O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari


Giyohvandlik uchta bosqichda shakllanadi



Download 3,62 Mb.
bet42/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

Giyohvandlik uchta bosqichda shakllanadi:
Dastlabki bosqichda bir necha bor giyohvand moddasini iste‘mol qilgandan so‘ng bunday moddalarga nisbatan ruhiy bog‘lanish paydo bo‘ladi. Bu bosqichda hali
abstinent sindromi yo‘q, jismoniy bog‘lanish shakllanmagan. Giyohvand modda
kayfiyatni yaxshilash uchun iste‘mol qilinadi.
İkkinchi bosqichda giyoxvand moddani iste‘mol qilish davom ettirilganda unga
nisbatan jismoniy bog‘lanish paydo bo‘ladi. Bunday kishilar uchun giyohvand moddaning navbatdagi dozasini o‘z vaqtida qabul qilmaslik kishi organizmida inson uchun o‘ta azobli giyohvandlik kasalligi belgilari paydo bo‘lishiga olib kelali. Bunday azob-uqubatlardan xalos bo‘lish uchun bemorlar har qanday yo‘l bilan–o‘g‘irlik, jinoyatga qo‘l urish va shu kabi yo‘llar bilan giyohvand moddani topishga va iste‘mol qilishga majbur bo‘ladilar.
Uchinchi bosqichda inson organizmida organik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi,inson ruhan va jismonan shaxs sifatida to‘la emiriladi, oxir oqibatda esa haloq bo‘ladi.
Giyohvand moddalarga nisbatan jismoniy bog‘lanish deganda-narkotik moddalarni iste‘mol qilish to‘xtatilganda organizmda jadal ravishda jismoniy buzilish alom atlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘langan (buning sababi, giyohvand moddalar organizmning modda almashinuv jarayonlari bilan chambarchas bog‘lanib ketganligidir) abstinent sindromining shakllanishi tushuniladi va bu sindrom faqat narkotik moddalarning navbatdagi oshirilgan miqdorini kiritish bilan to‘xtatiladi. Jismoniy bog‘lanish-bemorda ruhiy buzilishlar, vegetosomatik va nevrologik uzilishlar alomatlari bilan tavsiflanadi. Opiy moddasiga nisbatan jismoniy bog‘lanish,hatto uni bir –ikki marta qabul qilish bilan shakllanib ulguradi.
Navbatdagi dozani olmaslik natijasida bemorning butun tanasida ―sinish‖ alomatlari paydo bo‘ladi. Bu alomatlarga mushaklarda kuchli og‘ir va tortilish, kuchli terlash,yurak tez urishi, qon bosimi pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketish, nafas qisish, ko‘karish kabilar kiradi. Bunday holatlarning paydo bo‘lishi bemorlar uchun katta xavf tug‘dirib, tezda tibbiy yordam ko‘rsatilmasa o‘lim bilan tugashi mumkin. Bemorlar o‘zlaridagi bunday holatlarni narkotik moddaning navbatdagi dozasini kiritish bilan ―davolaydi‖. O‘zlarini bunday holatdan chiqarish uchun bemorlar narkotik moddalarni topish maqsadida o‘g‘rilik va jinoyatga qo‘l uradilar.
Giyohvand moddalarini muttasil iste‘mol qilish inson shaxsini qashshoqlashtiradi, irodasini bo‘shashtiradi, mehnat qilish qobiliyatini pasaytiradi. Giyohvand moddalar ta‘sirida asab tizimi xujayralari haloq bo‘ladi, organizmning immun himoya xususiyati pasayadi, yomon sifatli o‘smalar (rak) o‘sishi faollashadi. İnsonning umri qisqaradi. Bunday insonlar bevaqt o‘limga mahkumdirlar. Giyohvand moddalarni iste‘mol qilish inson shaxsining emirilishiga olib keladi, shaxsning jamiyat bilan aloqasi buzilib, turmushda va jamiyatda axloqiy nopokliklarga yo‘l beradi, jinoyatlarning o‘sishiga sababchi bo‘ladi. Giyohvandlar - o‘ta xavfli kasallik bo‘lgan
OİTS (SPİD) kasalligini tarqatuvchi asosiy manbaga aylanib qoladi. Giyohvand moddalarini iste‘mol qiluvchilar jamiyat uchun ham, o‘z shaxsi – Men uchun ham yo‘qotilgan deb hisoblanadi,bundaylarning kelajagi yo‘q. Agarda jamiyatda ularning soni ko‘payib ketsa, jamiyatning ham kelajagi yo‘qolib inqirozga yuz tutadi. Giyohvandlikning barcha turlari shaxsning har taraflama rivojlanishi, o‘zligini anglashi uchun, o‘tib bo‘lmaydigan to‘siq bo‘lib hisoblanadi. Giyohvandlik girdobiga tortilgan kishilar bilan adolatli jamiyatni qurib bo‘lmaydi. Bunday bemorlarning yashashdan bosh maqsadi –o‘zining barcha imkoniyatlarini faqat giyohvand moddasini topishga qaratishdan iborat bo‘lib qoladi. Barcha giyohvandlar faqat o‘z maqsadini ko‘zlab ish tutadigan va yolg‘on so‘zlaydigan bo‘lib qoladi, ularda samimiylik xususiyati yo‘qoladi. Ular axloqiy xususiyatlarini yo‘qotib qolmasdan, balki tubanlikga yuz tutib, o‘zinining yurishiga, turishiga, kiyinishiga e‘tibor bermay qo‘yadilar, o‘zlarining kasb xususiyalarini yo‘qota boshlaydi. Bunday kishilar vijdonini ham yo‘qotadilar. O‘zlarining yashash tarzlarining noto‘g‘ri ekanligini bilgani holda, atrofdagilarni ham shunday yashashga unday boshlaydilar. Tovlamachilik, yolg‘on so‘zlash kabi axloqiy buzilish belgilari kundalik hayotining mazmuniga aylanib qoladi.
Giyohvandlar mast holatga tushib qolganlarida, sergap, serharakat, hazilmutoibaga moyillik, ko‘tarinki kayfiyat, atrofdagilar bilan so‘zlashishga intilish kabi xususiyatlarini namoyon qiladi. Giyohvand moddaning dozasi oshib ketganda organizmning zaharlanishi oqibatda ruhiy buzilishlar sodir bo‘lishi mumkin. Giyohvandlikka qarshi kurash: giyohvand moddalarni iste‘mol qilishni man etuvchi,tarkibida giyohvand moddalari bo‘lgan o‘simlik turlarini o‘stirishni
ta‘qiqlash, giyohvandlarni o‘z vaqtida topib olish ishiga keng jamoatchilikni jalb
qilish, davlat chegaralari orqali giyohvand moddalarni olib o‘tishga to‘siq yaratish,
giyohvandlarni davolash kabi chora – tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan olib
boriladi.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish