O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Tijoratga asoslangan hayot sug„urtasining evropa mamlakatlarida



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

1.2. Tijoratga asoslangan hayot sug„urtasining evropa mamlakatlarida
paydo bo„lishi va rivojlanishi 
1740 yilda birinchi ixtisoslashtirilgan sug‗urta kompaniyasi ,,Ishonchli hayot 
jamiyati‖ tashkil qilindi, 1762 yilda esa aktuar hisob –kitoblardan va to‗lov va 
badallarning qattiq yo‗lga qo‗yilgan tartibidan foydalanuvchi birinchi tijorat 
sug‗urta kompaniyasi, ―Adolatli hayot sug‗urta jamiyati‘‘ paydo bo‗ldi. Aynan shu 
yerda ijtimoiy risklar sohasidagi sug‗urta biznesining uzoq tizimli rivojanishi 
uchun asoslar yaratildi. 
Hayot sug‗urtasi tadbirkorlikning o‗ziga xos turi sifatida XVII-XVIII-
asrlarda Evropada dengiz sug‗urtasiga qo‗shimcha sug‗urta turi qilib belgilandi. 
Ya‘ni, kemalar va yuklarni sug‗urtalash bilan birga kema kapitanlarining hayoti 
ham sug‗urtalana boshlandi. Londonda Lloyds kompaniyasining tashkil etilishi 
bilan bir vaqtda kema kapitanlarining hayotini sug‗urtalash bilan shug‗ullanuvchi 
Flit-strit klubi tashkil etildi. Ushbu klub a‘zosi bo‗lishni hoxlagan, lyokin, klubga 
qabul qilinmagan ingliz tadbirkori Djeyms Dodson 1663 yilda ilmiy statistik 
bazaga asoslangan hayot sug‗urtasi jamiyatini tashkil etishga qaror qildi. Djeyms 
Dodson Londondagi har xil qabristonlardan ma‘lumotlar yig‗ib, bir yilda vafot 
etganlarning soni va o‗rtacha umr ko‗rish yoshi statistikasini tayyorladi va ushbu 



tayyorlangan statistik ma‘lumotlardan sug‗urta mukofotlarini hisoblashda 
foydalangan. 
Shuning uchun ham hayot sug‗urtasining vatani Angliya hisoblanadi. Hayot 
sug‗urtasining rivojlanishida Angliya sug‗urta jamiyatlarining roli juda kattadir. 
Birinchi sug‗urta jamiyati 1698 yil Londonda tashkil etilgan. Birinchi hayot 
sug‗urtasi jamiyati ham 1706 yilda ―Emikebl‖ (―do‗stona‖) nomi bilan Angliyada 
tashkil etilgan. Lyokin, shaxsiy sug‗urta bo‗yicha hisob-kitoblar rivojlanmagan 
edi. Tarif stavkalar tizimi oddiy bo‗lib, yosh bo‗yicha farqlanmagan edi. Oradan 
bir qancha vaqt o‗tib, ―Refyudj iskendj‖ va ―London inshurens korporeyshn‖ kabi 
jamiyatlar tashkil etilgan.
Inglizlar hayot sug‗urtasining asoschilari hisoblanadilar, ular ushbu sug‗urta 
turining hozirgi davrda ham foydalanilayotgan asosiy elementlari va hisoblash 
metodlarini yaratganlar. Angliyada 1830 yildayoq 35 ta yirik va o‗nlab kichik 
hayot sug‗urtasi jamiyatlari faoliyat ko‗rsatardi. 1762 yilda Angliyada birinchi 
tijorat sug‗urta tashkiloti tashkil etildi. Ushbu tashkilot birinchilardan bo‗lib aktuar 
xisob-kitoblardan foydalandi. Bu esa o‗z navbatida hayot sug‗urtasi yanada 
rivojlanishiga sabab bo‗ldi. 1765 yilga kelib ―Ekvitebl‖ jamiyati tashkil etildi. Bu 
jamiyat a‘zolari esa mashxur olim R.Prays tomonidan jamlangan va qayta 
ishlangan aholining vafot etish o‗rtacha yoshi ko‗rsatkichlaridan foydalangan 
holda tarif stavkalarini ishlab chiqdilar. Uni natijasida yangi hayot sug‗urtasi 
jamiyatlari shakllana boshladi. 
Ko‗p vaqt o‗tmasdan hayot sug‗urtasi jamiyatlari boshqa davlatlarda ham 
tashkil topa boshladi. 1829 yilda Fransiyada, 1827 yilda Germaniyada, 1830 yilda 
AQSHda, 1835 yilda Rossiyada hayot sug‗urtasi jamiyatlari tashkil topdi. 
Evropada hayot sug‗urtasining aksiyadorlik shaklidagi jamiyati birinchi bo‗lib 
Fransiyada 1787 yilda Compagnie Royal d‘ Assurances nomi bilan tashkil topdi. 
Aksiyadorlik shaklidagi hayot sug‗urtasi jamiyatlari keyinchalik Italiyada, 
Germaniyada shakllanib bordi. XIX asr oxiriga kelib esa bunday jamiyatlar butun 
Evropa davlatlarini qamrab oldi.


10 
Aslini olganda, hayot sug‗urtasi dengiz sug‗urtasi va olov sug‗urtasidan 
chamasi 100 yillar keyin shakllangan. Bunga sabab hayot sug‗urtasi dengiz va olov 
sug‗urtasidan ko‗ra ancha jiddiy tarzda ilmiy asoslangan bo‗lishi lozim edi. Chunki 
hayot sug‗urtasida tariflarni ishlab chiqish e‘xtimollar nazariyasi va statistika 
asosidagi aktuar hisob-kitoblar yuritish orqali amalga oshiriladi. XVII-XVIII 
asrlarda statistika, ehtimollar nazariyasi fanlarining rivojlanishi hayot 
sug‗urtasining taraqqiy etishiga sabab bo‗ldi.
Inliz olimi Edmund Galley aktuar hisob-kitoblar nazariyasi bilan 
shug‗ullanish mobaynida Breslavl shahrida 1687-1691 yillar oralig‗ida vafot 
etganlarning ro‗yxatini tuzib, vafot etish jadvalini yaratdi. U vafot etish jadvalini 
asosiy funksiyalariga ta‘rif berdi, yashash va vafot etish ehtimollik darajasini 
hisobladi, o‗rtacha umr ko‗rish yoshini hisobladi, vafot etish jadvallari asosida 
sug‗urta badallari miqdorini aniqlash mumkinligini ko‗rsatib berdi. Galley tuzgan 
jadvaldan hozirgi davrda ham foydalanilmoqda. Keyinroq, ingliz matematigi 
A.Muavr E.Galley tuzgan vafot etish jadvalini o‗rganib, aktuar hisob-kitoblarni 
soddalashtirishga erishdi. U Gollandiya, Fransiya mamlakatlari va London 
shahridagi sug‗urtalanganlardan vafot etganlarining ma‘lumotlari asosida uchta 
alohida jadvallar tuzdi. Shunday qilib, XVII-XVIII asrlarda ehtimollar nazariyasi 
rivojlandi, aholining vafot etish yoshi to‗g‗risidagi statistik ma‘lumotlar yig‗ilib 
bordi. Buni natijasida esa hayot sug‗urtasi ilmiy asoslangan holda shakllanib bordi. 
Bu esa o‗z navbatida hayot sug‗urtasini keng miqyosda rivojlanib dunyoning 
barcha mintaqalarida amaliyotga tadbiq etilishida namoyon bo‗ldi.
1863 yilda ―Hayot‖ nomi ostida hayot sug‗urtasi bo‗yicha birinchi tijorat 
sug‗urta jamiyati tashkil etildi. 1883 yilda ishchilar to‗lovlari umumdavlat 
subsidiyalari yoki davlat g‗aznasi hisobidan shakllantiriladigan ―Umumdavlat 
doimiy kassasi‖ to‗g‗risidagi qonun qabul qilindi. Nafaqa va pensiyalar mansab va 
lavozimiga bog‗liq ravishda ish haqiga nisbatan foizlarda to‗langan. 1913 yilda 
K.G.Voblogoning baholashiga ko‗ra bir milliondan ortiq odam doimiy kassa orqali 
sug‗urta qilingan. XX asrning boshlarida pensiya kassasi deyarli barcha davlat 


11 
vedemostlari va ko‗plab professional birlashmalarida u yoki bu ko‗rinishda amal 
qilgan. 
Sobiq sovet davlatlarida ham hayot sug‗urtasi shakllana bordi. 1960-1980-
yillarga kelib sobiq sovet tarkibiga kiruvchi davlatlari orasida hayot sug‗urtasining 
yangi turlari keng tarqala boshladi. 1990 yil oxirlarida 85 mln. dona hayot 
sug‗urtasi shartnomasi imzolanganligi hayot sug‗urtasining shu davrda yetarllicha 
mashhur bo‗lganligidan dalolat beradi. 
Hayot sug‗urtasida inson hayoti bilan bog‗liq bo‗lgan mulkiy manfaatlar 
sug‗urtalanadi. Bunda inson hayotiga zarar etganda, mehnatga layoqatini 
yo‗qotganda, nogironlikka chalinganda belgilangan sug‗urta ta‘minotlari (sug‗urta 
puli) to‗lash orqali ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi. Shunday ekan 
hayot sug‗urtasi insoniylik, ijtimoiylik prinsplarini o‗zida aks ettiruvchi, aholini 
moliyaviy barqarorligini ta‘minlovchi dastak bo‗lib xizmat qiladi desak mubolag‗a 
bo‗lmaydi. Ko‗plab xorijiy davlatlarni oladigan bo‗lsak yig‗ilgan sug‗urta 
mukofotlarining asosiy qismini hayot sug‗urtasi tarmog‗idagi sug‗urta turlaridan 
tushgan sug‗urta mukofotlari tashkil qiladi. Chunki hayot sug‗urtasi orqali 
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari o‗z echimini topadi. Bu muammolarga 
uzoq muddatli investitsiya mablag‗lari etishmasligi, fuqarolarning hayotiga 
kutilmagan baxtsiz xodisalardan etkazilgan moliyaviy zararlarni qoplashga 
mablag‗larning etishmasligi, ularning nafaqaga chiqqanlarida yetarlli darajada 
yaxshi hayot kechirishlari uchun mablag‗larning kamligi va boshqa shu kabi 
muammolar aynan hayot sug‗urtasini keng miqyosli amalga oshirilishi natijasida 
bartaraf etiladi. 
Hayot sug‗urtasi o‗zida jismoniy shahslarni himoyalash vositasi sifatida 
qaltislilik, investitsion va jamg‗arish funksiyalarini namoyon etadi. Unga muvofiq 
sug‗urtalovchilarni investitsiya jarayonlaridagi faoliyatini kuchaytiradi, sug‗urta 
qildiruvchilar (sug‗urtalangan shaxslar)ni mablag‗lari jamg‗arishlari orqali 
moliyaviy barqarorligini ta‘minlaydi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish