O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

Musiqa san’atidagi yangilik belgilari
. Musiqa san’atida vositalar tizimini 
kengaytirish yo‘liga kontsert va musiqa-teatr repertuarida o‘zgarishlar bo‘lgandan 
so‘ng o‘tildi. 60-yillarda musiqiy hayot qaynab borar edi.
Hukumat tomonidan qabul qilingan “Buyuk do‘stlik”, “Bogdan Xmelnitskiy” va 
“Chin dildan” operalarini baholashdagi yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘rilash haqida”gi 
Qarori umumiy muhitni biroz yumshatdi. Haqiqiy madaniy qadriyatlarni tushunish, 
“temir pardani” biroz bartaraf etish ijodiy manfaatlarni tiklanishiga va Yevropa 
madaniyati bilan tanishishga olib keldi. 
1958-yildan boshlab Moskvada har yili P. I. Chaykovskiy nomidagi Xalqaro 
konkurs o‘tkazila boshlandi. U ijodkorlarni hayajonlantirar, yangi iste’dodli nomlar 
bilan tanishishga yordam berar edi. Konkurs laureatlari zamonoviy asarlarni ham ijro 
etishga kirishgan edi. 
Kompozitorlar soyuzining Butun Ittifoq va respublika syezdlari va 
pleniumlarida doimo yangi asarlar ijro etilar, bahslar va muhokamalar bo‘lib o‘tar 
edi.
1960 va keyingi o‘n yillar davomida “Moskva yulduzlari”, “Oq tunlar”, “Rus 
qishi”, “Moskva kuzi”, “Leningrad bahori” festivallarida zamonaviy qo‘shiqlar ijro 
etilar edi. 
Zamonaviy musiqa muammolari Yunesko qoshidagi MMSning VII kongressida 
(1971), Osiyoning III xalqaro minbarida muhokama qilingan (1973). Keyinchalik 
Moskva, Leningrad va boshqa shaharlarda xalqaro musiqa festivallari o‘tkazilgan.


11 
Dnepropetrovsk, Temir-Tau (Qozog‘iston) shaharlaridagi yangi teatrlar
Kutaisidagi Tbilisi opera teatrining filiali milliy respublikalar operalari evaziga o‘z 
repertuarlarini kengaytirishgan. 
1972-yil 18-yanvarda Moskvada o‘ziga juda katta e’tibor qaratgan
R. Shedrinning “Nafaqat muhabbat” operasi bilan Kamer opera teatri ochildi. 
Umuman olganda mazkur davrni “teatr davri” desak, hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Zero, teatr sahnalarida kechayotgan izlanishlar musiqiy teatrga ham katta ta’sir 
o‘tkazadi. Natijada butun musiqa san’ati uchun umumiy bo‘lgan jihatlar ilk bor 
musiqiy teatrda ochib beriladi. Shulardan biri teatr badiiy rahbari B. Pokrovskiyning 
gapiga ko‘ra, “Musiqa, sahna shakli va mazmuni jihatdan zamonaviy repertuarni 
yaratishdan iborat” bo‘lgan (139). 
Kamer teatri mavzusining keng qamrovligi va postanovkalarning yangiligi bilan 
tomoshabinni jalb qildi. Teatr tufayli D. Shostakovichning “Burun” va XVIII asr rus 
kompozitorlari V. Pashkevich va D. Bortnyansktiylarning operalari sahnada paydo 
bo‘ldi.
Teatrda 70-yillarda ijod qilgan kompozitorlar operalari sahnalashtirila 
boshlandi. Masalan, A. Xolminovning “Kolyaska”, “Shinel”, “O‘n ikkinchi seriya”, 
T. Xrennikovning “Yuraklar tufayli ko‘p shov-shuv”, V. Ganelinning “Malla soch 
aldoqchi xonim va soldat”, G. Sedelnikovning “Kambag‘al insonlar”, V. Palchunning 
“Tunda”, A. Jurbinning “Oy va detektiv” va shu kabi boshqa operalar 
sahnalashtirildi.
Teatrning har bir spektakli bu – ifodaviy sahna vositalarini izlash, teatr uchun 
yozilgan har bir yangi opera individuallashtirilgan dramaturgiya uchun misol bo‘lgan.
60-70-yillar kontsert hayoti.
60-70-yillar kontsert hayotida repertuarning faol 
kengayishi kuzatildi. Ijrochilar bir tomondan qadimgi musiqaga murojaat etishsa
boshqa tomondan zamonoviy musiqaning yangi obrazlarini ochib berishadi.
A. Sveshnikov va A. Yurlova rahbarligidagi xor kollektivlari kompozitorlarning 
yangi asarlari bilan bir qatorda qadimgi rus qo‘shiq aytimlarini ijro etishsa, 
“Madrigal” vokal-instrumental ansambli qadimgi davr musiqasi tashviqoti bilan 
shug‘ullana boshladi. 


12 
Moskva kamer orkestri barokko va klassitsizm musiqasi bilan bir qatorda 
zamonaviy kompozitorlar asarlarini ijro etdi.
Uslublar va kompozitorlar nomlari ko‘lami keng bo‘lib, ijro san’ati ham yuqori 
darajada edi. 
Ushbu yillarda kontsertlar bilan chiqish qilganlar qatorida D. Oystrax, S. Rixter, 
E. Gilels, M. Rostropovich kabi buyuk musiqachilarni eslash kifoyadir.
Dirijyorlik pultida Y. Mravinskiy, G. Rojdestvenskiy, Y. Svetlanovlar o‘z 
mahoratini namoyish etgan.
Tinglovchilar kompozitorlarning mumtoz asarlaridan tashqari partituralari shu 
kungacha faqat mutaxassis musiqachilarga ma’lum bo‘lgan B. Bartok,
I. Stravinskiy, A. Onegger, K. Orflarning musiqasi bilan tanisha boshlashdi. 
S. Prokofyevning “O‘yinchi”, “Uch apelsinga bo‘lgan muhabbat”, “Haqiqiy 
inson haqida qissa”, D. Shostakovichning “Katerina Izmaylova” kabi ba’zi-bir 
mumtoz operalarining qayta tug‘ilishi kuzatildi.
Birinchi marotaba D. Shostakovichning “To‘rtinchi simfoniyasi”, S. 
Prokofyevning “Oktyabrning 20 yilligiga” kantatasi ijro etildi.
G. Rojdestvenskiy shu kunga qadar tinglovchilarni o‘z asarlari bilan 
tanishtirishda birinchilar qatorida bo‘lgan. 60-70-yillarda uning rahbarligida 
mamlakatda birinchi bor P. Xindemit, B. Britten, V. Lyutoslavskiy, L. Yanachek 
asarlari ijro etildi. G. Rojdestvenskiy kompozitor S. Prokofyevning juda ko‘p 
asarlarini qayta tikladi. 
Qayd etish kerakki, 60-yillarning oxirida tinglovchilarga yana bir noyob asar– 
S.Prokofyevning “Maddalena” operasi taqdim qilindi. Opera kompozitorning ijodiy 
yo‘li, uslubining shakllanishi, umuman olganda rus operasining rivoji haqidagi 
tasavvurni o‘zgartirib yubordi (205).
60-yillardagi yangi voqe’liklar ijrodagi izlanish jarayonlarining yanada 
faollashuviga turtki berdi.
Shu o‘n yillikning o‘ziga xosligi ansambllarning faoliyatida ayniqsa ko‘zga 
tashlanadi. D. Oystrax – S. Rixter, D. Oystrax – F. Bauer, M. Fixtengolts –
L. Fixtengolts, I. Oystrax – N. Zertsalova, V. Klimov – L. Blok, S. Snitkovskiy –


13 
L. Iosifovich, N. Shaxovskaya – A. Amintayeva, F. Drujinin – M. Muntyan,
V. Pikayzen – A. Nasedkin va boshqalar ishtirokida juda ko‘p ansambl-duetlar paydo 
bo‘ladi.
Bunday batafsil sanab o‘tish voqe’lik ko‘lamini, ommaviyligini ko‘rsatish uchun 
lozim bo‘ldi. Duetlardan tashqari juda ko‘p triolar paydo bo‘ldi. Ammo duetlardan 
farqli o‘laroq triolar uncha ko‘p vaqt faoliyat ko‘rsatishmadi (D. Bashkirov – I. 
Bezrodniy – M. Xomitser, A. Lyubimov – O. Kagan – N.Gutman). Boshqalari biroz 
uzoqroq hamkorlik qildi (Y. Malinin – E. Grach – N. Shaxovskaya), keyin 
shakllanganlari bir necha yil davomida ijodiy faoliyat olib borishdi (A. 
Bonduryanskiy – V. Ivanov – M. Utkin). 
Shu vaqtga qadar tajribaga ega bo‘lgan Betxoven nomidagi, Komitas nomidagi 
kvartetlar bilan bir qatorda, ulardan keyin paydo bo‘lgan Borodin nomidagi, Pro-
kofyev nomidagi kvartetlar ijrosida musiqa jaranglar edi.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish