O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona politexnika instituti “ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot»


III. BO’LIM. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY HISOBLAR TIZIMI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARINI BELGILASHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH



Download 366,5 Kb.
bet8/9
Sana26.06.2022
Hajmi366,5 Kb.
#706698
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8.Narzilov F

III. BO’LIM. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY HISOBLAR TIZIMI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARINI BELGILASHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH

3.1 O’zbekiston Respublikasida milliy hisoblar tizimini takomillashtirishda xorijiy davlatlar tajribalaridan foydalanish

Iqtisodiy adabiyotlarda “xalqaro andoza” tushunchasiga unchalik katta e’tibor qaratilmagan. Lekin biz bilamizki, MHT ham xalqaro andozalardan biri sanaladi. Shuning uchun ilmiy ishda “xalqaro andoza” tushunchasi ustida to’xtalishni zaruriy hol deb hisoblaymiz.


Davlat milliy statistikasining uslubiyati, ko’rsatkichlari va ularning sifati, ishonchliligini baholash, tarqatish, tashkil qilish ishlari ham moliya, pul – kredit hamda iqtisodiy statistikaga oid xalqaro andozalarga asoslanganligining ahamiyati kattadir.
Bu andozalar:
-BMT, XVF, Jahon banki, OESR va Yevropa Ittifoqining Statistika qo’mitasi tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan va 1993 yilda BMT ning Statistika Komissiyasi tomonidan maqullangan milliy hisoblar tizimi (MHT –93)
XVF ning to’lov balansini tuzish bo’yicha qo’llanmasi (5- nashri, 1993) 12va unga 2000- yilda kiritilgan o’zgarish va qo’shimchalar.
Ma’lumki, ushbu qo’llanma 1996 yildan boshlab, XVF tomonidan qayta ko’rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, statistikaning boshqa jabhalariga tegishli bo’lgan xalqaro andozalar: xalqaro iqtisodiy tavsifnomalar, mahsulot va xizmatlaro, baho va bandlik, tashqi savdo va boshqalar bo’yicha. Bu tavsiyanomalar va tavsifnomalar BMT ning ixtisoslashtirilgan komissiyalari va BMT ning statistika komissiyasi tomonidan tayyorlangandir. Jahon banki va XVF hamkorligida tashqi kredit (qarzlar) statistikasi bo’yicha qo’llanma, XVF tomonidan xalqaro likvidlik statistikasi bo’yicha ish qo’llanmasi tayyorlanmoqda. XVF bir necha yil oldin tayyorlagan moliya ma’lumotlarini xalqaro tashkilotlarga taqdim qilish va tarqatishning maxsus xalqaro andoza ham ishlab chiqilgan edi. Xalqaro kapital bozoridan foydalanish xuquqiga ega bo’lish maqsadida mamlakatlarning iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini e’lon qilishning ba’zi bir qonun qoidalarga rioya qilish uchun XVF ma’lumotlarini tarqatishning maxsus standartini ishlab chiqdi. Bu va yangidan tayyorlanayotgan andoza – tarqatilayotgan statistik ma’lumotlarning sifatini baholash, iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarning ishonchliligini baholash andozalari ham yaratilmoqda.
Statistikaga oid xalqaro andozalarni milliy statistikada qo’llanma sifatida foydalanish va ularni joriy etish xalqaro tashkilotlarga (ayniqsa iqtisodiy tashkilotlarga) a’zo bo’lgan davlatlar uchun ahamiyatlidir:
- xalqaro tashkilotlarga a’zo mamlakatlar shu andozalarga asoslangan holda statistika ma’lumotlarini taqdim etish majburiyatlarini oladilar;
- bu andozalardan foydalanish natijasida resurslar iqtisod qilinadi, statistikani uslubiy va tashkil qilishning eng zamonaviy usullari joriy etiladi;
- xalqaro miqyosda taqqoslanadigan ma’lumotlarga ega bo’linishi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini yaratadi.
Xalqaro andozalarni joriy qilishdan yuzaga chiqadigan imkoniyatlar ва afzalliklarni e’tiborga olgan holda davlat moliya statistikasini xalqaro andozalarning tushunchalari, ko’rsatkichlari tizimi va ularni hisoblash uslubiyati, tashkil qilishning qonun - qoidalari asosida ko’rish lozimdir. Bu o’rinda iqtisodiy statistika, moliya, pul – kredit statistikasi, to’lov balansi va statistikasining boshqa jabhalari MHT – 93 ga muvofiqlashtiriladi. Chunki, MHT – 93 muhim makroiqtisodiy o’zgarishlarni o’rganish bilan birga, jami iqtisodiy statistikani uyg’unlashtirish va o’zaro muvofiqlashtirishning samarali vositasidir.
Milliy hisoblar tizimining metodologik prinsiplari, asosiy schyotlari va ko’rsatkichlari xalqaro tashkilotlar (BMT va Yevropa iqtisodiy xamjamiyati) tomonidan ishlab chiqilgan.
Bu metodologik prinsiplar, bir tomondan jahonning boshqa davlatlarida shu tizimni joriy etishga, ikkinchi tomondan esa olingan ma’lumotlarni taqqoslash hamda MHT ning boshqa qulaylik tomonlarini keng yoyishga xizmat qiladi. Ana shu andoza BMT tomonidan 1950 yilda tayyorlangan bo’lib, ko’pgina mamlakatlar o’z milliy hisoblar tizimini shu andozalarga moslashtira boshlaganlar.
1968 yili BMT ning Statistika komissiyasi tomonidan MHT ni yana bir yangi xalqaro andozasi ishlab chiqildi. 1968 yilda tadbiq etilgan MHT 25 yil toki 1993 yilning fevraliga qadar xizmat qildi. 70 -yillardan boshlab rivojlangan mamlakatlarda u yoki bu xajmda andozani joriy qila boshladilar.
1993 yil fevral oyida BMT ning Nyu -Yorkdagi Statistika komissiyasining navbatdagi sessiyasida MHT ning yangi xalqaro andozasi qabul qilinib, bu xalqaro andozada ham BMT ning eski 1968 yildagi xalqaro andozasining asosiy yutuqlaridan foydalanish ko’rsatib o’tilgan. Bunda eng asosiy yangiliklardan biri makroiqtisodiy statistikaning ko’rsatkichlaridan keng ko’lamda foydalanishdir. Bu yangiliklarga birinchi navbatda aktiv va passiv ko’rsatkichlar, to’lov balanslari, davlat budjetidagi statistika ko’rsatkichlari kiradi. BMT ni yangi milliy hisoblar tizimi bo’yicha xalqaro andozasi 1968-yildagi xalqaroa ndozasi o’rniga maydonga kelgan bo’lib, bunga 25 yil ichida, ya’ni 1968-yildan 1993-yilgacha MHT da qo’lga kiritilgan yutuq va tajribalar asos qilib olinganligi uchun bu yangi MHT -93 avvalgi andozalarga nisbatan ancha mukammallashtirilgan va takomillashgan edi. Shu o’rinda 1968 yilda qabul qilingan andoza ham xalqaro va milliy darajada makroiqtisodiy statistikani rivojlanishida muhim rol o’ynaganligini ta’kidlab o’tish zarur.
MHT -93 xalqaro iqtisodiy xamkorlikda muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni xalqaro taqqoslashtirishni yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. Rivojlangan mamlakatlar iktisodchilarining ta’kidlashicha, BMT ni yangi xalqaro andozasi 10 yil xizmat qilishga mo’ljallab tuzilgan. MHT -93 700 ga yaqin sahifadan hamda 21 bobdan iborat bo’lib, bu boblarda milliy hisoblar tizimini u yoki bu aspektlari aniq ifodalab berilgan.
Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, rivojlangan mamlakatlarning ba’zilarida (masalan, Kanada, Yaponiya, Gollandiya) bu sektor mustaqil sektor sifatida tan olinmasdan, balki uy xo’jaligi sektorini tarkibida turadi. Bundan tashqari, bu sektor xorijda davlat budjeti hisobiga emas, balki o’z mablag’lari hisobiga shakllanadi.
Germaniyada qo’llanilayotgan MHT ning umumiy schyotlar tuzilmasi MHT xalkaro andozasidan tubdan farq qiladi. Bu farqlar amaliyotda iqtisodiyotni sektorlar bo’yicha tasniflashda namoyon bo’ladi. Germaniyada mahsulotlarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish va jamg’arish, shuningdek daromad va xarajatlar xamda sarmoya xarajatlarini moliyalashtirish schyotlari xizmat kiladi. Asosiy ko’rsatkichlariga esa kuyidagilar kiradi: a) yalpi ishlab chiqarish; b) omil baholaridagi sof ichki mahsulot; c) milliy daromad; d) real daromad; e) jamg’arish; f) moliyaviy oqimlar.
Bular o’rtasidagi farq yana nokorporativ korxonalar daromadlarini sharxlashda namoyon bo’ladi.
Germaniyada mayda nokorporativ korxonalarning jamg’arish ko’rsatkichi tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun muljallansa, MHT tavsiyalari bo’yicha iste’mol tovarlarini sotib olish uchun muljallangan bo’ladi.
Kanadaning MHT i o’zining tuzilmasi bo’yicha BMT ning MHT iga juda yaqin turadi. Shuningdek, ishlab chiqarish schyoti faqat butun iqtisodiyot bo’yicha tuziladi. Bu vazifani BMT MHT ida tovar va xizmatlar schyoti bajaradi.
Kanada MHT iqtisodiyot sektorlarining tasniflash BMT MHT tavsiyalariga to’la mos keladi. Faqat muhim farqlanish bor, u ham bo’lsa uy xo’jaligiga xizmat kursatuvchi notijorat tashkilotlar sektori mustaqil sektor maydonga chiqmaydi.
AQSh da bugungi kunda amalda bo’lgan MHT boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha takomillashgan va to’liqdir. BMT MHT da milliy daromad ko’rsatkichi (mehnat haqi, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, ish haqi ko’rinishidagi boshqa daromadlar, tadbirkorlik daromadlari, renta daromadlari, korporatsiya foydasi, sof foiz) bozor bahosida hisoblanadi, AQSh MHT ida bu milliy daromad ko’rsatkichi faktor qiymatida (bozor bahosidan egri soliq va subsidiyalar chegirib tashlanadi) hisobga olinadi.
Yaponiya zamonaviy milliy xisoblari - bu balans ko’rinishidagi o‘zaro bog’langan murakkab statistik tizim bo’lib, milliy daromadni yaratish, taqsimlash va pirovard foydalanish, tarmoqlararo alokalar, moliyaviy okimlar, mamlakatning milliy boyligi dinamikasi va to’lov balanslarini aniq ifodalab beradi. Yaponiyada bu MHT mamlakat iqtisodiyotini tahlilini, davlatni iqtisodiy siyosatini, dastur va prognozlarini ishlab chiqishda muhim qurol hisoblanadi.
Yaponiyaning milliy hisoblar tizimida asosiy schyotlar kuyidagilarga ajratiladi:
1. ishlab chiqarish schyoti (tarmoqlararo balans).
2. daromad va xarajatlar schyoti.
3. sarmoyalarni shakllanish schyoti.
4. investitsion moliyalashtirish.
5. tashqi dunyo schyoti
6. aktiv va passiv schyotlar (fond schyoti).
7. korrektirovkalangan (qayta baholangan) schyotlar.
Yaponiyada milliy hisoblar iqtisodiy agentlarni 3 ta asosiy guruhga ajratadi (tijorat korxonalari, xukumat va uy xo’jaliklari).
Yaponiyada makroiqtisodiy ma’lumotlar bir -biri bilan agregatsiyalangan ko’rsatkichlarda YaMM, iste’mol xarajatlari, YaIM, kapitalni shakllanishi va boshqalar) ifodalanadi.
Yaponiya milliy daromadida shaxsiy jamgarma salmogi 20 % ni egallaydi. Uy xo’jaligi budjetida daromadlarni 25 % ini milliy jamg’arish tashkil etadi. Yaponiya davlat organlari amaliy faoliyatida foydalaniladigan iqtisodiy ma’lumotlar statistik tasnif tizimiga asoslanadi ya’ni davlat standarti asosida ko’riladi.
1992 yilda Rossiya Davlat Statistikasini BMT ni MHT bo’yicha konsepsiyasi asosida “Xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o’tkazish davlat dasturi” ishlab chiqilgan edi. Shu davlat dasturini 1 -bosqichi 1997 yilga kelib tugallandi. Birinchi boskichda Rossiya Statistikasiga MHT to’liq tadbiq etilmadi. Masalan: moliyaviy schyot tuzilmadi, schyotlar qayta baholanmadi, to’lov balansi va MHT ning boshqa qismlari tuzilmadi. Shuningdek, MHTni barcha iqtisodiyot sektorlari bo’yicha va mintakaviy hududlari bo’yicha schyotlar ishlab chiqilmadi, bu hududlarda doimiy bahoda qayta baholash o’tkazilmadi.
Yangi bosqichda Rossiya Statistikasida asosiy vazifa MHT ning umumlashgan moliya - kredit ko’rsatkichlari va to’lov balansi ko’rsatkichlarini hisoblash uslubiyati kabi shu soxadagi muhim masalalarni hal etish talab etildi. Shuning bilan birga alohida tarmoq sektorlarida MHT ko’rsatkichlarini hisoblash uslublarini takomillashtirish hamda hozirgacha xisoblanmayotgan yangi statistik ko’rsatkichlarni aniqlash uslubiyatini topish va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi Prezident Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida milliy hisoblar zamonaviy tizimining xalqaro standartlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi quyidagicha qaror qabul qildi va hozirda bu qarorning ijrosi ta’minlanmoqda.
Xulosa
Iqtisodiy taraqqiyot uning bir-biriga qarama-qarshi boigan ikki
tomoni: ishlab chiqaruvchi kuchlar (tabiat, kapital, ishchi kuchi) va
iqtisodiy munosabatlari (ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va
iste’mol jarayonlarida kishilar o’rtasida sodir boiadigan iqtisodiy munosabatlar) ning o’zaro ziddiyatda boiib, bir-biriga ta’siri natijasida ro‘y beradi.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig’ma balanslar tashkil qiladi.
Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo’lishi mumkin. Daromadlar xo’jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlaming boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to'rtta guruhdan iborat bo’ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi - muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga
yordam beradi.
Barcha rivojlangan mamlakatlar o’z iqtisodiy qudrati va aholi turmush darajasi ko’rsatkichlarini Milliy hisoblar tizimi yordamida hisoblaydilar. BMTning xalqaro tashkilotlari bunday tizimga o’tishni har tomonlama rag’batlantirmoqdalar.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, hisob va statistikani xalqaro andozalarga o’kazishga kirishdi va shu maqsadda 1994 yilda “O’zbekistonda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o’tish davlat dasturi” ishlab chiqildi va u bugungi kunda bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu ishga O’zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo’mitasi rahbarlik qiladi va 1991-2002 yillar bo’yicha iishlab chiqarish, daromadlarning hosil bo’lishi, taqsimlanishi, ulardan foydalanish, shuningdek, kapital harajatlarning umumiy hisoblamalari tuzildi. Milliy hisoblar tizimini “Yevropa MHT-95” metodologiyasi asosida O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tish davri xususiyatlarini hisobga olgan hodda joriy etish bilan bog’liq ishlar amalga oshirilmoqda.



Download 366,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish