O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 84,49 Kb.
bet3/17
Sana23.06.2022
Hajmi84,49 Kb.
#695585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
“SHE’RIYATDA POETIK TASVIR VA METAFORIK TAFAKKUR UYG’UNLIGI” (F.Afro\'z, Z.Mirzo, H.Ahmedova she’rlari misolida disss

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida inson ruhiyati va qalb kechinmalarining metaforik ko‘rinishdagi ifoda imkoniyatlari, so‘z va obraz yaratishdagi o‘ziga xos uslub izlanishlarning mohiyati F.Afro‘z, H.Ahmedova, Zebo Mirzo sh’erlari misolida ochib berish.
Tadqiqot ishining ilmiy ahamiyati. Shoiralar she’riyatidagi metaforalarning ilk bor tadqiq etilganligi, metaforiklikka ijodkor tafakkuriga xos bosh xususiyat sifatida qaralgani va shundan kelib chiqib metaforiklik ijodkor uslubini belgilagan asosiy omil ekanligining ochib berilgani bilan bog’liqdir. Metaforaning ko’chim, poetik obraz, she’r butunligi darajasida namoyon bo’luvchi ko’rinishlari alohida va bir-biriga bog’liq holda o’rganilganligi; metaforaga xos poetik mavzuni uyushtiruvchilik, struktura belgilovchilik funksiyalari F.Afro’z, H.Ahmedova, Z.Mirzolarning metaforik yo’sindagi tahlili orqali she’r –o’xshatish, she’r- allegoriya va she’r metafora orasidagi mushtarak va farqli jihatlar ko’rib o’tilganli; timsol she’r ko’rinishlariga aniqlik kiritilgani bu ko’rinishlar misollar yordamida tavsiflangani ham dissertatsiyaning ilmiy yangiligidir.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqot ishi materiallaridan respublikamiz oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlarida ilmiy-monografik va o‘quv adabiyotlarini shakllantirishda hamda o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitiladigan fakultetlarda maxsus kurs yoki seminar mashg‘ulotlari o‘tkazishda, shuningdek, umumta’lim maktablari, litsey, kollejlarning adabiyot o‘qituvchilariga metodik qo‘llanma sifatida foydalanish mumkinligida ko‘rinadi.
Tadqiqot tuzilishi. Dissertatsiya kirish, uch bob, olti fasl, umumiy xulosalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Hajmi


I BOB. SHE’RIYATDA METAFORIK TAFAKKURNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

1.1. Poeziyada metaforaning о‘rni.

Mustaqillik yillari shoirlarimiz uchun astoydil izlanish va qizg‘in ijod qilish
davri bo‘ldi. Albatta, bugungi kunda buning natijalari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zotan, o‘tgan qisqa davrda so‘z san’atining hamma janrlarida muayyan yutuqlar qo‘lga kiritildi. She’riyat yangi mavzular, yangi g‘oya va obrazlar, yangicha talqin va tasvirlar bilan boyidi.
Bu yangi davrda, ayniqsa, she’riyatimizda haqqoniylik va hozirjavoblik
kuchaydi. Turg‘unlik yillarida inson hayoti, ko‘pincha, bir tomonlama, hech qanday kam-ko‘stsiz, dabdabali qilib, bo‘yab-bezab aks ettirilardi. Inson mehnati, uning ruhiyati yuzaki, bayramona qilib ifodalanardi.
Mustaqillik davriga kelib xalq va mamlakat hayotini yaxshilashga qaratilgan muammolar, oddiy inson qadr-qimmatini tiklash va ko‘tarish, ona Vatan va mustaqillik,inson intim tuyg’ulari, uning orzu-armonlarini kuylash birinchi o’ringa chiqdi. Bu adabiyot ijodkor “erkin tafakkur”i mevasi o’laroq , maydonga keldi.
Bu davr she’riyati ko’ngil she’riyatiga aylandi. “Bu olam badiiyat olamidir. San’at mohiyati real narsalardan uzilish va ularni yakson etish orqali kelib chiqadigan yangi predmetlilikning yaratilishida ekanligi inkor etib bo’lmaydigan dalil…”. Darhaqiqat ,san’at, xususan, so’z san’ati originallikni, rang-baranglikni sevadi. Maxsus badiiy tasvir vositalarining qo’llanilishi esa asar tilini shirali, bo’yoqdor, serma’no bo’lishiga yordam beradi. Bu voqelik esa poeziya tilida yaqqol seziladi.
Bir shoir o’z asarida chuqur falsafiy fikr va yuksak mantiq kuchi bilan, boshqa bir ijodkor ko’ngilni erkalovchi mayin lirizm bilan, yana boshqasi esa so’z gavharlarini tanlab she’riyat ipiga marjondek chiroyli qilib tizishi bilan, yana biri o’z she’rlarining qo’shiqday o’ynoqi ohangdorligi bilan, yana biri esa maxsus poetik ko’chimlardan mohirona foydalanib obrazli manzara chizish yo’li bilan o’quvchi qalbini zabt etadi, uning tuyg’ularini uyg’otib yuboradi. Har bir maxsus badiiy tasvir vositalarini o’z o’rnida qo’llash, uni g’oyaviy-badiiy maqsadga xizmat qildirish- so’z san’atkorlaridan o’ziga xos mahorat talab qiladi.
Maxsus badiiiy tasvir vositalari badiiy asarning poetik bezagi bo’lib qolmay, ijodkor badiiy g’oyasiga aniqlik kiritishning haqqoniy yo’li hamdir. Asarda hayot haqqoniy tasvir etilishi, xarakterlar tipikligi, san’atkor talqin etgan ijtimoiy idealning muhimligi, asarning xalqchilligi, ijodkorning shakl va mazmun uyg’unligiga erishishidagi mahorati, asarning estetik-tarbiyaviy ta’sirining kuchli bo’lishi badiiy tasvir vositalarini ustalik bilan qo’llay bilishiga ham bog’liqdir.
Adabiy asarda so’z o’z va ko’chma ma’noda qo’llaniladi. Agar asar tilida kelgan so’z asil ma’nosida emas, ko’chma ma’noda qo’llangan bo’lsa, u maxsus badiiy tasvir vositasi hisoblanadi. Umuman, asardagi barcha so’zlar ham tasvir vositasi, ammo ko’chma ma’no anglatganlari alohida ahamiyat kasb etadi- ular maxsus badiiy tasvir vositalari hisoblanadi. So’zning asil va ko’chma ma’nosi o’rtasidagi farqni ajratib olish uchun R.Parfining quyidagi misralarga e’tibor beraylik:

Download 84,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish