O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari



Download 3,62 Mb.
bet17/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

Nerv-asab tizimi va sezgi
Retseptorlariga ta’siri
Tamaki tarkibidagi yuqorida bayon etilgan zararli moddalar organizm nerv tizimining eng avvalo asab qismiga (miya po’stlog’i va markazlariga) ta’sir etib dastlab ularning faoliyatida qisqa muddat qo’zg’olish, so’ngra davomli tormozlanish jarayonlarini keltirib chiqaradi, ya’ni ikki fazali ta’sir ko’rsatadi.
Ular nerv hujayralarining orasidagi impulslarni o’tkazuvchi sinapslarning o’tkazuvchanligini o’zgarishi bilan namoyon bo’ladi, ya’ni bunday holat miya qon tomirlarining siqilishi-torayishi tufayli kelib chiqadi. Shuning uchun uzoq muddat chekuvchilarda nevrotik holatlar (nevroz) kelib chiqadi. Natijada asabning-ruhiyatning buzilishi, xotiraning zaiflashishi, bosh og’rishi, tez charchashlik, jizzakilik, jahldorlik kabi holatlarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, nikotin til uchidagi sezuvchi retseptorlarni paralichlab maza sezishni yo’qotadi. Ashaddiy chekuvchilarda ko’rish, rang ajratish qobiliyati pasayadi. To’r pardaning sezgirligi pasayadi. Glaukoma kasalligi paydo bo’lib, qon tomirlar ezilib, «to’r parda» ning qon bilan ta’minlanishi yomonlashib, ko’rish nervining izdan chiqishi natijasida kishi ko’r bo’lib qoladi.
Tovush ajratish va eshitish qobiliyati pasaya boradi. Quloq shang’illashi yoki bitishi yuz beradi. Bunga burun-yutqun bo’shlig’idagi yallig’lanish ham sababchi bo’ladi.
Shuningdek, markaziy asab tizimiga oid quyidagi klinik belgilar paydo bo’ladi:
1. Ko’ngil aynishi, qayd qilishlik.
2. Qo’zg’aluvchanlikning oshishi.
3. Jahl chiqqanda bo’shashishlik.
4. Reaktsiyalarning vaqtincha susayishi yoki kuchayishi.
5. Masalalarni echishda qiynalishlik.
6. Uyqusizlikning kuchayishi.
7. Diqqat va fikrlashning susayishi.
8. Tana massasining kamayishi va ishtahaning kamayishi.
9. Skelet mushaklarining bo’shashishi.
10. Qo’llarning titrashi. 185
11.Va boshqalar.
Chekishning hazm a’zolari faoliyatiga
ta’siri
Ma’lumki, inson organizmi ovqat hazm qilish tizimi va a’zolarisiz yashay olmaydi. Chunki, organizmdagi barcha hujayra va to’qimalarga kerakli oziqa moddalari, vitamin va boshqa moddalarni ana shu tizim orqali etkazilib, harakat va a’zolarining faoliyatini bir me’yorda ishlashini ta’minlab turadi. Shunday ekan ushbu tizim faoliyatini ham doimo asrab-avaylash eng muhim omillardan hisoblanadi. Ammo, tamaki, nosvoy, nasha va boshqalarni chekish, ularning tutinidagi nikotin, kannabioidlar va chekish jarayonida hosil bo’lgan turli xil zararli zaharli moddalar, turli yo’llar bilan to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) hamda nerv-asab tizimi (bilvosita) orqali ovqat hazm qilish tizimiga zararli - salbiy ta’sirlarini ko’rsatadi. Jumladan: 1) Til, milk, qattiq va yumshoq tanglay, halqum shilliq pardalarini yallig’lantiradi, ta’m bilishlik pasayadi va yo’qoladi.
2) Chekuvchining tishlari sarg’ayadi, Tish emali emiriladi, karies boshlanadi.
3) Og’izdan badbo’y hid kelib turadi. Shunga ko’ra ko’pchilik erkaklar chekuvchi ayollardan keladigan tamakining hidiga toqat qilmaydilar, va aksincha.
4) So’lak bezlarini ta’sirlab, so’lak ajralishini ko’paytiradi, tuflash ro’y beradi.
5) Kislotasi oshgan me’da shirasi surunkali gastrit paydo qiladi.
6) Me’da va ichaklarning katta va kichik peristaltik harakatlarini tormozlab, ovqat hazm qilish jarayonini buzadi..
7) Ovqat hazm qilish a’zolari faoliyat bilan bog’liq kasalliklarning paydo bo’lishi bemorlarga, ayniqsa, yomon ta’sir etadi. Ahvolni og’irlashtiradi.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish