O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/30
Sana25.03.2023
Hajmi0,74 Mb.
#921772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
tijorat banklarida kredit riskini boshqarish

Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. 
Mazkur bitiruv 
malakaviy ishi tarkibiy jihatdan kirish, uchta bob, xulosa va takliflar va 
foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxatidan tashkil topgan. 
Bitiruv malakaviy ishi hajmi 
esa 69 betni tashkil etgan bo‟lib, unda 8ta rasm va11ta jadval aks ettirilgan. 
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi bank risklari va ularning nazariy 
huquqiy asoslariga bag‟ishlangan bo‟lib, unda bank risklari turlari va mohiyati aks 
ettirilgan. Kredit risklarini boshqarish va ularning huquqiy asoslari yoritilgan. 
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida,kredit riskini boshqarishning 
xalqaro tajribasi nazariy jihatdan o‟rganilgan vabanklarda kredit risklari va ularni 
boshqarish amaliyoti tahlil qilingan.Tijorat banklarining kredit portfeli 
tahlilqilingan bo‟lib, uning diversifikatsiya darajasi o‟rganilgan, ikkinchi bob 
bo‟yicha xulosa berilgan. 
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobi kredit riskini boshqarishni samarali 
tashkil etishni takomillashtirishga bag‟ishlangan.Kredit riskini boshqarishdagi 
mumamolar vaularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bob 
bo‟yicha ham qisqacha xulosa keltirib o‟tilgan.
Yakuniy ravishda, bitiruv malakaviy ishi bo‟yicha xulosa va takliflar aks 
ettirilgan. 



1-BOB. BANK RISKLARI VA ULARNING NAZARIY HUQUQIY 
ASOSLARI 
1.1.Risk tushunchasi, uning mohiyati va turlari 
Risk tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Ilmiy iqtisodiy
adabiyotlarda riskga boshqacha bir nazar bilan qaralsa, qonunchilik 
hujjatlarida boshqa jihatdan qaraladi. Rus tili lug„atida tavakkalchilik so„zi 
«risk» deb atalib, qadimiy grek so„zidan olingan. U kemalarni halokatga olib 
boruvchi va odamlarning o„limiga, mol-mulklarining cho„kib ketishiga sababchi 
qoyani bildirib, “qoyalar orasidan shamol va boshqa to„siqlarga chap berib suzib 
o„tmoq” ma‟nosini anglatadi. 
Kundalik hayotimizda har birimiz noaniqlikni aks ettiruvchi bir nechta 
vaziyatlarga duch kelamiz. Kelajakda nima sodir bo‟lishini bilmagan paytimiz bu 
noaniqlik har doim paydo bo‟laveradi. Qachonki, bu kabi noaniqlik bizning 
qarorlarimiz va amallarimiz, sog‟ligimiz, yoki moliyaviy holatimizga ta‟sir 
qiladigan bo‟lsa, bunday noaniqlikriskdeb ataladi. Noaniqlik riskning paydo 
bo‟lishida muhim o‟rin tutadi, lekin uning yolg‟iz o‟zi yetarli emasdir. 
Masalan, siz uyingizga 10 ta mehmon kelishi mumkinligini tahmin 
qilayapsiz. Siz yana bu mehmonlarni haqiqatda 8 ta yoki 12 ta bo‟lishini ham 
bilasiz. Agar sizga nechta mehmon kelishi (8,10 yoki 12ta) sizni havotirga 
solmasa, unda bunday vaziyatni biz faqat noaniqlik deb aytishimiz mumkin. 
Ammo, sizning ixtiyoringizda taom tayyorlashda yetarlicha mablag‟ bo‟lmasa va 
siz uchun nechta mehmon tashrif buyurishi haqidagi aniq ma‟lumot siz uchun juda 
muhim bo‟lsa, unda bu kabi noaniqlik siz uchun riskni ifodalaydi. 
Odatda, biz kutayotgan natija salbiy bo‟lish ehtimoli yuqori bo‟lgan 
vaziyatlarni riskli deb atashga odatlanib qolganmiz. Masalan, agarda siz 
mablag‟laringizni tashkilotning aksiyalariga investitsiya qiladigan bo‟lsangiz, 
aksiyalarning bahosi keskin ravishda tushib ketish holatida siz o‟z 
mablag‟laringizni yo‟qotishdan risk qilasiz. Agar aksiyalarning bahosi oshadigan 
bo‟lsa, aksincha, siz daromad ko‟rasiz va mamnun bo‟lasiz. 



Moliya nazariyalarida risk deganda, kutilishi munkin bo‟lgan yoki hohish 
yoki istakdagi natijadan musbat yoki manfiy farqni tushunish mumkin. Hayotda 
shunday vaziyatlar uchrab turadiki, istalgan kutilishi mumkin bo‟lgan natijadan 
farq ya‟ni o‟zgarishlar salbiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, boyagi holatda siz 
8ta mehmon keladi deb faqat 8 kishi uchun tushlik tayyorlagan bo‟lsangizu, lekin 
aslida, 10ta mehmon kelsa siz qaysidir mehmonlarni och qolib ketishidan risk 
qilasiz. Agar siz 12ta kishi uchun tushlik tayyorlasangiz aslida esa 8 ta kishi 
keladigan bo‟lsa siz ortiqcha xarajat qilish riskiga duchor bo‟lasiz. 
Kundalik turmushda ko‟pchilik odamlar riskdan qochishadi, ya‟ni bir nechta 
teng sharoitlarda baland riskdan ko‟ra minimal riskni afzal ko‟radi. Shunday 
bo‟lsada, bu kabi harakatlari uchun mos qo‟shimcha haq olishini kutayotgan 
bo‟lishsa, odamlar o‟zlariga shu riskni qabul qilishga tayyor bo‟lishadi. Risk 
darajasi va qo‟shimcha haq to‟lovi hajmi har bir shaxsning individual hohishlariga 
bog‟liq bo‟ladi. Iqtisodiyotda, hayotda bo‟lganidek, biz hech qachon kelajakda 
nima sodir bo‟lishini aniq ayta olmaymiz va riskni umuman chetlab o‟tish 
imkoniyatimiz ham bo‟lmaydi. Lekin, bir qancha vositalar orqali biz uni 
minimumga olib kelishimiz mumkin. 
Tahlil maqsadlaridan kelib chiqgan holda, tadbirkorlar duch kelishi mumkin 
bo‟lgan riskning bir nechta turlari bor. Quyida biz eng umimiy riskga ega bo‟lgan 
manbalarni keltirib o‟tamiz.
2
1. Kasallik, o‟lim, ishga qobilyatsizlik – bu kabi risklarga ko‟pincha yakka 
tartibdagi tadbirkorlar va shirkatlar ta‟sirchandir. Bu kabi risklar qo‟shimcha 
xarajatlarni talab qilibgina qolmay, butun bir biznesni tugallanishiga ham olib 
kelishi mumkin. 
2.Aktivning ishonchsizlik riski – bu kabi riskga yakka tartibdagi tadbirkorlar 
va yirik korxonalar ham duch kelishi mumkin. Masalan, yong‟in, o‟g‟irlik, 
texnologik jarayonlar natijasida aktivning manaviy eskirishi, iste‟mol xaridlardagi 
did o‟zgarishi, ko‟chmas mulk bozoridagi narxlar tushishi va boshqalar. 
2
ДжеймсК. ВанХорн, ДжонМ. Вахович. Финансы, учебноепособие, Бишкек – 2003, 60стр.



3.Moliyaviy risk – moliyaviy aktivlarning daromadlilik darajasi o‟zgarishi 
bilan kuzatilayotgan risk. Bu kabi risk manbalari noaniqligi, moliyaviy aktivlar 
emitentlari faolyiati bilan bog‟liq bo‟ladi(hukumat, tashkilot va boshqalar). 
Moliyaviy risklaryanakutilmagan inflatsiya darajasi paydo bo‟lganda, foiz 
stavkalarini belgilovchi qonun hujjatlariga o‟zgartirshlar kiritilganda, moliyaviy 
bozorda hukumat tomonidan intervensiya qo‟llanilganda paydo bo‟lishi mumkin. 
4.Qonun hujjatlari o‟zgarishi riski – normativ huquqiy hujjatlarga 
o‟zgartirishlar kitilganda - buning natijasida tadbirkorlik muhitiga ta‟sir qilish 
riski.
5.Axborot riski – buxgalter hisobidagi qo‟llaniladigan usullarning ideal 
emasligi, biznesda qaror qabul qilishda axborotning mavjud emasligi yoki 
haqqoniy emasligi, axborotning simmetrik emasligi natijasida vujudga keladigan 
risk. 
6.Valutaviy risk – xalqaro shartnomalarda ishtirok etadigan tashkilotlarda 
ko‟pincha vujudga keladigan risk. Asosan, rivojlanayotgan mamlakatlarda, milliy 
valuta kursining tushishi inflatsiya darajasini oshirishdagi ta‟siri. Bu esa barcha 
tadbirkorlik subyektlariga birdek ta‟sir qilishi. 
7.Siyosiy risk – bu ham rivojlanayotgan mamlakatlarda keskin kuzatiladi. 
Masalan, mamlakat liderining hukumatdagi o‟rni shunchalik yuqori bo‟lishi 
mumkinki, uning oddiy kasal bo‟lib qolishi yoki o‟limi bozorga katta ta‟sir qilishi 
mumkin. 
Risk bilan bog‟liq barcha daromad va xarajatlarni aniqlash jarayoni hamda 
uni pasaytirish maqsadida chora tadbirlar ishlab chiqish va qaror qabul qilish riskni 
boshqarish deb ataladi. Shu narsa muhimki, barcha chora tadbirlar risk hodisalari 
sodir bo‟lishidan oldin yoki ayni o‟sha paytda qo‟llanilgan bo‟lishi kerak. 
Shuni tushunish kerakki, riskni boshqarish mahorati asoslangan qarorlar 
qabul qilinishi bilan bo‟gliqdir. Bu qarorlar hozirgi sharoitda mavjud bo‟lgan eng 
foydali va aniq axborotlarga asoslangan bo‟lishi kerak. Amaliyotda oddiy omad 
bilan uzoqni ko‟zlab qilingan qarorlar natijalari o‟rtasidagi farqni aniqlash mumkin 
bo‟lmaydi.


10 
Risklarni boshqarish jarayonini quyidagi bosqichlarni o‟z ichiga oladi: 
1.
Riskni aniqlash; 
2.
Riskni boshqarish; 
3.
Riskni kamaytirish choralarini ishlab chiqish; 
4.
Riskni kamaytirish choralarini tanlash; 
5.
Natijani baholash. 
Riskni aniqlash subyektning asosan qanday risklarga ko‟proq ta‟sirchan 
ekanligini aniqlash va ular orasidagi bog‟lanishni topishdan iborat bo‟ladi. 
Biz yuqorida ta‟kidlaganimizdek, riskni boshqa kompleks aktivlar yig‟indisi 
va vaziyatlar bilan aloqadorligidagi ta‟sirini o‟rganish kerak bo‟ladi. Masalan, 
tovar va xizmatlarni, homashyoni import qilish hisobidan ishlab chiqaruvchi va 
kelgusida eksport qiluvchi tashkilot valuta riskiga ta‟sirchan deb aytishimiz 
mumkin. Chet mamlakatdan import qilinadigan homashyo va eksport qiladigan 
tovar va xizmatlar bahosi uzoq muddatli kontraktlarda aniq fikserlangan xorijiy 
valutada bo‟ladi. Istalgan kelajakdagi valuta kursidagi o‟zgarishlar bir xilda import 
qilinadigan homashyo va tayyor mahsulotning milliy valutadagi bahosiga bir xil 
ta‟sir qiladi. Lekin, valuta kursidan yuzaga kelgan umumiy risk 0 ga teng bo‟ladi, 
chunki uni ko‟proq daromad va xarajatlar orasidagi farq ya‟ni foyda qiziqtiradi, 
ya‟ni xarajatlarning oshishi realizatsiya qilinadigan tovarlar bahosi bilan 
kompensatsiya qilinadi.
Riskni baholash bu uning miqdoriy o‟lchovi hisoblanmay, u bilan bog‟liq 
barcha xarajatlarni aniqlash ham tushuniladi. Riskni boshqarishda, riskni baholash 
eng qiyin masalalardan biri hisoblanadi. Uni aniqlashda eng birinchi bo‟lib 
bizlarga axborot kerak bo‟ladi. Bu kabi axborot tarixiy ma‟lumotlarga tayanishini 
ko‟rishimiz ham mumkin. Masalan, investor mablag‟larini kompaniyaning 
aksiyalariga tikmoqchi, bunda u aksiyalarninig bahosini tushib ketishidan 
xavotirda bo‟ladi. Bizlar yuz foiz aniqlik bilan kelajakda qanday holatlar va 
vaziyatlar yuz berishini bilmaymiz, lekin statistik analiz metodidan foydalangan 
holda, bizlar uning aksiyasining tarixiy o‟zgarishlariga baho bergan holda 
aksiyalarning kelajakdagi bahosini bashorat qilishimiz mumkin. 


11 
Boshqa bir usul esa fundamental tahlilga asoslangan metod bo‟lib unda 
korxonaning barcha loyihalarning daromadlilik darajasini unga ta‟sir qiluchi 
kutilayotgan natijalarni bozor qiymati bilan farqi orasida aniqlanadi.
Har bir holatda ham riskni aniqlashda sifatli va miqdoriy tahlil amalga 
oshirilishi kerak bo‟ladi. Faqat birgina investor uchun uni uddalay olish qiyin 
hisoblanadi. Axborotga ega bo‟lish katta xarajatlar, vaqt va asosiysi tajribani talab 
qilishi mumkin. Shuning uchun, moliyaviy vositachilarga murojat qilish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
Riskni kamaytirishning asosiy 4 ta yondashuv mavjud: 
-
Riskni chetlab o‟tish; 
-
Nazorat va zararlarni oldini olish; 
-
Risk to‟lovi; 
-
Riskni o‟tkazish. 
Riskni chetlab o‟tish deganda investor yoki tadbirkor riskga moyil 
kelishuvlarda ongli ravishda ishtirok etmaydi. Bu kabi yondashuvni barcha risklar 
uchun qo‟llab bo‟lmaydi. Masalan, inflatsiyaning keskin ravishda o‟sishi barcha 
tadbirkorlik subyektlariga ularning qaysi sohada ekanligidan qat‟iy nazar ularga bir 
xilda ta‟sir qiladi. 
Nazorat va zararlarni oldini olish deganda mahsus harakatlar evaziga 
zararlar qiymatini minimumga olib kelish tushuniladi. Masalan, korxonaning 
aksiyalar bahosining kunlik pasayish tendensiyasi kuzatilgan paytda, investor o‟z 
aksiyalarini imkoni boricha oldinroq sotishga harakat qiladi natijada, u zararlarni 
minimumga olib kelganini ko‟rishimiz mumkin bo‟ladi. 
Risk to‟lovi deganda biz tadbirkor ongli ravishda bu riskni o‟ziga qabul 
qiladi va unga tegishli ravishda rezervlar tashkil qiladi va bu rezerv orqali risklarni 
to‟lash imkoniyatiga ega bo‟ladi. 
Riskni o‟tkazish bu eng tarqalgan va qiziqroq usullardan biri hisoblanadi. 
Uning mohiyati shundaki, tadbirkor o‟z risklarini hamasini yoki bir qismini boshqa 
shaxslarga yoki boshqa aktivlarga o‟tkazadi. Riskni o‟tkazishni aosiy 3 usuli 


12 
mavjud. Ularga xedjirlash, sug‟urtalash va diversifikatsiya kiradi. Ularning har 
biriga quyida alohida to‟xtalib o‟tamiz. 
Riskni kamaytirish choralari aniqlangandan so‟ng eng kam xarajat talab 
qiladigan variantlar qidirilishi kerak bo‟ladi. Masalan, tadbirkor riskni kamaytirish 
yo‟lini sug‟urtalash usulidan foydalanadigan bo‟lsa, u shunday sug‟urta tashkilotini 
topish kerakki, unda tadbirkor talablariga javob bera oladigan eng kam xarajat 
talab qiladigan sug‟urta xizmatini aniqlash kerak bo‟ladi. 
Vaqt o‟tgan sayin va vaziyatlar o‟zgargan sharoitlarda yangi bir axborot 
vujudga keladi. U esa yuqorida qabul qilingan qarorning to‟g‟riligiga ta‟sir qilishi 
mumkin bo‟ladi. Bunda yana qo‟shimcha risklar paydo bo‟lishi yoki eskilari yo‟q 
bo‟lishi mumkin. Riskni boshqarish egiluvchan jarayon egiluvchan bo‟lishni talab 
qilib, qarorlar uzluksiz tahlil qilib borilishi kerak. Aks holda, tadbirkor kutilamgan 
xarajatlarga duchor bo‟lishi mumkin. 
Riskni o‟tkazishning eng sodda ko‟rinishi riskli aktivni sotishdan iboratdir. 
Masalan, agar siz biror bir uyning mulkdori bo‟ladigan bo‟lsangiz, unda siz 3 xil 
turdagi riskga duch kelasiz. Yong‟in, tabiiy ofatlar va kelajakda ko‟chmas 
mulkning bahosining tushib ketishi. Uyni sotgan holda siz bu risklarni boshqa 
shaxsga ot‟kazgan bo‟lasiz. Lekin, bu kabi riskni o‟tkazish usuli mulkdorga ma‟qul 
bo‟lmasligi mumkin.
Sotuvga yaxshi alternativ tanlovga biz yong‟in va tabiiy ofatdan 
sug‟urtalashni olishimiz mumkin. Bunday holatda mulkdor faqat bitta risk ya‟ni 
baholar kamayishidan havotirlanadi. 
Riskni o‟tkazishda eng katta o‟rinni moliyaviy tashkilotlar egallaydi. Ularga 
sug‟urta kompaniyalari, tijorat va investitsion banklar, fondlar va brokerlik 
kantoralarni misol qilishimiz mumkin. 
Risknixeyjerlash usulidan foydalanilganda, bizlar riskni kamaytirish 
maqsadida amalga oshirgan chora tadbirlarimiz natijasida undan kutilishi mumkin 
bo‟lgan zararlarni oldini olibgina qolmay, biz undan kutilishi mumkin bo‟lgan 
daromadni ham yo‟qga chiqarramiz. Masalan, fermer bahorda bug‟doyni sotish 
shartnomasini kuzdagi hosil uchun oldindan belgilandan narxda tuzdi. Bunda u 


13 
kuzda bug‟doyning bahosi tushib ketish riskidan holi bo‟lgani kabidek, u 
bug‟doyning shartnomada belgilangan narxdan oshib ketishidan ko‟rishi mumkin 
bo‟lgan daromadni ham yo‟qga chiqardi.
Sug‟urtalash deganda qandaydir muddat uchun oldindan qilingan to‟lov 
evaziga kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‟lgan zararlarni oldini olish 
tushuniladi. Bu to‟lov sug‟urta premiyasi deb ataladi.
Shuni ta‟kidlash joizki, sug‟urtalashda xeyjerlashga nisbatan kelajakda 
olinishi mumkin bo‟lgan daromad yo‟qotilmaydi. 
Masalan, tadbirkor chetdan tovarlarni import qilgan holda milliy bozorda uni 
qayta sotish bilan shug‟ullanadi. Import shartnomasiga ko‟ra u 10000$ni uch 
oydan so‟ng to‟lashi kerak. Binobarin, u tovarni milliy bozorda sotgani sababli 
uning biznesi valuta riskiga moyildir. Agar uch oydan so‟ng dollar kursi oshadigan 
bo‟lsa, tadbirkor ma‟lum bir zararga uchraydi. Bu risk xeyjerlash yoki sug‟urtalash 
orqali bartaraf etilishi mumkin.
Xeyjerlash holatida, tadbirkor kelajakda (uch oydan so‟ng), dollar sotib olish 
shartnomasini bugun tuzadi. Shartnomada esa valuta kursi aniq belgilanib 
qo‟yiladi. Agar uch oydan so‟ng dollar kursi oshsa, tadbirkor valuta kursi 
o‟zgarishidan zarar ko‟rmaydi. Agar valuta kursi tushadigan bo‟lsa, tadbirkor 
dollarni arzonroq sotib olishdan keladigan daromaddan quruq qoladi.
Sug‟urtalash holatida, tadbirkor optsion sotib olishi mumkin. Unga ko‟ra, 
tadbirkor optsionda belgilangan kurs bo‟yicha dollarni sotib olish huquqiga ega 
bo‟ladi ya‟ni majburiyat emas. Agar uch oydan so‟ng dollar kursi optsionda 
belgilangan kursdan past bo‟lsa, tadbirkor yo‟qotadigan narsa optsion sotib olish 
uchun ketgan mablag‟ summasi bo‟ladi. Agar dollar kursi baland bo‟lsa, tadbirkor 
qo‟shimcha foydaga erishadi, ya‟ni optsionda belgilangan kurs unga bozor 
kursidan arzonroq tushadi. 
Diversifikatsiya deganda umumiy portfel riskini kamaytirish maqsadida bir 
nechta riskli aktivlarni sotib olish tushuniladi. 
Masalan, bank o‟z mablag‟larini dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxonaga 
yo‟naltirishni muqobil deb bilyapti ya‟ni uni kreditlamoqchi deylik. Chunki, bu 


14 
soha korxonalarni yangi turdagi dori mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan 
shug‟ullanmoqda. Natijalar ijobiy bo‟ladigan bo‟lsa, korxona kelajakda o‟z 
foydasini ancha oshirishi mumkin. Korxonaning salbiy yoki ijobiy natijaga erishish 
ehtimoli bir xil. Bank o‟z mablag‟larini 3 xil ko‟rinishda diversifikatsiya qilishi 
mumkin: 
1.
Bir nechta dori ishlab chiqaruvchi korxonalarni kreditlash. 
2.
Bir nechta turli-tuman dorilarni ishlab chiqaruvchi bitta korxonani 
kreditlashi. 
3.
Dori ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyalashtiruvchi fondlarga 
mablag‟larni yo‟naltirish. 
Agar bank kredit portfelidagi ba‟zi korxonalar kutilgan natijaga erishmasa 
va zararga yuz tutsa, unda boshqa korxonalarning ijobiy natijalari evaziga bu 
zararlar qoplanadi.
Agar bank kredit portfelidagi barcha korxonalarning bir xilda ijobiy yoki 
salbiy natijaga erishish ehtimoli bir xil bo‟lsa, unda ular bir - biri bilan ideal ijobiy 
korelyatsiyaga uchraydi deb aytishimiz mumkin.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish