O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tdpu professional ta’lim fakulteti 5110800-tasviriy san`at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 2021-2022 O’quv yili uchun ii-semestr dars jadvaliga tahlil dars



Download 164 Kb.
bet1/10
Sana05.07.2022
Hajmi164 Kb.
#740781
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sevara ipi 2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TDPU PROFESSIONAL TA’LIM FAKULTETI 5110800-TASVIRIY SAN`AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO’NALISHI 2021-2022 O’QUV YILI UCHUN II-SEMESTR DARS JADVALIGA TAHLIL


Dars jadvali ta`lim tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishish sifat ko`rsatkichni ko`tarish, ta`lim oluvchi va beruvchi faoliyatini tashkiliy jihatdan ilmiy asosda tashkil etshni yo`lga qo`yishda muhim vosita hisoblanadi.
Dars jadvalini tuzishda mas`ullar tomonidan pedagogik, psixologik hamda gigiyenik talablarga rioya etish talab etiladi.
Dars jadvali - OTM larda o’quv jarayonini tartibga soladigan me’yoriy hujjatlardan biri bo’lib, u semestr davomida, bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalar guruhini kurslar kesimida, asosiy va qo’chimcha ta’lim dasturlarini bajarilishini hafta kunlari davomida ta’minlaydi hamda talabalarni o’quv ishlarini optimal tashkil etish va professor-o’qituvchilar faoliyatini effektivligini oshirish uchun xizmat qiladi.
OTMlarda jadvallar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Joriy nazorat jadvali;

  2. O’quv jarayoni jadvali;

  3. Oraliq nazorat jadvali;

  4. Yakuniy nazorat jadvali;

  5. Akadem qarzlarni bartaraf etish jadvali;

  6. Amaliyot jadvali;

  7. Yakuniy davlat attestatsiya jadvali;

  8. Dars jadvali.

Dars jadvalini tuzishning asosiy vazifalari:

  1. DTS talablariga amal qilish;

  2. O’quv jarayoni grafigi va ishchi o’quv rejalarni bajarish;

  3. Talabalarni semestr, hafta va kunlar bo’yicha optimal ishlash tartibini taskil qilish;

  4. O’quv mashg’ulotlarini kun davomida uzluksizligini ta’minlash va hafta davomida o’quv yuklamalarini bir tekis taqsimlash;

  5. Professor-o’qituvchilar tomonidan o’z lavozimiy vazifalarini bajarish uchun optimal shart-sharoitlar yaratish;

  6. Sanitariya-gigiyena talablarini ta’minlash;

  7. OTM auditoriya fondlaridan kunning birinchi va ikkinchi yarmida auditoriyalarning bandlik darajasidan to’g’ri va samarali foydalanish;

  8. Fanlar o’qitilishida uzviylik va mantiqiy ketma-ketligini ta’minlash.

Dars jadvali OTM rektori tomonidan tasdiqlangan o’quv jarayoni grafigi va ta’lim dasturlariga mos holda ta’limning kunduzgi va boshqa shakllari bo’yicha har bir semestr uchun alohida tuziladi. Dars jadvalini tuzish va unga amal qilishni nazorat qilish dekan yoki o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini majburiyatidir.
Fakultetlar tomonidan tuzilgan dars jadvallari o’quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlanishidan oldin OTM o’quv-uslubiy boshqarmasiga amaldagi ishchi o’quv reja talablariga mosligini tekshirish uchun taqdim etiladi.
Dars jadvalini tuzishda ayrim professor-o’qituvchilarning fikrlari inobatga olinishi mumkin, ya’ni ularni oilaviy ahvoli, ilmiy, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy ishlari yoki boshqa muassasalarda o’rindoshlik asosida ishlash hollari nazarda tutiladi. Dars jadvaliga amal qilish jarayonida, fakultet dekanatining ruxsatisiz o’tiladigan darslarni vaqtini va auditoriyasini o’zgartirish, amaliy mashg’ulotlarda bir necha guruhlarni qo’shib dars o’tish, dars jadvalida boshqa dars uchun ajratilgan auditoriyani band qilish taqiqlanadi. Talabalar uchun auditoriya mashg’ulotlari bir kunda 8 akademik soatdan ortiq bo’lishi mumkin emas. Dars jadvaliga bir kunda 4 akadem soatdan ortiq amaliy mashg’ulot qo’yish maqsadga muvofiq emas. Dars jadvaliga bir kunda 6 akadem soatga ma’ruza qo’yish ta’qiqlanadi. Dars jadvalida mashg’ulotlarni bir tekis taqsimlash va mashg’ulotlar orasida bo’sh vaqt bo’lmasligi kerak.
Tuzilgan dars jadvali bilan barcha professor-o’qituvchilar tanishtirilishi lozim hamda dars jadvalining ko’chirmalari har bir kafedraga yetkaziladi. Ba’zi hollarda istisno tarzida tasdiqlangan dars jadvaliga o’quv mashg’ulotlari boshlangandan so’ng ikki hafta ichida fakultet rahbariyati tavsiyasiga ko’ra, o’quv-uslubiy boshqarma bilan kelishilgan holda OTM rahbariyatining roziligi bilan o’zgartirish kiritish mumkin.
Dars jadvalida o’quv yili, semestr, yo’nalish, mutaxassislik, kurs, guruh, guruh nomeri, fanning nomi va darsning shakli, mashg’ulotni olib boruvchi professor-o’qituvchining ismi sharifi va otasining ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi, darsning o’tkazilish joyi, auditoriya nomeri ko’rsatiladi.
Dars jadvali ta’limning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga asoslangan holda o’rnatilgan tartibda tuziladi va DTS hamda o’quv rejalarini bajarilishini ko’rsatib turuvchi hujjat bo’lib, uning ijrosi ustidan nazorat fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.



Download 164 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish