O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

Musiqiy texnika va uslub yangiliklari
. Yangi taassurotlar ostida kompozitorlar 
til, uslub, an’ana masalalariga va 50-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan 
yangiliklarga boshqacha nazar bilan qaray boshlashdi. Umum uslub sohasida 
kontrastlilik kuchaydi.
Bu yillarda ikki ulkan kompozitor – D. Shostakovich va A. Xachaturyan 
ijodining ahamiyati kuchli bo‘lgan. Ularning qatorida G. Sviridovning roli kuchayib 
bordi. Uning asarlari XX asrdagi murakkab musiqiy jarayonlar sharoitida romans 
intonatsiyasining oddiyligi va ommabopligi tinglovchilar intilishini qoniqtirar edi. 
60-yillarda ijod sohasida turli avlod vakillari ishtiroki ko‘zga tashlanar edi. 
Qayd etish kerakki, bunday voqe’lik doimo bo‘lgan. Biroq bu davrda uslubdagi har 
xillik sababli bu holat yanada bo‘rtib ko‘rindi.
A. Aleksandrov, Y. Ivanov, A. Balanchivadze, B. Lyatoshinskiy, S. Balasanyan 
kabi katta yoshdagi avlod vakillari oldin shakllangan an’analarga rioya qilishgan.
“D. Shostakovich maktabi” tushunchasi B. Chaykovskiy, N. Peyko, M. 
Vaynberg, Y. Levitin kabi ijodkorlar nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Har bir ijodkor 
o‘zining ma’naviy ustozining uslubidan kelib chiqib, 60-yillarda o‘z uslubiga, badiiy 


14 
yutuqlarga erishdi. Va nihoyat, yana bir qator kompozitorlar o‘zlarining betakror 
ijodlari bilan musiqa maydoniga kirib kelishgan.
Jumladan, R. Shedrin va A. Shnitke, A. Eshpay va N. Sidelnikov, G. Frid, N. 
Karetnikov, E. Denisov, Y. Butsko, S. Gubaydulina, B. Tishenko, A. Petrov va S. 
Slonimskiy kabi kompozitorlar ana shular qatoridan joy olgan. Ularning deyarli 
barchasi yangi musiqiy vositalarni izlash bilan band bo‘lishgan.
Musiqa san’atining umumiy ko‘rinishida milliy kompozitorlar maktablari 
yanada kuchliroq ajralib, yuqoriga qalqib chiqdi. Ular rivojlanishning nafaqat yuqori 
cho‘qqilarini zabt etishdi, balki o‘zi bilan yangi madaniyat yuzaga kelganidan dalolat 
berishar edi.
Bugungi kunda 60-yillar musiqasini Q. Qorayev, S. Sintsadze, X. Eller, V. 
Tormis, A. Pyart, E. Tamberg, Y. Ryaets, O. Taktakishvili, G. Kancheli, E. 
Mirzoyan, E. Oganesyan, M. Kajlayev, A. Ter-teryan, A. Melikov, V. Gubarenko, M. 
Zarinya, A. Skulte, E. Balsis, Y. Yuzelyunas, V. Barkauskas, B. Dvarionas, V. 
Laurushas kabi ijodkorlar asarlarisiz tasavvur qilish qiyin. Ularning barchasi va ular 
qatorida boshqa kompozitorlar musiqiy til rivojlanishiga va janrlarning 
yangilanishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Janr doirasini o‘zgartirish, ifodaviy vositalar ko‘lamini kengaytirish hayotning 
muhim masalalari yechimini yangicha yo‘lini topish bilan izohlanar edi.
Shunga o‘xshash jarayonlar “sub’ektiv uslublarning rivojlanishi kuzatilgan” 
adabiyotda ham sodir bo‘lgan. (209, 
4). 
Musiqada individual uslublarni izlash turli yo‘llar bilan borgan. Dastlab xatning 
kontrast texnikasini o‘zlashtirish eng tarqalgan yo‘l bo‘lgan.
60-yillarning oxirida texnik yangiliklar kompozitorlarni qoniqtirmay qo‘ydi. 
Chunki hech bir vosita o‘zicha hech qanday g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtira 
olmasligi va ularning o‘rnini bosa olmasligi ayon bo‘ldi. Bunday “yangilik”dan yana 
bir fikr aniqlashdi. Har qanday mushohada tizimi moslasha olmasa, u jonsizdir. Turli 
texnikalar hayotchanligini kompozitorlar ularning sintezidan topishdi. Natijada sintez 
g‘oyasini barcha ijodkorlar qo‘llab-quvvatlashdi.


15 
Agar an’anaviy uslub va kontrast bo‘lgan uslublar bir qatorga qo‘yilsa, yangi 
tizimlarni o‘zlashtirish yo‘llari aniq ko‘rinadi.
Albatta, boshqa umumlashtirishdagidek bu holatda sxemalashtirishdan qochib 
qutulib bo‘lmaydi. Lekin bunday yondashuvni tushungan holda, uni qabul qilish 
mumkin.
An’anaviy vositalarga nisbatan dodekafon texnikasi keskin kontrastlikni hosil 
qilar edi. Bu tizimdan ratsional va o‘ziga yaqin uslubni topgan XX asr insoni undan 
foydalanishga intilar edi. Ba’zi-bir kompozitorlarni (E. Denisov, A. Shnitke, N. 
Karetnikov), boshqalarini qisman (R. Shedrin, B. Tishenko, V. Salmanov) Yangi 
Vena maktabining tamoyillari juda qiziqtirib qo‘ygan edi. O‘n yillar davomida 
shakllangan uslubni himoya qiluvchi uchinchi guruh kompozitorlari (D. 
Shostakovich, N. Peyko, M. Vaynberg) unga shubha bilan yondoshishdi.
Dodekafon texnikasi, boshqa tizimlarni jadal rivojlanishiga turtki bo‘lgan 
“intonatsion konflikt” rolini ijro etdi.
Ulardan ikkitasi – sonorika va aleatorika, dodekafoniya texnikasining ba’zi-bir 
umumiy bo‘lgan xususiyatlariga nisbatan qarshilik sifatida yuzaga kelgandir.
Birinchi o‘rinda tovush rang-barangligi muhim bo‘lgan sonorika- 
dodekafoniyaning melodik jihatlariga – tovush va tembrlarning serjiloligi va 
boyligini qarshi qo‘ydi.
Nazoratni va ijrochilar cheksiz improvizatsiyasini nazarda tutgan aleatorika – 
ijro irodasini va oxir-oqibatda melodik erkinlikni amalga oshirishga intildi.
XX asr boshlarida o‘rnatilgan tamoyillarni buzishga harakat qilish musiqada 
mumtoz unsurlarni tiklanishiga olib keldi. Kompozitorlar barokko, erta klassitsizm 
uslubiga murojaat qilishadi. Bu yana bir bor mumtoz tamoyilar barhayotligini va 
yangilanishini isbotladi.
60-70-yillardagi musiqaning keng va katta qatlamini tashkil qilgan folklor 
asarlarida bu nuqtai-nazar yanada kuchliroq o‘z ifodasini topdi. 
Mushohadaning kontrast tizimiga bo‘lgan kuchli qiziqishi folklorga boshqa ko‘z 
bilan qarashga majbur qildi va unda eng takomillashgan tizim mavjudligiga ishonch 
hosil bo‘ldi.


16 
Uning takomili yaxlitlikniing barcha unsurlari yetukliligidan kelib chiqadi.
Folklor – bu juda ko‘p avlodlarning oliy tasavvuri va chuqur his-hayajonining 
ifodasidir.
Folklor – bu melodik, takomil va modal jihatlarning bir-biriga bog‘lanishi va 
to‘liq erkinligi, maromning turli xilligi, monodiya va polifoniyaning, tizimlilik va 
improvizatsiyaning birlashishidir.
M. Raxmanovaning kuzatishicha, “zamonaviy musiqachilar folklorni ifodaviy 
vosita, aniqlik, tartibli jihatdan asrlar davomida o‘z isbotini topgan tizim sifatida 
anglab olishga intilishadi. Tizim sifatida qabul qilingan folklor kompozitorlar uchun 
mushohada qilish maktabiga aylandi” (188, 
10)

M. Glinka va kuchkistlar uchun folklor ana shunday “mushohada maktabi” 
bo‘lgan edi. Ularga o‘xshab zamonaviy kompozitorlar uni anglashga intilar, XX asr 
musiqasining kontrast kompozitsion texnikalari bilan birlashtirishga harakat qilar edi.
XX asrning musiqa vositalarini o‘zgartirgan I. Stravinskiyning ijodi 60-
yillarning uslubini yangilash bilan bog‘liq izlanishlar uchun katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan. 
Kompozitor musiqachilar uchun yangi ritmik tizimni va ostinato texnikasini 
ochib berdi, lad va tembr imkoniyatini kengaytirdi, eng zamonaviy va eng qadimgi 
ohanglarni yaqinlashtirdi, san’atning minglab jihatlarini kashf etdi va musiqa 
taffakkurida inqilob yaratdi.
Turli uslublarga bo‘lgan qiziqish o‘ninchi yillar oxirida polistilistikaning paydo 
bo‘lishga olib keldi. Polistilistika turli texnika va uslublar sintezini kompozitsion 
tamoyilga aylantirdi. Uslubiy kontrastlik va uning bir ko‘rinishi bo‘lgan iqtibos 
keltirish san’atda doim bo‘lgan. Buning uchun U. Shekspir, I. S. Bax, A. Pushkin, P. 
Chaykovskiy va boshqa ijodkorlar asarlarini eslash kifoyadir. Ammo XX asrda 
begona uslublar bilan “o‘ynash”, asarlarda badiiy konsepsiyasining asosi bo‘lib qoldi 
(masalan, A.Shnitke ijodi).
Shunga mos ravishda kontrastlar gradatsiyasi, ya’ni, paradoks birlashishidan 
tortib (barokkoning oliy musiqasi va zamonoviy shlyager), tinglovchining assotsiativ 


17 
bilimiga qaratilgan voqe’likka ishora bo‘lgan uslubiy illyuziyagacha juda kengaygan 
edi. 
Iqtiboslar keltirish bilan bog‘liq polistilistikaning estetik qadriyati, ehtimolki, 
hatto hozirgacha belgilanmagan. Bu haqda o‘z paytida Y. Xolopov (242) asosli 
fiklarini bayon etgan edi. Uning fikriga ko‘ra, bir tomondan plagiatorlik bilan 
kontrast stilistikaning, ikkinchi tomondan eklektizmning chegarasi aniq 
belgilanmagan.
Ammo ba’zi bir asarlarda (masalan, D.Shostakovichning “O‘n beshinchi 
simfoniyasida”, A. Shnitke musiqasida) kontrast stilistika tinglovchining assotsiativ 
fikrlashini faollashtiradi, ichki psixologik harakatni, shuningdek kompozitorning 
qadriyat tizimi va obrazli idealini tushunishga yordam beradi. Bularning barchasi A. 
Pushkin ta’biri bilan aytganda: “Buyuk shaxsning fikrini anglab borish juda qiziqarli 
fandir”.
She’riyatdagi shunga o‘xshash uslubiy sintezni I. Podgayetskaya qayd etadi: 
“Shoirlar peyzajga diqqat-e’tibor bilan qarashga, o‘z she’riyatidagi obrazlarni qat’iy 
tekshirib ko‘rishga, o‘zidagi yoki tevarak-atrofdagi muhim narsalarni e’tibordan 
chetda qoldirib ketishga qo‘rqishi haqida yozishgan. Shoirlarning qat’iy da’vatlari 
inson va borliq o‘rtasidagi garmoniya motivlari, yaxshilik va go‘zallik o‘rtasidagi 
yaxlitlik, haqiqat va odamgarchilik, nazokat va san’atdagi haqiqat o‘rtasidagi estetik 
ta’kidlar bilan birga kelgan.
Bunday o‘y-fikrlar zamondoshlarning ijodiy izlanishlarining haqiqati va 
qadriyati o‘lchanadigan Lermontov, Tyutchev, Fet kabi shoirlar ijodidan olingan 
iqtibos va reministsentsiyalar bilan birga kelgan” (170, 
49). 
Musiqachilar asarlaridagi barcha iqtiboslar mazmunan shunga o‘xshashdir. 
Masalan, B.Chaykovskiyning Ikkinchi simfoniyasidagi I. S. Bax, L. Betxoven, V. 
Motsart va R. Shumandan olingan tsitatalar zamonamizning quruq-ratsional 
musiqasiga qarshi qo‘yilgan estetik idealga murajaat qilishdek tuyuladi.
Y. Butskoning trio-kvintetida iqtibos qilingan qadimgi rus qo‘shiq aytimi va 
Betxovenning op.135 kvartetining mavzusi ma’naviy-falsafiy g‘oya ma’nosini ifoda 
etishga yordam beradi (1970).


18 
V.Vasina-Grossmanning ma’lumotiga qaraganda, asar Buxenvalddagi 
memorialni borib ko‘rishdan olingan taassurotlar ta’sirida yozilgan va unda tabiiy 
ravishda azob va nafrat obrazlari ustuvordir” (30, 
151) 
Haqiqiy san’at oliy ma’naviyat, etika va estetika tamoyillarini amalga oshirish 
kerak, degan g‘oya 70-80-yillardagina badiiy ijodiyotda asosiy tushunchaga aylandi.
60-yillar san’atidagi janrlar ko‘rinishi oldingi davrdagilaridan keskin farqlanar 
edi. Kompozitorlar simfoniya, opera, xor va kamer musiqalarining an’anaviy turlarini 
qayta anglash ustida faol ish olib borgan. Har bir asarda janrni individuallashtirishga 
bo‘lgan intilish ustun bo‘lgan, aralash shakllar va o‘ziga xos tarkib bilan qiziqish 
yuzaga keladi. Janrdagi stereotiplar doirasidan chiqish va sintez bilan bog‘liq 
tendensiyalar kuchaygan bir davr edi. 
Simfoniya – D. Shostakovich, A. Lokshin, M. Vaynberg ijodida kantata va 
vokal tsikl bilan, M. Vaynbergning “Passajirka” (“Yo‘lovchi ayol”) opera bilan 
yaqinlashdi. Uning qiyofasiga urushdan keyingi yillarda jadal rivojlanib kelgan 
kontsert katta ta’sir o‘tkazadi. Orkestr, ansambllar uchun kontsertlar paydo bo‘ladi 
(S. Slonimskiy, A. Eshpay, B. Tishenko). Xor epizodlari jadal ravishda baletga (S. 
Slonimskiyning “Ikar”i), balet esa operaga (A. Terteryanning “Olovli xalqa”) kirib 
boradi. 
Obrazli-intonatsion qatorni o‘zgartirish janrlar o‘zgarishining asosiy 
sabablaridan biri bo‘lgan.
Mushohadali epizodlar roli yaxshilandi, assotsiativlik ahamiyati oshdi, obrazli 
kontrastlarda kutilmagan paradoks tamoyilari kuchaydi. Operalarda turli vaqt 
ko‘rsatkichlarini va uslublarini solishtirish tez-tez olib borilar edi. 
Shaxsning ichki – ma’naviy dunyosiga e’tibor berish va musiqiy xatning 
kontrast texnikasiga bo‘lgan manfaat, kamer janrlarini rivojlanishiga katta qiziqish 
uyg‘otdi.
Musiqiy instrumental va vokal ansambllardan tashqari, kompozitorlar o‘sha 
vaqtda bir talay kamer simfoniyalar, operalar, kantanta-oratoriya asarlarini va 
xorlarini yaratdilar.


19 
Musiqa madaniyatining yo‘nalish tendensiyasi umuman olganda ko‘p jihatdan 
kamer janrlarining o‘ziga xos belgilari bilan mos keldi. Ularning orasidan ikkitasini, 
ya’ni intellektuallashtirishni va musiqaviy ifodani tanlab olamiz. Kamer janrlari turli 
tarixiy davrlarda, bir tomondan, falsafiy va shaxsiy fikrlarni aytish sohasi va ikkinchi 
tomondan, tilning yangi unsurlarini sinashning eng qulay imkoniyati deb tushunilgan 
(tasodif emaski, tadqiqotchilar kamer janrlarini “ijodiy izlanishlar laboratoriyasi” deb 
bejiz aytishmagan).
Shaxsiy fikrni aytish talabi paydo bo‘lgan va turli texnika sintezi sohasida 
eksperimentlar o‘tkazish keng yoyilgan 60-yillardagi san’at nuqtai-nazardan, kamer 
janrlariga murojaat etish tabiiy bo‘lib, o‘sha davrning muhitidan kelib chiqqan edi. 
Kamer tarkibining ijro etish harakatidan tortib, musiqa asboblarini har xil 
kombinatsiyasigacha bo‘lgan imkoniyatlar katta ahamiyatga ega omillar sifatida 
ishtirok etgan.
Bu yerda ichki va tashqi sabablar bir-biri bilan chatishib ketgan. Masalan, 
asboblarning nooddiy tarzda birga ishlatish yangi obraz illyuziyasini yuzaga 
chiqarardi. Bundan tashqari, u haqiqatdan fantaziyani uyg‘onishiga turtki beradi, 
ijodiy 
fikrni 
yangi 
yo‘nalishdan 
borishga 
rag‘batlantiradi, 
uslubni 
individuallashtirishda ishtirok etgan intellektuallashgan san’atga qiziqish paydo 
bo‘ladi.
Har bir ijrochi yakkaxon ijro etadigan kamer janrida asboblarda nooddiy 
o‘ynash va musiqa to‘yinishini oshirish imkoniyati mavjud edi. Bu tashqi sabab 
bo‘lgan. Ammo u jiddiyroqlari bilan ham, ya’ni urushdan keyingi yillarda kontsert 
shakllarining jadal rivojlanishi, harakat bilan bog‘liq kontrastlarni yaratishga imkon 
beruvchi kontsertlikka intilish kabi sabablar bilan ham bog‘liq bo‘lgan.
Kamer janrlari turli uslub yo‘nalishlarda rivojlandi, ammo ularda lirik jihatlar va 
kichik shakllar ustuvor bo‘lganligi kuzatilgan.
60-yillar she’riyatidagi kabi Y. Yevtushenko, R. Rojdestvenskiy, A. 
Voznesenskiy, N. Matveyeva she’rlari musiqada ham o‘ziga xoslik, ko‘zga 
tashlanish, metaforalik qadrlanar edi. Ijodkor betakror shaxs sifatida anglanardi.


20 
Ma’lum darajada bunday ko‘rinishda individuallashuvga intilish romantizm 
estetikasiga o‘xshab ketardi. Biroq musiqadagi ifodaviy vositalar romantizmdan shu 
qadar uzoq bo‘lganki, dastlab romantik an’analar nafaqat sezilar, balki mutlaqo inkor 
etilgan. 
Keyingi o‘n yillikda ularning paydo bo‘lishi romantizmga burilish, deb 
tushunildi. Ammo, tub romantizim an’analari 60-yillar san’atining zaminida mavjud 
bo‘lgan. Individuallashtirish tendensiyasidan tashqari, XIX asr romantiklar san’atiga 
tsiklik shakllarning poemaga nisbatan moyillik bildirishida va unga qarab 
o‘zgarishida o‘xshatish mumkin. Ayni poemaga o‘xshashlik, ko‘p holatlarda ko‘rib 
chiqilayotgan kamer va vokal simfoniyalar janrlarining o‘ziga xosligini belgilab 
bergan.
San’atning umumiy kontrast muhiti ziddiyatsiz bo‘lmagan. Yutuqlar va 
yo‘qotishlar, an’ana va yangiliklar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan.
M.Druskinning qayd qilishicha: “Ziddiyatsiz rivojlanish bo‘lmaydi. Turli 
stilistik yo‘nalishlar o‘rtasidagi kuzatilayotgan musobaqalar shunga o‘xshash ijobiy 
ziddiyatlarning bir ko‘rinishidir. Ular musiqa jarayoni harakatini yo‘naltiradi” (75, 
35). 
Musiqada ko‘zga tashlanadigan qarama-qarshiliklar sababining negizida 
avvalambor davr ziddiyatlari o‘rin egallagandir. 
Administrativ-byurokratik rahbarlikning ta’siri borgan sari tiklanib, ijodga, 
yangilikka intilishga halaqit bera boshlagan. Mustabit yillar uchun an’anaga aylangan 
tazyiqlar siyosati kuchayib, tarixga “avangardistlar” degan nom bilan kirib kelgan E. 
Denisov, A. Shnitke, S. Gubaydulina kabi kompozitorlarni ta’qib ostiga olish 
boshlanadi. Vaholanki, aynan shu ijodkorlar keyingi o‘n yillikda davr madaniyati 
rivojini belgilab berdilar. 
60-yillar ijodiyoti uchun publitsistik yondashuv zamon belgisi sifatida 
gavdalanadi. Bu davr romantik hissiyot, yangilikka intilish, ezgulikka ishonish 
g‘oyalari bilan to‘lib-toshadi.
Bunday samimiy intilishlar bilan bir qatorda, siyosatga yo‘naltirilgan san’at ham 
parallel ravishda rivojlanadi. Ayniqsa, siyosiy arboblarni ulug‘lash, tizimning 


21 
mafkurasini targ‘ibot etuvchi asarlar yaratishga barcha shart-sharoitlar yaratilgan edi. 
Sovet mamlakati 60-70-yillarda bir talay yubileylarni nishonladi. Shu jumladan,
Inqilobning 60 yilligi, Jahon urushida erishilgan g‘alabaning 30 va 35 yilliklari 
nishonlandi.
San’at namoyondalari bu voqealarga javoban yangi asarlar yozdilar. Ularning 
orasida shunchaki biror-bir sanaga bag‘ishlangan, konyunktur asarlar talaygina 
bo‘lib, shuningdek ilhom va yuqori ruh bilan yozilgan asarlar ham uchrab turadi.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish