O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

Ojizlik deyilganda, jabrlanuvchining jinoyatchiga jismoniy qarshilik ko‘rsata olmasligi, o‘zining shaxsiy 
manfaatlari va huquqlarini, qadr-qimmatini himoya eta olmasligi, kutilayotgan xavfdan qocha olmasligi yoki 
o‘zini chetga ololmasligi tushuniladi. 


Ojizlik  kasallik,  mastlik,  giyohvandlik  vositalarini  iste’mol  qilish  va  boshqalar  tufayli  yuzaga  kelishi 
mumkin. 
Ko‘p  miqdorda  zarar  yetkazish  tushunchasi  Jinoyat  kodeksining  sakkizinchi  bo‘limida  berilgan  bo‘lib, 
bunda  shaxs  eng  kam  oylik  ish  haqining  100  baravaridan  300  baravarigacha  miqdorda  zarar  yetkazilishiga 
olib  kelgan  birovning  mulkini  qasddan  nobud  qilish  yoki  unga  shikast  yetkazishda  ifodalangan  bezorilik 
harakatlari  uchun  Jinoyat  kodeksining  277-moddasi,  2-qismi,  «e»  bandi  bo‘yicha  jinoiy  javobgarlikka 
tortiladi.  
Mulkni nobud qilish deganda, uni to‘la yaroqsiz  holatga keltirish tushuniladi. Mulkka shikast yetkazish 
deganda, uni qisman yaroqsiz holatga keltirish tushuniladi. 
Agarda, bezorilik harakatlari natijasida ancha miqdordagi zarar yetkazilganda va aybdorning ko‘p va juda 
ko‘p miqdorda zarar yetkazish maqsadi bo‘lgan-u, biroq o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ana shu 
maqsadini amalga oshira olmaganligi isbotlansa, bu hol tahlil qilinayotgan 277-moddasi, 2-qismi, «e» bandi 
va 25-moddaga binoan suiqasd, deb baholanadi. 
Mazkur moddaning 3-qismida: 
 
a) takroran va xavfli retsidivist tomonidan
b) o‘qotar qurolni namoyish qilib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoki qo‘llab; 
d) ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan paytda; 
e)  jamoat  tartibini  saqlash  vazifasini  bajarib  turgan  hokimiyat  vakili  yoki  jamoatchilik  vakiliga  yoxud 
bezorilik  harakatlarining  oldini  olish  chorasini  ko‘rgan  boshqa  fuqarolarga  qarshilik  ko‘rsatib  sodir  etilgan 
bezorilik jinoyati uchun javobgarlik belgilangan. 
 
Ommaviy  tadbir  deganda,  belgilangan  tartibda  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari,  jamoat 
birlashmalari, shuningdek, o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tashkil etilgan rasmiy tadbir (bayram 
sayillari, namoyishlar, mitinglar, majlislar, saylovlar, xalq hasharlari va  h.k.)lar tushuniladi
1

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish qasddan zarba berishda, urishda, badanga yengil va o‘rtacha og‘ir 
shikast yetkazishda, jismoniy og‘riq berish kabi faol harakatlarda ifodalanadi. 
Bunday  holatlarda  aybdorning  harakatlari  Jinoyat  kodeksining  277-moddasi,  3-qismi,  «g»  bandi  bilan 
qamrab  olinadi  va  sog‘liqqa  zarar  yetkazganlik  uchun  javobgarlik  ko‘zda  tutilgan  moddalar  bo‘yicha 
qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi. 
Agar  bezorilikni  amalga  oshirish jarayonida jamoat tartibini saqlash  vazifasini  bajarib  turgan  hokimiyat 
vakili  yoki  jamoatchilik  vakiliga  yoxud  bezorilik  harakatlarining  oldini  olish  chorasini  ko‘rgan  boshqa 
fuqarolarga  og‘ir  tan  jarohati  yetkazilsa,  aybdorning  harakatlari  jinoyatlarining  jami  bo‘yicha  Jinoyat 
kodeksining 104-moddasi bilan ham kvalifikatsiya qilinadi. 
 
B. Qonunga xilof ravishda qimorxonalar  
tashkil etish yoki ularni saqlash 
(Jinoyat kodeksining 278-moddasi) 
 
Jinoyatning  obyekti  jamoat  tartibi,  jamoat  xavfsizligi  hisoblanadi.  Obyektiv  tomondan  jinoyat 
qimorxonalar tashkil etish va saqlashda ifodalanadi. 
Qimorxona  –  har  qanday  vaqtda  yoki  belgilangan  soatlarda  pulga,  moddiy  boyliklarga  yoki  boshqa 
manfaatdorlikka  asoslangan  har  qanday  o‘yin  o‘tkazishga  mo‘ljallangan  xona  demakdir.  Qimorxona  deb 
topishning  zaruriy  belgisi  unga  doimiy  ravishda  ma’lum  bir  maqsad  yuzasidan  shaxslar  to‘dasi  tomonidan 
tashrif buyurilishi, shuningdek, qimorxonaning doimiy faoliyat yuritishidir. 
Qimorxonani  tashkil  etish  deganda,  qimorxona  uchun  xona  izlash,  uni  zarur  ashyolar  (mebellar,  o‘yin 
asboblari) bilan jihozlash, mijozlarga xizmat ko‘rsatadigan shaxslarni qidirish kabi harakatlar tushuniladi. 
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun uning maqsadi va 
motivi ahamiyatga ega emas. Jinoyatning subyekti faqat qimorxonalarning tashkilotchilari yoki saqlovchilari 
bo‘lishi mumkin. 
Qimorxonaning mijozlari mazkur jinoyatning subyektlari bo‘lishi mumkin emas. 
 


 
 
1. Bezorilik nima? 
2. Jamoat tartibi deganda nima tushuniladi? 
3. Jinoiy javobgarlikka tortiluvchi bezorilikning mayda bezorilikdan farqi. 
4. Bezorilik uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarni ko‘rsating. 
5. Sovuq va o‘qotar qurollarga nimalar kiradi? 
6. Qimorxonaga ta’rif bering. 
7. Qimorxonalar tashkil etish deganda nima tushuniladi? 
8. Qimorxona saqlash deganda nima tushuniladi? 
7-bob. HARBIY XIZMAТNI O‘ТASH ТARТIBIGA QARSHI JINOYAТLAR 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish