O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


Fizikaviy  xossalari.  Aminlar  ammiakning  hosilalari  bo`lganligi  sababli 
ularda  ammiakning  kimyoviy  xossalari  takrorlanadi.  Quyi  aminlar  (metilamin, 
dimetilamin, trimetilamin) odatdagi sharoitda ammiak hidi keladigan, suvda yaxshi 
eriydigan  gazlar,  aminlar  qatorining  o`rta  a`zolari  salgina  hidi  bor  suyuqliklar, 
yuqori a`zolari esa hidsiz, suvda erimaydigan qattiq moddalardir. 
Kimyoviy  xossalari.  1.  Asosli  xossalari.  Aminlar  ham  ammiak  kabi  asos 
xususiyatiga  ega  moddalar  bo`lib,  ularning  suvli  eritmalari  lakmus  qog`ozini 

 
229 
ko`kartiradi.  Ammo  aminlar  ammiakka  nisbatan  kuchli  asoslardir,  chunki  ular 
suvli  eritmada  kuchli  dissotsiyalanadi  hamda  yuqori  konsentratsiyali  gidroksil 
ionlari hosil bo`ladi: 
CH
3
NH
2
 + H
2
O ↔ [CH
3
NH
3
]
+
OH

          (CH
3
)
2
NH + H
2
O ↔ [(CH
3
)
2
NH
2
]
+
 OH
– 
                          metilammoniy gidroksid                         dimetilammoniy gidroksid 
2. Tuz hosil qilishi. Aminlar ham ammiak singari kislotalar bilan reaksiyaga 
kirishib, tuzlar hosil qiladi: 
CH
3
NH
2
 + HCl 

 [CH
3
NH
3
]Cl               (CH
3
)
2
NH + HCl 

 [(CH
3
)
2
NH
2
]Cl 
                            metilammoniy xlorid                                  dimetilammoniy xlorid 
Aminlarning  tuzlari  suvda  eriydigan  kristall  moddalar  bo`lib,  ularning 
suvdagi  eritmalari  elektr  tokini  o`tkazadi,  chunki  ular  ionlarga  yaxshi 
dissotsiyalanadi: 
[(CH
3
)
2
NH
2
]Cl ↔ [(CH
3
)
2
NH
2
]
+
 + Cl
– 
Aminlarning tuzlariga ishqorlar ta`sir ettirilganda aminlar ajralib chiqadi: 
[CH
3
NH
3
]Cl + NaOH 

 CH
3
NH
2
 + NaCl + H
2

3.  Aminlarga  nitrit  kislotaning  ta`siri.  Bu  reaksiya  yordamida  aminlarni 
bir–biridan  ajratish  mumkin,  chunki  hosil  bo`layotgan  moddalarga  qarab  aminlar 
birlamchi, ikilamchi, uchlamchi aminlar ekanligi aniqlanadi. 
a) Birlamchi aminlar nitrit kislota ta`sirida spirt, azot va suv hosil qiladi: 
R–NH
2
 + HO–NO → R–OH + N
2
 + H
2

   
b)  Ikkilamchi  aminlar  nitrit  kislota  ta`sirida  suv  ajralib  chiqishi  hisobiga 
nitrozaminlar hosil qiladi: 
R
N H
R
+
H O
N O
R
N
R
N = O
+
H
2
O
 
c) Uchlamchi aminlar nitrit kislota ta`siriga chidamli bo`ladi hamda tuz hosil 
qiladi:     
R
N
R
R
+
R
N
R
R
. H N O
2
H N O
2
 

 
230 
 
4.  Aminlarning  alkillanishi.  Aminlar  uglevodorodlarning  galogenli 
hosilalari  bilan  reaksiyaga  yaxshi  kirishadi,  natijada  aminoguruhidagi  vodorod 
atomlari radikallar bilan o`rin almashadi: 
a) CH
3
–NH
2
 + CH
3
–Cl → [CH
3
–NH
2
–CH
3
]
+
Cl

 + NH
3
 → CH
3
–NH–CH
3
 + NH
4
Cl 
b )  C H
3
N H
C H
3
+
N H
3
N H
4
C l
-
C H
3
N
C H
3
C H
3
[C H
3
N H
C H
3
C H
3
]
+
C l
-
C H
3
C l
+
+
C H
3
C l
[C H
3
N
C H
3
C H
3
]
+
C l
-
C H
3
C H
3
N
C H
3
C H
3
c)
 
5.  Aminlarning  atsillanishi.  Birlamchi  va  ikilamchi  aminlarga  organik 
kislotalarning  hosilalari  (kislota  angidridlari  yoki  galogenangidridlari)  ta`sir 
ettirilganda aminoketonlar va kislotalar hosil bo`ladi: 
R–NH
2
 + Cl–CO–R → R–NH–CO–R + HCl 
R
N H
2
+
R
C
O
O
C
R
O
R
N H
C
R
O
+
R
C
O
O H
 
 
6.  Izonitril  hosil  bo`lishi.  Birlamchi  aminlar  xloroform  bilan  ishqorning 
spirtli  eritmasi  ishtirokida  qizdirilganda,  kuchli  ko`nil  aynituvchi  hidli  modda–
izonitril hosil bo`ladi: 
R–NH
2
 + CHCl
3
 + 3NaOH → R–N=C + 3NaCl + 3H
2

7. Aminlar havoda yonadi. 
4CH
3
NH
2
 + 9O
2
 

 4CO
2
 + 2N
2
 + 10H
2

Metilamin  CH
3
–NH
2
  ammiak  hidli  gazsimon  modda  bo`lib,  suvda  yaxshi 
eriydi, ba`zi o`simliklar organizmida uchraydi. 
Dimetilamin  CH
3
–NH–CH
3
  ammiak  hidli  gazsimon  modda  bo`lib,  suvda 
yaxshi eriydi, oqsil moddalar chiriganda hosil bo`ladi. 
Trimetilamin  (CH
3
)
3
≡N  konsentrlangan  holda  ammiak  hidli,  suyultirilgan 
holda  sasigan  baliq  hidli  gazsimon  modda  bo`lib,  suvda  yaxshi  eriydi.  Tabiatda 
asosan selyodka namakopi va do`lana gulida uchraydi. 
Diaminlar.  Diaminlar–bular  molekulasida  ikkita  aminoguruhi  –NH
2
 
bo`ladigan  organik  birikmalardir.  Ularning  birinchi  vakili  etilendiamin 

 
231 
H
2
N

CH
2

CH
2

NH

bo`lib, u 1,2–dibrometanga ammiak ta`sir ettirish yo`li bilan 
olinadi: 
Br–CH
2
–CH
2
–Br + 2NH
3
 → H
2
N–CH
2
–CH
2
–NH
2
 + 2HBr 
Putressin  (tetrametilendiamin)  H
2
N–CH
2
–CH
2
–CH
2
–CH
2
–NH
2
  kristall 
modda bo`lib, 27 
0
C da suyuqlanadi. 
Kadaverin 
(pentametilendiamin) 
H
2
N–CH
2
–CH
2
–CH
2
–CH
2
–CH
2
–NH
2
 
suyuqlik bo`lib, 170 
0
C da qaynaydi. 
Putressin  va  kadaverin  oqsil  moddalar  chirishi,  ya`ni  diaminokislotalardan 
CO
2
  ajralib  chiqishi  natijasida  hosil  bo`ladi,  shuning  uchun  ular  ptoaminlar  deb 
ataladi.  Ptoamin  lotincha  so`z  bo`lib  «murda»  degan  ma`noni  bildiradi. 
Ptoaminlar kuchli asos bo`lganligi sababli nafas yo`llariga kuchli ta`sir ko`rsatadi, 
shuning uchun ular «murda zahari» deb ataladi. 
Geksametilendiamin  H
2
N

(CH
2
)
6

NH
2
  adipin  kislotaga  ammiak  ta`sir 
ettirish natijasida hosil bo`ladi. Reaksiya bosqichma–bosqich amalga oshadi, ya`ni 
dastlab  tuz,  tuzdan  diamid  adipin  kislota,  undan  dinitril  adipin  kislota,  so`ngra 
geksametilendiamin olinadi: 
HOOC–(CH
2
)
4
–COOH + 2NH
3
 → H
4
N–OOC–(CH
2
)
4
–COO–NH
4
 
H
4
N–OOC–(CH
2
)
4
–COO–NH
4
 → H
2
N–CO–(CH
2
)
4
–CO–NH
2
 + 2H
2

H
2
N–OC–(CH
2
)
4
–CO–NH
2
 → N≡C–(CH
2
)
4
–C≡N + 2H
2

N≡C–(CH
2
)
4
–C≡N + 4H
2
 → H
2
N–CH
2
–(CH
2
)
4
–CH
2
–NH
2
 
Geksametilendiamin Rossiyada anid, O`zbekiston va Amerikada neylon deb 
ataladigan sintetik tola olishda asosiy xomashyo sifatida ishlatiladi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Aminlar–ammiakning  bitta,  ikkita  yoki  uchta  vodorod  atomi  organik 
radikallarga almashinishi natijasida hosil bo`ladigan organik birikmalar. 
Alifatik aminlar–ammiak yoki ammoniy gidroksidning bitta yoki bir nechta 
vodorod  atomlari  uglevodorod  radikallariga  almashinishi  natijasida  hosil 
bo`ladigan organik birikmalar. 
Birlamchi  amin–molekulasi  tarkibida  bitta  uglevodorod  radikali  mavjud 
bo`lgan amin. 

 
232 
Ikkilamchi  amin–molekulasi  tarkibida  ikkita  uglevodorod  radikali  mavjud 
bo`lgan amin. 
Uchlamchi  amin–molekulasi  tarkibida  uchta  uglevodorod  radikali  mavjud 
bo`lgan amin. 
Metilamin–ammiak  hidli  gazsimon  modda,  suvda  yaxshi  eriydi,  ba`zi 
o`simliklar organizmida uchraydi. 
Dimetilamin–ammiak  hidli  gazsimon  modda,  suvda  yaxshi  eriydi,  oqsil 
moddalar chiriganda hosil bo`ladi. 
Trimetilamin–konsentrlangan  holda  ammiak  hidli,  suyultirilgan  holda 
sasigan baliq hidli gazsimon modda, suvda yaxshi eriydi.  
Diaminlar–bular  molekulasida  ikkita  aminoguruhi  –NH
2
  bo`lgan  organik 
birikmalar. 
Putressin–kristall modda, 27 
0
C da suyuqlanadi. 
Kadaverin–suyuqlik, 170 
0
C da qaynaydi. 
Geksametilendiamin

adipin kislotaga ammiak ta`sir ettirish natijasida hosil 
bo`ladi.  
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1.  Qanday  organik  birikmalar  aminlar  deb  ataladi,  ular  molekula  tuzilishi  va 
tarkibidagi radikallar soniga qarab qanday turlarga bo`linadi? 
2. Alifatik aminlar deb qanday aminlarga aytiladi, ular nechta sinfga bo`linadi? 
3. Alifatik aminlar ratsional nomenklatura bo`yicha qanday nomlanadi? 
4. Alifatik aminlar xalqaro nomenklatura bo`yicha qanday nomlanadi? 
5. Birlamchi aminlar gomologik qatori vakillari formulalarini yozing. 
6. Alifatik aminlar qanday usullar yordamida olinadi? 
7. Alifatik aminlar qanday turdagi fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi? 
8.  Metilamin,  dimetilamin  va  trimetilaminlarga  xlorid  kislota,  nitrit  kislota  ta`sir 
ettirilganda qanday organik moddalar hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing. 
9.  Metilamin,  dimetilamin  va  trimetilaminlarga  xloroform  bilan  ishqorning  spirtli 
eritmasi  ta`sir  ettirilganda  qanday  organik  moddalar  hosil  bo`ladi,  reaksiya 
tenglamalarini yozing. 

 
233 
10. Diaminlar deb qanday turdagi aminlarga aytiladi, ularga qaysi birikmalar misol 
bo`ladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
45–Mavzu: Mishyakli aromatik aminlar. 
 
Reja: 
1. Aromatik aminlar tushunchasi va ularning turlarini; 
2. Aromatik aminlarning nomlanishi va olinish usullarini
3. Aromatik aminlarning fizik–kimyoviy xossalari, ishlatilishini; 
4. Sulfanil kislota amidi, olinishi, xossalari, ishlatilishini. 
Yangi darsning bayoni. 
Ammiak  yoki ammoniy gidroksiddagi bir yoki bir nechta vodorod atomlari 
o`rnini  aromatik  uglevodorod  radikallari  almashinishi  natijasida  hosil  bo`ladigan 
aminlar  aromatik  aminlar  deb  ataladi.  Aromatik  aminlar  molekulasidagi 
uglevodorod  radikallarining  loaqal  bittasi  aromatik  uglevodorod  radikali  bo`lishi 
shart.  

 
234 
Aromatik aminlar ham radikalga almashingan vodorod atomlari soniga ko`ra 
birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi aromatik aminlar va to`rtlamchi arilalkilammoniy 
asoslarga  bo`linadi.  To`rtlamchi  arilalkilammoniy  asosining  molekulasida 
ammoniy  gidroksidning  to`rtta  vodorod  atomi  aril  va  alkil  radikallarga 
almashingan  bo`ladi:  [ArAlk
3
N]
+
OH

.  Bu  yerda  Ar–aromatik  uglevodorod 
radikali,  Alk–alifatik  uglevodorod  radikali.  Molekuladagi  aminoguruh  soniga 
qarab aromatik aminlar mono–, di– va poli– aminlarga bo`linadi. Masalan: 
N H
2
N H
2
N H
2
 
                             monoamin                                  diamin  
 
Ammiak  molekulasidagi  bitta  vodorod  atomi  aromatik  uglevodorod 
radikaliga  almashinishi  natijasida  hosil  bo`ladigan  aminlar  birlamchi  aromatik 
aminlar deb ataladi. Ularning eng oddiy vakili fenilamin yoki aminobenzol bo`lib, 
uning molekulasi quyidagichadir: 
N H
2
 
                                                     aminobenzol, anilin 
Ammiak  molekulasidagi  ikkita  vodorod  atomi  aromatik  yoki  aromatik  va 
alifatik uglevodorod radikallariga almashinishi natijasida hosil bo`ladigan aminlar 
ikkilamchi aromatik aminlar deb ataladi.  
Ikkilamchi  aromatik  aminlar  ikki  xil  bo`ladi:  a)  ikkilamchi  sof  aromatik 
aminlar, b) ikkilamchi alifatik–aromtik aminlar. 
N H
C H
3
N H
 
                             difenilamin                                       metilfenilamin  
Ikkilamchi sof aromatik aminlar molekulasidagi har ikkala radikal aromatik 
uglevodorod  radikali  bo`lib,  ularning  eng  oddiy  vakili  difenilamin  hisoblanadi 
C
6
H
5
–NH–C
6
H
5
.  Ikkilamchi  alifatik–aromatik  aminlar  molekulasida  bitta  radikal 

 
235 
aromatik  uglevodorod  radikali,  ikkinchi  radikal  to`yingan  uglevodorod  radikali 
bo`lib, ularning eng oddiy vakili metilfenilamindir CH
3
–NH–C
6
H
5

Ammiak  molekulasidagi  uchta  vodorod  atomi  aromatik  yoki  aromatik  va 
alifatik uglevodorod radikallariga almashinishi natijasida hosil bo`ladigan aminlar 
uchlamchi aromatik aminlar deb ataladi. Uchlamchi aromatik aminlar ham ikki 
xil  bo`ladi:  a)  uchlamchi  sof  aromatik  aminlar,  b)  uchlamchi  alifatik–aromtik 
aminlar.  
Uchlamchi sof aromatik aminlar molekulasidagi har uchala radikal aromatik 
uglevodorod  radikali  bo`lib,  ularning  eng  oddiy  vakili  trifenilamin  hisoblanadi 
(C
6
H
5
)
3
≡N. 
Uchlamchi  alifatik–aromatik  aminlar  molekulasida  bitta  yoki  ikkita  radikal 
aromatik  uglevodorod  radikali,  qolgan  radikallar  to`yingan  uglevodorod  radikali 
bo`lib, ularning eng oddiy vakili dimetilfenilamindir (CH
3
)
2
=NH–C
6
H
5

N
C H
3
N
C H
3
 
                             trifenilamin                                    dimetilfenilamin 
 
Nomenklaturasi  va  izomeriyasi.  Birlamchi  aromatik  aminlarning  nomlari 
ularning birinchi vakili anilin nomidan hosil qilinadi, masalan:  
N H
2
N O
2
B r
N H
2
C H
3
N H
2
 
              2–nitroanilin                   2–bromanilin                     2–metilanilin 
Benzol  yadrosida  bitta  metil  guruhi  mavjud  bo`lgan  anilinlar  toluidinlar 
C
6
H
4
(CH
3
)NH
2
 deb ataladi. Ular uchta izomer (o–toluidin, m–toluidin, p–toluidin) 
ko`rinishida bo`ladi: 
N H
2
C H
3
N H
2
C H
3
N H
2
C H
3
 
                     o–toluidin                         m–toluidin                    p–toluidin  

 
236 
Benzol  yadrosida  ikkita  metil  guruhi  mavjud  bo`lgan  anilinlar  ksilidinlar 
C
6
H
3
(CH
3
)
2
NH
2
 deb ataladi.  
N H
2
C H
3
C H
3
N H
2
C H
3
C H
3
N H
2
C H
3
H
3
C
 
              qator ksilidin              nosimmetrik ksilidin      simmetrik ksilidin 
 
Ratsional nomenklatura bo`yicha aminlar nomi radikallar nomiga amin so`zi 
qo`shib hosil qilinadi. Masalan: 
N H
2
N H
C H
3
N
C H
3
 
             fenilamin                     metilfenilamin                     metildifenilamin 
 
Aromatik  aminlarda  izomeriya  aminoguruhning  benzol  halqasida  yoki 
benzol  halqasining  tashqarisida  zanjirga  joylashishiga  bog`liq  bo`ladi.  Masalan: 
C
7
H
9
N tarkibli aromatik amin to`rtta izomerga ega: 
C H
3
N H
2
N H
2
C H
3
N H
2
C H
3
C H
2
N H
2
 
              o–toluidin             m–toluidin         p–toluidin              benzilamin 
Olinish  usullari.  1.  Aromatik  nitrobirikmalarni  qaytarish  yo`li  bilan 
aromatik  aminlar  olinadi.  Bu  usul  1842  yilda  rus  olimi  N.  N.  Zinin  tomonidan 
kashf etilgan, shuning uchun Zinin reaksiyasi deb ataladi: 
C
6
H
5
NO
2
 + 3(NH
4
)S 

 C
6
H
5
NH
2
 + 3S + 6NH
3

 + 2H
2

Sanoatda  aminlar  olishda  qaytaruvchilar  sifatida  H
2
,  kislotali  muhitda  Fe, 
Sn, Zn metallari ishlatiladi. Nitrobirikmalar kislotali muhitda qaytrilganda dastlab 
oraliq  moddalar  (nitrozobirikmalar  va  gidroksilaminlar),  so`ngra  aminlar  hosil 
bo`ladi:  
4C
6
H
5
NO
2
 + 9Fe + 4H
2


 4C
6
H
5
NH
2
 + 3Fe
3
O
4
  
N H
2
N O
2
+
3 H
2
+
2 H
2
O
 

 
237 
2
2
2
2
2
2
2
NH
Ar
H
OH
NH
Ar
H
NO
Ar
H
NO
Ar
O
H
O
H


 








 





 
2. Galogenli aromatik birikmalarga yuqori harorat va bosimda ammiak ta`sir 
ettirilganda aminlar hosil bo`ladi: 
N H
2
J
+
+
2 N H
3
T ,   P
N H
4
J
 
 
3.  Birlamchi  aromatik  aminlar  kislotali  muhitda  qizdirilganda  ikkilamchi 
aromatik aminlar hosil bo`ladi: 
N H
2
H
2
N
+
H C l
N H
+
N H
4
C l
 
 
4.  Ikkilamchi  aromatik  aminlarga  Cu  katalizatori  ishtirokida  galognli 
aromatik birikmalar ta`sir ettirilganda uchlamchi aromatik aminlar olinadi: 
H C l
N H
+
C l
N
+
 
Fizikaviy xossalari. Kichik molekulali aromatik aminlar suyuqliklar, yuqori 
molekulali  aromatik  aminlar  esa  qattiq  moddalar  bo`lib,  ularning  ko`pchligi 
qo`lansa  hidli,  zaharli,  suvda  oz  eriydi.  Masalan,  anilin  o`ziga  xos  salgina  hidli, 
zaharli,  rangsiz  moysimon  suyuqlik,  u  suvdan  og`ir  va  suvda  kam  eriydi,  lekin 
benzolda, efirda va spirtda yaxshi eriydi. 
Kimyoviy xossalari. 1. Kuchsiz asos xossasi. Aromatik aminlar ammiak va 
alifatik  aminlarga  qaraganda  kuchsiz  asoslardir,  masalan,  anilin  eritmasi  qizil 
lakmus  qog`ozini  ko`k  rangga  kiritmaydi.  Biroq,  aromatik  aminlar  mineral 
kislotalar bilan ta`sirlashib tuz hosil qiladi: 
C
6
H
5
–NH
2
 + HCl → [C
6
H
5
–NH
3
]
+
Cl

 yoki C
6
H
5
–NH
2
∙HCl 
C
6
H
5
–NH
2
 + HSO
4
H → [C
6
H
5
–NH
3
]
+
HSO
4

 yoki C
6
H
5
–NH
2
∙H
2
SO
4
 
2. Alkillanish va atsillanish reaksiyalari. 
a)  Birlamchi  aromatik  aminlar  galogenalkillar  ta`sirida  alkillanish 
reaksiyasiga  kirishadi  hamda  ikkilamchi  va  uchlamchi  aromatik  aminlarga 
aylanadi: 

 
238 
N H
2
N H
C H
3
+
J
C H
3
-
H J
H J
-
J
C H
3
+
N
C H
3
C H
3
 
 
b)  Aromatik  aminlar  organik  kislotalarning  angidridlari  ta`sirida  atsillanish 
reaksiyasiga kirishadi: 
C
6
H
5
–NH
2
 + (CH
3
–CO)
2
O → C
6
H
5
–NH–CO–CH
3
 + CH
3
–COOH  
 
Hosil bo`lgan modda ishqor yoki kislota ishtirokida qizdirilganda, qaytadan 
amin va kislotaga aylanadi: 
C
6
H
5
–NH–CO–CH
3
 + HOH → C
6
H
5
–NH
2
 + CH
3
–COOH 
 
3. Nitrit kislota ta`siri. Alifatik aminlar kabi aromatik aminlarga ham nitrit 
kislota ta`sir ettirilganda, hosil bo`layotgan moddalarga qarab, ularning birlamchi, 
ikkilamchi yoki uchlamchi aminlar ekanligi aniqlanadi. 
 
a) Birlamchi aromatik aminlar tuzlari dastlab diazoniy tuzini hosil qiladi, bu 
tuz suv ta`sirida gidrolizlanadi va parchalanadi: 
[C
6
H
5
–NH
3
]
+
Cl

 + HO–NO → [C
6
H
5
–N≡N]
+
Cl

 + 2H
2

[C
6
H
5
–N≡N]
+
Cl

 + HOH → C
6
H
5
–OH + N
2
 + HCl 
 
b)  Ikkilamchi  aromatik  aminlarga  nitrit  kislota  ta`sir  ettirib  nitrozoaminlar 
olinadi: 
N H
+
H O
N O
+
N
N = O
H
2
O
 
c)  Uchlamchi  aromatik  aminlar  nitrit  kislota  ta`sirida  paranitrozoaminlarga 
aylanadi: 
N
+
H O
N O
+
H
2
O
N = O
N
 
 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish