O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

Nazorat savollari: 
1. Hayot sug‗urtasining yuzaga kelishiga sabab bo‗lgan omillar. 
2. Tijoratga asoslangan hayot sug‗urtasi dastlab qaysi davlatlarda paydo 
bo‗lgan? 
3. O‗zbekistonda hayot sug‗urtasi paydo bo‗lishi va rivojlanishining asosiy 
sabablari. 


18 
4. ―Ekvitebl‖ sug‗urta jamiyati qachon tashkil etilgan? 
5. Hayot sug‗urtasining qanday turlari amaliyotda keng qo‗llanib 
kelinmoqda? 
6. Hayot sug‗urtasida sug‗urta sub‘ektlari kimlar? 
7. Hayot sug‗urtasining ijtimoiyligi deganda nimani tushunasiz? 
8. Hayot sug‗urtasining investitsiya jarayonlariga ta‘siri. 


19 
2-BOB. HAYOT SUG„URTASI FANINING OB‟EKTI, PREDMETI, 
MAQSAD VA VAZIFALARI 
2.1. Hayot sug„urtasi fanining mohiyati, ob‟ekti va predmeti 
Hayot sug‗urtasi g‗arb mamlakatlari sug‗urta bozorida sug‗urta 
mukofotlarini to‗plash bo‗yicha etakchi va mustahkam o‗rinlarni egallab, har bir 
mehnat qobiliyatiga ega bo‗lgan fuqaroning hayotiga kirib borgan. Hayot 
sug‗urtasi bizning mamlakatimizda hamdo‗stlik mamlakatlarida bo‗lgani kabi 
rivojlanishning qiyin pallasini boshidan kechirmoqda. 
Xo‗sh, hayot sug‗urtasi bu qanday sug‗urta turi, uning ob‘ekti va predmeti 
nima va boshqa sug‗urta turlaridan qanday jihatlari bilan farq qiladi? Hayot 
sug‗urtasi shaxsiy sug‗urta tarmog‗ining asosini tashkil etib, mazkur sug‗urta 
orqali insonning hayoti uning vafot etishidan, ma‘lum yoshga yetishidan, 
kasallikdan, baxtsiz hodisadan, inson hayotidagi muhim voqealar hisoblanuvchi 
farzand tug‗ilishi, nikohga kirishish va boshqa holatlar natijasida yuzaga keladigan 
moddiy manfaatlar tomonlan o‗rtasida ixtiyoriylik asosida tuzilgan sug‗urta 
shartnomasida kelishilgan sug‗urta summasi doirasida sug‗urtalovchi tomonidan 
qoplab berilishidan iborat sug‗urta faoliyatidir.
Hayot sug‗urtasi fanining ob‘ekti bo‗lib insonning hayoti bilan bog‗liq 
mulkiy manfaatlar hisoblanadi. Fanning predmeti sifatida insonning vafot etishi, 
ma‘lum yoshga yetishi, kasallik, baxtsiz hodisa, farzand tug‗ilishi, nikohga 
kirishish va boshqa holatlar hisoblanadi. 
Hayot sug‗urtasida sug‗urta hodisasi sifatida tuzilgan sug‗urta shartnomasi 
muddatining tugashi, ya‘ni sug‗urtalangan shaxsning shu muddatgacha yashashi, 
hayotni aralash sug‗urtasi turlarida esa sug‗urta shartnomasining amal qilish 
davrida sug‗urtalanuvchining vafot etishi, ishlab chiqarish yoki boshqa sharoitlarda 
jarohat olishi holatlari sug‗urta hodisasi sifatida qabul qilinadi. Bu xalqimizning 
o‗zaro yordam, tayanch va ijtimoiy himoya kabi traditsiyalariga mos keladi. 
Mamlakatimizda hayot sug‗urtasi hozircha shakllanish jarayonini boshidan 
kechirmoqda. Buning qanday sabablari bor? Buning sabalaridan biri, sovet 


20 
tuzumida fuqarolarning hayoti va faoliyatining himoyasi uchun javobgarlik to‗liq 
davlatning zimmasida edi. Bu esa mamlakatimizda sug‗urta sohasining, hamda 
xalqimiz sug‗urta madaniyatining yetarlli darajada rivojlanmay qolishiga sabab 
bo‗ldi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti va davlat qurishning ―O‗zbek modeli‖ ga ko‗ra 
davlat o‗z funksiyalarini asta-syokinlik bilan jamiyatga berib boradi. Bu esa o‗z-
o‗zidan jamiyatning bir bo‗g‗ini bo‗lgan sug‗urta tashkilotlari faoliyatiga mazkur 
vazifani ma‘lum darajada yuklaydi. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida barchamiz ish joyini yo‗qotish, 
oliy o‗quv yurtida o‗qish uchun to‗lov, davolanish va boshqa shu kabi 
muammolarga duch kelamiz. Natijada kasallik, vafot etish, jarohat olish, mehnat 
qobiliyatini yo‗qotish kabi holatlar bo‗yicha sug‗urtaning keng ko‗rinishdagi 
xizmatlariga bo‗lgan ehtiyoj hosil bo‗ladi. Ammo, tajriba shuni ko‗rsatmoqdaki, 
iqtisodiyotning sezilarli inflyasiya davom etayotgan sharoitida, sug‗urtaning 
jamg‗arib boriladigan turlariga bo‗lgan qiziqish susayadi, chunki uzoq muddatga 
mo‗ljallangan ushbu sug‗urta turlarida jamg‗arilgan mablag‗lar o‗z qiymatini tez 
yo‗qotadi.
Milliy sug‗urta bozorining holatini tahlil qilganimizda, bozordagi asosiy 
ko‗rsatkichlar bo‗yicha barqaror o‗sish suratlarining majudligini ko‗rish mumkin. 
Ammo shuni ham aytib o‗tish kerak, milliy sug‗urta bozorimiz katta hajmdagi 
potensial sug‗urtalanuvchilarga ega va bu ayniqsa shaxsiy sug‗urta(uning 
tarkibidagi hayot sug‗urtasi) va javobgarlik sug‗urta turlarini o‗z ichiga oladi. 
Hayot sug‗urtasi boshqa sug‗urta turlari kabi shartnoma bilan 
rasmiylashtiriladi, unga ko‗ra sug‗urtalanuvchi tomonidan to‗langan sug‗urta 
mukofoti evaziga shartnomada kelishilgan sug‗urta summasini shartnomaning 
amal qilish davrida shartnomada ko‗zda tutilgan holatlar (vafot etish yoki ma‘lum 
yoshga etish va boshqa holatlar) yuz berganda to‗lab berishni sug‗urtalovchi o‗z 
zimmasiga oladi. Shu bilan birga mazkur shartnoma sug‗urtalanuvchining huquq 
va majburiyatlarini ham tartibga soladi. 
Hayot sug‗urtasining quyidagi turlari amaliyotda keng qo‗llanib kelinmoqda: 
vafot etish hodisasidan sug‗urtalash, jamg‗arib boriladigan hayot sug‗urtasi, 


21 
hayotni aralash sug‗urtalash, jamoa sug‗urtasi. Hayot sug‗urtasi shaxsiy 
sug‗urtaning bir bo‗g‗ini sifatida iqtisodiyotning o‗zgaruvchan qismi bo‗lgan 
ishchi kuchi bilan bog‗liq. Ushbu sug‗urta turida sug‗urta himoyasining ob‘ekti 
bo‗lib fuqarolarning hayoti, sog‗ligi va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Mulk 
sug‗urtasidan farqli o‗laroq, hayot sug‗urtasining ob‘ektlari ma‘lum qiymatga ega 
emas.
Hayot sug‗urtasi rivojlangan mamlakatlarda ko‗p yillik tarixga ega va bu 
mamlakatlarda ushbu sug‗urta turi bo‗yicha yetarllicha tajriba to‗plangan. G‗arbda 
sug‗urta insonlar hayotining zarur elementiga aylangan bo‗lib, har bir jamiyat 
a‘zosi sug‗urta polisi olish uchun to‗lov pul mablag‗larini ishonchsiz joyga 
joylashtirish emas, balki turli risklardan himoya vositasi ekanligini tushunib etgan. 
Jahon tajribasida shaxsiy sug‗urta hayot sug‗urtasi, nafaqa yoki renta sug‗urtasi, 
kasalliklardan sug‗urtalash va baxtsiz hodisalardan sug‗urtalashga bo‗linadi. Hayot 
sug‗urtasi o‗z o‗rnida vafot etishdan sug‗urtalash va sug‗urta-jamg‗armadan iborat. 
Jamg‗arib boriladigan hayot sug‗urtasiga yaqin bo‗lgan sug‗urta turi bu sug‗urta-
jamg‗arma hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda hayot sug‗urtasini odatda uzoq 
muddatga tuziladi. Bu muddat kamida 10 yil yoki 15-20 yil va undan oshiqni 
tashkil etadi. Jamg‗arma sug‗urta turi qoidaga ko‗ra vafot etishdan sug‗urtalash va 
mehnat qobiliyatini yo‗qotishdan sug‗urtalashni o‗z ichiga oladi va sug‗urtalangan 
shaxsning shartnomada ko‗rsatilgan yoshga yetishi sug‗urtalovchining 
shartnomada ko‗rsatilgan summani sug‗urtalanuvchiga to‗lash majburiyatini 
yuklaydi. G‗arb mamlakatlarida ushbu sug‗urta turining yana bir ko‗rinishi mavjud 
bo‗lib, bunda sug‗urta shartnomasining muddati tugagungacha sug‗urtalangan 
shaxs vafot etgan bo‗lsa ham sug‗urta summasi beriladi. AQSHda hayot sug‗urtasi 
bo‗yicha tuzilgan shartnomalarning har ettinchisi sug‗urta-jamg‗arma turi bo‗lsa, 
Angliyada hayot sug‗urtasi shartnomalarining asosiy qismini sug‗urta-jamg‗arma 
turlari tashkil etadi. Hayot sug‗urtasida operatsiyalarni amalga oshirish 
texnologiyasi bo‗yicha ularni uch guruhga bo‗lish mumkin: oddiy, jamoaviy va 
industrial sug‗urta. 


22 
Oddiy sug‗urta turida shartnoma sug‗urtalanuvchining o‗zi bilan shaxsan 
tuziladi, sug‗urtalovchining javobgarligi sug‗urtalanuvchining oila-a‘zolariga ham 
qo‗llanilishi mumkin. Bunday sug‗urta turlarida sug‗urta summalari katta miqdorni 
tashkil etadi. Oddiy sug‗urta turlarini asosan o‗zaro sug‗urtalash jamiyatlari 
amalga oshiradi va bugungi kunda bunday sug‗urta turlari aholining 60 foizga 
yaqinini qamrab olgan. 
Jamoaviy sug‗urta turlari asosan yollanma ishchilarga nisbatan amalga 
oshiriladi, bunda sug‗urta mukofotini ish beruvchi tadbirkor yoki kasaba 
uyushmasi to‗laydi. Bunday sug‗urta turlari aholining 40 foizga yaqinini qamrab 
olgan.
Industrial sug‗urta turlari aholining 30 foizga yaqinini qamrab olgan 
bo‗lsada, uning hajmi yildan-yilga kamayib bormoqda. 
Chet mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda
jamoaviy sug‗urtaning jamg‗arib boriladigan turini rivojlantirish yaxshi samara 
beradi deb hisoblaymiz. Bu sug‗urta turida sug‗urta mukofoti korxona tomonidan 
to‗lanishi kerak va shartnoma muddati 5-yildan kam bo‗lmasligi maqsadga 
muvofiq bo‗ladi. Shunday sug‗urta turining keng qo‗llanilishi kadrlar 
qo‗nimsizligiga barham beradi va shu bilan birga xodimlarning ijtimoiy 
himoyasini ta‘minlaydi. Albatta bunda sug‗urta kompaniyasi shartnoma shartlarini 
ishlab chiqishda inflyasiya jarayonlarini hisobga olishi zarur. Hayot sug‗urtasi 
sug‗urtalanuvchi to‗laydigan sug‗urta mukofoti evaziga sug‗urta shartnomasida 
ko‗rsatilgan summani sug‗urtalanuvchi yoki sug‗urtalangan shaxs vafot etganda 
yoki ma‘lum yoshga etganda sug‗urtalovchi tomonidan to‗lab berish kafolatini 
ko‗zda tutadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish