O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


Kredit riskini boshqarish va uning huquqiy asoslari



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/30
Sana25.03.2023
Hajmi0,74 Mb.
#921772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
tijorat banklarida kredit riskini boshqarish

1.2.Kredit riskini boshqarish va uning huquqiy asoslari
Bankfaoliyatini risksiz tasavvur qilib bo‟lmaydi. Albatta risk har qanday 
iqtisodiy faoliyatda yuzaga keladi. Lekin faoliyat xususiyatidan kelib chiqiladigan
bo„lsa, bank faoliyati uchun ham risk albatta mavjud deb aytishimiz mumkin 
bo‟ladi. Shu tufayli, bu yerda gap bank faoliyatida riskdan umuman qochish 
to„g„risida emas, balki uni oldindan ko„ra bilish va minimaldarajaga tushirish
haqida gap boradi. Riskni boshqarish aksariyat hollarda bankning o„z 
mablag„larining bir qismini yo„qotish “xavfi”, daromad ololmay qolish yoki 
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida qo„shimcha xarajatlarga yo„l 
qo„yib bo„lsada, jarayonni ijobiy natija bilan yakunlashni maqsad qilib qo„yadi. 
Yuqoridagi fikrlar asosi sifatida mamlakatimizda bank risklarini, xususan, 
kredit risklarini boshqarish bilan bog‟liq bo‟lgan jarayonlar bilan tanishib 
chiqsak.Mamlakatimiz kredit risklarini boshqarish jarayonlarini yaqqol o‟zida 
mujassam etuvchi bir nechta normativ hujjatlar mazmun – mohiyatini tahlil qilsak. 
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010yil 26-noyabrdagi 1438-sonli 
“2011-2015yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va 
barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‟rsatkichlariga erishishning 
ustuvor yo‟nalishlari to‟g‟risida”gi Qaroriga ko‟ra, respublika moliya-bank 
tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va 
butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini 
tubdan o‟zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar 
va baholash ko‟rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada 
yuqoriroq darajasiga chiqishni ta‟minlash zarurligi keltirib o‟tilgan.
5
Bu masalalarni hal etish maqsadida, Bazel qo‟mitasi tomonidan belgilangan 
xalqaro standartlar talablariga muvofiq, tijorat banklarini yanada kapitallashtirish, 
ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb etish, resurs bazasini ko‟paytirish, aktivlar 
sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy 
barqarorligi va likvidligini oshirish yo‟lga qo‟yilishi nazarda tutilgan. 
5
http://www.lex.uz
(O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi). 


18 
Shu bilan bir qatorda, xolisona baholash imkonini beradigan tijorat banklari 
va butun moliya-bank tizimi faoliyatini baholash va tahlil qilishning zamonaviy 
tizimini joriy etish, moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada 
takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga 
muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o‟zgartish va qo‟shimchalar kiritish 
hamda yangi qonun hujjatlari va me‟yoriy hujjatlar qabul qilish,tijorat banklarining 
investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda 
tijorat banklari ishtirokini yanada kengaytirish, loyihalarni ekspertiza qilish va 
xatarni baholash tizimini takomillashtirish, kreditlar bo‟yicha muammoli 
qarzlarning hosil bo‟lishiga yo‟l qo‟ymaslik borasida oldini olish choralarini 
ko‟rish yo‟li bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o‟sishi hamda sifati 
yaxshilanishini ta‟minlash bo‟yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi 
aytib o‟tilgan. 
Yuqoridagi qarorning bajarilishida, tijorat banklarining iqtisodiy, moliyaviy, 
siyosiy jihatdan mustahkamligini yanada oshirilishini, ularning moliyaviy 
barqarorligini, raqobatbardoshligini iqtisodiyotning rivojlanayotgan sharoitida 
ta‟minlab berishi bejiz emas. Albatta yuqoridagi iqtisodiy ko‟rsatkichlarning a‟lo 
darajada bo‟lishi bank tizimining samarali ekanligini, bu esa o‟z navbatida bank 
risklarini boshqarishda yuqori o‟rin egallaydi. Bu bilan cheklanib qolmagan holda, 
mamlakatimizda bir qancha normativ – huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. 
Yuqoridagi qarorga asoslanib, O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvi 2011 yil 25-maydagi 2229–sonli “Tijorat banklarining
banktavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo„yiladigan talablar to„g‟risida”gi 
Nizomni ishlab chiqadi. 
Nizomning mazmun mohiyati bilan tanishadigan bo‟lsak. U yerda, tijorat 
banklarida vujudga kelishi mumkin bo‟lgan tavakkalchiliklarning har bir turi 
bo‟yicha ta‟riflar, bank tavakkalchiligini boshqarishdan asosiy maqsad va unga 
qo‟yiladigan talablar aks ettirilgan. 
Bank tavakkalchiligi-bank faoliyatiga ta'sir qiluvchi iqtisodiy, moliyaviy, 
ijtimoiy, siyosiy, texnologik ichki va (yoki) tashqi omillarga bog'liq bo'lgan 


19 
holatlar natijasida bank faoliyatiga xos bo'lgan moliyaviy zararlar ko'rish va (yoki) 
bank likvidligi (bank o'z majburiyatlarini vaqtida bajarish qobiliyati)ni to'liq yoki 
qisman yo'qotish xavfining mavjudligi deb aytib o‟tilgan. 
Kredit tavakkalchiligi-qarzdorning shartnomada belgilangan shartlar 
bo'yicha bank oldidagi o'z moliyaviy majburiyatlarini qisman yoki to'liq bajara 
olmasligi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo'qotish bilan bog'liq 
tavakkalchilik. 
Bank tavakkalchiliklarini boshqarish-bank o'z faoliyatini yuritishi va bank 
operatsiyalarini o'tkazishida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan tavakkalchiliklarni 
aniqlash, ularning oldini olish, bartaraf etish, kamaytirish va ko'rilishi mumkin 
bo'lgan zararlarni boshqa moliyaviy vositalar orqali qoplash bo'yicha bank 
tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi. 
Bank faoliyatidagi tavakkalchiliklarni boshqarishning asosiy maqsadi bu -
bank omonatchilari va kreditorlari, aksiyadorlari manfaatlarini himoya qilish, bank 
tavakkalchiliklarini kamaytirish, bartaraf etish va oldini olish va bank faoliyatining 
yetarli darajadagi barqarorligini ta'minlash hisoblanadi. 
Yuqoridagi nizomda, risk bilan bog‟liq barcha ma‟lumotlar; ularni aniqlash, 
boshqarish va kamaytirish bo‟yicha barcha ko‟rsatmalar aks ettirilganini 
ko‟rishimiz mumkin.
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining2015yil 6-maydagi 2344-sonli 
“Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs 
bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ham tijorat banklarining 
moliyaviy holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlari qatoriga kiritishimiz 
mumkin. Bu esa albatta uning umimiy bank risklariga bevosita ta‟sirini ko‟rishimiz 
mumkin. Qaror bilan yaqindan tanishadigan bo‟lsak, unda quyidagilar keltirib 
o‟tilgan. 
Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, 
tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini rag'batlantirish, 
shuningdek umum qabul qilingan xalqaro me'yor va standartlarga muvofiq bank 


20 
faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga chiqishini ta'minlash maqsadida, 
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O'zbekiston Banklar 
uyushmasi va mamlakatning tijorat banklari bilan birgalikda tijorat banklarining 
moliyaviy barqarorligi va likvidliligini yanada oshirish, ularning resurs bazasini 
rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlariga ko‟ra, xalqaro 
me'yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit siyosati sohasida 
respublika banklariga nisbatan qo'yilayotgan me'yoriy talablarni yanada 
takomillashtirish hisoblanadi. 
Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan 
qo'yiladigan me'yoriy talabalarni yanada takomillashtirishni, jumladan, kapitalning 
yetarliligi va likvidlilik ko'rsatkichi bo'yicha yangi talablarni nazarda tutgan yangi 
standartlar va tavsiyalar (Bazel-III standartlari) ishlab chiqilganligini va uni 
mamlakatimiz tijorat banklari ma‟lumot sifatida bilib olishlarini tavsiya qildi. 
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, yuqorida ko'rsatilgan bank 
nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining standart va tavsiyalarini (Bazel - III 
standartlari) 2015-2019 yillarda bosqichma-bosqich joriy etilishini ta'minlashi 
kerak bo‟ladi. 
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6-maydagi 2344-sonli 
”Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs 
bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi Qaroriga muvofiq O‟zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Tijorat banklari aktivlari sifatini 
tasniflash bo‟yicha, kapital yetarliligiga qo‟yilgan talablar bo‟yicha va likvidlikni 
boshqarishga qo‟yilgan talablar bo‟yicha bir nechta Nizomlar ishlab chiqdi. 
Bu o'rinda, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining2015 yil 14-
iyuldagi 2696-sonli "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar 
bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda 
ulardan foydalanish tartibi to'g'risida"gi Nizomini alohida ta'kidlab o'tishimiz 
mumkin.
Bu nizom tijorat banklarining barcha aktiv operatsiyalari, xususan, bizning 
mavzuimizga to'g'ridan to'g'ri bog'liq bo'lgan, kredit operatsiyalari bo'yicha 


21 
aktivlarning sifati bo'yicha tasniflanishini ko'rishimiz mumkin. Bu qarorda, tijorat 
banklari kredit risklarini bevosita oldini olib, ularni boshqarish bo'yicha chora – 
tadbirlarini amalga oshiradi. Nizomga ko‟ra, aktivlar sifati bo‟yicha bir nechta 
guruhlarga ajratiladi. Tijorat banklarning aktivlari sifatiga ko‟ra ”standart”, 
”substandart”, ”qoniqarsiz”, ”shubhali”, ”umidsiz” toifalarga tasniflanadi. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish