O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Alderferning mavjudlik, aloqa va о‘sish nazariyasi



Download 1,55 Mb.
bet28/101
Sana14.02.2023
Hajmi1,55 Mb.
#910927
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101
Bog'liq
Inson resurslari

Alderferning mavjudlik, aloqa va о‘sish nazariyasi.
Alderferning fikricha insonning ehtiyojlari alohida guruhlarga ajratilishi mumkin. Ammo Masloudan farqli ravishda ehtiyojlar guruhi faqat uchtadir:
mavjudlik ehtiyoji;
aloqa ehtiyoji;
о‘sish ehtiyoji.
Bu guruhlar Maslou nazariyasidagi kabi iyerarxik joylashgan. Biroq, ularda bitta sezilarli farq mavjud. Maslouda ehtiyojdan ehtiyojga о‘tish faqat pastdan tepaga qarab bо‘ladi. Alferderda esa harakat ikki tomonlama bо‘ladi. YA’ni, pastdagi ehtiyoj qondirilmasa yuqoriga, yuqoridagi ehtiyoj qondirilmasa, pastga harakat bо‘ladi.


Makklelandning о‘zlashtirilgan ehtiyojlar nazariyasi.
Makkleland nazariyasi insonning о‘zini tutishiga muvaffaqiyatlar, ishtirok etish va hukmronlikka ehtiyojlar qanday ta’sir etishini о‘rganish va tasvirlash bilan bog‘liq. Bu ehtiyojlar, agar insonda kuchli bо‘lsa, uning о‘zini tutishiga sezilarli ta’sir kо‘rsatadi.


Motivatorlar va gigiyenik omillar nazariyasi.
Gigiyenik omillar - mehnat sharoitlari xususiyatlari bо‘lib, ular faqat qoniqarsiz bо‘lgandagina rag‘batlantirmaydigan ta’sir kо‘rsatishga qodir.
Motivatorlar - motivlashtirishni kuchaytirishga qodir biznesdagi insoniy munosabatlar omillaridir.
1960-yilda Frederik Gersberg va uning xodimlari kishi ehtiyojlarini о‘rganish bо‘yicha о‘zlarining maxsus izlanishlarini о‘tkazdilar. Ular ishchilardan faoliyatlarining qoniqtiradigan va qoniqtirmaydigan aniq tomonlarini ifodalab berishni sо‘raydilar va bu sо‘rov natijalarini tahlil qildilar. Ular ishdan qoniqish yoki qoniqmaslik hissiyoti bilan bog‘liq ikkita mutlaqo boshqacha omillar mavjudligini aniqladilar. Gersberg gigiyenik omillar deb nomlangan aspektlar(tomonlar) qoniqmaslik hissiyoti bilan bog‘liq. Firma siyosati, mehnat sharoitlari va xavfsizlik texnikasi faqat nomukammal bо‘lgandagina ishdan qoniqmaslikning potensial manbalari hisoblanadi. Bunda rahbarlik faqat gigiyenik omillarni yaxshilash orqali xizmatchilar motivasiyasini amalga oshirolmaydi. Boshqa tomondan, mehnat unumdorligini oshirish uchun motivatorlar deb nomlangan omillar: tan olinish, mas’uliyat, xizmatga kо‘tarilishi va shaxsiy rag‘batlantirishning boshqa usullari muvaffaqiyat bilan qо‘llanilishi mumkin. Gersberg nazariyasi Maslou nazariyasining tabiiy davomidir: motivatorlar iyerarxiyaning yuqori darajalarida joylashgan, gigiyenik omillar esa quyi daraja ehtiyojlarini ifodalaydi.
Menejerlar kо‘proq nimaga - motivatorlarga yoki gigiyenik omillarga e’tibor berishi kerak? Bu vaziyatlarga bog‘liq, о‘rta sinfga mansub katta lavozimdagi malakali, yuqori haq oluvchi xodimlarni motivatorlar yordamida yaxshi rag‘batlantirish mumkin. Past malakali, kam haq oluvchi, xavfli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchi yoki keksa xodimlar uchun esa, avvalo, gigiyenik omillarning yaxshilanishi muhim. Sо‘ng motivatorlarning qо‘llanishi yaxshi samara berishi mumkin.



Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish