O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


Maltoza (solod shakari) kraxmalga solod tarkibidagi diastaz ta`sir ettirilishi 
natijasida  hosil  bo`ladi,  shuning  uchun  ham  solod  shakari  deb  ataladi.  Maltoza 
gidrolizlanganda ikki molekula D–glyukoza hosil bo`ladi.  
C
12
H
22
O
11
 + H
2


 C
6
H
12
O
6
 + C
6
H
12
O
6
 
                                    maltoza                   glyukoza   glyukoza 
Maltoza molekulasida aldegid guruhiga oson o`ta oladigan bitta erkin yarim 
atsetal  guruhi  mavjud  bo`lib,  u  qaytaruvchi  disaxaridlar  guruhiga  kiradi.  Shuning 
uchun  ham  maltoza  Feling  suyuqligini  oson  qaytaradi,  natijada  fenilgidrazin  va 
fenilgidrazon hosil bo`ladi. 
Maltoza molekulasi hosil bo`lishida birinchi glyukoza molekulasidagi yarim 
atsetal  gidroksil  bilan  ikkinchi  glyukoza  molekulasidagi  spirt  atsetal  gidroksili 
ishtirok  etadi.  Xeuoros  bo`yicha  maltozaning  tuzilish  formulasi  quyidagicha 
ifodalanadi,  ya`ni  maltoza  molekulasi  siklik  shakldagi  glyukoza  molekulalarining 
qoldiqlaridan  tarkib  topgan  bo`lib,  ular  bir–birlari  bilan  kislorod  atomi  orqali 
bog`langan. 

 
285 
C
H
C
C H
2
O H
H
O
C
O H
C
O H
H
C
H
O
H
H
H
C
H
O
C
C H
2
O H
H
O
C
C
O H
H
C
H
O
O
H
H
 
4–(–α–D–glyukopiranozil)–D–glyukoza  
Suvdagi  maltoza eritmasi qutblanish tekisligini o`ngga buradi. Maltozaning 
shirinligi  qandga  qaraganda  40  %  kam  bo`lib,  u  vino  va  pivo  ishlab  chiqarish 
sanoatida oraliq mahsulot hisoblanadi. 
Laktoza  (sut  shakari)  sut  tarkibida  mavjud  bo`ladi  (sigir  sutida  4–5,5  %, 
ayol  sutida  5,5–8,4  %),  shuning  uchun  ham  sut  shakari  deyiladi.  Laktoza 
gidrolizlanganda α–D–glyukoza va β–D–galaktoza hosil bo`ladi. 
C
12
H
22
O
11
 + H
2


 C
6
H
12
O
6
 + C
6
H
12
O
6
 
                                    laktoza                    glyukoza   galaktoza 
Laktoza molekulasida aldegid guruhiga oson o`ta oladigan bitta erkin yarim 
atsetal guruhi bor bo`lib, u ham qaytaruvchi disaxaridlar guruhiga kiradi.  
Laktoza  molekulasi  hosil  bo`lishida  galaktoza  molekulasidagi  yarim  atsetal 
gidroksil  bilan  glyukoza  molekulasidagi  spirt  atsetal  gidroksili  ishtirok  etadi. 
Xeuoros  bo`yicha  laktozaning  tuzilish  formulasi  quyidagicha  ifodalanadi,  ya`ni 
laktoza  molekulasi  siklik  shakldagi  galaktoza  va  glyukoza  molekulalarining 
qoldiqlaridan  tarkib  topgan  bo`lib,  ular  bir–birlari  bilan  kislorod  atomi  orqali 
bog`langan. 
C
H
C
C H
2
O H
H
O
C
H
C
O H
H
C
H
O
O H
H
H
C
H
O
C
C H
2
O H
H
O
C
C
O H
H
C
H
O
O
H
H
 
4–(–β–D–galaktopiranozil)–D–glyukoza  
Laktoza  eritmasi  qutblanish  tekisligini  o`ngga  buradi.  Laktozaning 
solishtirma buruvchanligi [α]
D
 +52,5 
0
 ga teng.  

 
286 
Tibbiyotda  laktoza  (sut  shakari)  katta  ahamiyatga  ega  bo`lib,  yosh 
bolalarning asosiy oziq moddasi hisoblanadi. 
Sellobioza  (yog`och  shakari)  tuzilishi  bo`yicha  maltozaga  o`xshaydi. 
Maltozadan  farqli  tomoni  shundaki,  maltozada  birinchi  qoldiq  α–D–glyukoza 
bo`lsa, sellobiozada birinchi qoldiq β–D–galaktoza hisoblanadi.  
Sellobioza  molekulasi  hosil  bo`lishida  galaktoza  molekulasidagi  yarim 
atsetal  gidroksil  bilan  glyukoza  molekulasidagi  spirt  atsetal  gidroksili  ishtirok 
etadi. Xeuoros bo`yicha sellobiozaning tuzilish formulasi quyidagicha ifodalanadi, 
ya`ni 
sellobioza 
molekulasi 
siklik 
shakldagi 
galaktoza 
va 
glyukoza 
molekulalarining qoldiqlaridan tarkib topgan bo`lib, ular bir–birlari bilan kislorod 
atomi orqali bog`langan. 
C
H
C
C H
2
O H
H
O
C
O H
C
O H
H
C
H
O
H
H
H
C
O
H
C
C H
2
O H
H
O
C
C
O H
H
C
H
O
O
H
H
 
Bunday  β–monomerga  ega  bo`lgan  disaxaridlar  ferment  emulsiya  ta`sirida 
gidrolizlanadi va monosaxaridlar hosil bo`ladi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Oligosaxaridlar–molekulasi  tarkibida  oltitagacha  monosaxarid  qoldig`i 
mavjud bo`lgan uglevodlar.  
Disaxaridlar–gidrolizlanganda  har  bir  molekulasi  ikkita  monosaxarid 
molekulasiga ajraladigan oligosaxaridlar. 
Saxaroza–shirin  ta`mli,  kristallogidrat  hosil  qilmaydigan  rangsiz  kristall 
modda bo`lib, 184–185 
0
C da suyuqlanadi, suvda yaxshi eriydi.  
Maltoza–gidrolizlanganda  ikki  molekula  D–glyukoza  hosil  bo`ladigan 
uglevod. 
Laktoza–sut  tarkibida  mavjud  bo`ladigan,  gidrolizlanganda  α–D–glyukoza 
va β–D–galaktoza hosil bo`ladigan uglevod. 
Sellobioza–tuzilishi 
bo`yicha 
maltozaga 
o`xshash, 
gidrolizlanganda 
glyukoza va galaktoza hosil bo`ladigan uglevod. 

 
287 
Takrorlash uchun savol va masalalar 
1. Oligosaxaridlar deb qanday turdagi uglevodlarga aytiladi, ular qanday sinflarga 
bo`linadi? 
2.  Disaxaridlar  qanday  formula  bilan  ifodalanadi,  gidrolizlanganda  necha  xil 
monosaxarid hosil bo`ladi, reaksiya tenglamasini yozing. 
3.  Qaytarmaydigan  va  qaytaruvchi  disaxaridlar  deb  qanday  turdagi  disaxaridlarga 
aytiladi, ularga qaysi moddalar misol bo`ladi? 
4.  Maltoza  qanday  yo`l  bilan  olinadi,  gidrolizlanganda  qanday  monosaxaridlar 
hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing. 
5. Maltoza qanday kimyoviy xossalarni namoyon qiladi, uning molekulasi qanday 
bog` yordamida birikkan, tuzilishi qanday ifodalanadi? 
6.  Laktoza  qanday  yo`l  bilan  olinadi,  gidrolizlanganda  qanday  monosaxaridlar 
hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing. 
7.  Laktozaning  molekulasi  qanday  bog`  yordamida  birikkan,  tuzilishi  qanday 
ifodalanadi? 
8.  Saxaroza  qanday  yo`l  bilan  olinadi,  gidrolizlanganda  qanday  monosaxaridlar 
hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing. 
9. Saxaroza qanday kimyoviy xossalarni namoyon qiladi, uning molekulasi qanday 
bog` yordamida birikkan, tuzilishi qanday ifodalanadi? 
10.  Sellobioza  gidrolizlanganda  qanday  monosaxaridlar  hosil  bo`ladi,  tuzilishi 
qanday ifodalanadi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 

 
288 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
53–Mavzu: Polisaxaridlar. 
 
Reja: 
1. Polisaxaridlar va ularning turlarini
2. Kraxmal, uning olinishi, xossalari, ishlatilishini; 
3. Amiloza va aminopektin, ularning olinishi, xossalari, ishlatilishini; 
4. Sellyuloza, uning olinishi, xossalari, ishlatilishini. 
Yangi darsning bayoni. 
Shakarga  o`xshamagan  murakkab  uglevodlar  yoki  yuqori  polisaxaridlar 
tabiiy yuqori molekulyar birikmalar bo`lib, tabiatda keng tarqalgan hamda inson va 
hayvonlar  hayotida  muhim  ahamiyatga  egadir.  Yuqori  polisaxaridlar  umumiy 
(C
6
H
10
O
5
)
n
  formula  bilan  ifodalanadi.  Yuqori  polisaxaridlar  yuzlab  va  minglab 
monosaxarid  qoldiqlaridan  tashkil  topgan  bo`lib,  ular  quyidagicha  umumiy 
tuzilishga ega: uzun zanjirda monosaxarid qoldiqlari kislorod ko`prikchalari orqali 
bog`langan bo`ladi.  
Zanjirning  hosil  bo`lishida  birinchi  monosaxarid  molekulasi  yarim  atsetal 
gidroksili  ikkinchi  monosaxarid  molekulasining  spirt  gidroksili  bilan  birikadi. 
Ikkinchi  monosaxarid  molekulasi  yarim  atsetal  gidroksili  uchinchi  monosaxarid 
molekulasining  spirt  gidroksiliga,  uchinchi  monosaxarid  molekulasi  yarim  atsetal 
gidroksili  to`rtinchi  monosaxarid  molekulasining  spirt  gidroksiliga,  to`rtinchi 
monosaxarid  molekulasi  yarim  atsetal  gidroksili  beshinchi  monosaxarid 
molekulasining  spirt  gidroksiliga  birikadi  va  hakazo.  Shunday  qilib,  har  bir 
monosaxarid  qoldig`i  qo`shni  monosaxarid  qoldig`i  bilan  glyukozid  bog`  orqali 
bog`langan bo`lib, yuqori polisaxaridlar poliglyukozidlar deb ataladi.  

 
289 
Yuqori  polisaxaridlar  kislotalar  yoki  enzimlar  ishtirokida  gidrolizlanganda 
hosil bo`ladigan monosaxaridlar turiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: 
1.  Gomopolisaxaridlar–gidrolizlanganda  bir  xil  turdagi  monosaxaridlar 
hosil bo`ladi; 
2.  Geteropolisaxaridlar–gidrolizlanganda  har  xil  turdagi  monosaxaridlar 
hosil bo`ladi. 
Yuqori  polisaxaridlar  o`ziga  xos  xossalarga  ega  bo`lib,  xossalari  jihatidan 
mono–  va  oligo–  saxaridlardan  farq  qiladi.  Ko`pchilik  polisaxaridlar  suvda 
erimaydi,  ayrimlari  esa  issiq  suvda  bo`kadi  va  kolloid  eritmalar  hosil  bo`ladi. 
Yuqori  polisaxaridlar  shirin  ta`mga  ega  bo`lmagan  amorf  moddalar  bo`lib, 
molekulyar og`irliklari 20000–1000000 oralig`ida bo`ladi. 
Kraxmal (C
6
H
10
O
5
)
n
 tabiiy yuqori molekulali polisaxarid bo`lib, o`simliklar 
tarkibida  asosiy  zapas  oziq  moddasi  sifatida  uchraydi.  Guruchda  86  %  gacha, 
bug`doyda 75 % gacha, jo`xorida 72 % gacha, kartoshka tugunaklarida 24 % gacha 
kraxmal bo`ladi.  
Kraxmal  sovuq  suvda  erimaydigan  ta`msiz  oq  kukun  bo`lib,  qaynoq  suvda 
bo`kib kleyster hosil qiladi. Kraxmal eritmasi qutblanish tekisligini o`ngga buradi, 
uning solishtirma buruvchanligi [α]
D
 +195 
0
 ga teng.  
Sanoatda  o`simliklar  hujayralarini  buzish  va  ularni  suv  bilan  yuvib  olish 
yo`li  bilan  kraxmal  ajratib  olinadi.  Masalan,  sanoatda  kraxmal  kartoshka 
tugunaklaridan (kartoshka uni holida), guruch oqshog`idan yoki jo`xoridan ajratib 
olinadi. 
Kraxmalning  sifat  reaksiyasi  uning  yod  eritmasi  (yodning  kaliy  yodiddagi 
eritmasi) ta`sirida intensiv ko`k rangga kirishi bo`lib, bu rang eritma qizdirilganda 
yo`qoladi,  sovitilganda  yana  paydo  bo`ladi.  Kraxmal  qaytaruvchanlik  xossasiga 
ega  emas,  shuning  uchun  u  mis  (II)  gidroksidni  ham,  Feling  suyuqligini  ham 
qaytarmaydi. 
Kraxmal fermentlar (solod tarkibidagi diastaza fermenti va so`lakdagi ptialin 
fermenti)  ta`sir  ettirilganda  yoki  mineral  kislotalar  ishtirokida  qizdirilganda 
gidrolizlanadi.  Bunda  dastlab  suvda  eriydigan  kichik  molekulali  moddalar–

 
290 
dekstrinlar  hosil  bo`ladi.  Dekstrinlar  gidrolizlanib  maltozaga,  maltoza  esa 
gidrolizlanib  D–glyukozaga  parchalanadi.  Kraxmalning  gidrolizlanishi  natijasida 
glyukoza hosil bo`lishini shunday ifodalash mumkin: 
2(C
6
H
10
O
5
)
n
 → 2(C
6
H
10
O
5
)
m
 + nH
2
O → nC
12
H
22
O
11
 + nH
2
O → n2C
6
H
12
O
6
  
         kraxmal             dekstrin                          maltoza                         glyukoza 
 
Kraxmalning fermentativ va kislotali gidrolizi birinchi marta 1814 yilda rus 
olimi K. S. Kirxgof tomonidan amalga oshirilgan. 
 
Kraxmal murakkab tuzilishga ega uglevod bo`lib, uning tarkibi ikki modda–
amiloza  va  amilopektindan  iboratdir.  Kraxmal  20–30  %  amiloza  va  70–80  % 
amilopektindan tarkib topgan.  
 
Amiloza molekulasida 1000–6000 atrofida α–D–glyukoza qoldiqlari mavjud 
bo`lib,  ular  chiziqli  tuzilishga  ega.  Amilozaning  molekulyar  og`irligi  160000–
1000000  oralig`ida  bo`ladi.  Amiloza  issiq  suvda  eriydi,  ammo  uning  eritmasi 
beqaror bo`lib, vaqt o`tishi bilan eritmada amiloza cho`kmasi hosil bo`ladi.  
 
Amiloza molekulasida har bir α–D–glyukoza qoldig`i o`zining yarim atsetal 
gidroksilidagi kislorod atomi orqali qo`shni α–D–glyukoza qoldig`ining to`rtinchi 
uglerod  atomiga  bog`lanadi.  Shuning  uchun  α–D–glyukoza  qoldiqlari  orasidagi 
bog`  α–1,4–glyukozid  bog`  deb  ataladi.  Amiloza  yod  eritmasi  (yodning  kaliy 
yodiddagi eritmasi) ta`sirida intensiv ko`k rangga kiradi. 
 
Amilopektin  molekulalari  ham  amiloza  molekulalari  kabi  α–D–glyukoza 
qoldiqlaridan  tarkib  topgan  bo`lib, ular tarmoqlangan  tuzilishga  ega. Amilopektin 
molekulasida  ko`plab  α–D–glyukoza  qoldiqlari  α–1,4–glyukozid  bog`  orqali 
bog`langan.  Biroq  tarmoqlanish  nuqtalarida  α–1,6–glyukozid  bog`  ham  mavjud 
bo`lib, bunda bir α–D–glyukoza qoldig`ining birinchi uglerod atomi boshqa α–D–
glyukoza qoldig`ining oltinchi uglerod atomi bilan bog`langan bo`ladi. 
 
Amilopektinda  α–D–glyukoza  qoldiqlarining  soni  amilozaga  qaraganda 
ko`p.  Shu  sababli,  amilopektinning  molekulyar  og`irligi  amilozaning  molekulyar 
og`irligidan  ancha  katta.  Amilopektin  suvda  erimaydi,  balki  bo`kadi  va  kleyster 
hosil qiladi. Amilopektin yod eritmasi (yodning kaliy yodiddagi eritmasi) ta`sirida 
qizg`ish–binafsha rangga kiradi. 

 
291 
Kraxmalning  ishlatilishi.  Kraxmal  turli–tuman  maqsadlarda  ishlatiladi. 
Kraxmal  qayta  ishlanib  dekstrinlar,  patokalar,  glyukozalar  olinadi  va  ulardan 
qandolat  ishlab  chiqarishda  foydalaniladi.  Kartoshkadagi  va  boshoqlilar  donidagi 
kraxmaldan  etil  spirti  olinadi.  Kraxmal  arzon  yelim  tayyorlashda,  gazlamalarga 
pardoz  berishda,  kiyim–kechakni  kraxmallashda  qo`llaniladi.  Tibbiyotda  va 
farmatsiya sanoatida malham dorilar, sepki dorilar, tabletkalar va boshqa xil dorilar 
tayyorlashda qo`llaniladi. 
Glikogen  (hayvon  kraxmali)  (C
6
H
10
O
5
)
n
  zapas  oziq  modda  sifatida  hayvon 
organizmida  muhim  o`rin  tutadi.  Glikogen  hayvonlarning  barcha  to`qimalarida 
mavjud  bo`lib,  jigarda  20  %,  muskullarda  4  %  atrofida  uchraydi.  Muskul 
harakatlangan  vaqtda  glikogen  sut  kislotaga  parchalanadi  va  uning  miqdori 
kamayadi.  To`qimalarda  bir  qator  murakkab  o`zgarishlar  natijasida  glikogendan 
sut kislota hosil bo`lish jarayoni glikoliz deyiladi. 
Glikogen  oq  rangli,  amorf  modda  bo`lib,  issiq  suvda  yaxshi  eriydi.  Uning 
eritmasi qutblanish tekisligini o`ngga buradi, solishtirma buruvchanligi [α]
D
 +196 
0
 
ga teng. 
Glikogen ayrim fermentlar va kislotalar ishtirokida gidrolizlanganda maltoza 
hosil  bo`ladi.  Glikogen  tuzilishi  bo`yicha  amilopektinga  o`xshaydi.  Glikogen 
molekulasida  ham  α–1,4–  va  α–1,6–glyukozid  bog`lari  mavjud  bo`ladi,  biroq 
glikogen  amilopektindan  ko`p  tarmoqlanganligi  bilan  farq  qiladi.  Glikogenning 
molekulyar  og`irligi  millionlar  hisobida  o`lchanadi.  Glikogen  eritmalari  yod 
eritmasi bilan qizil rangdan qizil–qo`ng`ir ranggacha bo`yaladi.  
Sellyuloza (kletchatka) (C
6
H
10
O
5
)
n
 ham tabiiy yuqori molekulali polisaxarid 
bo`lib, barcha o`simliklar tarkibiga kiradi va ularda hujayra qobiqlarini hosil qiladi. 
Uning  nomi  «sellula»–hujayra  ana  shundan  kelib  chiqqan.  Odatda  o`simliklarda 
sellyuloza gemisellyuloza, lignin va pectin moddalar bilan birga bo`ladi. Yog`och 
tarkibida  40–60  %,  paxta  tolasi  tarkibida  92–96  %  sellyuloza  uchraydi.  Bulardan 
tashqari, zig`ir va kanop tolasi ham asosan sellyulozadan iborat. 
Paxtadan  va  archa  yog`ochidan  eng  toza  sellyuloza  olinadi.  Yog`ochdan 
sellyuloza  olishning  bir  qancha  usullari  ma`lum  bo`lib,  ulardan  sulfit  usuli  keng 

 
292 
tarqalgan. Bu usulda sellyuloza ishlab chiqarish uchun katta avtoklavlarda yog`och 
qipiqlari  kalsiy  gidrosulfit–Ca(HSO
3
)
2
  eritmasi  ishtirokida  yuqori  bosimda 
qaynatiladi.  Bunda  yog`och  qipiqlari  parchalanadi,  qisman  eritmaga  o`tadi  va 
eritma  tarkibidagi  sellyuloza  tolasimon  massaga  aylanadi.  Qaynash  jarayoni 
tugagach, massa suzgichdan (tubi teshik rezervuar–elakdan) o`tkaziladi. Suzgichda 
sellyuloza eritmadan ajratib olinadi va bir necha marta suv bilan yuviladi. Ajratib 
olingan  sellyuloza  quritiladi,  presslanadi  hamda  qog`oz  ishlab  chiqarish  uchun 
fabrikalarga jo`natiladi. 
Sellyuloza  mazasiz,  hidsiz  tolasimon  oq  modda  bo`lib,  suvda  va  efirda 
erimaydi.  Sellyuloza  mis  (II)–gidroksidning  ammiakdagi  eritmasida  (shveytser 
reaktivida), rux xlorid va konsentrlangan sulfat kislotada yaxshi eriydi.  
Sellyulozani gidrolizlash uchun uni konsentrlangan sulfat kislotada eritiladi, 
suv  bilan  suyultiriladi  va  uzoq  muddat  qaynatiladi.  Bunda  sellyuloza  to`liq 
gidrolizlanadi va β–D–glyukoza hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan glyukozani bijg`itish 
yo`li bilan etil spirti olinadi, bu spirt gidroliz spirti (yog`och spirti) deb ataladi: 
(C
6
H
10
O
5
)
n
 + nHOH → nC
6
H
12
O
6
 
C
6
H
12
O
6
 → 2C
2
H
5
OH + 2CO
2
↑ 
Sellyuloza  molekulasida  6000–12000  atrofida  β–D–glyukoza  qoldiqlari 
mavjud  bo`lib,  molekulyar  og`irligi  esa  1000000–2000000  ga  teng.  Sellyuloza 
molekulasidagi β–D–glyukoza qoldiqlari β–1,4–glyukozid bog` orqali bog`langan 
bol`ib, uning molekulalari chiziqsimon tuzilishga ega. Sellyuloza molekulasida har 
bir β–D–glyukoza qoldig`i uchtadan erkin gidroksil guruhiga ega bo`ladi. 
(C
6
H
10
O
5
)
n
 yoki (C
6
H
7
O
2
(OH)
3
)
n
 
Sellyuloza  «kumush  ko`zgu»  reaksiyasiga  kirishmaydi  (aldegid  guruhi 
yo`q),  lekin  kislotalar  bilan  eterifikatsiya  reaksiyasiga  kirishadi.  Erkin  gidroksil 
guruhlar hisobiga sellyuloza oddiy va murakkab efirlar hosil qiladi. Sellyulozaning 
bunday  hosilalaridan  nitrat  kislota,  sirka  kislota,  ksantogen  kislota  efirlari  katta 
ahamiyatga ega.  
Sellyulozaning  nitrat  efirlari  sellyulozaga  sulfat  kislota  ishtirokida  nitrat 
kislota ta`sir ettirish yo`li bilan olinadi. Reaksiya uchun olingan kislotalar miqdori 

 
293 
va  boshqa  sharoitlarga  ko`ra  sellyuloza  molekulasidagi  har  bir  β–D–glyukoza 
qoldig`ining  bitta,  ikkita  yoki  uchta  gidroksil  guruhi  eterifikatsiya  reaksiyasiga 
kirishadi va mono–, di–, tri– nitrosellyulozalar hosil bo`ladi: 
[C
6
H
7
O
2
(OH)
3
]
n
 + nHO

NO
2
 

 [C
6
H
7
O
2
(OH)
2
–O

NO
2
]
n
 + nH
2

[C
6
H
7
O
2
(OH)
2
–O–NO
2
]
n
 + nHO

NO
2
 

 [C
6
H
7
O
2
(OH)–(O

NO
2
)
2
]
n
 + nH
2

[C
6
H
7
O
2
(OH)–(O–NO
2
)
2
]
n
 + nHO

NO
2
 

 [C
6
H
7
O
2
–(O

NO
2
)
3
]
n
 + nH
2

 
Mono–  va  di–  nitrosellyulozalar  aralashmasi  kolloksilin  deb  ataladi. 
Tibbiyotda  kolloksilinning  spirt  va  efir  aralashmasidagi  eritmasi  kollodiy  nomi 
bilan  ishlatiladi.  Kolloksilinga  kamfora  va  spirt  aralashtirilib  selluloid  olinadi. 
Selluloiddan  kinolentalar,  tez  quruvchan,  arzon  va  mustahkam  emal  ishlab 
chiqariladi.  Selluloid  yonuvchan  modda  bo`lganligi  uchun  hozirda  uning  o`rniga 
yonmaydigan plastmassalar ishlatilmoqda. Trinitrosellyuloza piroksilin nomi bilan 
tutunsiz porox tayyorlashda ishlatiladi. 
 
Sellyuloza  sirka  kislota  yoki  sirka  angidrid  bilan  reaksiyaga  kirishadi  va 
mono–,  di–,  tri–  atsetilsellyulozalar  hosil  bo`ladi.  Bular  ichida  di–  va  tri–
atsetilsellyulozalardan  sun`iy  ipak–atsetat  ipagi  olinadi.  Atsetat  ipak  olish  uchun 
atsetilsellyulozalar  atsetonda  eritiladi,  hosil  bo`lgan  eritma  issiq  filyeralardan 
(kichik teshikchalari bor metall qalpoqchalardan) bosim ostida o`tkaziladi, atseton 
uchib  ketishi  hisobiga  sun`iy  ipak  tolasi  hosil  bo`ladi.  Plastifikator  qo`shilgan 
atsetilsellyulozalardan plastmassalar ishlab chiqariladi. 
 
Sellyuloza  ishqor  bilan  ishlanganda  sellyuloza  alkogolyati  hosil  bo`ladi, 
hosil bo`lgan alkogolyatga uglerod sulfid ta`sir ettirilganda sellyuloza ksantogenati 
hosil bo`ladi: 
[C
6
H
7
O
2
(OH)
3
]
n
 + nNaOH 

 [C
6
H
7
O
2
(OH)
2
–O

Na]
n
 + nH
2

[C
6
H
7
O
2
(OH)
2
–O

Na]
n
 + nCS
2
 

 [C
6
H
7
O
2
(OH)
2
–O

CS–SNa]
n
  
 
Sellyuloza  ksantogenati  suyultirilgan  ishqor  eritmasida  yaxshi  eriydi  va  bu 
eritma  viskoza  eritma  deb  ataladi.  Viskoza  eritmasi  filyeralardan  o`tkaziladi, 
sulfat  kislotali  vannaga  tushiriladi  va  viskoza  ipagi  hosil  bo`ladi.  Viskoza 
eritmasidan hosil bo`lgan plyonka sellofan deyiladi. 

 
294 
 
Sellyulozaning  ishqordagi  eritmasiga  dialkilsulfat  yoki  galoidalkil  ta`sir 
ettirilganda  oddiy  efirlar  hosil  bo`ladi.  Sellyulozaning  oddiy  efirlari  ichida 
trimetilsellyuloza  va  trietilsellyuloza  to`qimachilik  va  bo`yoq  sanoatida  keng 
ko`lamda ishlatiladi. 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish