O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

B. Dezertirlik 


(Jinoyat kodeksining 288-moddasi) 
 
Jinoyatning  obyekti  belgilangan  harbiy  xizmatni  o‘tash  tartibi  hisoblanadi. Jinoyat  obyektiv  tomonidan 
harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan 
tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslikda namoyon bo‘ladi. 
Тahlil etilayotgan qilmish davomli jinoyat hisoblanadi. Jinoyat dezertir ushlangan yoki o‘z xohishi bilan 
kelgan  paytdan  tugallangan  hisoblanadi.  Aybdor  harbiy  qismda  yoki  xizmat  joyida  bo‘lmagan  vaqt 
jinoyatning kvalifikatsiya qilinishi uchun ahamiyatga ega emas. 
Subyektiv  tomondan  jinoyat  qasddan  sodir  etiladi.  Jinoyat  subyektiv  tomonining  zaruriy  belgisi  xizmat 
joyini yoki harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish maqsadidir. 
Harbiy  qismni  yoki  xizmat  joyini  tashlab  ketish,  shuningdek,  xizmat  joyiga  vaqtida  yetib  kelmaslik 
harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida sodir etilgan bo‘lishi lozim. 288-moddaning 1-qismida 
ko‘zda tutilgan jinoyatning subyekti muddatli harbiy xizmatchisi bo‘lishi mumkin. 
Ushbu  moddaning  2-qismida  ofitserlar  tarkibidan  bo‘lgan  shaxs,  praporshik,  michman  yoki  harbiy 
xizmatni  kontrakt  (shartnoma)  bo‘yicha  o‘tayotgan  harbiy  xizmatchilar  tomonidan  sodir  etilgan  dezertirlik 
uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan. 
 
D. O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash 
(Jinoyat kodeksining 290-moddasi) 
 
Jinoyatning obyekti harbiy xizmatni o‘tashning belgilangan tartibidir. Obyektiv tomondan jinoyat harbiy 
xizmatchining o‘zining biror a’zosini mayib qilishida, ya’ni o‘z badaniga biron shikast yetkazish yo‘li bilan, 
shuningdek, o‘zini yolg‘ondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yo‘li bilan 
harbiy xizmatni bajarishdan (o‘tashdan) bo‘yin tovlashi, uni bajarishdan bosh tortishida ifodalanadi. 
Bu jinoyatni sodir qilishning birinchi usuli – harbiy xizmatdan o‘zining biron a’zosini mayib qilish, ya’ni 
harbiy  xizmatni  o‘tayotgan  shaxs  tomonidan  o‘z  sog‘lig‘iga  harbiy  xizmatni  o‘tashga  to‘sqinlik  qiladigan 
darajada  zarar  yetkazishdir.  Sog‘liqqa  zarar  yetkazish  usullari  turlicha  bo‘lishi  mumkin  (qurolni,  boshqa 
predmetlarni ishlatish yo‘li bilan va boshqalar), biroq, bu jinoyatni kvalifikatsiyalash uchun ahamiyatli emas. 
Harbiy  xizmatdan  bo‘yin  tovlashning  ikkinchi  usuli  yolg‘ondakam  kasallikni  ro‘kach  qilishdir. 
Yolg‘ondakam  kasallikni  ro‘kach  qilish  deganda,  tibbiy  komissiyani  harbiy  xizmatni  o‘tashi  kerak  bo‘lgan 
shaxsda xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan qandaydir kasallik mavjudligi borasida aldashning har qanday 
yo‘llari, o‘zini yolg‘ondakam ko‘r, kar yoki ruhiy kasal qilib ko‘rsatish va h.k. tushuniladi.  
Harbiy  xizmatdan  bo‘yin  tovlashning  uchinchi  usuli  hujjatlarni  qalbakilashtirish  yo‘li  bilan  amalga 
oshiriladi.  Hujjatlarni  qalbakilashtirish  deganda,  hujjatlarni  qalbakilashtirish  yoki  tegishli  komissiyalarga 
harbiy  xizmatdan  ozod  qilishga  asos  bo‘ladigan  soxta  hujjatlarni  taqdim  etish  tushuniladi.  Masalan,  kasal 
ekanlik yoki harbiy xizmatdan ozod qilishga asos bo‘ladigan boshqa holatlar to‘g‘risida soxta ma’lumotnoma 
taqdim etish bunga misol bo‘la oladi.  
Boshqacha  yo‘l  bilan  aldash  deganda,  harbiy  xizmatdan  ozod  qilish  vakolatiga  ega  bo‘lgan  tegishli 
idoralarni chalg‘itish uchun qo‘llangan har qanday usullarni tushunish lozim.  
Harbiy xizmat vazifalarini o‘tashdan bosh tortish deganda, biron-bir qonuniy asoslarga ega bo‘lmasdan 
harbiy xizmatni o‘tashdan og‘zaki yoki yozma shaklda bevosita bosh tortish tushuniladi.  
Harbiy  xizmatni  o‘tashdan  bosh  tortish  formal  tarkibli  jinoyat  bo‘lib,  harbiy  xizmatchi  o‘zining  biron 
a’zosini mayib qilgan, ya’ni o‘z badaniga biron yo‘l bilan shikast yetkazgan, shuningdek, o‘zini yolg‘ondan 
kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirgan yoki boshqa yo‘l bilan aldab harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan 
yoki bu xizmatni bajarishdan bosh tortgan paytdan tugallangan hisoblanadi.  
Subyektiv  tomondan jinoyat  qasddan  sodir  etiladi.  Maqsad  –  harbiy  xizmatni  o‘tashdan  bosh  tortishdir. 
Jinoyatning subyekti harbiy xizmatni o‘tashi kerak bo‘lgan yoki o‘tayotgan shaxsdir.  
Тahlil etilayotgan moddaning 2-qismida jangovar vaziyatda sodir etilgan harbiy xizmatni o‘tashdan bosh 
tortganlik uchun javobgarlik belgilangan. 
 
 


 
1. Ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxs, praporshik, michman yoki harbiy xizmatni shartnoma bo‘yicha o‘tayotgan shaxslarni jinoiy 
javobgarlikka tortish shartlarining muddatli harbiy xizmatchilarni jinoiy javobgarlikka tortish shartlaridan farqi. 
2. Dezertirlik nima? Uning qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishdan farqi nimada? 
3.  O‘zining  biron  a’zosini  mayib  qilish  yo‘li  bilan  harbiy  xizmatdan  bo‘yin  tovlash  deganda  nimani  tushunasiz?  Uni  sodir 
etishning qanday usullari bor? Boshqa usulda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashga nimalar kiradi? 
4.  Jangovar vaziyat deganda nima tushuniladi? 
5.  Qorovul xizmati o‘tash qoidalarini buzishga nimalar kiradi? Ushbu jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning asosiy shartlari. 
6.  Jinoyat kodeksining 291-moddasida nazarda tutilgan zararli oqibatlar jumlasiga nimalar kiradi? 
7.  Ichki  xizmatni  o‘tash  yoki  garnizonda  patrullik  qilish qoidalarini buzishning qanday  usullari bor? Jinoyat  kodeksining  292-
moddasidagi zararli oqibatlar, deganda nimalar nazarda tutiladi? 
8.  Jangovar navbatchilikni o‘tash qoidalarini buzish nimalarda namoyon bo‘ladi? 
9.  Chegara  xizmatini  o‘tash  qoidalarini  buzish,  deganda  nimani  tushunasiz?  Ushbu  qilimishning  sodir  etilishi  qanday  og‘ir 
oqibatlarga olib kelishi mumkin? 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish