O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


Y. Ivanovning O‘n uchinchi simfoniyasi



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

Y. Ivanovning O‘n uchinchi simfoniyasi.
Oldingi asarlarga nisbatan musiqa 
tilining aniqligi qayd qilingan Y.Ivanovning O‘n uchinchi simfoniyasi (Simphonia 
Humana) o‘quvchi va orkestr uchun yozilgan. Uning bayonida “declama-to” 
remarkasi bilan uchta prelyudiya va postlyudiya – deklamatsion tamoyil ustuvorlik 
qiladi.
Eston xalqining dunyoqarashi orqali inqilob haqidagi mavzuni V. Tormis ikkita 
birlashtirilgan xor va saprono uchun yozilgan “Leninning so‘zlari” kantatasida 
yoritgan. Matnlar eston tilida chop etilgan siyosiy arbobning to‘plangan asarlaridan 
olingan. Partiturada g‘oya mazmunini tushuntiruvchi kompozitor so‘zlari beriladi: 
“Inqilob g‘oyalari baynalmilaldir. Haqiqat tili barcha xalqlar uchun yagonadir. Biroq 
san’at tili milliy tildir. Eston ijodkorining tili – eston tilidir”.
V. Tormis xalq tiliga asoslangan epik kantatani yaratadi. Rus bilinalariga xos 
jihatlar, ichki sabr-toqatlilik va shavqatsizlik birinchi qismida berilgan (“Sovet 
hokimiyati – bu nima?”). Ikkinchi qismi – “Millatlarning to‘liq tengligi” – lirik 


24 
qo‘shiq unsurlarini olib kiradi. Uchinchi qismida – “Butun jahon tarixining ertangi 
kuni” – rivojlanish yorqin majorli uch ovoz balan ajralib turadi.
Y. Ivanov va V. Tormis asarlarida D. Shostakovichning O‘n ikkinchi 
simfoniyadagidek “inqilob” obrazi umumiy xarakterga ega bo‘lib, insoniyatning oliy 
ideallarini mujasamlashtiradi. 
Yuqorida tahlil etilgan ikkita asarda inqilobchilar xalq sevgan oddiy insonlar 
obrazi sifatida ifoda etilgan.
M. Vaynbergning Sakkizinchi simfoniyasi. 
M. Vaynbergning asarlari ana 
shunday o‘xshash g‘oyaviy-obrazli holatda edi. Kompozitor uchun urush mavzusi 
juda tanish va operalarda (“Ayol yo‘lovchi”, “Madonna va soldat”), simfoniyalarda 
(Oltinchi, Sakkizinchi, To‘qqizinchi), kantanta-oratoriya janrlarida (Rekviyem, 
“Muhabbat kundaligi” kantatasi) mutloq muhim o‘rinni egallaydi. 
D. Shostakovichning an’alarini davom ettirib, M. Vaynberg tragediyali va 
murakab konsepsiyali asarlar yozadi. Ularda urush o‘zi bilan olib kelgan mudhish 
ehtiroslar ko‘rsatilgan, joriy voqealar anglashiladi, tinchlik, donolik, san’at haqida 
gap boradi. 
M. Vaynberg asarlarining qahramoni ba’zida nozik va o‘ta didli lirik, ba’zida 
hayot mazmuni haqida o‘ylovchi shoir tili bilan gapiradi, ba’zida jahldor, norozi 
bo‘lgan notiqqa aylanadi (149). Kompozitorning uslubi uchun lirik-qo‘shiq 
monologlarni o‘ta tarang, asabli, ekspressiyali epizodlar bilan taqqoslash xos. 
Yaxlitlik birligi o‘zak rivojlanish bilan bog‘liq bo‘lib, unda o‘ziga xos intonatsion-
fabulali harakat mavjud.
Y. Tuvim she’rlariga yozilgan o‘nta qismdan iborat bo‘lgan xor, tenor va orkestr 
uchun yaratilgan Sakkizinchi simfoniyasining (“Polsha gullari”, 1964) 
kulminatsiyasida ikkita skertso – o‘lim skertsosi ijro etiladi. Ularda raqs 
dramalashtiriladi (“Dars”), urib chalish asboblarning ovoz chiqarishi qayd qilingan 
(“Varshava itlari”). Ularga o‘ta ta’sirchan, inson qalbining ijodi bo‘lmish “Ona” 
rekviyemi, shuningdek ehtirosli iltijo, publitsistika (kirish bo‘limi) va yashirin 
ijtimoiy ma’noli (fugatoda “odillik”) “Duo” qarshi qo‘yilgan.


25 
Sakkizinchi simfoniya qismlari kontrastli taqqoslashga qurilgan bo‘lsa ham, u 
monologga yaqinroqdir.
Undagi mavjud simfonik tsiklning turi G. Sviridovning “Yesenin xotirasiga 
bag‘ishlangan poema”ga yaqin va o‘z navbatida, D. Shostakovichning O‘n to‘rtinchi 
simfoniyasiga yo‘l ochib beradi.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish