O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


 
Reja: 
1. Izoprenoidlar va terpenoidlar tushunchasi
2. Terpenlar va ularning turlari
3. Monosiklik terpenlar; 
4. Bisiklik terpenlar. 
 
 
Terpenoidlar  deb  tarkibida  kislorod  atomi  saqlagan  terpenlarning 
hosilalariga  aytiladi.  Terpenlar  esa  tabiiy  birikmalarning  katta  bir  guruhi  bo`lib, 
ular  alisiklik  birikmalar  qatoriga  kiradi  va  (C
5
H
8
)
2+n
  formulaga  ega  bo`ladi. 
Molekulada odatda n ning qiymati 0–8 atrofida bo`ladi. 
 
Molekuladagi  izopren  qoldiqlari  soniga  qarab  terpenlar  quyidagi  turlarga 
bo`linadi:  C
10
H
16
  formulali  moddalar–monoterpenlar,  C
15
H
24
  formulali  moddalar–
seskviterpenlar,  C
20
H
32
  formulali  moddalar–diterpenlar,  C
30
H
48
  formulali 
moddalar–triterpenlar deyiladi. 
 
Tuzilishiga  qarab  hamda  molekulasidagi  sikllarning  soniga  qarab  terpenlar 
quyidagi to`rt guruhga ajratiladi:  
Alifatik terpenlar, monosiklik terpenlar, bisiklik terpenlar, trisiklik terpenlar. 
Monosiklik  terpenlar  asosida  mentan  skeleti  yotadi.  Mentan–to`liq 
gidrogenlangan simol hosilasi bo`lib, simolni gidrogenlab olinadi: 
C H
3
C H
H
3
C
C H
3
C H
3
C H
H
3
C
C H
3
 
                                 simol                                             mentan 
 
Mentan suyuq modda bo`lib, tabiatda uchramaydi. 
 
Monosiklik  terpenlar  to`rt  atom  bromni  biriktirib  olish  xususiyatiga  ega, 
chunki ular o`z molekulasida ikkita qo`shbog` tutadi. Monosiklik terpenlarning eng 
birinchi vakili  limonen  bo`lib, u  limonning  efir  moyida uchraydi. Shuning uchun 
ham  «Limonen»  deb  atalgan.  Limonenning  tuzilishi  rus  olimi  Ye.  Ye.  Vagner 
tomonidan aniqlagan bo`lib, uning tuzilishi quyidagicha: 

 
316 
C = C H
2
C H
3
H
3
C
 
 
Limonen  molekulasida  asimmetrik  uglerod  atomi  mavjud  bo`lgani  uchun, 
uning  ikkita  optik  faol  va  bitta  optik  nofaol–ratsemik  shakllari  uchraydi.  Limon 
moyida,  apelsin  po`stlog`i  moyida  hamda  selderey  va  zira  moylarida  ham  D–
limonen  uchraydi.  Qarag`ay  va  pixta  ignabarglarining  efir  moyida  L–limonen 
uchraydi.  Ratsemik  shakldagi  limonen  esa  dipenten  deb  ataladi  va  skipidarning 
ba`zi turlarida saqlanadi. Kauchukni quruq haydash orqali dipenten hosil qilinadi. 
Dipentenni ba`zi bir terpenlardan ham olish mumkin. 
 
Mentanning gidroksil guruh tutgan hosilalari ichida mentol va terpin alohida 
ahamiyatga ega. 
 
Mentol  yoki  mentanol–3  yalpiz  efir  moyining  asosiy  tarkibiy  qismi  bo`lib, 
uning  hidini  belgilaydi.  Sanoatda  mentol  yalpiz  efir  moyidan  ajratib  olinadi  yoki 
timolni gidrogenlash yo`li bilan sintez qilinadi. 
C H
3
O H
C H
H
3
C
C H
3
 
 
Mentol kristall modda bo`lib, uning molekulasida uchta asimmetrik uglerod 
atomi bo`ladi. Shuning uchun ham mentol optik faollikka ega bo`lib, suvda yomon, 
organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. 
 
Tibbiyotda  mentol  bosh  og`riqlarida  tinchlantiruvchi,  burun–tomoq  shilliq 
pardasi yallig`langanda esa antiseptik dori vositasi sifatida ishlatiladi. Mentolning 
izovalerian  kislota  mentil  efiridagi  eritmasi  validol  deb  ataladi  va  stenokardiya 
hamda nevroz kasalliklarida keng ko`lamda qo`llaniladi. 
 
Terpin  yoki  mentandiol–1,8  ikki  atomli  spirt  bo`lib,  tabiatda  erkin  holda 
uchramaydi. Balki ba`zi bir efir moylar uzoq vaqt saqlanganda hosil bo`ladi. 

 
317 
O H
H
3
C
C
C H
3
H
3
C
O H
 
Sanoatda  terpin  skipidar  tarkibidagi  pinenni  gidroliz  qilish  yo`li  bilan 
olinadi.  Terpin  bir  molekula  suv  bilan  kristallanadi,  shuning  uchun  ham  uni 
terpingidrat deb nomlanadi. Terpingidrat kristall tuzilishli modda bo`lib, tibbiyotda 
bronxit kasalligida balg`am ko`chiruvchi vosita, ayrim hollarda antiseptik vosita va 
kuchsiz siydik haydovchi vosita sifatida ham qo`llaniladi. 
Bisiklik  terpenlar  molekulasida  bitta  qo`shbog`  mavjud  bo`lgan  va  ikkita 
sikldan  tashkil  topgan  alisiklik  birikmalardir.  Bisiklik  terpenlarning  turli  xil 
guruhlari, odatda, tarkibida qo`shbog` bo`lmagan uglevodorodlar (karan, pinan va 
kamfan) dan hosil qilinadi. Shuning uchun ham bisiklik terpenlar karan, pinan va 
kamfan guruhlariga bo`linadi: 
H
2
C
C H
2
H
2
C
C H
3
C H
C H
H
3
C
C H
3
C
C H
H
2
C
C H
2
H
2
C
C H
3
C
C H
H
3
C
C H
3
C
C H
2
C H
2
C
H
3
C
C H
C H
C H
3
H
2
C
C H
H
2
C
C H
3
 
                 karan                                      pinan                                    kamfan 
 
Bisiklik terpenlar ichida pinan guruhiga kiruvchi pinen katta ahamiyatga ega 
bo`lib,  pinen  skipidarning  asosiy  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  «Pinen»  so`zi 
lotincha «pinus»–qarag`ay so`zidan kelib chiqqan, hamda pinenning tuzilishi ham 
rus olimi Ye. Ye. Vagner tomonidan aniqlangan: 
C H
2
C
H
3
C
C H
C
C H
3
H C
C H
H
2
C
C H
3
 

 
318 
Toza pinen skipidar hidiga ega bo`lgan suyuqlik. Pinen molekulasida ikkita 
asimmetrik  uglerod  atomi  mavjud  bo`ladi.  Shuning  uchun  ham  pinen  o`ngga 
buruvchi, chapga buruvchi va optik nofaol pinen ko`rinishida uchraydi.  
 
Ignabargli  daraxtlar  smolasini  suv  bug`i  yordamida  haydash  yo`li  bilan 
skipidar  yoki  terpentin  moyi  olinadi.  Haydab  bo`lgandan  keyin  qolgan  qoldiq 
smola kanifol bo`ladi. 
 
Tozalangan  skipidar  rangsiz,  o`ziga  xos  hidli,  suvdan  yengil  suyuqlik 
bo`lib,  suvda  erimaydi,  organik  erituvchilarda  esa  yaxshi  eriydi.  Texnikada 
erituvchi  sifatida,  tibbiyotda  esa  shamollash  kasalliklarida  badanga  surtish 
maqsadida  qo`llaniladi.  Skipidarning  ahamiyati  uning  tarkibidagi  pinen  bilan 
belgilanadi.  Pinen  esa  asosan  terpingidrat  va  kamforani  sintez  qilish  uchun 
ishlatiladi. 
 
Pinenga  uzoq  vaqt  davomida  25–30  %  li  sulfat  kislota  eritmasi  ta`sir 
ettirilganda,  pinen  molekulasidagi  qo`shbog`  hamda  to`rt  a`zoli  sikl  uziladi  va 
bo`shagan  valentliklarga  ikki  molekula  suv  birikadi.  Natijada  ikki  atomli  spirt–
terpin hosil bo`ladi. 
C H
2
C
H
3
C
C H
C
C H
3
H C
C H
H
2
C
C H
3
+
2HOH
C H
2
C H
C
C H
3
H
2
C
C H
H
2
C
O H
C
H
3
C
C H
3
O H
 
 
Kamfan  guruhining  eng  asosiy  vakili  kamfora  hisoblanadi.  Kamfora 
molekulasida  ikkita  asimmetrik  uglerod  atomi  bor,  shuning  uchun  ham  kamfora 
o`ngga  buruvchi,  chapga  buruvchi  izomerlar  holida  va  ratsemik  shaklda  mavjud 
bo`la oladi.  

 
319 
H
2
C
C = O
H
2
C
C H
3
C
C H
H
3
C
C H
3
C
C H
2
 
Yaponiya  va  Xitoyda  o`sadigan  Laurus  camphora  daraxtidan  o`ngga 
buruvchi  kamfora  ko`plab  miqdorda  ajratib  olinadi.  Kamfora  daraxtining  qipig`i 
suv  bug`i  bilan  haydalganda,  kamforaning  o`zi  va  kamfora  moyi  suv  bug`i  bilan 
birga haydab olinadi. Siqish yo`li bilan kamfora moyidan kamfora ajratib olinadi. 
O`ngga  buruvchi  kamfora  175 
0
C  da  suyuqlanadigan,  209 
0
C  da 
qaynaydigan, oddiy haroratda qisman uchuvchan kristall modda. 
Ushbu  usuldan  tashqari,  sanoatda  kamfora  quyidagi  usullar  bilan  ham 
olinadi: 
a) Pinendan kamfora sintez qilish. 
 
Pinendan  olinadigan  sintetik  kamfora  178,6 
0
C  da  suyuqlanadi,  optik  faol 
emas. 
 
b) Pixta moyi tarkibidagi bornilatsetatdan kamfora sintez qilish. 
 
Bornilatsetat  borneol  spirtning  sirka  efiri  bo`lib,  pixta  moyida  30–40  % 
miqdorda  saqlanadi.  Sintetik  kamfora  ishlab  chiqarish  uchun  pixta  moyidan 
bornilatsetat  ajratib  olinadi,  uni  gidrolizlanadi  va  hosil  bo`lgan  borneolni 
oksidlanadi. Masalan: 
C H
3
H
2
C
C H
2
H C
C
C H
H
3
C
C H
3
C
O
C O
H
3
C
C H
2
+
H
2
O
H
2
C
C H
2
H C
C
C H
H
3
C
C H
3
C
O
C H
2
C H
3
H
+
(O )
C H
3
H
2
C
C H
2
O = C
C
C H
H
3
C
C H
3
C
C H
2
 
 
Bu usul bilan olinadigan sintetik kamfora qutblangan nur tekisligini chapga 
buradi. 
 
Kamfora o`ziga xos hidli, achchiq ta`mli, uchuvchan kristall modda bo`lib, 
suvda erimaydi, organik erituvchilar va moylarda yaxshi eriydi.  

 
320 
 
Kamfora  molekulasida  qo`shbog`  yo`q  bo`lib,  u  galogenlarni  biriktirib 
olmaydi.  Kamfora–bisiklik  keton  bo`lganligi  sababli,  gidroksilamin  bilan 
reaksiyaga  kirishib  oksim,  fenilgidrazin  bilan  reaksiyaga  kirishib  fenilgidrazon 
hosil qiladi. 
 
Farmatsevtik  tahlilda  kamfora  miqdorini  aniqlashda  uning  molekulasidagi 
karbonil  guruhi  xossalaridan  foydalaniladi.  Buning  uchun  gidroksilamin 
gidroxlorid ta`sir ettirilib kamfora oksimi olinadi, ozod holda ajralib chiqqan xlorid 
kislota esa ishqor bilan titrlab miqdori aniqlanadi. 
 
Shuni  aytib  o`tish  kerakki,  kamfora  molekulasidagi  >C=O  guruh  yonidagi 
CH
2
  ning  vodorod  atomlari  qo`zg`aluvchan  xususiyatga  ega.  Shuning  uchun  ham 
kamfora aromatik aldegidlar bilan kondensatlanish reaksiyalariga kirishadi hamda 
quyidagi tuzilishli moddani hosil qiladi: 
C H
3
H
2
C
C = O
H
2
C
C
C H
H
3
C
C H
3
C
C = C H
 
 
Bu reaksiya kamforani aniqlashda qo`llaniladi. 
 
Tibbiyotda kamforaning har uchala turi ham ishlatiladi. Ko`pincha, kamfora 
moydagi  eritma–Oleum  camphorae  holida  yurakka  quvvatlovchi,  shuningdek, 
balg`am  ko`chiruvchi  va  qitiqlovchi  ta`sir  ko`rsatuvchi  dori  vositasi  sifatida 
qo`llaniladi. Texnikada kamfora selluloid tayyorlashda, shuningdek, tutunsiz porox 
ishlab chiqarishda ko`p miqdorda ishlatiladi. 
 
Bromkamfora  yoki  monobromkamfora  kamfora  hidiga  o`xshash  hidli 
kristall  modda  bo`lib,  suvda  erimaydi,  organik  erituvchilarda  yaxshi  eriydi. 
Tibbiyotda tinchlantiruvchi dori vositasi sifatida ishlatiladi. 

 
321 
C H
3
C
C H
2
O = C
C
C H
H
3
C
C H
3
C
C H
2
B r
H
 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Terpenoidlar–tarkibida kislorod atomi saqlagan terpenlarning hosilalaridir. 
Monosiklik terpenlar–molekulasi bitta halqadan iborat bo`lgan terpenlar. 
Mentan–to`liq gidrogenlangan simol hosilasi bo`lgan monosiklik terpen. 
 
Limonen–limonning efir moyida uchraydigan monosiklik terpen. 
 
Mentol–yalpiz  efir  moyining  asosiy  tarkibiy  qismi  bo`lgan  monosiklik 
terpen. 
Validol–tibbiyotda stenokardiya hamda nevroz kasalliklarida keng ko`lamda 
qo`llaniladigan mpnosiklik terpen hosilasi. 
 
Bisiklik  terpenlar–molekulasida  bitta  qo`shbog`  mavjud  bo`lgan  va  ikkita 
sikldan tashkil topgan alisiklik birikmalar.  
Toza pinen–skipidar hidiga ega bo`lgan suyuqlik.  
Tozalangan skipidar rangsiz, o`ziga xos hidli, suvdan yengil suyuqlik. 
Kamfora–o`ziga xos hidli, achchiq ta`mli, uchuvchan kristall modda. 
 
Bromkamfora  yoki  monobromkamfora–kamfora  hidiga  o`xshash  hidli 
kristall modda.  
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1.  Terpenoidlar  deb  qanday  turdagi  organik  birikmalarga  aytiladi,  ular  qaysi 
umumiy formula bilan ifodalanadi? 
2. Terpenlar izopren qoldiqlari soniga, tuzilishi, molekuladagi sikllar soniga qarab 
qanday turdagi terpenlarga bo`linadi? 
3.  Monosiklik  terpenlar  deb  qanday  turdagi  organik  birikmalarga  aytiladi,  ular 
qanday turdagi birikmalarga ajratiladi? 
4.  Mentol  sanoatda  qanday  usul  bilan  olinadi,  tibbiyotda  qanday  maqsadda 
ishlatiladi? 

 
322 
5.  Terpin  yoki  1,8–mentandiol  sanoatda  qanday  usullar  bilan  olinadi,  tibbiyotda 
qanday dori vositalari sifatida ishlatiladi? 
6.  Qanday  turdagi  terpenlar  bisiklik  terpenlar  deb  ataladi,  ular  necha  xil  guruhga 
bo`linadi? 
7.  Pinenning  tuzilishi  kim  tomonidan  aniqlangan,  uning  necha  xil  izomerlari 
mavjud bo`ladi? 
8.  Skipidar  qanday  usul  bilan  olinadi,  texnika  va  tibbiyotda  qanday  maqsadda 
ishlatiladi? 
9. Terpinning olinishi reaksiya tenglamasini yozib bering. 
10. Kamforaning tuzilish formulasini va izomerlari formulalarini yozing. 
11. Tibbiyot va texnikada kamfora qanday maqsadda ishlatiladi? 
12.  Bromkamforaning  tuzilish  formulasini  yozing,  tibbiyotda  uning  qanday 
hosilalari qo`llaniladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 

 
323 
Alkaloidlar, tabiatda uchrashi, tuzilishi, vakillari. 
 
Reja: 
 
1. Alkaloidlar haqida tushuncha
 
2. Alkaloidlarning tabiatda uchrashi va tuzilishi
 
3. Alkaloidlarning vakillari. 
 
 
Alkaloidlar  deb  ayrim  o`simliklar  tarkibida  uchraydigan,  tarkibida  azot 
atomi  tutgan  hamda  asos  xossalariga  ega  bo`lgan  murakkab  organik  moddalarga 
aytiladi.  Alkaloidlarning  ko`pchiligi  odam  organizimiga  kuchli  fiziologik  va 
farmakologik  ta`sir  ko`rsatadi:  ular  katta  dozada  zaharli  moddalar,  kichik  dozada 
esa qimmatbaho dorivor moddalar hisoblanadi. 
Alkaloid  so`zi  lotincha  alkakli–ishqor,  oides–simon  so`zlaridan  yasalgan 
b`olib, 
«ishqorsimon» 
degan 
ma`noni 
bildiradi. 
Ko`knorguldoshlar 
(Papaveraceae),  dukkaklilar  (Leguminseae),  ituzumguldoshlar  (Solanaceae), 
ayiqtovonguldoshlar  (Ranunculaceae),  zirkguldoshlar  (Berberidaceae)  singari 
o`simliklar  oilalari  alkaloidlarga  boy  hisoblanadi.  O`simliklarda  alkaloidlarning 
miqdori turlicha bo`ladi. Xinna daraxtining po`stlog`ida, koridalis va barbaris kabi 
o`simliklarda  alkaloidlarning  miqdori  10–15  %  ga  yetadi.  Lekin  bunday 
o`simliklar juda kam. Umuman, tarkibida 1–2 % atrofida alkaloid mavjud bo`lgan 
o`simliklar  alkaloidlarga  boy  o`simliklar  hisoblanadi.  Alkaloidlar  o`simliklarning 
vegetatsiya  davri  va  tuproq  sharoitiga  qarab  sifat  va  miqdor  juhatdan  o`zgarib 
turadi. Alkaloidlar o`simliklarda olma, limon, oksalat, qahrabo, sirka, propion, sut, 
sulfat,  fosfat  kislotalarning  tuzlari  holida  uchraydi.  O`z  tuzlaridan  hosil  qilingan 
erkin  alkaloidlar  asosli  xossaga  ega  bo`lganligi  sababli  alkaloid–asoslar  deb 
yuritiladi. 
XX  asrda  sobiq  SSSR  alkaloidlar  kimyosini  rivojlantirishda  V.  M. 
Rodionov,  N.  A.  Preobrajenskiy,  A.  P.  Orexov,  A.  G.  Menshikov,  R.  A. 
Konovalova,  S.  I.  Kanevskaya,  S.  Yu.  Yunusov,  O.  S.  Sodiqov  kabi  olimlarning 
xizmatlari katta. 

 
324 
Mamlakatimizda  O`zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  «O`simlik  moddalari 
kimyosi instituti» Alkaloidlar kimyosi laboratoriyasi, «Bioorganik kimyo» instituti 
Polifenollar  laboratoriyasi  hamda  Mirzo  Ulug`bek  nomli  O`zbekiston  Milliy 
Universiteti  Tabiiy  birikmalar  kimyosi  laboratoriyasida  alkaloidlar  sohasida  katta 
ilmiy–tadqiqot ishlari olib borilgan va borilmoqda. 
Alkaloidlarni o`simliklardan ajratib olish usullari. 
 
Alkaloidlar  o`simliklar  tarkibidan  tuz  yoki  asoslar  holida  ekstraksiya  qilish 
yo`li  bilan  ajratib  olinadi.  Bunda  alkaloidlarning  tuzlari  suvda  va  spirtda  yaxshi 
erib, boshqa organik erituvchilarda yomon erishi, alkaloidlarning o`zlari esa suvda 
yomon erib, organik erituvchilarda yaxshi erishidan foydalaniladi. 
 
Alkaloidlarni  tuzlar  holida  ekstraksiya  qilishda  erituvchi  sifatida 
suyultirilgan  xlorid  va  sulfat  kislotalar  yoki  shu  kislotalar  qo`shilgan  spirt 
ishlatiladi. Hosil qilingan ekstrakt tarkibida alkaloid bilan birga boshqa qo`shimcha 
moddalar ham mavjud bo`ladi. Alkaloidlarni qo`shimcha moddalardan ajratib olish 
uchun  turli  xil  usullardan  foydalaniladi.  Ayrim  hollarda  kislotali  ekstraktga  ohak 
qo`shiladi, buning natijasida alkaloid–asoslar cho`kmaga tushadi. Cho`kmadan esa 
alkaloid–asoslar  benzol,  efir,  spirt  yoki  xloroform  kabi  erituvchilar  yordamida 
ajratib olinadi. 
 
Alkaloidlarni  erkin  asoslar  holida  ajratib  olish  uchun  tarkibida  alkaloid 
tutgan  o`simliklar  kukun  holiga  kelguniga  qadar  maydalanadi,  so`ngra  ammiak, 
soda  yoki  ishqor  eritmasi  bilan  ho`llanadi  hamda  benzol,  dixloretan,  efir, 
xloroform  kabi  erituvchilar  yordamida  ekstraksiya  qilinadi.  Olingan  ekstrakt 
suyultirilgan  sulfat  kislota  bilan  chayqatiladi,  kislotali  eritmaga  ishqoriy  muhitga 
kelguniga  qadar  ammiak  yoki  ishqor  eritmasi  qo`shiladi.  Cho`kmaga  tushgan 
alkaloid–asoslar  benzol,  efir,  spirt  yoki  xloroform  kabi  organik  erituvchilar 
yordamida ekstraksiya qilish yo`li bilan ajratib olinadi. 
 
Ushbu usullar yordamida alkaloidlarni o`simliklar tarkibidan ajratib olishda 
bir  nechta  alkaloidlar  aralashmasi  (alkaloidlar  yig`indisi)  hosil  bo`ladi.  So`ngra 
aralashma maxsus usullar bilan alohida–alohida individual alkaloidlarga ajratiladi. 

 
325 
 
Alkaloidlarning  ko`pchiligi  oson  kristallanadigan  rangsiz  moddalar  bo`lib, 
ulardan ba`zi birlari (koniin, nikotin, anabazin) suyuq holda bo`ladi. Odatda, suyuq 
alkaloidlar tarkibida kislorod atomi bo`lmaydi. 
Alkaloidlarning  mavjudligini  aniqlash  va  ularni  identifikatsiya  qilish  uchun 
qo`llaniladigan reagent moddalari ikki xil guruhga bo`linadi: cho`ktiruvchi va rang 
hosil qiluvchi reagent moddalar. 
Cho`ktiruvchi  reagent  moddalar  alkaloidlar  bilan  reaksiyaga  kirishib 
erimaydigan  oddiy  yoki  qo`sh  tuzlar  cho`kmasini  hosil  qiladi.  Bunday  reagentlar 
sifatida  tanin,  pikrin  kislota,  fosfor–volfram  kislota  eritmasi,  fosfor–molibden 
kislota  eritmasi,  Nesler  reaktivi  (K
2
[HgJ
4
]),  Dragendorf  reaktivi  (KBiJ
4
)  kabi 
moddalar ishlatiladi. 
Rang  hosil  qiluvchi  reagent  moddalar  ajratib  olingan  alkaloidlarni 
identifikatsiya  qilish  maqsadida  qo`llaniladi.  Bunday  reagentlar  sifatida 
degidratlovchi,  oksidlovchi  yoki  ham  degidratlovchi,  ham  oksidlovchi  moddalar 
aralashmasi ishlatiladi. 
Alkaloidlar guruhlari. 
Alkaloidlarni o`rganish qulay bo`lishi uchun ular turli guruhlarga ajratiladi. 
Oldingi vaqtlarda alkaloidlarning kimyoviy tuzilishi yetarli darajada o`rganilmagan 
davrda ular qaysi o`simlikdan olinganiga qarab guruhlarga ajratilgan. Masalan, xin 
daraxti po`stlog`i alkaloidlari, ko`knori alkaloidlari va hokazo. 
Hozirgi  vaqtda  esa  alkaloidlar  ular  molekulasiga  kiradigan  geterosikl 
tabiatiga qarab guruhlarga ajratiladi. Bunday gruhlar oltita bo`lib, ular quyidagilar 
hisoblanadi: 
1.  Piridin  va  piperidin  guruhi  alkaloidlari–ularga  nikotin  va  anabazin 
alkaloidlari misol bo`ladi. 
2.  Xinolin  guruhi  alkaloidlari–ularga  xinin  va  sinxonin  alkaloidlari  misol 
bo`ladi. 
3.  Izoxinolin  guruhi  alkaloidlari–ularga  papaverin  va  narkotin  alkaloidlari 
misol bo`ladi. 

 
326 
4.  Fenantren–izoxinolin  guruhi  alkaloidlari–ularga  morfin  va  kodein 
alkaloidlari misol bo`ladi. 
5. Purin guruhi alkaloidlari–ularga teofillin, teobromin va kofein alkaloidlari 
misol bo`ladi. 
6.  Tropan  guruhi  alkaloidlari–ularga  tropin,  ekgonin,  atropin  va  kokain 
alkaloidlari misol bo`ladi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Alkaloidlar–ayrim  o`simliklar  tarkibida  uchraydigan,  tarkibida  azot  atomi 
tutgan hamda asos xossalariga ega bo`lgan murakkab organik moddalar. 
Alkaloid–asoslar–o`z  tuzlaridan  hosil  qilingan  erkin  alkaloidlar  asosli 
xossaga ega bo`lgan alkaloidlar. 
Cho`ktiruvchi  reagent  moddalar–alkaloidlar  bilan  reaksiyaga  kirishib 
erimaydigan oddiy yoki qo`sh tuzlar cho`kmasini hosil qiladigan moddalar. 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish