O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Oltin olma ardoqladim bog’imda, Alvastilar



Download 84,49 Kb.
bet10/17
Sana23.06.2022
Hajmi84,49 Kb.
#695585
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
“SHE’RIYATDA POETIK TASVIR VA METAFORIK TAFAKKUR UYG’UNLIGI” (F.Afro\'z, Z.Mirzo, H.Ahmedova she’rlari misolida disss

Oltin olma ardoqladim bog’imda,
Alvastilar uzib ketdi bog’imdan.
Ichsa ilon o’lar endi qonimdan,
Endi sening bog’laringda kuz yig’lar,
Endi mening qismatimda so’z yig’lar.
Zohiran, hamma narsa ayondek, shoirning ko’ngli satrlarda ko’rinib turgandek tuyuladi. Aslida esa, unchalik jo’n emas oltin olma, alvasti, bog’, ilon yig’layotgan kuz va so’z- bular ohori tokilmagan, shoira ko’nglidan silqigan yangi va qabariq ma’nodor obrazlargina emas, ularning har biri teran mazmun-mohiyatiga ko’ra ramzlarga aylanayotir. “alvastilar” “ilon”lar kitobxon tasavvur etishi mushkul bo’lgan voqelikni anglashtiradi. Sirtdan har bir so’z bizga tanishday tuyuladi, lekin ular yangi va chuqur yashirin ma’nolari bilan avval ko’rilmagan va uchratilmagan mohiyat kasb etayotir.. ishq-muhabbat, sadoqat, xiyonat, daraxt, ona, ota, Vatan yurakdan silqigan qon, shamol , qush, yaxshi amal, yovuz niyatli ko’zida ajinasi bor g’anim gullar, qor, yulduzlar, nur, suv tuproq, tuyog’idan o’t chaqnagan tulpor, teran nigoh, qizaloq, oyog’i osmonga qaragan uy, ko’z yoshlari- bular turfa xil ranglarda , ma’nolarda tuslansa-da ramzli mohiyati bilan sehrli so’zlara aylanayotir. Fikr- she’rning guli, tuyg’ular daraxti, kechinmalar bog’i. Shoira she’rlari bu ko’ngil bog’larida o’z daraxtini ekishga ko’tarishga, ilk mevalarini yetihtirishga rishgan samarasi. Shoira she’rlarida “ilon, “alvasti”, yalmog’iz”, “chayon”, “boyo’g’li”, “shapalaklar”, korchalon”, “musicha”, shayton” kabi turli xir allegoriyalar uchraydi.
Qanady yashay, ayting endi , ey yaxshilar.
Men suygan yor yalmog’izning sochin silar.
O’zi mening yuragimni qon yig’latib
Yana o’zi menga yangi davron tilar.
Shoira yalmog’iz timsolini kiritar ekan, she’rxon tasavvurida she’rdagi obrazning ham tashqi, ham ichki qiyofasi ochiladi. U haqidagi tasavvurlar jonlanadi. Chunki bilasizki, bolalar go’dakligidan ertak eshitib ulg’ayar ekan, aynan yalmog’iz haqidagi tushunchlar bilan tanish bo'ladi.
Farida Afro‘z o‘z she’rlarini deyarli alliteratsiya va so‘zlarning ma’nodoshlik xususiyatidan foydalanish asosiga quradi. Shoira she’riyatida poeziya tili oldinlari uchramaydigan sheva leksikasi va og'zaki nutq unsurlari bilan boyidi. Shoira tovushlarni orttirish, cho‘zish, juftlash yoki so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib tashlash orqali she’riy ohang hosil qilishga erishadi. Ayrim she’rlarida kayfiyatning shaklini chizishga bo‘lgan ishtiyoq kuchlilik qilsa, ba’zilarida tasavvufona kuzatishlar ustunlik qilishi va bu kabi badiiy izlanishlar, nafaqat zamonaviy she’riy shakllarda, balki mumtoz nazmning an’anaviy janrlarida ham amalga oshirildi. Masalan:
H. Ahmedova ijodidagi timsollar ham rang-barang va turfadir. U she’rlarida "ona , "bibi ","ota " obrazlaridan boshqa “bolalik”, "tiriklik g'amidagi ayol", "nogiron farzandini yelkalagan ayol", "so'kinib so'ngra yig'layotgan chol", "pista sotuvchi kampir", "sut, qatiq sotayotgan ayol", "kitob sotayotgan kampir" ,"so'nggi kunlarini yashayotgan juvon", "qo’shni qizaloq", " eskifurush ayol", "bukri ayol", "yo'lini yuqotgan chol", "devordagi devona do’st","g'anim" "Haq", "Majnun" obrazlari gavdalanganki, ularning barchasi ijodkor badiiy estetik maqsadini ochishga yordam beradi.
Sezdim,
Qahr bilan kelar qahraton,
Derazam ko’zida muzlaydi afsun,
Va borliq qalbida ko’pirgan ishqni
Allaqayerlarga olib ketar kun.
She’rga qish tasviri yuqoridagi misralar ila kirib kela boshlaydi. Ijodkor qishni jonlantiradi, uning qahr bilan kirib kelishidan borliqdagi achchiq nafasini sezasiz. Va shu nafas(dam)dan derazalarga tushgan naqshlarni afsunga o’xshatadi shoira. Uchinchi, to’rtinchi misralarda haqiqiy zargarona o’xshatish qiladi: tabiatni to’ldirib yog’gan qorni “ko’pirgan ishq”qa va uning oftob chiqqandan so’ng erib ketishi holatini “kunning allaqayerlarga olib ketishiga ” mengzaydi. Tabiat bag’riga ega chiqqan qahraton endi she’r so’nggida shoira umriga o’rmalay boshlaydi:
Hozir esa chertar dilimni ayoz,
Va bulut yopadi samo qalbini.
Umid bo’sasiga to’ldiraman boz,
Qirov bosib ketgan hayot labini.
She’rdagi ayoz bu keksalikning yaqinlashgani. Bulut –qo’rquv, gumonlar timsoli, samo- ijodkor besarhad qalbi. Garchi hayot bog’lariga qish tashrif buyurgan esa-da, shoira qalbi hali umidga limmo-lim, ya’ni umid bu -tiriklikka tashnalik. Shuning uchun ham ijodkor keksalikka taslim bo’lgisi kelmaydi, umr intihosi yaqinlashayotganidan goh shubha, vahmga tushsa-da, lek yurakda allaqanday ilinj –umid bor. U shu umid bilan yashaydi. Toki vujudidagi tomchi nur- quyoshga aylanmagunicha, ya’ni hech bo’lmasa, shu hayotning so’nggi faslida o’zi istagandek , o’zidan qoniqib, o’zligini topib, Haqqa sevilib yashamagunicha tomirlaridagi qonning abadga muzlashiga-o’limga ixtiyor bergisi kelmaydi. Shu sabab u ko’kka-Yaratganga iltijo qiladi:”Ko’nglimni quyoshga aylantirib ber”. Yuqoridagi she’r ham ana shunday yashash, yonish zavqi bilan yo’g’rilgan metaforalar bilan yakunlanadi. Shoira “Yashil” nomli to’plamidagi she’rlari aksariyat qismida mana shunday badiiy maqsad yashiringan.
Z.Mirzo ijodida ham muhabbat tuyg'usi maysa, daraxt, qush, nur, daryo kabi timsollarda poetik ma'no kasb etib keladi. Bu timsollar lirik qahramonning hislari bilan tutashib, ishqning ohorli tasvirlarini yaratadi. Ijodkorning ishq mavzusida bitilgan she'rlarida qandaydir sehr, joziba, sir bordek tuyuladi. Undagi otashin hijron kayfiyati o'quvchiga tezda yuqadi:

Download 84,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish