O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Polisaxaridlar–tarkibida  bir  nechta  monosaxarid  qoldig`i  mavjud  bo`lgan 
tabiiy yuqori molekulyar birikmalar. 
Poliglyukozidlar–har  bir  monosaxarid  qoldig`i  qo`shni  monosaxarid 
qoldig`i bilan glyukozid bog` orqali bog`langan yuqori polisaxaridlar. 
Gomopolisaxaridlar–gidrolizlanganda  bir  xil  turdagi  monosaxaridlar  hosil 
bo`ladigan polisaxaridlar. 
Geteropolisaxaridlar–gidrolizlanganda har xil turdagi monosaxaridlar hosil 
bo`ladigan polisaxaridlar. 
Kraxmal–sovuq suvda erimaydigan ta`msiz oq kukun, qaynoq suvda bo`kib 
kleyster hosil qiladi.  
 
Amiloza–molekulasida  1000–6000  atrofida  α–D–glyukoza  qoldiqlari 
mavjud bo`lgan kraxmal. 
 
Amilopektin–molekulalari  ham  amiloza  molekulalari  kabi  α–D–glyukoza 
qoldiqlaridan tarkib topgan kraxmal. 
Glikogen–oq rangli, amorf modda bo`lib, issiq suvda yaxshi eriydi.  
Sellyuloza–mazasiz, hidsiz tolasimon oq modda, suvda va efirda erimaydi. 
Kolloksilin–mono– va di– nitrosellyulozalar aralashmasi. 
Kollodiy–tibbiyotda kolloksilinning spirt va efir aralashmasidagi eritmasi. 
Piroksilin–trinitrosellyuloza  nomi  bilan  tutunsiz  porox  tayyorlashda 
ishlatiladigan modda. 
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1.  Qanday  turdagi  uglevodlar  polisaxaridlar  deb  ataladi,  ularning  zanjiri  qanday 
yo`l bilan o`sib boradi? 
2.  Gidrolizlanganda  hosil  bo`ladigan  monosaxaridlar  turiga  qarab  polisaxaridlar 
qanday turdagi polisaxaridlarga ajratiladi? 

 
295 
3.  Kraxmal  tabiatda  qanday  yo`l  bilan  hosil  bo`ladi,  uning  formulasini  yozib 
bering. 
4. Kraxmal qanday fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi? 
5.  Kraxmal  nechta  fraksiyaga  bo`linadi,  molekulada  fraksiyalar  qanday  nisbatda 
bo`ladi? 
6. Amiloza molekulasi qanday shaklda tuzilgan, qanday bog` yordamida birikkan
qanday xossalarga ega bo`ladi? 
7.  Amilopektin  molekulasi  qanday  shaklda  tuzilgan,  qanday  bog`  yordamida 
birikkan, qanday xossalarga ega bo`ladi? 
8.  Glikogen  (hayvon  kraxmali)  tabiatda  qanday  holda  uchraydi,  qanday  bog` 
yordamida birikkan, qanday xossalarni namoyon qiladi? 
9. Sellyuloza tabiatda qanday holda uchraydi, uning formulasini yozib bering. 
10.  Sellyuloza  qanday  erituvchilarda  eriydi,  gidrolizlanganda  nima  hosil  bo`ladi, 
molekulasi qanday bog` yordamida birikkan? 
11.  Sellyuloza  nitrat  kislota  bilan  ta`sirlashganda  qanday  moddalar  hosil  bo`ladi, 
reaksiya  tenglamalarini  yozing,  bu  birikmalar  tibbiyotda  qanday  maqsadda 
ishlatiladi? 
12.  Atsetat  va  viskoza  ipagi  qanday  yo`l  bilan  olinadi,  reaksiya  tenglamalarini 
yozing, bu birikmalar qanday maqsadda ishlatiladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 

 
296 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
54–Mavzu: Oqsillar, oqsil moddalar tushunchasi. 
 
Reja: 
1. Oqsillar haqida tushunchani; 
2. Oqsillarning hosil bo`lish mexanizmini; 
3. Oqsillarning turlarini; 
4. Oqsillarni aniqlash usullari reaksiyalarini. 
Yangi darsning bayoni. 
Oqsil  haqida  tushuncha.  Barcha  o`simlik,  hayvon  va  mikroorganizmlar 
hayoti  uchun  zarur  bo`lgan  moddalar  oqsil  moddalar,  ya`ni  oqsillardir.  Hayot 
oqsil  moddalarning murakkab  aylanish  jarayoni bo`lib, har qanday  tirik  organizm 
oqsil moddalarsiz yashay olmaydi. 
Oqsil 
moddalarni 
kislotali 
yoki 
fermentativ 
gidroliz 
qilinganda 
aminokislotalar aralashmasi hosil bo`ladi. Ko`pgina oqsillar tarkibida 25 ta atrofida 
turli  xil  aminokislotalar  mavjud  bo`lib,  ushbu  aminokislotalardan  20  ga  yaqini 
oqsillarning  doimiy  tarkibiy  qismini  tashkil  qiladi.  Oqsil  molekulalarida 
aminokislotalar bir–birlari bilan har xil miqdorda va turli tartibda birikadi. 
Oqsillar tuzilishini o`rganishda asosan ikkita yo`l foydali hisoblanadi: 
1. O`qsillarning to`liq yoki qisman gidrolizini sinchiklab o`rganish; 
2.  Gidrolizning  so`nggi  mahsulotlari  bo`lgan  aminokislotalardan  murakkab 
tuzilishli moddalar sintez qilish va ularni oraliq mahsulotlar bilan taqqoslash. 
Rus biokimyogari A. Ya. Danilevskiy o`z tajribalari asosida 1888 yilda oqsil 
molekulasida  aminokislotalar  qoldiqlari  orasida  peptid  bog`lanishlar  borligi 
haqidagi  gipotezani  birinchi  bo`lib  ilgari  surdi.  Keyinroq,  XX  asrning  boshlarida 
nemis olimi E. Fisher oqsil molekulasida peptid bog`lanish mavjudligini tajribada 

 
297 
isbotladi.  U  19  ta  aminokislota  qoldig`idan  tarkib  topgan  polipeptidni  sintez 
qilishga muvaffaq bo`ldi. 
Hozirgi  vaqtda  bir  qator  oqsillarning  tuzilishi  aniqlangan.  Tuzilishi 
aniqlangan  birinchi  oqsil  insulin  bo`lib,  uning  tuzilishi  Fromajo  va  Senjerlar 
tomonidan  aniqlangan. Insulin  molekulasi  ikki polipeptid  zanjiridan iborat bo`lib, 
ulardan  biri  21  ta,  ikkinchisi  30  ta  aminokislota  qoldig`idan  tashkil  topgan.  Bu 
polipeptid  zanjirlar  –S–S–  disulfid  bog`lar  orqali  birikkan.  Ferment  vazifasini 
bajaruvchi ribonukleaza oqsili molekulasi 124 ta aminokislota qoldig`idan iborat. 
Ovqat  hazm  qilish  fermenti  ximotripsinogen  oqsili  246  ta  aminokislota 
qoldig`idan  iborat  bo`lib,  uning  molekulyar  og`irligi  27000  ga  teng.  Rus  olimi, 
akademik  Yu.  A.  Ovchinnikov  tomonidan  aspartatransaminaza  fermenti  412  ta 
aminokislota qoldig`idan iborat ekanligi aniqlandi. 
Hozirgi tasavvurlarga ko`ra oqsil molekulalari bir yoki bir nechta polipeptid 
zanjirlardan tashkil topgan. Polipeptid zanjirlarda aminokislotalar bir–birlari bilan 
peptid  (amid)  bog`lar  (

NH

CO

)  yoki  disulfid  bog`lar  (–S–S–)  orqali 
bog`langan  bo`ladi.  Har  bir  polipeptid  zanjir  ochiq,  tarmoqlangan  yoki  siklik 
holatda  bo`lishi  mumkin.  Ochiq  polipeptid  zanjirning  bir  uchida  erkin  holdagi 
karboksil  guruhi  tutgan  aminokislota  (C–uchli  aminokislota)  bo`lsa,  ikkinchi 
uchida  esa  erkin  holda  aminoguruhi  tutgan  aminokislota  (N–uchli  aminokislota) 
bo`ladi.  Siklik  polipeptid  zanjirlarda  bunday  aminokislotalar  mavjud  bo`lmaydi. 
Tarmoqlangan  polipeptid  zanjirlarda  bir  polipeptid  zanjirdagi  diaminokislotaning 
ikkita aminoguruhiga ikkita polipeptid zanjir birikkan bo`ladi. 
Peptid  bog`lar  bitta  aminokislota  karboksilining  boshqa  aminokislota 
aminoguruhi bilan o`zaro ta`sirlashishi natijasida hosil bo`ladi, masalan: 
H
2
N
C H
2
C O O H
+
H
2
N
C H
C H
3
C O O H
-
H
2
O
H
2
N
C H
2
C O
N H
C H
C H
3
C O O H
 
        glitsin                           alanin                                  dipeptid (glitsil–alanin) 
Peptidlar deb oqsillar asosini tashkil qiluvchi hamda ikki yoki undan ortiq 
aminokislotalarning  o`zaro  polikondensatlanishidan  hosil  bo`lgan  moddalarga 

 
298 
aytiladi.  Ikkita  aminokislota  qoldig`idan  dipeptidlar,  uchta  aminokislotadan 
tripeptidlar, ko`p sonli aminokislotalardan polipeptidlar hosil bo`ladi.  
Peptidlarning nomi aminoguruhidan boshlangan aminokislotalar nomlaridan 
oxirgi  «in»  qo`shimcha  «il»  qo`simchaga  almashtirilib,  hosil  bo`lgan  nomlarga 
karboksil  guruhi  bilan  tamomlangan  oxirgi  aminokislota  nomini  qo`shib  hosil 
qilinadi. Masalan: 
H
2
N

CH
2

CO

NH

CH
2

CO

NH–CH
2
–CO–OH 
                                                   glitsil–glitsil–glitsin  
 
Peptidlardan polipeptidlar, polipeptidlardan pentonlar, pentonlardan oqsillar 
hosil  bo`ladi.  Demak,  oqsillar 

–aminokislotalar  qoldiqlaridan  tashkil  topgan 
murakkab tuzilishli yuqori molekulyar tabiiy birikmalardir. 
Oqsillarning  tuzilishi.  Organik  kimyoda  tadqiqotning  tajribaga  asoslangan 
yangi usullarining paydo bo`lishi va rivojlanishi oqsil tuzilishini o`rganishda ancha 
yutuqlarga  erishilishiga  sabab  bo`ldi.  Hozirgi  vaqtda  oqsil  molekulasining 
birlamchi,  ikkilamchi,  uchlamchi  va  to`rtlamchi  strukturalari  aniqlangan  bo`lib, 
ular bir–biridan farq qiladi. 
Oqsilning  birlamchi  strukturasi  uning  kimyoviy  strukturasi,  ya`ni  ushbu 
oqsilning  polipeptid  zanjirida  aminokislotalar  qoldiqlarining  navbatlashib 
kelishidir. 
Oqsilning  ikkilamchi  strukturasi  polipeptid  zanjirning  fazodagi  shakli. 
Rentgen–struktura  analizi  va  tekshirishning  boshqa  fizikaviy  usullari  yordamida 
tabiiy  oqsillarning  polipeptid  zanjirlari  buralgan  holatda–spiral  ko`rinishida 
bo`lishi  aniqlangan.  Spiral  strukrura  spiralning  yonma–yon  o`ramlaridagi 
aminokislotalar  qoldiqlaridagi  CO  va  NH  guruhlar  orasida  vujudga  keladigan 
vodorod  bog`lanishlar  bilan  tutib  turiladi.  Bunday  ikkilamchi  struktura 

spiral 
deb ataladi. Unda vodorod bog`lanishlar spiralning uzun o`qiga parallel yo`nalgan 
bo`ladi. 
Oqsilning uchlamchi strukturasi real uch o`lchamli konfiguratsiya bo`lib, 
polipeptid  zanjirning  buralgan  spirali  fazoda  ana  shunday  shaklga  kiradi.  Bunday 
strukturada  fazoda  bo`rtib  chiqqan  va  botiq  joylari  bo`lib,  funksional  guruhlari 

 
299 
tashqariga  qaragan  bo`ladi.  Oqsil  molekulasining  o`ziga  xosligi,  uning  biologik 
faolligi  uchlamchi  struktura  bilan  tushuntiriladi.  Oqsillarda  uchlamchi  strukturani 
hosil  qiluvchi  va  saqlab  turadigan  asosiy  omillar  aminokislotalar  qoldiqlarining 
yonaki radikallari orasidagi bog`lanishlardir. 
Oqsilning  to`rtlamchi  strukturasi–oqsillarda  turli  xil  funksional  guruhlar 
mavjud  bo`lgani  uchun  ularni  organik  birikmalarning  birorta  ham  sinfiga  kiritish 
mumkin emas. Oqsillarda turli xil sinflarning xossalari umumlashib butunlay yangi 
sifat  paydo  bo`ladi.  Bir  nechta  uchlamchi  tuzilishga  ega  bo`lgan  polipeptidlardan 
tashkil  topgan  oqsillar  to`rtlamchi  tuzilishli  oqsillar  deyiladi.  Oqsil 
molekulasidagi  uchlamchi  tuzilishli  polipeptid  zanjirlar  birgalikda  yagona  oqsil 
moddaning xususiyatini namoyon etadi. Bunday to`rtlamchi tuzilishga ega bo`lgan 
oqsillar oligomerlar deb ataladi. 
Oqsillar  klassifikatsiyasi.  Kimyoviy  tarkibi  jihatdan  oqsillar  ikki  guruhga 
bo`linadi; 
a) 
oddiy 
oqsillar–proteinlar
ular 
gidrolizlanganda 
faqat 
aminokislotalarga ajraladi; b) murakkab oqsillar–proteidlar, ular gidrolizlanganda 
aminokislotalar bilan oqsilmas tabiatli moddalar (uglevodlar, nuklein kislotalar va 
boshqalar) hosil qiladi. 
Proteinlar  o`z  navbatida  uchga  bo`linadi:  albuminlar,  globulinlar  va 
proteinoidlar. 
Albuminlar  suvda  yaxshi  eriydigan  oddiy  oqsillar  bo`lib,  ularning 
eritmalariga  (NH
4
)
2
SO
4
  qo`shib  to`yintirilganda  cho`kmaga  tushadi.  Albuminlar 
tuxum  oqida  (tuxum  albumini),  qon  zardobida  (zardob  albumini),  sutda  (sut 
albumini) ko`p bo`lib, ularning molekula og`irligi kichik bo`ladi. 
Globulinlar  suvda  erimaydigan  oddiy  oqsillardir,  ular  8–10  %  li  NaCl  va 
MgSO
4
  eritmalarida  yaxshi  eriydi.  Globulinlar  eritmasini  suv  qo`shib  suyultirish 
yoki  eritma  konsentratsiyasini  tuz  qo`shib  oshirish  yo`li  bilan  ular  cho`ktiriladi. 
Globulinlar  sutda  (sut  globulini),  qon  zardobida  (zardob  globulini),  tuxumda 
(tuxum  globulini),  muskullarda  hamda  kanop  va  no`xot  kabi  o`simliklarda  ko`p 
bo`ladi. 

 
300 
Proteinoidlar  suvda,  tuzlar,  ishqorlar,  kislotalar  eritmalarida  erimaydi, 
gidrolizga  chidamli  bo`ladi.  Ularga  soch,  tirnoq,  shox,  tarkibiga  kiruvchi  keratin, 
ipak tarkibiga kiruvchi fibroin misol bo`ladi. 
Proteidlar  tarkibidagi  oqsilmas  tabiatli  moddalar  tabiatiga  qarab  quyidagi 
turlarga 
ajratiladi: 
xromoproteidlar, 
nukleoproteidlar, 
fosfoproteidlar, 
glikoproteidlar, lipoproteidlar. 
Xromoproteidlar  tarkibi  oqsil  qism  va  biror  bo`yoq  moddadan  iborat 
bo`lib, ularga gemoglobin misol bo`ladi. Gemoglobin organizmda kislorod tashish 
vazifasini  bajarib,  tarkibi  globin  oqsili  va  bo`yoq  modda–gemdan  iborat.  Gem 
murakkab tuzilishga ega bo`lib, tarkibida azot va temir atomlari mavjud. 
Nukleoproteidlar  tarkibi  oqsil  modda  va  nuklein  kislotalardan  iborat,  ular 
gidrolizlanganda  oddiy  oqsillar  va  nuklein  kislotalar  hosil  bo`ladi.  Nuklein 
kislotalar  gidrolizlanganda  esa  uglevod,  fosfat  kislota,  purin  va  pirimidin 
asoslariga  parchalanadi.  Nukleoproteidlar  ishqorlarda  eriydi,  kislotalarda  esa 
erimaydi. 
Fosfoproteidlar  tarkibi  oqsil  modda  va  fosfat  kislotadan  iborat,  ular 
gidrolizlanganda  oddiy  oqsillar  va  fosfat  kislota  hosil  bo`ladi.  Fosfoproteidlarga 
sut kazeini misol bo`ladi. 
Glikoproteidlar  tarkibi  oqsil  modda  va  uglevodlardan  iborat,  ular 
gidrolizlanganda oddiy oqsillar va uglevodlar hosil bo`ladi. Glikoproteidlar suvda 
erimaydi,  suyultirilgan  ishqor  eritmalarida  eriydi.  Ularga  so`lakda  bo`ladigan 
mutsin misol bo`ladi. 
Lipoproteidlar  tarkibi  oqsil  modda  va  yog`  yoki  yog`simon  moddalardan 
iborat, ular gidrolizlanganda oddiy oqsillar va yog` yoki yog`simon moddalar hosil 
bo`ladi. 
Bulardan  tashqari,  oqsillar  shakliga  qarab  ikki  guruhga  ajratiladi:  a)  tolali 
yoki fibrillyar oqsillar, b) globulyar oqsillar. 
Tolali  yoki  fibrillyar  oqsillar  molekulalari  uzun,  ipsimon  shaklda  bo`lib, 
ularga jundagi keratin oqsili, muskullardagi miozin oqsili misol bo`ladi. 

 
301 
Globulyar  oqsillar  molekulalari  sharsimon  shaklda  bo`lib,  ularga 
albuminlar, globulinlar va proteinoidlar misol bo`ladi. 
Oqsillar  xossalari.  Oqsillarning  eruvchanligi  turlicha:  ba`zilari  suvda 
eriydi, boshqalari neytral tuzlarning suyultirilgan eritmalarida eriydi, ayrimlari esa 
umuman erimaydi. 
Oqsillar  tarkibida  karboksil  bilan  aminoguruhi  borligi  sababli  ular 
aminokislotalar  kabi  amfoter  xossalarni  namoyon  qiladi. Masalan, ishqorlar  ta`sir 
ettirilganda  oqsil  anion  shaklida  reaksiyaga  kirishadi–ishqorning  kationi  bilan 
birikadi va albuminat tuzini hosil qiladi: 
H
2
N
C H
C O O H
+
N a O H
H
2
N
C H
R
C O O N a
R
+
H
2
O
 
Kislotalar  ta`sir  ettirilganda  esa  oqsil  kation  sifatida  bo`ladi  va  sintonin 
hosil qiladi: 
H
2
N
C H
C O O H
+
[H
2
N
+
C H
R
C O O H ]C l
-
R
+
H
2
O
H C l
 
Ayrim  omillar  ta`sirida  oqsillarning  ikkilamchi  va  uchlamchi  strukturasi 
buziladi,  yani  oqsilning  denaturatsiyasi  sodir  bo`ladi.  Bunda  ikkilamchi  va 
uchlamchi strukturani hosil qiladigan vodorod bog`lanishlar uziladi, natijada oqsil 
molekulasi  konfiguratsiyasi  buziladi.  Oqsillarning  denaturatsiyasiga  turli  xil 
reagentlar  va  sharoitlar:  kuchli  kislota  va  ishqorlarning,  etil  spirtning,  og`ir 
metallar  tuzlarining  ta`siri,  radiatsiya,  qizdirish,  kuchli  chayqalish  va  boshqalar 
sabab bo`ladi. 
Oqsil  moddalarga  xos  xususiy  cho`ktirish  va  rangli  reaksiyalar  mavjud 
bo`lib, ular yordamida oqsillarni oson aniqlash mumkin: 
1.  Qaynatish  bilan  sinash.  Kuchsiz  kislotali  muhitda  oqsil  eritmalari 
neytral  tuzlar  eritmalari  ishtirokida  qaynatilganda  oqsil  iviydi  va  cho`kmaga 
tushadi. Odatda, kuchsiz kislotali muhit hosil qilish uchun suyultirilgan CH
3
COOH 
eritmasi ishlatiladi. 
2. Og`ir metall tuzlari yordamida cho`ktirish. Oqsillar mis sulfat CuSO
4

qo`rg`oshin  atsetat  (CH
3
COO)
2
Pb,  qo`rg`oshin  gidro  atsetat  Pb(OH)(CH
3
COO), 

 
302 
simob  (II)  xlorid  HgCl
2
,  temir  (III)  xlorid  FeCl
3
  eritmalari  bilan  reaksiyaga 
kirishganda cho`kmaga tushadi. 
3.  «Alkaloidlar»  reaktivlari  bilan  cho`ktirish.  Oqsillar  tannin,  pikrin 
kislota kabi reaktivlar bilan ta`sirlashganda cho`kmaga tushadi. 
4.  Biuret  reaksiyasi.  Ishqoriy  muhitda  CuSO
4
  eritmasi  binafsha  rangga 
bo`yaladi.  Biuret  reaksiyasi  –CO–NH–  bog`lar  uchun  xususiy  reaksiya  bo`lib, 
dipeptid ko`k, tripeptid binafsha, polipeptidlar qizil rang beradi. 
5. Ksantoprotein reaksiyasi. Oqsillar konsentrlangan HNO
3
 ta`sirida sariq 
rangga bo`yaladi, 25 % li NH
4
OH ta`sirida esa to`q sariq rang hosil bo`ladi. 
6.  Milon  reaksiyasi.  Oqsillar  (tirozin,  triptofan)  Hg(NO
3
)
2
  tuzining  HNO
2
 
yoki  HNO
3
  lardagi  eritmasi  bilan  qizdirilganda  qizil–qo`ng`ir  cho`kma  hosil 
bo`ladi. 
7.  Ningidrin  reaksiyasi.  Oqsillar  ningidrin  eritmasi  bilan  qo`shib 
qizdirilganda ko`k bo`yalish hosil bo`ladi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Oqsillar–tarkibida turli xil aminokislotalar bo`lgan yuqori molekulali tabiiy 
organik birikmalardir.  
Peptid  bog`lanish–oqsil  molekulasida  aminokislotalar  qoldiqlari  orasida 
mavjud bo`ladigan bog`lanish turi. 
Peptidlar–oqsillar  asosini  tashkil  qiluvchi  hamda  ikki  yoki  undan  ortiq 
aminokislotalarning o`zaro polikondensatlanishidan hosil bo`lgan moddalar. 
Oqsilning  birlamchi  strukturasi–uning  kimyoviy  strukturasi,  ya`ni  ushbu 
oqsilning  polipeptid  zanjirida  aminokislotalar  qoldiqlarining  navbatlashib 
kelishidir. 
Oqsilning ikkilamchi strukturasi–polipeptid zanjirning fazodagi shakli. 
Oqsilning uchlamchi strukturasi–real uch o`lchamli konfiguratsiya bo`lib, 
polipeptid zanjirning buralgan spirali fazoda ana shunday shaklga kiradi.  
Oqsilning  to`rtlamchi  strukturasi–bir  nechta  uchlamchi  tuzilishga  ega 
bo`lgan polipeptidlardan tashkil topgan oqsillar strukturasi.  
Proteinlar–gidrolizlanganda faqat aminokislotalarga ajraladigan oqsillar. 

 
303 
Proteidlar–gidrolizlanganda 
aminokislotalar 
bilan 
oqsilmas 
tabiatli 
moddalar hosil qiladigan oqsillar. 
Albuminlar–suvda yaxshi eriydigan oddiy oqsillar.  
Globulinlar–suvda erimaydigan oddiy oqsillar. 
Proteinoidlar–suvda,  tuzlar,  ishqorlar,  kislotalar  eritmalarida  erimaydi, 
gidrolizga chidamli bo`ladigan oqsillar.  
Xromoproteidlar–tarkibi  oqsil  qism  va  biror  bo`yoq  moddadan  iborat 
bo`lgan oqsillar. 
Nukleoproteidlar–tarkibi  oqsil  modda  va  nuklein  kislotalardan  iborat 
bo`lgan oqsillar. 
Fosfoproteidlar–tarkibi  oqsil  modda  va  fosfat  kislotadan  iborat  bo`lgan 
oqsillar. 
Glikoproteidlar–tarkibi  oqsil  modda  va  uglevodlardan  iborat  bo`lgan 
oqsillar. 
Lipoproteidlar–tarkibi  oqsil  modda  va  yog`  yoki  yog`simon  moddalardan 
iborat bo`lgan oqsillar. 
Oqsilning  denaturatsiyasi–ayrim  omillar  ta`sirida  oqsillarning  ikkilamchi 
va uchlamchi strukturasining buzilish hodisasi. 
Takrorlash uchun savol va masalalar 
1. Qanday turdagi organik birikmalar oqsillar deb ataladi, ular tarkibida necha xil 
aminokislotalar qoldig`i uchraydi? 
2. Oqsillar tuzilishini aniqlash qanday yo`llar bilan amalga oshiriladi? 
3.  Peptidlar  deb  qanday  moddalarga  aytiladi,  ular  qanday  bog`lar  orqali  birikkan 
bo`ladi? 
4. Oqsillar tuzilishining necha xil strukturasi mavjud, ularni ta`riflab bering. 
5. Oqsillar qanday turdagi oqsillarga bo`linadi? 
6. Oddiy oqsillar deb qanday turdagi oqsillarga aytiladi, ularga qaysi oqsillar misol 
bo`ladi? 
7.  Murakkab  oqsillar  deb  qanday  turdagi  oqsillarga  aytiladi,  ularga  qaysi  oqsillar 
misol bo`ladi? 

 
304 
8. Albuminlar, globulinlar, proteinoidlar jumlasiga qanday oqsillar kiradi? 
9. 
Xromoproteidlar, 
nukleoproteidlar, 
fosfoproteidlar, 
glikoproteidlar, 
lipoproteidlar jumlasiga qanday oqsillar kiradi? 
10. Oqsillar qanday usullar yordamida aniqlanadi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish