O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Галузо П.Г.
Туркестан — колония. Очерк истории Туркестана от завоева­
ния русскими до революции 1917 года. М., 1929.
12
www.ziyouz.com kutubxonasi


taraqqiyot va inkishof y o iig a to ‘siq b o iib kelgan bu g ‘ovni ortiq 
kutmay oradan ko‘tarmoq lozim. Bizning butun umidimiz kelajakda 
ham qo‘shni b o ia ja k Rossiyada Turkistonning mustaqillikka eri- 
shishiga imkon beradigan va u mustaqil bo ig and an so‘ng ruslaming 
taaddi va tajovuzlariga m one’ b o ia oladigan bir vaziyatning vu­
judga kelishidir. Rossiyada qanday idora usuli b o iishidan qat’iy 
nazar, mustaqilligimizni haqiqatda ham tanigan ruslarga qarshi bir 
yomon fikrimiz boim asligi tabiiydir. Bizning bugungi tavajjuhimiz, 
avvalo, o ‘zimizga, so‘ng boshqa g ‘ayri rus millatlaming bu y o id a
sobit va q uw atli boim oqlariga qaratilgandir. Biz ular bilan birgamiz 
va mushtarak g ‘oyamizning amalga oshishida hamkorlarimiz bilan 
birgalikda kurashamiz»'.
Xorijga ketishga majbur b o ig a n Ahmad 3akiy Validiy Rossiya 
siyosatini ro‘y-rost va atroflicha tadqiq etadi: «Rusiya Osiyoda g'oyat 
uzoqni ko‘zlovchi siyosat ketidan quvuvchi va bu keng qamrovli 
harakatlari hech qanday chek-chegara bilmagan, hirs va ishtahasi 
esa kun sayin oshib boruvchi imperialistik davlatdir... Rus istilolari, 
yangi-yangi o ik a lam i zabt etmoq va u yerlardagi qavmlami mada- 
niy-iqtisodiy sharoitlar vositasida assimlyasiya qilib, ular hisobiga 
kengayib, ko‘payib, kuchayib bormoq g ‘oyasini k o ‘zda tutadi»2.
Ahmad Zakiy Validiy To‘g ‘on ms podsholigi siyosatini mohiyat 
e ’tibori bilan yanada yuqori pog‘onaga k o ia rib davom ettirayotgan 
sho‘ro Rossiyasi inustamlakachiligining asosiy y o ‘nalishlarini shun­
day belgilaydi:
1. Rus imperializmi bilan kommunizm biri ikkinchisining da- 
vomi b o iib , ulami ikki asos - tamoyil sifatida birlashtirgan Rusiyaga 
tobe millatlarga va butun dunyoga lkkiyuzlama siyosat yuritmoq.
2. Rus millatining jahonga hokim b o iish g ‘oyasini «muqaddas 
ideal» darajasiga ko ia rm o q va bu milliy g ‘oyani amalga oshirmoq 
y o iid a tayyor turuvchi mutaassib va jangovor millat tayyorlamoq.
3. Har qanday vositalar bilan bo isad a, ms nufusini oshirmoq.
4. Ruslami Osiyoning yangidan ishg‘ol qilinajak yerlariga o ‘sha 
lahzadayoq jo ‘nab keta oladigan darajada harakatchan, ayni paytda, 
qo‘nimsiz b o iish in i ta ’min etmoq.
5. Istilo qat’iyatini ta’min etmoq uchun boshqamvdagi oliy 
markaz va diktatorlik sistemasini mukammallashtirmoq.
1 Bugun ham xuddi shu fikrlar alohida dolzarb ahamiyat kasb etib, tadqiqot- 
chi bashoratini tasdiqlamoqda.

Validiy Ahmad Zakiy.
Turkiston masalasi. Berlin, 1924; Rus mustamlaka 
siyosatining mohiyati va maqsadi. Vena, 1929. Bugungi turk eli va Turkiston Yangi 
tarixi. Istanbul, 1981, 2-nashr, professor B. Qosimov tarjima qilgan.
13
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ahmad Zakiy Validiy fikrlari shu tariqa 20-yillar tarixshunosli- 
gidagi tadqiqotchilik saviyasi b o ‘yicha erishilgan to iaq o n li ilmiy 
xulosa boidi.Taniqli olim, m a’rifatparvar va jam oat arboblaridan 
M ahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, C h oipon, M unav­
var qori Abdurashidxonov kabi o ‘zbek xalqining millatparvar fido- 
korlarining 20-yillardagi matbuotda yoritilgan katta-kichik maqola- 
larida Turkistondagi eski va yangi mustamlakachilik hamda istiqlol 
kurashi tarixi yoritilgan va ular ham Turkiston tarixshunosligida o ‘z 
o ‘mini topishi muqarrar. Munavvar qori Abdurashidxonovning 1927 
yil 0 ‘zbekiston madaniyat xodimlari qurultoyida qilgan m a’ruzasi 
Turkistonda chorizm siyosatiga qarshi, istiqlol uchun olib borilgan 
kurash sahifalarini oydinlashtiruvchi nodir manbadir. Uning siyosiy 
idora talabi bilan yozilgan jadidchilik harakati tarixiga bag'ishlan- 
gan uch qismdan iborat xotiralari ham ana shunday qimmatli 
adabiyotlar sirasiga kiradi. Chorizmning mustamlaka istibdodi va 
unga qarshi k o ‘tarilgan milliy-ozodlik harakatlari jadidchi Fozilbek 
Otabek o ‘g ‘lining «Dukchi Eshon voqeasi» kitobida dalillar asosida 
o ‘zining yorqin ifodasini topdi. Bu asarda rus mustabidlarining 
ko‘chiruvchilik siyosati va istibdod zulmi boy dalillar asosida 
yoritilgani e ’tiborga loyiqdir. Fozilbek Otabek o ‘g ‘li XIX asr oxir- 
larida Turkistondagi vaziyatni o ‘sha davr shohidi sifatida ishonarli 
tasvirlagan1. 20-yillar tarixshunosligida birinchi b o iib , 1898 yilgi 
Andijon qo‘zg ‘aloni rahbari Muhammad Ali eshon shaxsi va uning 
faoliyatini bevosita o ‘sha voqealar guvohi sifatida xolis baholab, o ‘z 
fikrlarini zamondoshlar guvohliklari asosida ishonarli tarzda isbot- 
lab bergan2.
20-yillarda shu tariqa chor Rossiyasining zulmiga qarshi qaratil- 
gan inqilobiy va milliy-ozodlik harakatlari xususida turli qarashlar, 
bir-biriga zid g ‘oyalar o ‘rtaga tashlandiki, bu holat tarixiy tafakkur- 
ning rivojlanishi hamda tadqiqotchilik saviyasining koiarilishiga 
qulay zamin yaratdi. Bu davrda ham to ‘g ‘ri va xolisona fikrlar mav­
jud. Unda s h o io tarixshunosligining otasi hisoblangan M.N.Pok- 
rovskiy xizmatini alohida qayd etish kerak. Chor Rossiyasining 
istilochilik qabohatini bir qadar xolis va haqqoniy baholagan Pok­

Fozilbek Otabek o'g'li.
Dukchi Eshon voqeasi. Samarqand - Toshkent, 1927.
2 Bu mavzuga oid dastlabki koiyozm a asarlar XX asr boshlaridayoq yuzaga 
kelgan edi. Bu o'rinda Qo'qon shahri qozisi Muhammad Yunus ibn Muhammad 
Amin Toibning «Tuhfai Toib» (1905), Marg'ilon hokimi devoni kotibi Muhammad 
Aziz ibn Muhammad Rizo Marg'iloniyning «Tarixi Aziziy» (1910) asarlarini 
ko'rsatish mumkin. Mazkur asarlarda 1898 yilgi Andijon qo‘zg‘oloni va uning 
rahbari Dukchi Eshon haqida ma’lumotlar keltirilgan edi.
14
www.ziyouz.com kutubxonasi


rovskiy fikricha, «Moskva imperializmi» XVI asrdan e ’tiboran hukm 
surib kelayotgan bir davrda Yevropadan Osiyogacha b o ig a n buyuk 
suv y o iin in g Qozondan Ashtarxonga qadar b o ig a n janubiy inti- 
hosi zabt etilib, Boltiq dengiziga chiqish uchun uning shimoliy 
nihoyasiga ko‘z tikish boshlangan edi.
M.N.Pokrovskiy rus imperializmining Kavkaz va O 'rta Osiyo- 
da amalga oshirgan tajovuzini 

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish