O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

 
7.1. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi  
jinoyatlar tushunchasi va turlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Har qanday davlatning salohiyati uning mudofaa qudrati va harbiy salohiyati bilan bog‘liq. O‘zbekiston 
Respublikasining  mustaqillikka  erishganidan  so‘ng,  uning  har  qanday  salohiyati  kabi  harbiy  sohasida  ham 
to‘liq  islohotlar  amalga  oshirilib,  harbiy  qonun  normalari  ham  qayta  ishlandi.  Harbiy  kuchning  qonuniy 
asoslarini  yaratish  zarurati  yana  ayni  chog‘da  xalqaro  munosabatlar  tarkibidagi  o‘zgarishlar,  muvozanatlar 
yangi  tizimning  shakllanishi  keskinlik,  mojarolarning  yangi  o‘choqlari  paydo  bo‘lishi,  ekstremizm  va 
terrorchilik  harakatlarining  butun  dunyo  bo‘yicha  faollashishi  bilan  ham  bog‘liqdir.  Shu  tufayli  ham  yosh 
mustaqil  davlatning  mudofaa  qobiliyati  va  xavfsizligini  mustahkamlash  masalalari  alohida  ahamiyat  kasb 
etadi.  
Mudofaa deganda, O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti 
va xavfsizligini himoya qilishni ta’minlashning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy 
va boshqa tadbirlari majmuyi tushuniladi. 
Harbiy  jinoyatlar  deganda,  harbiy  xizmatchilar  tomonidan,  shuningdek,  harbiy  yig‘inlar  vaqtida  harbiy 
xizmatga  majbur  shaxslar  tomonidan  harbiy  xizmatni  o‘tash  tartibiga  qarshi  sodir  etilgan  jinoyatlar 
tushuniladi. 
Harbiy  xizmatni  o‘tash  tartibi  qo‘shinlar  hayoti  va  jangovar  faoliyati  jarayonida  yuzaga  keladigan 
munosabatlar  bo‘lib,  ular  qonunlar,  harbiy  qasamyod  va  nizomlarda  belgilab  qo‘yilgan.  Ushbu  hujjatlarda 
harbiy  xizmat  fuqaroning  konstitutsiyaviy  burchi  ekanligi,  yakkaboshchilik  va  undan  kelib  chiqadigan  tobe 
shaxsning  boshliqqa  so‘zsiz  itoat  qilishi,  ushbu  munosabatlar  subyektlari  huquq  va  erkinliklarining  aniq 
belgilab qo‘yilishi kabi harbiy-huquqiy institut tamoyillari mustahkamlab qo‘yilgan.  
Harbiy  xizmatni  o‘tash  tartibiga  qarshi  jinoyat  tushunchasi  Jinoyat  kodeksining  14-moddasida 
ta’riflangan  jinoyat  umumiy  tushunchasining  bir  turi  bo‘lib,  uning  barcha  belgilari,  chunonchi  ijtimoiy 
xavflilik,  ayblilik  va  qonun  bilan  taqiqlanganlik  alomatlarini  o‘zida  mujassamlashtirgan.  Harbiy  xizmatni 
o‘tash  tartibiga  qarshi  jinoyatning  ijtimoiy  xavfliligi  shaxs,  jamiyat  va  davlatning  jinoyat  qonuni  bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishida yoki zarar yetkazilishi xavfining tug‘ilishida ifodalanadi.  
Sodir  etilgan  qilmish  yetkazgan  yoki  yetkazishi  mumkin  bo‘lgan  zarar  ijtimoiy  xavflilik  darajasini 
belgilovchi  asosiy  mezonlardan  biridir.  Ayrim  qilmishlar  qanday  og‘ir  oqibatlarga  sabab  bo‘lganligidan 
qat’iy  nazar,  harakat  yoki  harakatsizlik  sodir  etilgan  paytdan  boshlab  ijtimoiy  xavfli  xususiyat  kasb  etadi. 
Masalan,  dezertirlik  (Jinoyat  kodeksining  288-moddasi)  harbiy  xizmatchi  harbiy  xizmatdan  bo‘yin  tovlash 


maqsadida  harbiy  qism  yoki  xizmat  joyini  o‘zboshimchalik  bilan  tashlab  ketgan  paytdan  boshlab  ijtimoiy 
xavfli  qilmishga  aylanadi.  Boshqa  qilmishlar  qonunda  ko‘rsatilgan  oqibatlarga  sabab  bo‘lgan  taqdirdagina 
ijtimoiy xavfli qilmishga aylanishi mumkin. Qilmishni ijtimoiy xavfli va jinoiy, deb topish imkonini beruvchi 
oqibatlarning ko‘rinishi va xususiyatlari qonunda har xil tavsiflanadi.  
Ayrim  hollarda  qilmishning  oqibatlari  aniq  belgilab  qo‘yilgan.  Masalan,  sog‘liqqa  yetkazilgan 
shikastning  og‘irligi  jangovar,  maxsus  yoki  transport  mashinalarini  boshqarish  yoxud  ulardan  foydalanish 
qoidalarini  buzishni  (Jinoyat  kodeksining  298-moddasi)  harbiy  xizmatni  o‘tash  tartibiga  qarshi  jinoyat,  deb 
topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Oqibatlar har xil bo‘lishi mumkin va ularni aniqlashtirish imkoniyati 
bo‘lmagan  hollarda  qonunshunos  umumiy  ta’riflarni  qo‘llaydi.  Bunday  hollarda  oqibatlarning  mavjudligi 
yoki  mavjud  emasligini  aniqlash  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Masalan,  Jinoyat  kodeksining  297-moddasi, 
uchinchi qismida qonunshunos boshqa og‘ir oqibatlarni jinoyatning zaruriy belgisi, deb belgilagan.  
Harbiy  xizmatni  o‘tash  tartibiga  qarshi  jinoyatlarning  subyektiv  tomoni  ayrim  hollarda  ijtimoiy  xavfli 
qilmishlardan  kelib  chiqadigan  oqibatlarga  nisbatan  aybdorning  ruhiy  munosabati  ehtiyotsizlikda  namoyon 
bo‘ladi.  Ijtimoiy  xavfli  qilmish  va  uning  oqibatiga  nisbatan  ruhiy  munosabati  murakkab  ayb  shaklida 
ifodalanadi.  Agar  shaxsning  qasddan  jinoyat  sodir  etishi  natijasida  ehtiyotsizlik  orqasida  boshqa  ijtimoiy 
xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog‘lagan bo‘lsa, bunday 
jinoyat qasddan sodir etilgan, deb topiladi. 
Harbiy  jinoyatlar  qonunlari,  asosan,  muayyan  huquqiy  munosabatlarning  hamda  harbiy  nizom 
qoidalarining buzilganligi bilan bog‘lanadi: 
 
1) maxsus jinoiy g‘ayriqonuniylik;  
2) maxsus tajovuz obyekti – harbiy xizmatni o‘tashning belgilangan tartibi; 
3) maxsus subyekt – harbiy xizmatchi yoki harbiy xizmatga majbur shaxs harbiy yig‘in vaqtida.  
 
Ko‘rsatilgan alomatlarning birontasi ham bo‘lmasa, qilmish harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyat 
sifatida qaralishi mumkin emas.  
Jinoyat kodeksining yettinchi bo‘limida keltirilgan jinoyatlargina harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi 
jinoyatlar,  deb  topilishi  mumkin.  Harbiy  xizmatchilar  tomonidan  sodir  etilgan  Jinoyat  kodeksining  boshqa 
bo‘limlarida nazarda tutilgan jinoyatlar harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar qatoriga kirmaydi.  
Harbiy  xizmatni  o‘tashning  belgilangan  tartibi,  harbiy  xizmatni  o‘tash  tartibiga  qarshi  jinoyatlarning 
maxsus  obyekti  sifatida,  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  O‘zbekiston  Respublikasining 
«Mudofaa  to‘g‘risida»gi,  «Umumiy  harbiy  majburiyat  va  harbiy  xizmat  to‘g‘risida»gi,  «O‘zbekiston 
Respublikasi  Qurolli  Kuchlari  rezervidagi  xizmat  to‘g‘risida»gi,  «O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat 
chegarasi  to‘g‘risida»gi  Qonunlari,  boshqa  qonun  hujjatlarining  normalari,  shuningdek,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  tasdiqlagan  Umumharbiy  Nizomlar  va  ularga  asosan  beriladigan  komandirlar  va 
boshliqlarning buyruqlari bilan mustahkamlab qo‘yilgan harbiy xizmat munosabatlari majmuyidan iborat.  
Harbiy  xizmat  harbiy  xizmatchilar  o‘rtasida  yuzaga  keladigan    munosabatlarning  muayyan  tartibidan 
iboratdir.  Muayyan  toifaga  mansub  harbiy  xizmatchilargina  maxsus  harbiy  xizmat  munosabatlarining 
subyekti bo‘lishi mumkin.  
O‘zbekiston  Respublikasida  Qurolli Kuchlari,  Ichki  ishlar  vazirligi  ichki  va  qorovul  qo‘shinlari,  Milliy 
xavfsizlik  xizmati,  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi  hamda  boshqa  vazirlik,  qo‘mita  va  idoralarning  harbiy 
bo‘linmalarida  harbiy  xizmatni  o‘tayotgan  fuqarolar  harbiy  xizmatchilar  hisoblanadi.  Harbiy  xizmatga 
birinchi  marta  chaqirilgan  yoki  ixtiyoriy  ravishda  (kontrakt  bo‘yicha)  kirgan  fuqarolar  O‘zbekiston 
Respublikasi xalqi va Prezidentiga sodiqlik to‘g‘risida Harbiy qasamyod qabul qiladilar. Muqaddam Harbiy 
qasamyod  qabul  qilmagan  harbiy  xizmatga  majburlar  harbiy  yig‘inlarga  jalb  etilganlarida  yoki  safarbarlik 
bo‘yicha  chaqirilganlarida  Harbiy  qasamyod  qabul  qiladilar.  Harbiy  xizmatni  o‘tash  tartibiga  qarshi 
qaratilgan  jinoyatlar  subyekti,  deb  e’tirof  etilishi  uchun  fuqaro,  albatta,  Harbiy  qasamyod  qabul  qilgan 
bo‘lishi  shart.  Harbiy  qasamyod  qabul  qilmagan  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  harbiy  xizmatchi 
hisoblanmaydi  hamda  ular  harbiy  xizmatni  o‘tash  tartibiga  qarshi  qaratilgan  jinoyatlar  subyekti  bo‘lishi 
mumkin emas. 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Umumiy  harbiy  majburiyat  va  harbiy  xizmat  to‘g‘risida»gi  Qonuni  4-
moddasiga muvofiq, harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etiladi: 
 



muddatli harbiy xizmat

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat; 

kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat; 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati. 
 
Shu  sababli  harbiy  xizmatchilar  ofitserlar,  praporshiklar  va  michmanlar,  harbiy  ta’lim  muassasalarining 
kursantlari, harbiy xizmatni shartnoma (kontrakt) bo‘yicha o‘tayotgan serjantlar va starshinalar, askarlar va 
matroslarga;  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmoniga  binoan,  harbiy  xizmatga  chaqirilgan 
ofitserlar, serjantlar, starshinalar, askarlar va matroslarga bo‘linadi.  
Harbiy  xizmatda  bo‘lishning  boshlanishi  deb,  harbiy  xizmatga  chaqirilgan  chaqiriluvchilar  hamda 
zaxiradagi ofitserlar uchun – harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir bo‘lgan kun; 
kontrakt  bo‘yicha  harbiy  xizmatga  kirganlar  uchun  –  harbiy  xizmatni  o‘tash  to‘g‘risidagi  kontrakt  kuchga 
kirgan  kun;  harbiy-ta’lim  muassasalariga,  shuningdek,  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  va  idoralarning  o‘qish 
harbiy  xizmatga  tenglashtirilgan  ta’lim  muassasalariga  o‘qishga  kirgan  chaqiriluvchilar,  harbiy  xizmatga 
majburlar  uchun  –  tegishli  ta’lim  muassasasiga  o‘qishga  qabul  qilingan  kun  hisoblanadi.  Harbiy  xizmatdan 
rezervga  bo‘shatilishi  yoki  iste’foga  chiqarilishi  munosabati  bilan  harbiy  qism  komandirining  buyrug‘iga 
binoan  shaxsiy  tarkib  ro‘yxatidan  chiqarilgan  kun  harbiy  xizmatchi  uchun  harbiy  xizmatda  bo‘lishning 
tugashi hisoblanadi
1

Quyidagilar harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyat subyekti, deb topilishi mumkin emas:  
 
1) 18 yoshga to‘lmay turib yoki 27 yoshga to‘lgandan keyin harbiy xizmatga chaqirilgan shaxslar.  
2)  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarosi  bo‘lmagan,  lekin  yanglish  tarzda  O‘zbekiston  Respublikasi 
Qurolli  Kuchlariga  harbiy  xizmatga  chaqirilgan  shaxslar.  Bu  qoida  harbiy  xizmatni  faqat  O‘zbekiston 
Respublikasi  fuqarosi  o‘tashi  mumkinligi  mustahkamlab  qo‘yilgan  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining 52-moddasidan kelib chiqadi
3)  muddatli  harbiy  xizmatga  chaqirilishdan  ozod  etilgan,  muddatli  harbiy  xizmatga  chaqirilish  muddati 
kechiktirilgan yoxud muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin bo‘lmagan shaxslar.  
Jinoiy  javobgarlikka  tortilgan,  shuningdek,  sudlanganlik  holati  tugallanmagan  yoki  sudlanganligi  olib 
tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.  
4) jinoyat sodir etilgan vaqtda harbiy xizmat o‘tashning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan shaxslar. 
 
Jinoyat  kodeksida  harbiy  jinoyatlar  jinoyat  obyektlariga  ko‘ra,  alohida  guruhlashtirilgan  holda 
o‘rganiladi. 
 
1. Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar: 
 

Bo‘ysunmaslik (Jinoyat kodeksining 279-moddasi). 

Buyruqni bajarmaslik (Jinoyat kodeksining 280-moddasi). 

Boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish (Jinoyat kodeksining 
281-moddasi). 

Boshliqni qo‘rqitish  (Jinoyat kodeksining 282-moddasi). 

Badanga shikast yetkazish (Jinoyat kodeksining 283-moddasi). 

Bo‘ysunuvchining  o‘z  boshlig‘ini  yoki  boshliqning  o‘ziga  bo‘ysinuvchini  haqorat  qilishi  (Jinoyat 
kodeksining 284-moddasi). 

Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini 
buzish (Jinoyat kodeksining 285-moddasi). 

Marodyorlik (Jinoyat kodeksining 286-moddasi). 
 
2. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar: 
 

Harbiy  qism  yoki  xizmat  joyini  o‘zboshimchalik  bilan  tashlab  ketish  (Jinoyat  kodeksining  287-
moddasi). 



Dezertirlik (Jinoyat kodeksining 288-moddasi). 

Halok bo‘layotgan harbiy kemani tashlab ketish (Jinoyat kodeksining 289-moddasi). 

O‘zining  biron  a’zosini  mayib  qilish  yo‘li  bilan  yoki  boshqa  usulda  harbiy  xizmatdan  bo‘yin  tovlash 
(Jinoyat kodeksining 290-moddasi). 

Qorovul xizmatini o‘tash qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 291-moddasi). 

Ichki  xizmatni  o‘tash  yoki  garnizonda  patrullik  qilish  qoidalarini  buzish  (Jinoyat  kodeksining  292-
moddasi). 

Jangovar navbatchilikni o‘tash qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 293-moddasi). 

Chegara xizmatini o‘tash qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 294-moddasi).   
 
3. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar: 
 

Harbiy mulkni behuda sarflash, yo‘qotish yoki ishdan chiqarish (Jinoyat kodeksining 295-moddasi). 

Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazish (Jinoyat kodeksining 296-moddasi). 

Atrofdagilar  uchun  katta  xavf  manbayi  bo‘lgan  qurol-yaroq,  shuningdek,  modda  va  buyumlar  bilan 
muomalada bo‘lish qoidalarini buzish  (Jinoyat kodeksining 297-moddasi). 

Mashinalarni  boshqarish  yoki  ulardan  foydalanish  qoidalarini  buzish  (Jinoyat  kodeksining  298-
moddasi). 

Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini buzish  (Jinoyat kodeksining 299-moddasi). 

Kemani boshqarish qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 300-moddasi). 
 
4. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari: 
 

Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi 
(Jinoyat kodeksining 301-moddasi). 

Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash (Jinoyat kodeksining 302-moddasi). 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish