O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


-mavzu:  Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayanch dasturida guruhlar



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/34
Sana17.04.2020
Hajmi1,65 Mb.
#45576
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
3111801-НУД (2)


13-mavzu:  Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayanch dasturida guruhlar 
bo’yicha tashkil etiladigan suhbat va kuzatishlarni tahlil qilish. 
Amaliy mashg’ulot. Ilk yosh guruhda kuzatish bo`yicha mashg`ulot mavzularini tanlash. 
Kichik  yosh  guruhda  kuzatish  bo`yicha  tanlangan  mavzular  asosidagi  mashg`ulotlarni  ilk 
yoshdan  farqlash.  O`rta  yosh  guruhda  kuzatish  va  sihbatlarni  farqlash.  Katta  va  Tayyorlov 
guruhda kuzatish va suhbatlarni murakkablashuvi asosida tahlil qilish. 
 
III-bo’lim. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shakllari 
14-mavzu:   MTMda va oilada tabiat bilan tanishtirishda amaliy mashg`ulotlar 
Amaliy mashg’ulot. MTMda  mashg’ulotning ahamiyati, qismlari  va ularni tashkil etish. 
Mashg’ulotda kuzatishlar o’tkazish. Mashg`ulotlarda bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish. 
Suhbat didaktik o`yin umumlashtiruvchi suhbatlardan foydalanish. Mashg`ulotda turli metod va 

uslublardan  foydalanish.  Mashg`ulotga  tayyorlanish.  Mashg`ulotlarni  ketma-ketlik  tarbida 
tashkil etish.  
 
15-mavzu:MTMda ekskursiyalarni tashkil etish. 
Amaliy mashg’ulot. MTMda ekskursiyani ahamiyati va ularni tashkil etish. Ekskursiyada 
og`zaki,  ko`rgazmali  va  amaliy  tetodlardan  foydalanish.  Ekskursiya  uchun  mehnat  qurollarini, 
o’yinchoqlarini  tanlash  va  ularga  rahbarlik  qilish.  Tarbiyachining  ekskursiyaga  tayyorlanishi. 
Bolalarni ekskursiyaga tayyorlash. Ekskursiyadan keying ish. 
 
16-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturi asosida tabiat bilan tanishtirish 
bo`yicha mashg`ulot va ekskursiya ishlanmasini tuzish, tahlil qilish. 
Amaliy mashg’ulot. Ilk yosh va kichik guruhda bog`ga va sabzavot do`konlariga kichik 
ekskursiya  tashkil  etish  va  farqlash.  O`rta  guruhda  bog`ga  maqsadli  ekskursiya  tashkil  etish. 
Katta guruhda park va bog`ga ekskursiya tashkil etish takroriy ekskursiyada farqlashga o`rgatish. 
Tayyorlov guruhida bog`ga maqsadli sayohat uyushtirish.   
 
IV-bo’lim.  Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shart-sharoitlari. 
17-mavzu:   MTMda tabiat burchagi. 
Nazariy mashg’ulot. Tabiat burchagining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. MTM da va oilada 
tabiat burchagini to’g’ri tashkil  etish. Tabiat burchagiga qo’yiladigan talablar. Turli guruhlarda 
tabiat  burchagini  tashkil  etish.  Tabiat  burchagiga  ob’yektlarni  to’g’ri  tanlash,  kerakli  anjomlar. 
Har bir yosh guruh uchun ob-havo kalendarini tuzish. 
 
18-mavzu: Turli guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish 
     
Nazariy  mashg’ulot.  Kichik  yosh  guruhda  tabiat  burchagi.  Kichik  guruhda  bolalarni 
o`simliklarni  parvarish  qilishga  jalb  qilish.  Kichik  guruhda  tabiat  burchagida  baliqlar  uchun 
akvariumni,  qushlar  uchun  qafasni  to`g`ri  joylashtirish.  O`rta  yosh  guruhda  tabiat  burchagi. 
Katta yosh guruhda tabiat burchagi. Maktabgacha tayyorlov guruhining tabiat burchagi. 
 
19-mavzu:  Tabiat burchagida o`simlik va ularni turli yo’llar bilan ko’paytirish. 
 
Amaliy  mashg’ulot.  Tabiat  burchagida  o`stirish  mumkin  bo`lgan  gullar  o`simliklarni 
to’g’ri  parvarishlash.  Bolalar  bilan  gullarga  to’g’ri  munosabatda  bo’lishga  o`rgatish. 
O`simliklarga  suv  quyish,  purkash,  yuvish,  tagini  yumshatish,  ko`chirib  o`tkazish  va  ko`chat 
qilish. O`simliklar uchun to`g`ri o`g`itlar tanlsh. O`simliklarni turli yo`llar bilan ko`paytirish. 
 
20-mavzu:  MTMda tabiat burchagida terrariumda yashovchi hayvonlarni boqish. 
Amaliy mashg’ulot. Tabiat burchagida yashovchi hayvonlar uchun tarrariumlarni to`g`ri 
tanlash.  Terrariumni  to`g`ri  tozalash.  Terrariumda  yashovchi  hayvonlar  uchun  to`g`ri  ozuqalar 
tanlash. Quruqlikda yashovchi hayvonlardan toshbaqani to`g`ri parvarishlash.   
 
21-mavzu:  MTMda qushlar uchun donxo’raklar va inlar 
Amaliy  mashg’ulot.  Bolalar  bog’chsida  hovlida  qushlarni  kuzatish.  Eng  oddiy 
donxo’raklardan  namunalar  ko’rsatish.    Qushlar  ozig’ining    xilma  –  xillligi.  Qushlar  uchun 
sun’iy uyalar va ularni to’g’ri   
tashkil etish.Bolalarni mustaqil mehnat qilishga o’rgatish. 

22-mavzu: MTMda va oilada bolalarni xonaki va yovvoyi hayvonlar bilan tanishtirish.  
 
Amaliy  mashg’ulot.  MTM  da  va  oilada  xonaki  hayvonlar  haqida  umumiy  tushuncha. 
Ularning  tashqi  ko’rinishi,  harakati,  hayot  kechirishi,  xulqi,  tashqi  muhitga  moslashishi. 
Hayvonlarda  yil  fasllariga  nisbatan  o’zgaruvchanlikning  yuzaga  kelishi.  Honaki  hayvonlarni 

farqlash.  Uy  hayvonlaridan  olinadigan  mahsulotlar.  Honaki  hayvonlarning  tabiatdagi  o’rni. 
MTM  da  va  oilada  yovvoyi  hayvonlar  haqida  umumiy  tushuncha.  Ularning  tashqi  ko’rinishi, 
harakati, hayot kechirishi, xulqi, tashqi muhitga moslashishi. Hayvonlarda yil fasllariga nisbatan 
o’zgaruvchanlikning  yuzaga  kelishi.  Yovvoyi  hayvonlarni  farqlash.  Yovvoyi  hayvonlaridan 
olinadigan mahsulotlar. Yovvoyi hayvonlarning tabiatdagi o’rni.  
23-mavzu:  MTMda yer maydonchasi. 
 
Nazariy  mashg’ulot.  MTM  da  yer  maydonchasini  to’g’ri  tashkil  etish.  .  Yer 
maydonchasida o’yinlar, sayr,  mashg’ulot o’tkazish. Yer  maydonchasini  chiroyli qilib  bezatish. 
Ko’chatlar  yetishtirish,  maysazorlar  tashkil  etish.  Ko’p  yillik  gul  o’simliklar  tanlash  va 
joylashtirish.  Bolalarni  yoshiga  mos  o’simliklar  tanlash.  Ularni  to’g’ri    parvarishlash  va  ekish. 
Bir-biridan farqlashga o’rgatish. O’simliklarni kundalik kuzatish (suv quyish, tagini yumshatish, 
o’g’itlash,  to’g’ri  parvarishlash).  O’simliklarni  ko’paytirish  turlari  ularni  farqi,  o’xshashligi. 
Yerni va o’g’itni tayyorlash.  
 
24-mavzu:  Yer maydonchasida boqish mumkin bo’lgan hayvonlar, parrandalarni va 
qushlar   
Amaliy  mashg’ulot.  Yer  maydonchasida  boqish  mumkin  bo’lgan  hayvonlarni  tanlash. 
Ular  haqida  ma’lumotlar  berish.  Hayvonlarni  ozuqasi,  yashash  sharoiti,  tabiatdagi  o’rni.  Yer 
maydonchasida boqish uchun tavsiya etiladugan parrandalar, ularni ozuqasi va yashash sharoiti. 
Hayvon va parrandalarni boqishdan maqsadi. Yer maydonchasida uchraydigan qushlar va ularga 
ta’rif.  Qushlarni  boqish,  qushlarning  uyalaridan  namunalar.  Uyalarni  foydali  tomoni  haqida 
tushuncha  berish.  Mavsumni  o’zgarishida  qushlar  hayoti  bilan  tanishtirsh.  Analiz  qilishga 
o’rgatish. Kuzatuvchanlikni rivojlantirish. 
 
25-mavzu:   Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayanch dasturi asosida turli yosh 
guruhlarda bolalarni hayvonlar, parrandalar va qushlar bilan tanishtirish bo`yicha olib 
boriladigan ishlar monitoringi. 
Amaliy  mashg’ulot.  Dastur  asosida  yer  maydonchasida  boqiladigan  hayvonlar, 
parrandalar va qushlarni monitoringini tuzish, murakkablashuvini farqlash. Dastur asosida kichik 
va o’rta guruhlarda  yer  maydonchasidagi  mehnatni tashkil etish. Katta va tayyorlov guruhlarda 
yer  maydonchasidagi  mehnatni  tashkil  etish  va  farqlashga  o’rgatish.  Guruhlar  bo’yicha  yer 
maydonchasida tashkil etiladigan mehnatning murakkablashuvini tahlil qilish.  
 
V-bo’lim.  Bolalarni yil fasllari bilan tanishtirish. 
26-mavzu:  MTMda bolalarni kuz fasli bilan tanishtirish 
Nazariy  mashg’ulot.  Kichik  va  o`rta  guruh  bolalarni  kuz  fasli  bilan  tanishtirishning 
ahamiyati. Ob-havodagi o’zgarishlarni kuzatish. O’simliklar dunyosidagi o’zgarishlar. Hayvonot 
olami, qushlar, hashoratlar bilan tanishtirish. Tabiat birchagidagi, yer maydonchasidagi mehnat. 
Kattalar  mehnatining  ta’lim-tarbiyaviy  ahamiyati.  Katta  va  tayyorlov  guruh  bolalarni  kuz  fasli 
bilan  tanishtirishning  ahamiyati.  Ob-havodagi  o’zgarishlarni  kuzatish.  O’simliklar  dunyosidagi 
o’zgarishlar.  Hayvonot  olami,  qushlar,  hashoratlar  bilan  tanishtirish.  Tabiat  birchagidagi,  yer 
maydonchasidagi mehnat. Kattalar  mehnatining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. 
 
27-mavzu:  Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayanch dasturi asosida bolalarni kuz 
fasli bilan tanishtiruvchi mashg`ulot ishlanmasini tuzish va tahlil qilish. 
Amaliy  mashg’ulot.  Mashg’ulotlar  bolalarni  yoshiga  mos  bo’lishi.  Har  bir  tanlangan 
mashg’ulot  rejalashtirilgan  bilimlar  asosida  bo’lishi.  Mashg’ulotlarda  tajriba,  kuzatishlardan 
foydalanish.  Mashg’ulot  ishlanmasidan  namuna  ko’rsatish.  Dasrut  asosida  turli  guruhlarda 
bolalarni  hayvonlar,  qushlar  va  hasharotlar  bilan  tanishtiruvchi  mashg`ulot  ishlanmalarini  
murakkablashuvini farqlash, monitoringini tuzish.  
 

28-mavzu:  MTMda bolalarni qish fasli bilan tanishtirish. 
Nazariy  mashg’ulot.  Kichik  va  o`rta  guruh  bolalarni  qish  fasli  bilan  tanishtirishning 
ahamiyati.  Ob-havodagi  o’zgarishlarni  kuzatish.  Hayvonot  olami  va  qushlar  bilan  tanishtirish. 
Tabiat  birchagidagi,  mehnat.  Kattalar  mehnatining  ta’lim-tarbiyaviy  ahamiyati.  Katta  va 
tayyorlov guruh bolalarni qish fasli bilan tanishtirishning ahamiyati. Ob-havodagi o’zgarishlarni 
kuzatish.  Hayvonot  olami,  qushlar  bilan  tanishtirish.  Tabiat  birchagidagi,  mehnat.  Kattalar  
mehnatining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.  
 
29-mavzu:  Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayanch dasturi asosida bolalarni qish 
fasli bilan tanishtiruvchi mashg`ulot ishlanmasini tuzish va tahlil qilish. 
Amaliy mashg’ulot.  Mashg’ulotlar  bolalarni  yoshiga  mos  bo’lishi.  Har  bir  tanlangan 
mashg’ulot  rejalashtirilgan  bilimlar  asosida  bo’lishi.  Mashg’ulotlarda  tajriba,  kuzatishlardan 
foydalanish.  Mashg’ulot  ishlanmasidan  namuna  ko’rsatish.  Dasrut  asosida  turli  guruhlarda 
bolalarni  hayvonlar,  qushlar  va  hasharotlar  bilan  tanishtiruvchi  mashg`ulot  ishlanmalarini  
murakkablashuvini farqlash, monitoringini tuzish.  
 
 
  
30-mavzu:  MTMda bolalarni bahor fasli bilan tanishtirish 
Nazariy mashg’lot. Guruhlar bo`yicha bolalarini bahor fasli bilan tanishtirishning ta’lim-
tarbiyaviy  ahamiyati. Bolalarni  jonsiz tabiat bilan tanishtirish. O’simliklarni kuzatish, hayvonot 
olami bilan tanishtirish. Qushlar va hashoratlar hayoti. Kattalar mehnati bilan tanishtirish. Tabiat 
burchagidagi  va  yer  maydonchasidagi  mehnat.  Birinchi  gullaydigan  gullarni,  daraxtlarni 
kuzatish.  Bahorda  bolalaydigan  hayvonlar  haqida  ma’lumot  berish.  Tabiat  burchagidagi  va  yer 
maydonchasidagi  mehnat.  Birinchi  gullaydigan  gullarni,  daraxtlarni  kuzatish.  Bahorda 
bolalaydigan hayvonlar haqida ma’lumot berish 
 
31-mavzu:  Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayanch dasturi asosida bolalarni bahor 
fasli bilan tanishtiruvchi mashg`ulot ishlanmasini tuzish va tahlil qilish. 
Amaliy mashg’ulot. Birinchi gullaydigan gullarni, daraxtlar asosida mashg`ulotlar tashkil 
etish.  Tabiat  burchagidagi  va  yer  maydonchasidagi  mehnatni  kuzatuvchi  mashg`ulot 
ishlanmasini tuzish. Mashg’ulotlar bolalarni yoshiga mos bo’lishi. Har bir tanlangan mashg’ulot 
rejalashtirilgan  bilimlar  asosida  bo’lishi.  Mashg’ulotlarda  tajriba,  kuzatishlardan  foydalanish. 
Mashg’ulot ishlanmasidan namuna ko’rsatish.  
 
32-mavzu:  MTMda bolalarni yoz fasli bilan tanishtirish. 
Nazariy mashg’ulot. Turli yosh guruhda bolalarini yoz fasli bilan tanishtirishning ta’lim-
tarbiyaviy  ahamiyati.  Ob-havoda  sodir  bo’ladigan  mavsumiy  o’zgarishlar.  O’simliklar 
hayotidagi o’zgarishlar. Hayvonlar, qushlar, hashoratlar hayoti. Qishloq xo’jalik ishlari. Polizga, 
bog’ga, dalaga ekskursiya uyushtirish. Kattalar mehnati bilan tanishtirish. Bolalarni jonsiz tabiat 
bilan  tanishtirish.  O’simliklarni  kuzatish,  hayvonot  olami  bilan  tanishtirish.  Qushlar  va 
hashoratlar  hayoti.  Kattalar  mehnati  bilan  tanishtirish.  Tabiat  burchagidagi  va  yer 
maydonchasidagi mehnat. Yozda bolalaydigan hayvonlar haqida ma’lumot berish. 
 
33-mavzu:  Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayanch dasturi asosida bolalarni yoz 
fasli bilan tanishtiruvchi mashg`ulot ishlanmasini tuzish va tahlil qilish. 
Amaliy mashg’ulot. Dastur asosida mashg’ulotlarni bolalar yoshiga mos bo’lishi. Har bir 
tanlangan  mashg’ulot  rejalashtirilgan  bilimlar  asosida,  takroriy  mustahkamlovchi  bo’lishi. 
Mashg’ulotlarni  o`yinlar  tarzida  tashkil  etish.  Mashg’ulot  ishlanmasidan  namuna  ko’rsatish  va 
tahlil etish. 
 
 
 
34-mavzu:  O`zbekistonda “Bioekosan” va “Ekosan” jamg`armalari faoliyati. 

Nazariy mashg’ulot.  Bioekosan  markazining  tashkil  topishi  va  maqsadi.  Ekologiyadan  davlat 
ta’lim  standartining  yaratilishi.  “Ekosan”  ekologiya  va  salomatlik  xalqaro  jamg`armasi. 
Ekologiya  va  salomatlik  muammolari.  Faoliyat  yo`nalishlari.  Amalga  oshiriladigan  loyiha  va 
dasturlar.   
 
  
35-mavzu:  Qizil kitob haqida tushuncha. 
Nazariy  mashg’ulot.  O`zbekistonda  yer  va  yer  osti  boyliklari.  “Qizil  kitob”  BMTning 
YUNESKO tashabbusi  bilan tabiiy resurslarni  muhofaza qilishi.  “Qizil kitob”ni tashkil etilishi. 
“Qizil  kitob”ga  kiritilgan  hayvonlar,  qushlar,  sudarilib  yuruvchilar  va  baliqlar.  “Qizil  kitob”da 
yoqolib borayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari.  
  

 
VI. O’quv fanining moddiy-texnik ta’minoti 
O’quv  xona,  yozuv taxtasi, o’qituvchi  va o’quvchilar soniga  yetarli  stol, stullar, kompyuter 
jihozlari, plakatlar, bukletlar.  
 
 VII.O’quv fanining o’zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash 
 
”Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va 
malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to’g’risida Nizom”ga ga muvofiq amalga oshiriladi. 
 Asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi  Oliy 
va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  va    O’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  markazining  2008  yil  30 
apreldagi  01-148 q/q-son, 118-son, 16q/q-son qarori.  
Joriy  nazorat  -  Og`zaki  so`rov,  yozma  ishlar,  testlar,  mashg’ulot  jarayonidagi  mustaqil 
faoliyat,  uy  vazifalari  ya`ni  o`qituvchi  o`z  amaliyotida  qo`llaydigan  barcha  so`rov  turlarini  o`z 
ichiga oladi; 
Oraliq    nazorat-semestr  tamom  bo’lganda  va  o’quv  dasturining  tegishli  bo’limi 
tugallangandan  keyin  amalga  oshiriladi.  Uning  asosida  o’quvchi  reytingi  aniqlanadi.  Bilimlar, 
malaka va ko’nikmalarni baholash uchun O.N imtihonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari 
o’tkaziladi; 
Yakuniy nazorat  -  o’qish  tugallangandan  keyin  davlat  attestatsiyasi,  imtihonlar,  testlar, 
malaka  ishlari, diplom  loyihalarini  himoya qilish  shaklida amalga oshiriladi.  Test, yozma savollar 
xajmi fanga ajratilgan soatdan kelib chiqib belgilanadi. 
Baholash “5” balli tizim asosida amalga oshiriladi. 
 
 
VIII. Tavsiya etilgan  adabiyotlar. 
Asosiy adabiyotlar 
1.“Maktabgacha  ta’limga  qo’yiladigan  Davlat  talablari”.  O`zRXTV.  MMXQTMORO`MM  -
2017. 
2. “Bolajon” tayanch dasturi O`zRXTV. MMXQTMORO`MM -Toshkent- 2016  
3O.Hasanboyeva.  H.Jabborova.  Z.Nodirova.  “Tabiat  bilan  tanishtirish  metodikasi”.  T-
Cho’lpon Qo’llanma-. 2006, 2012, 2013,2016. 
4“Maktabgacha ta’lim” oynomalari. 
5.P. Baratov “Tabiatshunoslik” T. O`qituvchi. Toshkent - 2006. 
6.Maktabgacha ta’limga qo’yiladugn Davlat talablari. Toshkent – 2017. 
7.SH.M.Kamolho’jayev. “Tabiatshunoslik asoslari”. – T.:Cho’lpon Qo’llanma -. 2006. 
8.H.S.  Yoldishev.  SH.M.Avazov.  “Ekologiya  va  tabiatni  muhofaza  qilish  asoslari”  – 
T.:”Mehnat” Qo’llanma – 2003. 
9.I.Xolliyev. A.Ikromov.”Ekologiya” – T.: “Mehnat” Qollanma – 2001. 
10.“Shaxsga yo`naltirilgan ta’lim”. – T.: 2012. 

 
                                                                Qo’shimcha adabiyotlar 
 
1.P.Yusupova “Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ekoligik tarbiya berish ”. T. O’qituvchi. 
Qo’llanma-1995. 
2. A.S.Markovskaya “Bolalar bog’chasida tabiat burchagi”T. O’qituvchi. Qo’llanma-1991. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MUSIQA SAVODI, METODIKASI VA RITMIKA   
   FANIDAN  O’QUV DASTURI 
 
Tuzuvchilar: 
Mahmudova Sumbula 
Abdumalikovna 
  Toshkent  pedagogika  kolleji    katta 
o`qituvchisi   
 
 
 
 
 
Muzafarova  Ra’no  
Xabibullaevna 
–  Toshkent pedagogika kolleji katta 
o`qituvchisi  
 

                
 
 
 
 
 
Fan dasturi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini Axborot-metodik ta’minlash 
xizmati huzuridagi “O‘quv-metodik birlashmalari”ning 2017 yil ” 31”yiundagi  3-sonli yig‘ilish 
bayonnomasi  hamda  Oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  tayyorlov  yo‘nalishlari  bo‘yicha 
Muvofiqlashtiruvchi  kengashning  2017  yil    “18”  avgustdagi  4-sonli  majlis  bayoni  bilan 
ma’qullangan. 
 
 
 
                
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kirish 
 
O`zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan keyin ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-
ma`rifiy rivojlanishning o`ziga xos yo`lini tanlashi natijasida musiqa madaniyati va musiqa 
o`qitishni tubdan qayta tashkil etish zaruratini kun tartibiga qo`ydi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yahshilash bo’yicha 2009-2014 
yillarga mo’ljallangan davlat dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoyishi 
mamlakatimizda o’sib kelayotgan  yosh avlodni ma’naviy olami va madaniy saviyasini 
yuksaltirish,yoshlarimizni milliy va jahon musiqa madaniyatning yuksak namunalaridan keng 
bahramand bo’lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va shu asosda musiqiy ta’limni yanada 
rivojlantirish,bu borada kadrlar tayorlash tizimini takomillashtirish bo’yicha amalga 
oshiriladigan vazifalar ko’rsatilgan. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki,mustaqilligimizning birinchi yillaridanoq mamlakatimizda musiqa 
san’atini keng rivojlantirishga alohida ahamiyat berildi.Ayniqsa,mumtoz musiqiy merosimizni 
asrab,avaylash va o’rganish,uni yosh avlodlarga bezavol etkazish davlat siyosati darajasiga 
  
Taqrizchilar:   
Panjayev 
Qurbonniyoz 
Berdimurodovich 
–  Nizomiy  nomidagi  TDPU  Musiqa 
ta’limi 
kafedrasi 
mudiri, 
san’atshunoslik 
 
fanlari 
nomzodi, 
dotsent 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mahmudova Umida 
Abdumalikovna 
–  Toshkent pedagogika kolleji     katta  
o`qituvchisi 

ko’tarildi.Buning natijasida nufuzli xalqaro musiqa anjumahlari,”Sharq taronalari” muntazam ravishda 
o’tkazib kelinmoqda. 
Musiqa uslubiyoti fani o’quvchilarda musiqa madaniyati darslarini tashkil etish uslublarini, 
musiqa faoliyatlarini rivojlantirish ko`nikmalarini shakllantiradi. Bu fan o’quvchilarning 
san`atga bo`lgan ehtiyojini o`stirish, bastakorlar va kompozitorlar tamonidan yaratilgan mumtoz 
asarlarni qadrlash, ularni ijodiy izlanishga o`rgatadi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “ Ta`lim to`g`risida “gi Qonunni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga 
asosan hozirgi kunda ta`lim sohasiga juda katta e`tibor berilmoqda. O`qitishning yangi 
zamonaviy texnologiyalari va electron variant tizimlariga asoslangan holda  darsliklar yaratish 
davr talabi bo`lmoqda. Musiqa madaniyati o`quv madaniyati o`quv predmeti o`quvchilarning 
ma`naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga  milliy g`urur va vatanparvarlik 
tarbiyasini amalga oshirishda ijobiy mahorat, nafosat va badiiy didni o`stirishga, fikr doirasini 
kengaytirishga mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. 
 
Maktabgacha ta’lim standartida dastur istiqboliga mo’ljallangan talablar asosida milliy ruh, 
milliy musiqa ohanglarini imkon qadar o’zida mujassam etib, musiqada zaruriy bilim va amaliy 
malakalarni tarkib toptirish asosiy maqsadi hisoblanadi. 
O’quvchilarning musiqaviy ko’nikma va malakalarini rivojlantirish, hamda musiqa haqida 
tushuncha berish bilan musiqadan zavqlanishni, musiqa adabiyotlaridan foydalanish, musiqa 
tinglash, qo’shiq aytish, musiqaviy ritmik harakat bajarishga o`quvchilarni jalb qilish, musiqa 
fanini amaliyot bilan bog’lash, mavzularga mos ko’rgazmali qurollar tayyorlash, o’quvchilarni 
boy me’rosimizdan bahramand etish, kasbiy kompetentligini oshirishda bilimlarini amalda  
qo’llay  bilishlariga o`rgatish fanning asosiy maqsadidir. 
Fanning vazifalari: O`quvchilarni kasbiy kompetentligini oshirish va musiqiy bilimdonlikning 
zaruriy asoslarini tarkib toptirishdan iboratdir. Fanning nazariy, amaliy mavzularining o`qitish 
uslublarini keng qo`llash, unda  musiqa savodining asosiy mazmunlari qamrab olinib,  ko’proq 
bog’cha  musiqa  repertuarlari misolida o’rganiladi. MTMda o’tiladigan mashg’ulotlar musiqa 
bilan chambarchas  bog’liq bo’lgan  holda  muntazam o’tib boriladi. 
Ushbu fanni o`tishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 
O`quvchilarning milliy musiqani idrok etish  malakalarini o`stirish; 
Qo`shiq kuylash malakalarini o`stirish; 
Musiqiy-nazariy savodxonlikni o`stirishni shakllantirish; 
O`quvchilarning  musiqiy – ritmik faoliyatlarini shakllantirib borish; 
O`quvchilarda yuqori ko`nikmalarni shakllantirish dars jarayonida nazariy va amaliy 
mashg`ulotlar musiqa vositasida bajariladi. 
 
 
Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish