O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Hayot sug„urtasi fanining maqsad va vazifalari



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

2.2. Hayot sug„urtasi fanining maqsad va vazifalari 
Hayot sug‗urtasida sug‗urtalanayotgan risk – inson hayotining davomiyligi – 
uchta holatni o‗z ichiga oladi: 
-
sug‗urtalangan shaxsning yosh paytida yoki o‗rtacha umr ko‗rish yoshidan 
oldin vafot etish ehtimolligi; 


23 
-
ma‘lum vaqt oralig‗ida vafot etish yoki yashab qolish ehtimolligi; 
-
qarilik davrida uzoq umr ko‗rish va ushbu davrda mehnat faoliyatisiz 
doimiy daromad talab qilinishi ehtimolligi. 
Hayot sug‗urtasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
1. Sug‗urta manfaatdorligi. Biror kishining hayotini sug‗urtalash uchun 
sug‗urtani amalga oshirayotgan shaxs ushbu sug‗urtadan manfaatdorlikka ega 
bo‗lishi kerak, ya‘ni sug‗urtalangan shaxsning nogironlik olishi yoki vafot etishi 
natijasidagi moddiy yo‗qotishlarning o‗rnini qoplash imkoniyati bo‗lishi kerak. 
2. Hayot sug‗urtasi shartnomalari bo‗yicha matematik rezervlarni hisoblash 
uchun diskontlashtirish va vafot etish ehtimolligi jadvalidan foydalanish. 
3. Sug‗urtalanuvchining sug‗urtalovchi daromadidagi ishtiroki. Sug‗urta 
kompaniyasi hayot sug‗urtasining uzoq muddatli sug‗urta ekanligini hisobga olgan 
holda o‗z daromadining ma‘lum qismini sug‗urta shartnomalarining sug‗urta 
summalarini ko‗paytirishga yo‗naltiradi. Bu qo‗shimcha mablag‗ bonus deb 
ataladi. 
4. Hayot sug‗urtasining shaffofligi. Bu mijoz uchun sug‗urtachi to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlarning va mazkur sug‗urta shartnomasi bo‗yicha amalga oshirilayotgan 
operatsiyalar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning ma‘lumligi va tushunarliligi. 
Hayot sug‗urtasining paydo bo‗lishi va rivojlanishiga quyidagilar sabab 
bo‗lgan deb hisoblash mumkin: 
1) oilaning boquvchisidan ajralishi yoki oila boshlig‗ining daromad 
olishining yo‗qolishidan oilani himoya qilish zarurati; 
2) biznes bo‗yicha hamkorning, korxona rahbarining yoki muhim xodimning 
vafot etishi natijasida korxonaning faoliyat ko‗rsatishi va biznes davomiyligining 
yo‗qolishidan himoyalanish zarurati; 
3) zayom, ssuda yoki ipoteka krediti olish uchun kafolatga ega bo‗lish; 
4) jamg‗arma tashkil etish; 
5) merosni himoya qilish, jumladan: 
- hayot sug‗urtasi polisi hisobidan meros solig‗ini to‗lash; 
- merosxo‗rlardan biriga meros mulkini o‗tkazishni engillashtirish; 


24 
6) dafn marosimi xarajatlarini to‗lash; 
7) shaxsiy sug‗urtaning sug‗urta mukofotlari va sug‗urta qoplamalari 
bo‗yicha soliq imtiyozlarining mavjudligi, jumladan: 
- to‗langan sug‗urta mukofotlari to‗lanadigan daromad solig‗ining 
kamaytirilishiga olib keladi; 
- sug‗urta qoplamalari soliqdan ozod qilinadi, mulk meros bo‗lib o‗tgan 
holatda meros solig‗i to‗lashdan ozod qilinadi va boshqa shu kabi soliq imtiyozlari 
bo‗lishi mumkin. 
Hayot sug‗urtasi turlari quyidagi belgilari bo‗yicha bir-biridan farqlanadi. 
Sug‗urta predmeti bo‗yicha: 
-
vafot etishdan sug‗urtalash: 
-
ma‘lum yoshgacha etish bo‗yicha sug‗urta; 
-
hayotni aralash sug‗urtasi (vafot etish va ma‘lum yoshga etish). 
-
Sug‗urta mukofotlarini to‗lash tartiblari bo‗yicha: 
-
sug‗urta mukofotini bir martada to‗lash belgilangan sug‗urta shartnomasi; 
-
sug‗urta mukofotini shartnoma amal qilishi davomida bo‗lib to‗lab borish 
belgilangan sug‗urta shartnomasi. 
Sug‗urta qoplamasini to‗lashning davriyligi bo‗yicha: 
-
hayotni bir umrga sug‗urtalash; 
-
hayotni ma‘lum davrga sug‗urtalash. 
Sug‗urta qoplamasining turi bo‗yicha: 
-
qat‘iy belgilangan sug‗urta summasiga asoslangan sug‗urta; 
-
kamayuvchi sug‗urta summasiga asoslangan sug‗urta; 
-
ko‗payuvchi sug‗urta summasiga asoslangan sug‗urta; 
-
chakana narxlar indeksining ko‗tarilishiga muvofiq ravishda sug‗urta 
summasining ortishiga asoslangan sug‗urta; 
-
sug‗urtalovchining daromadida ishtirok etish hisobidan sug‗urta 
summasining ko‗payishiga asoslangan sug‗urta; 


25 
-
sug‗urta mukofotini maxsus investitsiya fondlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
yo‗naltirish natijalari bo‗yicha sug‗urta summasini belgilashga asoslangan 
sug‗urta. 
Sug‗urta qoplamasini to‗lash tartibi bo‗yicha: 
-
sug‗urta summasini bir martada to‗lashga asoslangan sug‗urta; 
-
renta to‗loviga asoslangan sug‗urta (annuitet); 
-
nafaqa to‗loviga asoslangan sug‗urta.
Hayot sug‗urtasi insonlarga ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning butun 
kompleksini hal etish imkonini beradigan katta hajmdagi sug‗urta kafolatlari va 
investitsion xizmatlarning to‗plamini taqdim etadi. Shartli ravishda ushbu 
xizmatlarni ikki guruhga ajratish mumkin: ijtimoiy va iqtisodiy. Birinchi guruh 
vazifalarning amalga oshirilishi davlat ijtimoiy sug‗urtasi va ta‘minoti tizimidagi 
etishmovchiliklarni boshqarish imkonini bersa,ikkinchi vazifalar guruhining 
bajarilishi esa bir tomondan shaxsiy daromadlarning oshishiga olib kelsa ,ikkinchi 
tomondan butun moliya-kredit operatsiyalarini amalga oshirish paytida zarur 
bo‗lgan kafolatni taqdim etadi. 
Ijtimoiy xarakterga ega bo‗lgan maqsadlar: 
1)
Boquvchisini yo‗qotgan oilaning daromadini yo‗qotgan holatda oilani 
himoya qilish. 
2)
Sug‗urtalanuvchini vaqtincha yoki butunlay mehnat qobilyatini yo‗qotgan 
holatda moddiy ta‘minlash. 
3)
Qarilik pensiyasi bilan ta‘minlash. 
4)
Bolalar balog‗at yoshiga etganda moddiy yordam ko‗rsatish uchun 
mablag‗ to‗plash,misol uchun ularning talim olishi uchun to‗lovlar. 
5)
Marosim xizmatlari haqlarini to‗lash. 
Iqtisodiy xarakterga ega bo‗lgan maqsadlar: 
1)
Investitsion daromad olish va kapital qo‗yilmalar bilan bog‗liq 
jamg‗armalar tashkil etish. 
2)
Xususiy biznesni himoya qilish, biznes bo‗yicha sherik, korxona 
boshqaruvchisi, ―kalit‖ shaxs vafot etgan holatda korxonani saqlab qolish. 


26 
3)
Meros qoldirishni himoya qilish: 
-
merosga soliqning sug‗urta polisidagi sug‗urta summasi hisobidan 
to‗lanishi; 
-
benefitsiarning sug‗urta summasidagi to‗g‗ridan-to‗g‗ri shaxsiy huquqi 
sababli meros qoldirilayotgan mol-mulkning merosxo‗rlardan biriga osongina 
o‗tishi, kreditorlar va boshqa merosxo‗rlarning huquqlaridan mustaqil ravishda; 
-
sug‗urta summasining qonunda belgilangan tartibda meros uchun soliqdan 
ozod etilishi. 
4)
Hayot sug‗urtasidagi mukofot va to‗lovlar bo‗yicha soliqdan berilgan 
imtiyozlar hisobidan shaxsiy daromadning ortishini ta‘minlash, bunday imtiyozlar 
quyidagilar: 
-
bir qancha davlatlararo sug‗urta shartnomalari tuzilsa sug‗urta uchun 
soliqdan ozod etiladi; 
-
hayot sug‗urtasi jismoniy shaxslarga daromad solig‗ini kamaytirish 
huquqini beradi. Bu hayot sug‗urtasi bo‗yicha to‗langan sug‗urta mukofoti 
summasini soliq hisoblanadigan bazadan chegirib tashlash orqali, yoki soliq 
kreditlari hisobidan, ya‘ni daromad solig‗i summasining omonat yoki ijtimoiy 
xarakterga ega bo‗lgan sug‗urta mukofotlari summasiga pasaytirilishi orqali 
amalga oshiriladi. Hayot sug‗urtasining ushbu rag‗batlantirish metodi AQSH, 
Kanada va evropa mamlakatlarida amal qiladi; 
-
sug‗urta polisi orqali berilgan ssudalarga soliqlarning yo‗qligi; 
-
uzoq muddatli hayot sug‗urtasi bo‗yicha sug‗urta to‗lovlarining daromad 
solig‗idan ozod qilinishi; 
-
kapitalning belgilangan summagacha ortishi va shartnoma amal qilish 
muddatida soliq solishdagi imtiyozlar. 
Qonuniy hujjatlarga muvofiq zimmasiga hayot sug‗urtasi bo‗yicha 
belgilangan tartibda shartnoma tuzish majburiyati yuklatilganlar hayot sug‗urtasi 
bo‗yicha alohida maqsadlarni belgilashi mumkin,masalan xavfli va zararli mehnat 
sharoitidagi ishchilarning hayot sug‗urtasi,davlat xizmatidagi shaxslar hayot 
sug‗urtasi. Rossiya Fuqarolik Kodeksida ―o‗z hayoti va sog‗lig‗ini sug‗urta qilish 


27 
majburiyati fuqarolarga qonunga muvofiq yuklatilishi mumkin emas‖. Lyokin har 
bir fuqaro kredit olish vaqtida qo‗shimcha moliyaviy kafolat taqdim etmoqchi 
bo‗lganda hayot sug‗urtasi bo‗yicha shartnoma tuzishga ehtiyoj sezadi. 
Shunday qilib fuqaro hayot sug‗urtasi shartnomasini o‗z oilasini barvaqt 
o‗lim xavfidan saqlash maqsadida, yoki kelgusi moliyaviy ehtiyojini ta‘minlash 
uchun investitsion maqsadda tuzishi mumkin. Shuning uchun uzoq muddatli hayot 
sug‗urtasi favqulodda muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga va bu orqali 
davlatni qo‗llab-quvvatlashga imkon beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hayot 
sug‗urtasi ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashning muhim bir mexanimi 
bo‗lib xizmat qiladi. 
Rossiyada hayot sug‗urtasining favqulodda rivojlanishi ushun mavjud 
ko‗plab omillar to‗sqinlik qilmoqda: 
-
hayot sug‗urtasi uzoq muddatli xarakterga ega bo‗lgan ya‘ni polislarning 
amal qilish davri 10-20yil yoki undan ortiq sug‗urta hisoblanadi.Siyosiy va 
iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida,inflatsiya yuqori bo‗lganda aholining uzoq 
muddatli qo‗yilma aholida qiziqish uyg‗otmaydi; 
-
uzoq muddatli hayot sug‗urtasining asosida sug‗urta mukofotlarini 
kapitalizatsiya qilish yotganligi sababli sug‗urta tashkilotlarining barqarorligi va 
moliyaviy holatiga jiddiy talablar qo‗yiladi.Umumiy nobarqarorlik va moliyaviy 
krizis sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan holatda sug‗urta qiluvchilar uzoq muddatli 
istiqbolga kafolat bera olmaydilar.Aholining ularga bo‗lgan ishonchi boshqa 
institutlarda bo‗lgani kabi yetarlli emas. 
-
barcha mamlakatlarda hayot sug‗urtasi asosan aholining o‗rta qatlami 
uchun xizmat qiladi.Bu yerda aholi xarajatlaridan daromadlari yuqoriligi va ular 
ushbu mablag‗larni kelajak avlodiga meros qoldirishni yoki investitsiya uchun 
foydalanib, qo‗shimcha daromad olish maqsadini ko‗zlashi kuzatilgan.Hozirgi 
kunda Rossiyada hayot sug‗urtasi uchun bunday keng sug‗urta bazasi mavjud 
emas; 


28 
-
hayot sug‗urtasining jamga‘rish va omonat funksiyalarini bajarilishi uchun 
investitsiyalar bozori rivojlangan bo‗lishi zarur.Rossiyada esa ushbu bozorlar 
endigina tashkil etilmoqda. 
-
ishlab chiqaruvchilar va aholining sug‗urta shartnomasi tuzishini 
rag‗batlantiruvchi(misol uchun, yollanma ishchilarni sug‗urta qilish yoki hayot 
sug‗urtasini ssuda va ipoteka kreditlari olish orqal ham amalga oshirish) qonuniy 
va iqtisodiy richaglarning mavjud emasligi.
Hayot sug‗urtasi uchun faqatgina mijozlarga sug‗urta summasini to‗lash 
kafolatini berish emas ,balki iqtisodiy qiziqish uyg‗otish va shartnomalar tuzish 
hamdir. Sug‗urta operatsiyalarida to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilgan soliq siyosati aholi va 
yuridik shaxslarning hayot sug‗urtasi xuzmatlariga bo‗lgan talabni oshirish uchun 
yaxshi richag bo‗lib xizmat qilishi mumkin.Bizni davlatda imtiyozli soliq solish 
to‗g‗risidagi savol allaqachon muhokama qilingan lyokin hozircha hech qanday 
siljish kuzatilgani yo‗q. Soliqdan imtiyoz faqatgina ish beruvchi o‗z ishchilarining 
shaxsiy sug‗urtasining jamoa shartnomasini tuzayotgan paytda to‗lagan sug‗urta 
to‗lovlari uchun amal qiladi,bazi hollarda sug‗urta badallari ushun ham o‗rnatilishi 
mumkin.Biroq Rossiya qonunchiligida sug‗urta shartnomalari tuzilganda fuqarolar 
uchun hech qanday soliqdan imtiyozlar va rag‗batlantirishlar kuzatilmaydi.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish