajmining oshishi bilan bog‘liqdir. Shunday bo‘lsada, investisiyalarning kapitaldagi sof o‘sishi 158 mln. dollarga teng bo‘lib (MTB asosida ishlovchi korxonalarni inobatga olmaganda), bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 60%ga ko‘proqdir (11-diagramma).

Bosh kompaniyalardan olingan qarzlar bo‘yicha majburiyatlarning tahlil qilinayotgan davrdagi sof oshishi 2018 yilning I choragidagi kabi ijobiyligini saqlab qoldi.

2020 yil I choragida horijiy investorlar tomonidan daromadlarning reinvestisiya qilinishi 2018 yilning mos davriga nisbatan 6%ga ortib, 166 mln. dollarga teng bo‘ldi.

Portfel investisiyalarning 1 mlrd. dollarga keskin ortishi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro obligasiyalarning muvaffaqiyatli chiqarilishi bilan izohlanadi.

11-diagramma

TO‘GʻRIDAN-TO‘GʻRI INVESTISIYALAR KOMPONENTLARINING O‘ZGARISHI

(mln. dollar)


BOSHQA INVESTISIYALAR


«Boshqa investisiyalar» moddasi bo‘yicha aktivlarning sof qisqarishi 123 mln dollarni tashkil qildi. Bunda «Valyuta va depozitlar» komponentining sof o‘sishi 160 mln. dollarga, «Savdo kreditlar va bo‘naklar» (debitor qarzdorlik) komponentining sof qisqarishi esa 283 mln. dollarga teng bo‘ldi.

«Valyuta va depozitlar» komponentining iqtisodiyotning sektorlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatdiki, operasiyalarning asosiy qismi hamon iqtisodiyotning boshqa sektorlariga to‘g‘ri kelmoqda, chunki xorijiy valyutadagi aholi jamg‘armalarining o‘sishi iqtisodiyotning boshqa sektorlarida aks ettiriladi. Aktivlarning doimiy o‘sishi O‘zbekiston Respublikasining chet elda ishlaydigan fuqarolari daromadlarining repatriasiya qilinishi (O‘zbekistonga qaytarilishi), shuningdek rezident – yuridik shaxslarning chet eldagi hisobvaraqlariga kelib tushayotgan mablag‘lar evaziga ta’minlanmoqda (12-diagramma).

Bank sektori valyuta va depozitlarining (vakillik hisobvaraqlari va bank kassalaridagi qoldiqlar) sof o‘zgarishining manfiy trendi rezidentlarning import operasiyalari bo‘yicha amalga oshirgan to‘lovlari evaziga saqlanib qolmoqda. Bunda, 2020 yilning I choragida aktivlar 2018 yil I choragiga qaraganda ancha kam miqdorga kamaygan.

12-diagramma



«VALYUTA VA DEPROZITLAR» KOMPONENTI BO‘YICHA SOF O‘ZGARISHLAR

(mln. dollar)

«Boshqa investisiyalar» moddasi bo‘yicha I chorakda majburiyatlarning sof o‘sishi 1,8 mlrd. dollarga teng bo‘lib, bu 2018 yilning I choragiga nisbatan 1,7 mlrd. dollarga ko‘pdir. Bunda o‘sishning asosiy ulushi «Kreditlar va qarzlar» (876 mln. dollar) va «Savdo kreditlari va bo‘naklar» (912 mln. dollar) (kreditor qarzdorlik) komponentlariga to‘g‘ri kelmoqda.

«Kreditlar va qarzlar» komponentining iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2018 yilda kuzatilgani kabi davlat boshqaruvi sektori bo‘yicha tashqi qarzning keskin o‘sishi davom etmoqda. Ushbu jarayon sanoat va hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq davlat dasturlarini moliyalashtirish zaruratining mavjudligi bilan izoxlanadi (13-diagramma).

Bank sektorinig kreditlar va qarzlar bo‘yicha majburiyatlarining sof o‘sishi 298 mln. dollarni tashkil etdi va bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 barobar ko‘pdir. Ushbu o‘sish bank sektorining xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha faolligi oshishi bilan bog‘liqdir.

2020 yilning I choragida boshqa sektorlar bo‘yicha tashqi qarzdorlik operasiyalari bo‘yicha saldo, 2018 yilning I choragida kuzatilgani kabi manfiy bo‘ldi. Ikkala davrdagi manfiy saldo neftgaz sohasidagi korxonalar tomonidan olingan yirik kreditlarni so‘ndirish muddati boshlangani bilan izohlanadi.

2020 yilning I choragida «Savdo kreditlari va bo‘naklar» moddasi bo‘yicha majburiyatlarning sof o‘sishi 912 mln. dollarni tashkil etdi. Majburiyatlar o‘sishining asosiy sababi tashqi savdo aylanmasining, xususan import operasiyalarining ortishidir. Qayd etish lozimki, savdo kreditlarining va aholi qo‘lidagi xorijiy valyuta qoldig‘ining o‘sishi qisman o‘zaro kompensasiyalanadi. Shu munosabat bilan, savdo kreditlari va bo‘naklar hamda aholi qo‘lidagi horijiy valyutadagi mablag‘lar bo‘yicha oqimlar yangi ma’lumotlar asosida ekspertlik baholashlarini qo‘llagan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish