O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti madaniyatshunoslik fanidan ma’ruza matni tuzuvchi: f f. n dos


Madaniyatning shaxs faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana27.06.2022
Hajmi2,91 Mb.
#711504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Screenshot 2022-04-05 at 16.14.34

Madaniyatning shaxs faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati
. Madaniyat va shaxs nafaqat mazmunan
bir-biriga yaqin bo‘lgan, balki ichki va tashqi jihatidan o‘zaro mos keluvchi tushunchalardir. Shaxs
muayyan madaniy muhitda yashaydi va faoliyat ko‘rsatadi. Qomusiy olam Abu Nasr Forobiy «Baxt
saodatga erishuv haqida» risolasida inson kamolatida jamoaning roli katta ekanligini ta’kidlab shunday
deydi: « Bir kishining yolg‘iz o‘zi (birovning yoki ko‘pchilikning yordamisiz) kamolatga erishuvi
mumkin emas. Har bir insonning tabiatida tug‘ma har qanday ish va harakat jarayonida boshqa bir inson
yoki ko‘pchilik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zaro aloqa qilish hissiyoti bor, har qanday inson
kamolotga erishuvida boshqalarning ko‘magiga muhtoj va ular bilan birlashishga majburdir».
Forobiyning fikricha, inson o‘z-o‘zidan kamolotga erisholmaydi. «Bu narsa uning harakatlariga,
mehnatiga, kasb hunar egallashiga, bilimiga va qanday fozil jamiyatda yashashiga bog‘liq».
«Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida
qo‘lga kiritiladi». Forobiy davlatni yetuk shaxs (monarxiya), yetuk hislatlarga ega bo‘lgan bir necha
shaxslar (aristokratsiya) va saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd
etadi. Forobiy jamiyat yetuklikka intilishi uchun kurash olib borgandagina fozil jamiyat, fozil shahar
darajasiga ko‘tarilishi mumkinligini aytadi.
Individ ijtimoiy turmush va madaniyatga qay tarzda jalb qilinganiligiga, uning tabiiy
imkoniyatlari, harakati, hissiyoti, tafakkuri ijtimoiy ahamiyatli mazmun bilan to‘ldirilganligiga va
madaniy shakl kasb etganligiga qarab shaxs sifatida qaror topadi. Madaniyat individual va ijtimoiy
hayot bilan uzluksiz birlikni tashkil topgan vaqtgacha mavjud bo‘ladi.
Madaniyat kishilarga tana a’zolari, instinktlar yoki tug‘ma iste’dod kabi tabiatdan berilmaydi. Har
bir individ o‘zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak atrofdagi kishilarning,
jamiyatning va o‘tgan avlodlarning to‘plagan tajribalarini o‘zlashtiradi.
Individ ijtimoiy amaliyot mahsuli bo‘lgan madaniyatni o‘zlashtirish bilan birga unga ta’sir etadi.
Shaxs o‘zining shakllanishi jarayonida madaniy dunyosini ham boyitadi. Shuningdek, inson madaniyat
normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiat va jamiyatni, balki, shaxsiy «tabiati»ni ham o‘zgartiradi.
Madaniyat shaxsning ichki dunyosi mazmuniga, «ikkinchi tabiati»ga aylanadi.
Shaxsning madaniyat bilan o‘zaro munosabati hech qachon to‘liq va uyg‘un bo‘la olmaydi.
Ijtimoiy va individual hayot, shuningdek madaniyat stixiyasi bir-biri bilan mos kelmasligi mumkin.
Madaniyat doimo inson bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa-da, lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi
sifatida mustaqildir.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, individ bilan madaniyat o‘rtasidagi munosabat murakkab jarayon
hisoblanadi. Individning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga imkon beruvchi psixosotsial va madaniy
dunyoqarashi ijobiy va salbiy qarashlarning yig‘indisidan tashkil topadi. Insonga ishchanlik, fidoiylik,
matonat, o‘tkir zehn bilan birga kaltafahmlik, yalqovlik, shafqatsizlik, jamiyat manfaatlarini to‘g‘ri
tushuna olmaslik, haqiqatni yolg‘ondan ajrata olmaslik illatlari ham xosdir. Shuning uchun madaniyatni
nafaqat qadrlash va asrash, balki tanqidiy o‘rganish talab etiladi.
Ijtimoiy va madaniy muhitda jamiyat bilan individ o‘rtasida nisbatan o‘zgaruvchan muvozanat
bo‘ladi. Bu muvozanatni hosil bo‘lishida madaniyatning ishtiroki salmoqlidir. Madaniyat shaxsga ta’sir
etadi, uning psixologik holatini shakllantiradi, shaxsning xarakterida va dunyoni bilishida muhim o‘rin
tutadi.
Shaxs madaniyat bilan quyidagi sohalarda munosabatda bo‘ladi:

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish