O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari



Download 3,62 Mb.
bet39/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

Giyohvandlik degani nima
Giyohvandlik u yoki bu giyohvand yoki giyohvand moddani suiste‘mol qilish (o‘zi va atrofidagi kishilarga zarar keltirib qo‘llash) natijasida yuzaga keladigan kasallikdir.
Giyohvandlik keng qamrovli, jismoniy sog‘lomlikka, ichki dunyoga, boshqa kishilar bilan, xuquqiy qonunlar bilan munosabatlarga, shaxsning yashash tarziga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadigan kasallik hisoblanadi. Giyohvandlik ko‘chasiga kirgan odam asta-sekin o‘zining barcha ma‘naviy xislatlarini yo‘qotadi, ruhiy jihatdan qisman yoki to‘la xastaga aylanadi, do‘stlari, keyin esa oilasidan ayriladi; hech qanday kasbni egallay olmaydi yoki ilgari egallaganini unutadi; ishsiz, yashash uchun mablag‘siz qoladi; jinoyatchilar safiga jalb qilinadi; o‘zi va atrofidagilarga bir dunyo kulfatlar olib keladi. Bu kasallikning eng dahshatli tomoni shundaki, usmirlarning o‘zigina emas ularning yaqinlari ham bola giyohvand moddani shunchaki tatib ko‘rgan, bu sho‘xlik qilgangina emas, balki endi uni muntazam iste‘mol qilmasa bo‘lmasligini, unga bog‘lanib qolganligini juda kech anglaydilar. O‘smir yoki yigit organizmining o‘ziga xos jismoniy xususiyatlari giyohvand moddaning turi va sifatiga qarab, unga o‘rganib qolish bir marta qabul qilgandan keyin ham yoki ―sho’xlik qilish‖ boshlanganidan 2-3 oydan keyin ham yuzaga kelishi mumkin.
Giyoxvandlik bu – giyohvand moddalarni qabul qilishlikdan kelib chiqadigan ruhiy – jismoniy jihatdan berilish bilan bog‘liq kasallikdir Giyoxvandlik–u tasodifiy illat emas.Giyoxvandlik illatini yo‘q qilish uchun,avvalo u nimaligini tushunish,tushuntirish, sabablarini bilish kerak.Uning keltirib chiqaradigan oqibatlarini xolisona hal qilgandagina oldini olish va unga qarshi kurashish mumkin.
Giyoxvandlik haqida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish kerak bo‘lsa – bu ―og‘ir xastalikdir‖, aniqroq aytganda u yoki bu giyohvand moddalarga ishqibozlik va moyillik bilan ―o‘z ihtiyori bilan miyasini gangitish‖dir.
Giyoxvand moddani iste‘mol qilish natijasida ushbu o‘ta noto‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘ygan shaxs odamgarchilik qiyofasini yo‘qotadi,olijanoblik, insoniylik, obro‘-e‘tibordan mahrum bo‘ladi, ruxan (psixologik) hamda jismonon nosog‘lom bo‘lib qoladi.
Kasbidan ayriladi, ishsizlikka duchor bo‘lib jinoiy ishlarga qo‘l uradi, o‘g‘rilik qiladi,o‘ziga ham boshqalarga ham baxtsizlik keltiradi. Eng achinarlisi,
giyohvandlik holati har qancha davolangandan keyin ham qaytalanishga moyil.
Giyohvand moddalar Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) ta‘biriga ko‘ra giyohvand moddalar deb quyidagi mezon –o‘lchov belgilangan. Eyforiya-xush kayflilikni keltirib chiqaruvchi, yolg‘ondan bo‘lsa ham odamga xush yoqimlilikni ato etuvchi moddadir. Unga jismonan va ruhiy o‘rganib qolib doimiy qabul qilishlikka moyillik keltirib chiqaruvchi modda.
Odamlar orasiga tez tarqalishga sabab bo‘luvchi modda uni muntazam qabul qilganda odamni ruhan va jismonan izdan chiqarib insoniylik qiyofasini yo‘qolishiga olib keluvchi modda
Bosh miya tabiy holatda endorfin moddasi (―xursandchilik‖ garmoni, garmon ―radosti‖) ishlab chiqaradi. U ma‘lum retseptorlarga ta‘sir etib yaxshi
kayfiyatni,osoyishtalikni, o‘zidagi ishonchni keltirib chiqaradi. Giyohvand moddalar ham endorfinga o‘xshab ushbu retseptorga ta‘sir etib xushkayflilikni keltirib chiqaradi, keyin retseptorning sezgirligi kamayadi, dozani oshirishi va bunga qaram bo‘lib qoladi. ―Yana! Yana! degan talab bo‘ladi. iyohvandlikni boshlanishiga sabab bo’ladigan omillar: Dastavval boshqalarni giyohvand moddani iste‘mol qilayotganini ko‘rib unga intilish;
Kayf qilishlikka havas bilan qarashlik;
Atrofdagi kishilar va tengqurlarining ta‘sirida birinchi bor o‘zida sinab ko‘rishlik;
Giyohvand moddalar qabul qiladigan guruhlarga qo‘shilib qolishlik;
Giyohvand moddani iste‘mol qilganda kelib chiqadigan salbiy oqibatlari haqida etarli bilimga ega emasligi;
Maktabdagi ―do‘stlari‖ning ta‘siri;
İjtimoiy va oilaviy qiyinchiliklar;
Oilaviy va ijtimoiy ta‘minotning nihoyatda yuqori darajada bo‘lishi;
Oilaviy noxushliklar;
İshning yurishmasligi va bekorchi vaqtning ko‘pligi;
İshqiy munosabatlardagi ko‘ngilsizliklar;
İrodaning etarli darajada emasligi (bo‘shligi);
Ma‘naviyat, ma‘rifat va madaniyatdagi kamchiliklar
Xulosa qilib aytganda, noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketishning asosiy sababi irodaning bo‘shligi, kayfu safoga moyillilikning kuchliligi va aql-farosat bilan hayotga intilmasligi turadi

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish