O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Hayot sug„urtasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi va



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

 
2.3. Hayot sug„urtasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi va 
o„ziga xosligi 
Hayot sug‗urtasi ko‗p asrlik tarixga ega bo‗lgan, qadimgi sug‗urta turlaridan 
biri hisoblanadi. Hayot sug‗urtasi o‗zining rivojlanish tarixida sug‗urta 
mahsulotining dizaynida, tashkiliy tomonlarida hamda tartibga solish 
qonunchiligida o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib bordi. 
Hayot sug‗urtasining eng asosiy o‗ziga xos xususiyatlaridan biri uning uzoq 
muddatli sug‗urta turi ekanligidadir. Aniqroq qilib aytganda, hayot sug‗urtasi 
turlarining asosiy qismi besh yildan kam bo‗lmagan sug‗urta turlaridan tashkil 
topgan.


29 
Ba‘zi mamlakatlarda, shu jumladan bizning mamlakatimizda hayot 
sug‗urtasi bir yildan ortiq muddatga amalga oshirilmoqda. Bunday mamlakatlar 
hayot sug‗urtasi hali yetarlli darajada rivojlanmagan mamlakatlardir. Shu bilan 
birga, bir yildan ortiq muddatga sug‗urta qilish amal qilayotgan mamlakatlarning
ko‗pchiligida uzoq muddatli hayot sug‗urtasiga nisbatan qo‗llaniladigan imtiyozlar 
qo‗llanilmaydi.
Uzoq muddatlilik talabining qo‗yilishi hayot sug‗urtasining bir qancha 
o‗ziga xos xususiyatlarining yuzaga kelishiga olib keladi. Bunday o‗ziga xos 
xususiyatlar sifatida quyidagilarni aytib o‗tish mumkin:
- hayot sug‗urtasi maxsulotlari dizaynining o‗zgarishi, masalan, sug‗urta 
mukofotini bo‗lib to‗lash imkoniyatining paydo bo‗lishi; 
- anderrayting jarayonining murakkablashuvi, bu ko‗p yillik prognozni 
amalga oshirish zaruriyatidan hosil bo‗ladi; 
- ish yuritishdagi qo‗shimcha risk komponentlarining paydo bo‗lishi, 
masalan, uzoq muddatli shartnomaning amal qilishini kutilmaganda to‗xtatish 
riski; 
- sug‗urta mahsulotlarini boshqarishning yangi instrumentlarining paydo 
bo‗lishi (sug‗urta shartnomalarining amal qilishi davomida shartlariga o‗zgartirish 
kiritish imkoniyati).
Hayot sug‗urtasining yana bitta muhim xususiyatlaridan biri, zararlarni 
tartibga solishning o‗ziga xosligi bo‗lib, bunda sug‗urta qoplamasi katta hajmdagi 
bir martalik ko‗rinishda yoki renta shaklida (annuitetlar, pensiya) amalga 
oshiriladi. Qoplamani renta ko‗rinishida amalga oshirilganda bu jarayon bir necha 
o‗n yillarni o‗z ichiga olishi mumkin. Mazkur sug‗urta turining uzoq muddatliligi 
va zararlarni tartibga solishni o‗ziga xosligidan kelib chiquvchi muhim jixati 
shundaki, qoplamani amalga oshirishning barcha variantlarida jamg‗aruvchi 
komponentlarning mavjudligidir. Shuning uchun hayot sug‗urtasi mahsulotlarini 
tahlili va dizayni uchun investitsion xususiyatlar o‗ta muhim xisoblanadi. Bu 
manoda hayot sug‗urtasi mahsulotlari u yoki bu darajada moliyaviy instrumentlar 
va mablag‗larni turli sohalarga investitsiya qilish jarayonlarida raqobatlasha oladi.


30 
Hayot sug‗urtasining uzoq muddatlilik xususiyati foydada ishtirok etishni 
sug‗urtalash, ulushdosh sifatidagi ishtirokni sug‗urtalash yangi sug‗urta 
mahsulotlarining paydo bo‗lishiga olib keldi. Ushbu sug‗urta turlari dastlab hayot 
sug‗urtasida paydo bo‗lgan bo‗lsa, keyinchalik va ko‗p vaqtlar o‗tib sog‗liqni 
sug‗urtalash turlariga ham kirib bordi.
Hayot sug‗urtasi turli maqsadlarda qo‗llaniladi, bular sifatida quyidagilarni 
aytish mumkin: 
- sug‗urtalangan shaxs va uning qaramog‗idagilarning joriy moliyaviy 
talablarini taminlash, aniqrog‗i sug‗urtalangan shaxsning va oila-azolarining 
o‗rtacha hayot darajasini taminlashda moddiy jihatdan qo‗llab quvvatlash (malum 
yoshgacha etishdan sug‗urtalashda), etim qolgan bolalar tarbiyasi uchun joriy 
xarajatlar va boshqalar;
- sug‗urtalangan shaxs va uning qaramog‗idagilarning maxsus moliyaviy 
talablarini qondirish, shu bilan birga qarzlarini to‗lash, garov va boshqa 
majburiyatlarni sug‗urtalanuvchi vafot etgan holatda to‗lash, o‗zining yoki 
farzandlarining talimi uchun to‗lov va boshqa ko‗zda tutilmagan, 
sug‗urtalanuvchining 
vafot 
etishi 
bilan 
to‗lanmay 
qolishi 
ehtimoli
mavjud bo‗lgan xolatlar; 
- sug‗urtalangan shaxsning vafot etishi bilan bog‗liq xarajatlarni qoplash, bu 
o‗z ichiga dafn marosimi bilan bog‗liq xarajatlar, o‗limidan oldingi davolash 
xarajatlari, merosni huquqiy rasmiylashtirish xarajatlari va uning soliq to‗lovlari 
xarajatlari va boshqa xarajatlar; 
- hamkorning yoki muhim xodimning vafot etishi tufayli hosil bo‗ladigan, 
biznesni yuritishning qo‗shimcha xarajatlarini qoplash.
Yuqorida keltirilgan holatlar sug‗urtalanuvchining ma‘lum yoshga yetishi va 
vafot etishi bilan bog‗liq barcha mulkiy yo‗qotishlarini qoplaydi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish