O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari



Download 3,62 Mb.
bet33/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

ALKOGOLNING HOMILAGA SALBIY
TA’SIR OQIBATLARI
Homiladagi alkogol sindromi («XAS») quyidagi uchlik belgilari bilan xarakterlanadi: 1) O’sishning susayishi, 2) aqliy zaiflik, 3) chaqaloq yuz ko’rinishining o’ziga xosligi.
Haqiqatdan ham alkogol belgilarini aniqlasa bo’ladigan aqli zaifliklarni keltirib chiqaradi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda ushbu belgilar chaqaloqlarda 1,7 (1000)taga nisbatan hisobidan uchraydi. «Daun sindromi» esa 1,3 (1000 hisobida) uchraydi. «XAS» va «XAN» sindromlari homilador onada alkogol qabul qilish natijasida embrionning alkogolga nisbatan sezgirligiga bog’liqdir va u kelgusida ham kamaymaydi. Diqqatning pastligi, xarakatning kuchliligi 75-80% uchraydi. Jamoatchilikka moslashishlik hamda ularga o’rganishlilikning yomonligi, bunday kamchiliklar ishga joylashishga xalaqit beradi. Bola ulg’ayganida ham ushbu belgilar qoladi. Homiladorlikda kelib chiqadigan alkogolning asoratlaridan biri bola tashlashlik hollari 2-4 marta ko’payadi.
«Humorilik sindromi». Homilador ayol alkogol qabul qilishni to’xtatgach unda 8 soatdan keyin xumorilik belgilari yuzaga chiqadi. Bundan tashqari muddatidan ilgari bola tashlab qo’yishlik holatlari ko’payadi. Shuningdek emizikli ayol alkogol iste’mol qilsa sut bezi orqali chaqaloqqa o’tib, yomon oqibatlarga olib borishi mumkin.
JIGARINGIZNI ASRANG
Jigarni organizmdagi eng katta «biokimyoviy labarotoriya» deyishadi, shu rostmi?
Juda to’g’ri. Ma’lumki, jigar kishi organizmida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan asoiy a’zolardan hisoblanadi. Jigar tibbiyotda o’z faoliyatiga ko’ra «hazm» bezi deb ataladi. Jigar organizmda murakkab juda ko’p hizmatlarni ado etuvchi «markaziy biokimyoviy labaratoriyadir». Bundan tashqari jigarning ikkinchi nomi ham mavjud, ya’ni u eng katta endokrin bez xisoblanadi.(Uning og’irligi 1.5kg bo’lsa, gipofiz bezining og’irligi 0.6-0.8gr)Uning endokrin bez ekanligi birqancha moddalarni o’zida sintez qilib (xolesterin, vitamin K , glyukagon, globulinlar va b.) qonga chiqaradi. Jigar umuman inson organizmining normal va faol ishlashini ta’minlaydi. Shuningdek, juda ko’p va murakkab, turli xil funktsiyalarni bajaradi.
Jigar inson tanasining qorin bo’shlig’ida diafragmaning tagida, o’ng qovurga qisman chap qovurg’alar ostida joylashgan bo’lib, og’irligi 1,5 kg gacha boradi va organizmda eng katta bez hamda a’zo hisoblanadi. Rangi qo’ng’ir-qizg’ish, kattaroq o’ng bo’lagi bilan, kichikroq chap bo’lagi farqlanadi. O’rta qismining pastki yuzasidagi ko’ndalang chuqurcha jigar «davrvozasi» yoki «qopqasi» deb ataladi. Shu joydan jigarga arteriya, darvoza venasi, nervlar kiradi va jigarning o’t yo’li o’t pufagidan chiqqan yo’lga qo’shilib, 12 barmoq ichakka qo’shiladigan umumiy yo’lni hosil qiladi.
Jigar bir sutkada 600-700 gramm o’t (safro) ishlab chiqaradi. Bu safro ovqat hazm bo’lishi hamda oziq moddalarning ichakdan qonga so’rilishida muhim rol o’ynaydi. Jigar oqsil, yog’ va karbonsuvlar almashinuvida faol qatnashadi, modda almashinuvidan hosil bo’ladigan yoki tashqaridan kirgan zaharli moddalarni zararsizlantirib, himoya funktsiyasini ham bajaradi.
Jigar qon elementlari va gemoglobin hosil qilishda ham ishtirok etadi. U ma’lum miqdordagi qonni, masalan, organizmdagi qonni beshdan bir qismini o’z tomirlarida saqlaydi. Jigar safroni uzluksiz ishlab chiqaradi va o’t yo’li orqali o’n ikki barmoq ichakka chiqaradi. Bu ovqat hazm qilish jarayonida sodir bo’ladi. Qolgan paytlarda hosil bo’lgan safro o’t pufagida yig’ila boradi va u borgan sari quyuqlashadi.
Qon orqali so’rilgan moddalar jigarga kelib unda murakkab moddalar, masalan, aminokislotalardan oqsillar (albuminlar, globuminlar va boshqalar) hosil bo’ladi.
Karbonsuvlardan va boshqalardan furuktoza, laktoza, glitserindan esa jigarda glyukoza sintezlanadi va undan glyukogen vujudga keladi. Glyukogen jigar hujayralarida zapas energiya sifatida saqlanadi.
Jigarda yog’simon moddalar (lipoidlar) ham hosil bo’ladi va qon orqali kerak bo’lgan tana a’zolariga tarqaladi. Jigarda xolesterin, protrombin va geparin ham sintezlanadi. Unda gemoglabin parchalanadi va natijada bilirubin nomli pigment hosil bo’ladi. Jigar bu pigmentni suvda eriydigan holatga keltiradi. Organizmda oqsillarning parchalanishidan hosil bo’lgan modda ammiak, qisman siydik kislota jigarda mochevinaga aylanib siydik bilan chiqib ketadi, chunki mochevina kamroq zaharli va suvda eriydigan modda hisoblanadi. Shunday qilib jigar 30 ga yaqin bo’lgan vazifalarni bajaradi. Hazm a’zolarining ayrim surunkali kasalligida ma’lum sabablarga ko’ra organizmda zaharli moddalar hosil bo’lganda (masalan, alkogolizm va boshqalarda) jigarning funktsiyasi buziladi. Bu esa jigar hujayralarini ishdan chiqaradi va uni og’ir kasallikka olib keladi, boshqa to’qimalar paydo bo’ladi. Natijada jigar tsirrozi, undan esa jigarning yomon o’simta kasalligi «rak» kelib chiqadi. Tibbiyotning bobokalonlaridan biri Abu Ali ibn Sino bundan ming yil muqaddam jigar haqida uning anatomiyasi va fizologiyasi haqida shuningdek jigarga taalluqli hastaliklar to’g’risida ko’p ma’lumotlar qoldirgan.
Ma’lumki, jigarda qon aylanish tizimining o’ziga xosligi uning organizmdagi rolini yanada yuqori bosqichga ko’taradi. Darvoza vena tizimi ovqat hazm qilish a’zolaridan yig’ilgan, o’zida oziqa moddalar tutgan qonni jigarga quyadi va bu qon jigarda qayta ishlanadi. Jigar arteriyasi esa jigar hujayralarini kislorod va boshqa kerakli oziq moddalar bilan ta’minlab, uning normal faoliyatini saqlab turadi.
Ikkala tizim jigarda juda katta (400 kv metr) satxga ega bo’lgan kapillyar tarmoqni hosil qiladi va u bir sutkada organizmda jigardan organizmdagi aylanadigan qonning beshdan to’rt qismi bilan ta’minlaydi. Bunda 80% qon darvoza venasi orqali o’tib, jigar hujayralarini ta’minlab turadi. Bir necha ming jigar hujayralari yig’ilib (0,5 kub millimetr hajmga ega bo’lgan) jigar bo’lakchalarini tashkil qiladi. Bunday bo’lakchalar jigarda bir necha million donadan iborat.
Jigar kasallanganida uning og’ir-engillik darajasi jigar hujayralarining qanchalik shikastlanganiga bog’liq. Bu hol klinik biokimeviy metodlar yordamida aniqlanadi. Tashqaridan qaraganda jigarning shikastlangani uncha ko’rinmasa ham aslida jigar hujayralarida chuqur o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Surunkasiga alkogolizmdan zaxarlanish jigar yallig’lanishini (gepatitni) keltirib chiqaradi va o’tkir, so’ngra surunkali gepatit bilan kasallanishga sabab bo’ladi. Bemorning yuz ko’zi shisha boshlaydi, shishib kattalashadi, ko’z soqqasining oqi sarg’ayadi ko’ngil aynaydi, kishi qusa boshlaydi, ishtaxa bo’g’iladi. Kasallikning bunday davom etishi natijasida jigar izdan chiqa boshlaydi. Biror kishi o’zini yaxshi xis etmasa, darmonsizlansa, quvvatsizlikdan shikoyat qilsa, yangi so’yilgan mol yoki qo’y jigarini tez-tez istemol qilish buyuriladi. Buni tavsiya etuvchilar jigar kishi qonini ko’paytiradi, quvvatini oshiradi deyishadi. Xo’sh shunday ekan jigar tarkibida qanday kimëviy moddalar bor? Bunga fan yutuqlari quydagicha javob beradi: jigar vaznini 70%i suvdan iborat. Lekin, suv miqdori normal holatda ham biror xastalik ro’y berganda ham keskin o’zgarib turadi. Bu kishi organizmida jigarning suv almashish jaraënida faol ishtirok etishini ko’rsatadi. Jigar shishi xastaligida qonda oqsillar miqdori kamayib ketadi. Suvning miqdori esa jigarning vazniga nisbatan 80% gacha ko’payadi. Jigarda ëg’ miqdori ko’paysa suv miqdori 55% gacha pasayadi. Jigarning quruq (suvsiz) qismi esa uning vazniga nisbatan taxminan 30% ni tashkil etadi.
Ushbu quruq qismining yarmi oqsildan iborat bo’lib u asosan (90% atrofida) oqsillarning "globulinlar" deb atalmish qismiga to’g’ri keladi.
Oqsillarning qolgan qismi esa albumin, nukleoproteid va kollagenlardan iboratdir. Olimlardan A.Fisherning ma’lumotiga ko’ra inson jigari tarkibidagi nukleoproteidlarning ko’p qismini ribonukelein kislota (RNK) tashkil etib, uning miqdori 12 gramm atrofida bo’lar ekan. Dezoksiribonuklein kislota (DNK) esa taxminan 4 grammni tashkil etar ekan. Jigarga (shuningdek qoratoloq va suyak ko’migi ham) xos bo’lgan maxsus oqsillardan ferritin ham jigarda ma’lum miqdorda uchraydi. Buning axamiyati katta hisoblanib, uning tarkibida ancha temir moddasi bor ekanligi ma’lum.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, jigarda fermentli oqsillar ancha uchraydi. Fermentli oqsillar boshqa organlarda ham uchraydi, lekin shunday fermentli oqsillar borki ular faqat jigarning o’zida uchraydi. Shu jihatdan jigar boshqa organlardan farq qiladi. Organizmdagi tsistein hamda gistidin deb atalgan oqsillar aminokislotalarni parchalovchi fermentlarning roli katta.
Bundan tashqari, jigarda mochevina sintezi, guanidinning sirka kislotasining metal radikali bilan birikishi, fosfor kislotasining glyukoza-6-fosfatdan ajralib chiqishi, glyukuron kislotasi efirli hosilalarining hosil bo’lishida jigar fermentlarining roli beqiyosdir. Ana shunday juda murakkab ximiëviy jaraënlarni faqatgina jigar va uning milionlab hujayralari bajara oladi xolos.
Jigar miqdorining taxminan 5% ni (ya’ni 150-200 grammni) glikogen tashkil qiladi. Bu juda ko’p monosaxaridlardan tashkil topgan karbonsuvlar bo’lib ular «polisaxaridlar» deb nomlanadi. Bizga ma’lum bo’lgan baxmal kletchatkalar ham polisaxaridlardan iboratdir.
Ayrim jigar xastaligida, ya’ni jigarning parenxima qismi kasallansa miqdori jigar hujayralari tarkibida ancha kamayib ketadi. Aksincha, ba’zi bir jigar xastaliklarida glikogenning miqdori ancha ko’payib, xatto jigar vaznining 20%ini lipidlar (yog’simon moddalar) tashkil qiladi. Shu miqdorda 1,5-2 %ini fosfolipidlar (fosfor hosilalari bilan qo’shaloq birikma hosil qilgan yog’simon moddalar) va 0,3-0,5 %ni esa xolesterin tashkil qiladi Xolesterin ëg’simon moddalar qatorida inson va hayvonlar organizmida keng tarqalgan birikma hisoblanadi. Bu modda ateroskleroz, ya’ni tomirlar devorining qotishi, mo’rt bo’lib qolishi kasalligining kelib chiqishida katta rol o’ynaydi. Bu kasallikning kelib chiqishida tomirlar ichki bo’shlig’ining torayishi va kengayishini tartibga solib turuvchi nervlar vazifasi - funktsiyasining buzilishga sabab bo’ladi. Yosh bolalarda fosfatidlar almashinuvining buzilishi, kamqonlik va leykotsitoz kasalliklarida jigar va taloq kattalashib ketadi.
Bu xastalik «Neman-Pik» kasalligi nomi bilan yuritiladi. Mana shu kasallikda jigar normadagiga nisbatan ancha kattalashib ketadi.
Jigar o’z tarkibida boshqa organlarga nisbatan vitaminlarni ko’proq qabul qiladi. Shu jihatdan u eng boy organlardan hisoblanadi. Olimlardan Shenk va Kolbaning ma’lumotiga ko’ra (1961) unda pantoten kislota, vitamin S va vitamin RR - larning miqdori 10-15 milligrammni tashkil qilgan (100 gramm hom jigar hisobiga), shuningdek, vitamin A ning miqdori 7,5 milligrammni, vitamin V2 4 milligrammni, vitamin V12 hamda vitamin V1 lar E 2-2,3 milligrammni, biotin va vitamin V1 lar esa 0,1-0,3 milligrammni tashkil etadi.
Jigarning mineral moddalarga boyligini ham eslatib o’tish kerak. Unda turli-tuman ximiyaviy birikmalar hamda yakka holdagi ximiyaviy elementlar - nodir ma’danlar bor. Jumladan jigar tarkibida natriy, kaliy, kaltsiy va magniy, temir elementlari shuningdek, mikroelementlardan rux, mis marganets, mishyak va shunga o’xshash nodir elementlar uchraydi. Ayniqsa jigar tarkibidagi temir, mis, marganets va mishyaklar boshqa organlarga nisbatan ko’proq miqdordadir. Jigarning ba’zi bir kasalliklarida, undan ayrim ximiyaviy elementlarning miqdori keskin o’zgarib ko’payishi ëki kamayib ketishi mumkin. Masalan, gemaxromatoz kasalligida (bu kasallik temir almashinuvining buzilishi bilan kechadi) temir elementi miqdori jigarda normadagidan (normada 0,2% ni tashkil etadi) 10 barobar oshib ketishi mumkin. Bu xastalikda temir gemosiderin holida to’planadi Gemosiderin qondagi eritrotsitdagi gemoglabinning parchalanishi vaqtida hosil bo’ladigan pigment bo’lib u kolloidal temir gidroksidining oqsil kompleksidir.
Bundan jigar organizmda boshqa organlarga nisbatan o’z tarkibida har xil moddalarni, vitaminlarni hamda noyob ma’danlarni tutishi ko’rinib turibdi. Shuning uchun ba’zi bir xastaliklarda davo sifatida jigar tavsiya etiladi.
Mana Sizga jigarning o’ta murakkab vazifalarni bajaruvchi noëb a’zo ekanligi, organizmdagi ahamiyatining nihoyatda beqiësligi. Shunday ekan jigaringizni asrang va hech qachon «voy jigarim» demang, Azizlar!

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish