O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari


Zararli odatlarga qarshi kurashda sog’lom turmush tarsi



Download 3,62 Mb.
bet14/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

1. Zararli odatlarga qarshi kurashda sog’lom turmush tarsi
Zararli odatlar deganda biz odatda, faqat, alkogolli ichimliklarni me‘yoridan
oshirib, muttasil iste‘mol qilish, tamaki va nosvoy chekish, giyohvandlik kabilarni
tushunishga o‘rganib qolganmiz. Aslida zararli odatlar tushunchasi birmuncha keng bo‘lib, o‘z doirasiga ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik, organizm ehtiyojiga qaraganda ko‘proq ovqat eyishga o‘rganib qolish, dangasalik va ishyoqmaslik, badjahllik, axloqsizlik, ust-bosh, hovli va uy xonalari iflosligi bilan ko‘nikib yashash, o‘z hayotini jamiyatda qabul qilingan me‘yor va o‘lchamlar asosida tashkilqilabilmasdan, p ala-partish o‘tkazish va hech bir maqsatsiz yashash, bilan chegaralanib qolish kabi odatlarni ham oladi. Biz bu erda zararli odatlarning ijtimoiy ahamiyatga molik, keng tarqalgan ayrim turlari to‘g‘risida o‘z fikrimizni bayon qilishni lozim topdik.
Tamaki chekish va uning zarari haqida
Chekuvchilik chekuvchi uchun ham, atrofdagi chekmovchilar uchun ham kattazarar keltiradi.Chekish bilan juda ko‘p kasalliklar uzviy bog‘langan bo‘lib, insonlarni barvaqt va tasodifan o‘limga olib keladigan, ularning umrini o‘rtacha 8-15 yilga qisqartirishga sababchi bo‘ladigan omildir. O‘pka raki kasalligi qariyb 90% hollarda chekish bilan bog‘langan.
Chekuvchilar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichi, chekmovchilarga qaraganda 70%
ko‘p,kuniga 20 dona sigaret chekuvchilarda esa 2 barobar ortiq ekanligi, chekuvchilar chekmovchilarga nisbatan 6-10 yil kam yashayotganligi hisoblab chiqilgan. Oddiychekuvchi har bitta chekkan sigaretasi bilan o‘z umrini 6 minutga qisqartiradi.
Chekish o‘pka, traxeya va bronxlardagi o‘sma-shishlar (rak); labdagi o‘sma
shishlar; qizilo‘ngachdagi o‘smalar; og‘iz bo‘shlig‘i va halqumdagi o‘smalar; hiqildoq o‘smalari;o‘pka emfizemasi va obstruktiv kasalliklar; yurakning ishemik
kasalliklari kabi og‘ir xastaliklarni kelib chiqishida asosiy rol o‘ynaydi.
Chekuvchilar o‘rtasida, chekmovchilarga nisbatan: stenokardiya 13 marta, miokard infarkti 12 marta, oshqozon yarasi 10 marta ko‘p o‘chraydi. bliteratsiyalangan endoarteriit kasalligi bilan esa har ettinchi chekuvchi kasallanadi. Oshqozon raki 1,5 marta, qizilo‘ngach raki 3-6 marta, og‘iz bo‘shlig‘i raki 3-4 marta, xalqum raki 6-10 marta, bachadon bo‘yni raki 2 marta, buyraklar raki 2 marta ko‘p uchraydi.Chekuvchi ayollardan tanasining vazni 2500g.gacha bo‘lgan bolalar 2-3
marta ko‘p tug‘ilar ekan. Shuningdek, yangi tug‘ilgan bolalarda turli xil tug‘ma
nuqsonlar kuzatiladi. Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, chekuvchining o‘pkasidan
qaytib chiqayotgan tutin oqimida kantserogen benzipirin moddasi, yutilgan tutun
oqimiga qaraganda 4 marta, nitrozaminlar 50-100 marta ko‘pligi aniqlandi.
Chekuvchilar atrofdagilarning bunday majburiy ―chekish‖ har 3-4 soatda bitta
sigaret chekish bilan, sigaret tutuni bilan ifloslangan havoda 8 soat bo‘lishi, 6 dona
sigaret chekishi bilan barobardir.Sigareta tarkibidagi tamakida 9% - nikotin, 20%- uglevodlar, 13%- oqsillar, 14 % gacha smola, 2 % gacha efir moylari borligi aniqlangan. Chekilgan har bir dona 0,5 g. og‘irlikdagi sigaretada 0,09 g nikotin, 0,11 g. piridin asoslari, 0,032 g. ammiak, 0,006 g. kislota va 369 ml. uglerod I oksidi bor. Sigareta yonganda 50% nikotin tutun bilan atrofga tarqalib, 25% - parchalanadi, 5%- sigareta qoldig‘ida qolib, 20% organizmga tushadi. Nikotin – tamakining asosiy zaharli moddasi bo‘lib, zaharligi jihatidan sinil kislotasidan
qolishmaydi. Tamakining ko‘k bargida 2-9 %,quritilganida 1-5% nikotin bor, eng yaxshi nav tamakida 0,7-1,5 % va eng past navlarida 8-10 % gacha nikotin borligi aniqlangan. Tamakining zararini biroz bo‘lsada kamaytirish maqsadida maxsus filtrli sigaretalar, nikotinni tutib qoluvchi patronlar ishlab chiqilgan bo‘lsada, maxsus patronlarda 50%, filtrli sigaretada atigi 20% nikotin tutib qolinadi xolos. Sof nikotin 0,08-0,16 g.miqdorida inson organizmiga halokatli ta‘sir qiladi. Kuniga 20 dona sigaret chekuvchi kishi organizmiga 0,1 g.nikotin kiradi. Yiliga 6-7 ming dona sigaret chekuvchi organizmiga (bu 5 kg. tamakiga teng) 30 g. nikotin tushadi, bu 330 o‘lim dozasiga teng. Tamaki tutuni yonganda hosil bo‘ladigan boshqa bir modda – smola o‘pka, oshqozon va boshqa organlarda rak kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Tamaki yonganda hosil bo‘ladigan radioaktiv
poloniy -210 a – nurlar chiqarishi aniqlangan. Kuniga 2 pachka sigaret chekuvchi kishi organizmi 36 rad. nur oladi. Bu radiatsiyadan himoyalash bo‘yicha halqaro kelishuvda ruxsat etilgan darajadan 7 marta ko‘pdir.
Filtrlar tamaki tarkibidagi jami margimushning 1,9 mkg. yutsa,qolgan 14,2 mkg. o‘pkaga o‘tadi. Tamaki yonganda hosil bo‘ladigan qurumda (is) 100 dan ziyodroq turli smolalar, jumladan benzipirin, benzatrotsen va margimush, radioaktiv kaliy kabi xavfli kantserogen moddalar borligi aniqlangan. Tarkibida bir necha benzol halqasi bo‘lgan bunday kantserogen moddalar o‘pka va boshqa organlarda rak kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy omillardir. Hisoblar shuni ko‘rsatadiki, 1 kg. tamaki yonganda 40-70 g. qurum hosil bo‘lib, kuniga bir pachkadan sigaret chekuvchi organizmiga bir yilda 800 g. qurum kiradi. Nafas yo‘llari va o‘pkaga kirgan kantserogen moddalar bronx va o‘pka hujayralarining strukturasini buzib,ularni yomon sifatli o‘smaga-rak xujayralariga aylantirib yuborishi aniqlangan. Chekish ayniqsa yurak va qon tomirlar faoliyatiga kuchli
salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Epidemiologiya so’zining ma’nosi chekishning xalq orasida, hududlarda, davlatlarda tarqalishi tushuniladi.Olimlardan M.Bxandari, Sh.L.Silvester, N.A.Rigattilarning ma’lumotlariga ko’ra, AQShdagi «Kasallarni nazorat qilish Markazi»ning xabariga ko’ra Amerika xalqining 25,6% i – 46,3 mln. keksa kishilari sigaret chekuvchilar hisoblanib, ularning 28%i – 24 mln. erkaklar va 23,5%i – 22 mln. ayollarni tashkil qilar ekan. Shuningdek, ularning ko’pchiligi chekuvchilar 25-44 yoshdagilar ekan.
Adabiyotlarda ko’rsatilishicha, Angliyada 60% erkaklar va 40%ga yaqin ayollar muttasil chekadilar. Bolalar, o’smirlar va o’spirinlik davrida chekishnnig keng tarqalishi ayniqsa dahshatlidir. Tsyurix universiteti sotsial va profilaktik meditsina instituti xodimi K.Binerning ma’lumoti qiziq. Uning yozishicha: «Tashvishli xabar! Agar 100 yil muqaddam «Tamaki va ayol», 50 yil muqaddam «Tamaki va o’spirin» degan tashvishli tema paydo bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda «Tamaki va bolalar» mavzusi yana ham tashvishli xabar hisoblanadi» deb ajablanadi.



Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish