O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

A. Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik  
bilan tashlab ketish 
(Jinoyat kodeksining 287-moddasi) 
 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish 
– O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy va 
muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar», deb belgilab qo‘yilgan.  
O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy harbiy va muqobil xizmatni o‘tash tartibi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, 
«Umumiy  harbiy  majburiyat  va  harbiy  xizmat  to‘g‘risida»gi,  «Muqobil  xizmat  to‘g‘risida»gi  Qonunlar, 
harbiy ustavlar asosida belgilanadi.  
Jinoyatning obyekti Qurolli Kuchlarda o‘rnatilgan harbiy xizmatni o‘tash tartibidir.  
Mazkur moddaning birinchi qismida javobgarlik belgilangan jinoyat obyektiv tomondan:  
 
1) qismni yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish;  
2) harbiy qismda qisqa muddatga ruxsat berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat 
joyiga  o‘tkazilganda,  xizmat  safaridan,  ta’tildan  yoki  davolash  muassasasidan,  uzrli  sabablarsiz  bir  kecha-
kunduzdan ortiq, ammo o‘n kecha-kunduzdan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyida bo‘lmaslikda 
ifodalanadi. 
 
Chaqiriq  bo‘yicha  harbiy  xizmatni  o‘tayotgan  harbiy  xizmatchilar  harbiy  qism  joylashgan  hududdagi 
kazarmalarga joylashtiriladilar. Harbiy xizmatni o‘tash joyi boshqa joylarda ham bo‘lishi mumkin. 
Harbiy qismni yoki xizmat joyini faqat tegishli harbiy bo‘linma komandiri (boshliq)ning ruxsati bilan tark 
etish  mumkin.  Komandirning  ruxsatisiz  harbiy  qismni  yoki  xizmat  joyini  yoxud dislokatsiya  manzilini  tark 


etish harbiy ustavga binoan taqiqlanadi, aks holda, bu qismni yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tark 
etish hisoblanadi.  
Muddatli xizmat harbiy xizmatchisi tomonidan qismni yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab 
ketishning  zaruriy  belgisi  qismda  bo‘lmaslikning  bir  kecha-kunduzdan  ortiq,  ammo  o‘n  kecha-kunduzdan 
ko‘p bo‘lmagan muddatdagi davomiyligidir. Bu muddatni shaxsning qismni yoki xizmat joyini tashlab ketish 
paytdan to qaytib kelish yoki ushlanish paytigacha, deb hisoblash lozim.  
Harbiy  qismdan  qisqa  muddatga  ruxsat  berilganda,  boshqa  xizmatga  tayinlanganda  yoki  boshqa  xizmat 
joyiga  o‘tkazilganda  xizmat  safaridan,  ta’tildan  yoki  davolash  muassasasidan  so‘ng  uzrli  sabablarsiz  bir 
kecha-kunduzdan  ortiq,  ammo  o‘n  kecha-kunduzdan  ko‘p  bo‘lmagan  muddat  davomida  xizmat  joyida 
bo‘lmaslik  harbiy  xizmatchi  qismdan  yoki  xizmat  joyidan  tashqarida  qonuniy  asoslarda  bo‘lgan  holatda 
mavjud bo‘lishi mumkin. 
Uzrli  sabablar  deganda,  harbiy  xizmatchining  kasalligi,  yaqin  qarindoshlarining  o‘limi,  tabiiy  ofatlar, 
harbiy holat va boshqalar hisoblanadi. 
O‘zboshimchalik bilan tashlab ketish uzrli sabablarsiz xizmat joyida hozir bo‘lmaslikdir. Agar harbiy bir 
kecha-kunduzdan  ortiq,  ammo  o‘n  kecha-kunduzdan  ko‘p  bo‘lmagan  muddatda  qismda  bo‘lmasa,  uning 
qilmishi jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. 
Mazkur  moddaning  1-qismi  ma’muriy  preyuditsiyaga  ega.  Harbiy  xizmatchi  tomonidan  qismni  yoki 
xizmat  joyini  o‘zboshimchalik  bilan  tashlab  ketganlik  uchun  intizomiy  javobgarlik  chorasi  qo‘llanganidan 
so‘ng yana xuddi shunday qilmish sodir etilsa, aybdor jinoiy javobgarlikka tortiladi. 
Jinoyat  formal  tarkibli  bo‘lib,  agar  harbiy  xizmatchi  harbiy  qismdan  yoki  xizmat  joyidan  tashqarida 
noqonuniy tarzda yurgan bo‘lsa yoxud 10 kun ichida xizmat joyiga yetib kelmasa, tugallangan hisoblanadi. 
Subyektiv  tomondan  jinoyat  qasddan  sodir  etiladi.  Jinoyatning  motivi  uni  kvalifikatsiya  qilish  uchun 
ahamiyatga  ega  emas.  Agar  harbiy  qismni  yoki  xizmat  joyini  o‘zboshimchalik  bilan  tashlab  ketish  harbiy 
xizmatdan bosh tortish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining 288-moddasi 
(dezertirlik) bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
Ushbu modda 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti muddatli harbiy xizmatchidir. 
Jinoyat  kodeksining  287-moddasi,  2-qismida  nazarda  tutilgan  qilmish  obyektiv  tomondan  muddatli 
xizmat  harbiy  xizmatchi,  ofitserlar  tarkibidan  bo‘lgan  shaxs,  praporshik,  michman  yoki  harbiy  xizmatni 
kontrakt  (shartnoma)  bo‘yicha  o‘tayotgan  harbiy  xizmatchining  qism  yoki  xizmat  joyini  o‘zboshimchalik 
bilan  tashlab  ketishi,  shuningdek,  uzrli  sabablarsiz  belgilangan  o‘n  kundan  ortiq,  lekin  bir  oydan  ko‘p 
bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasligida ifodalanadi. 
Ofitserlar  tarkibidan  bo‘lgan  shaxs,  praporshik,  michman  yoki  harbiy  xizmatni  kontrakt  (shartnoma) 
bo‘yicha o‘tayotgan  harbiy  xizmatchilar  harbiy  qismda  yoki  xizmat joyida  xizmat  paytida  hozir  bo‘lishlari 
kerak.  Harbiy  xizmatni  o‘tashdan  tashqari  bo‘sh  paytlarda  bu  toifa  harbiy  xizmatchilar  harbiy  qism  yoki 
xizmat  joyidan  tashqarida  bo‘lishlari  mumkin.  Shunga  binoan  harbiy  xizmatchilarning  bu  toifasi  uchun 
harbiy  qismni  yoki  xizmat  joyini  o‘zboshimchalik  bilan  tashlab  ketish  deganda,  ularning  xizmatni  o‘tashi 
kerak bo‘lgan paytda uzrli sabablarsiz xizmatni o‘tashga chiqmaganligini nazarda tutish kerak. 
Ushbu  moddaning  2-qismida  nazarda  tutilgan  qilmishning  subyektlari  muddatli  xizmat  harbiy 
xizmatchisi,  ofitserlar  tarkibidan  bo‘lgan  shaxs,  praporshik,  michman  yoki  harbiy  xizmatni  kontrakt 
(shartnoma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchi bo‘lishlari mumkin. 
Jinoyat  kodeksining  287-moddasi,  3-qismida  muddatli  xizmat  harbiy  xizmatchisi,  ofitserlar  tarkibidan 
bo‘lgan shaxs, praporshik, michman yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy 
xizmatchining  harbiy  qism  yoki  xizmat joyini  o‘zboshimchalik  bilan  tashlab  ketishi,  shuningdek,  xizmatga 
belgilangan  muddatdan  uzrli  sabablarsiz  bir  oydan  ortiq  vaqtda  yetib  kelmasligi  uchun  javobgarlik 
belgilangan. 
Ushbu  moddaning  4-qismida  muddatidan  qat’iy  nazar,  mazkur  moddada  ko‘zda  tutilgan  harbiy  qismni 
yoki  xizmat  joyini  o‘zboshimchalik  bilan  tashlab  ketish  jangovar  vaziyatda  sodir  etilganda,  aybdorga 
javobgarlik belgilangan. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish