O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

«jinoyatkorona mustamlakachilik
urushlari», deb ataganda haqli edi. Darvoqe, uning fikricha,
«osiyoliklarning rus nomini eshitganda qaltirashga tushishi
osonlikcha b oim agan va arzonga tushmagan... Butun-butun
qish-loqlar unga yaqin bir joydan topilgan rusning murdasi
uchun tag-tugi bilan yondirib yuborilardi»1.
30-yillarda tarix fanida sosializm qurish bilan b o g iiq masalalar 
yuzasidan boshlangan munozaralarda xolislikdan sinfiylik mezo- 
niga yondoshuvga o‘tish kayfiyati kuchaydi. Turkistondagi sosia- 
listik inqilobning qonuniy jarayon ekanligini asoslashga urinishdek 
soxta maddohlik avj oldi. Tarixan ilmiy halollik o ‘rnini mavjud 
hukmron mafkuraga xizmat qilish istagi egalladi. Tadqiqotchilik 
mohiyatini 
Turkistondagi 
iqtisodiy-ijtimoiy 
voqelikni 
sho‘ro 
mafkurasi nuqtai nazaridan baholash egalladi. 1917 yilgi «Oktyabr 
inqilobi»ning tarixan muqarrar jarayon ekanligini isbotlash asosiy 
ilmiy mezon b o iib hisoblanib qoldi. Tarixiy kechmish ham shu 
nuqtai nazardan tahlil qilindi. 20-yillar tarixshunosligida jiddiy 
asarlari bilan tanilgan V.Lavrentev Turkiston iqtisodiyotida mavjud 
kapitalistik munosabatlarga yengil-elpi, shunchaki yuzaki baho 
berdi. U hatto o'rtahol dehqonlar xo‘jaligida ham «kapitalistik 
korxonalami» ko‘rdi. Lavrentev fikricha, 0 ‘rta Osiyoning Rossiya 
tomonidan bosib olinishi mutlaq ijobiy voqea b o iib , u Turkiston 
o ik a sid a tubdan o ‘zgarish yasagan va u «Oktyabr inqilobi» uchun 
yetarli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy zamin yaratgan. V.Lavrentyev1 
g ‘oyasini L.Rezsov2, F.Karpich’ va boshqalar ham tasdiqlab, chorizm 
mustamlakachilik siyosatini xaspo‘shlab o ‘tishga harakat qildilar. 
Shu tariqa 30-yillardagi tarixiy adabiyotda bir toifa tadqiqotchilar 
«Oktyabr inqilobi»ning bosh sababchisi chorizmning milliy zulmi, 
mustamlaka istibdodi deb hisobladilar. Ikkinchi toifadagi tarixchilar 
esa buni inkor etib, ijtimoiy zulmni birinchi o ‘ringa chiqardilar. Yana

Лаврентьев Б.
Капитализм в Туркестане. Ташкент, 1929
2 Резцов Л.
Октябрь в Туркестане. Ташкент, 1929.
' Карпич Ф.
К истории завоевания Туркестана Российским капитализмом 
«Туркменоведение», № 8, 9,10,11, 1929.
15
www.ziyouz.com kutubxonasi


bir guruh tadqiqotchilar esa inqilob uchun Turkistonda yetarli sharoit 
b o im ag an deb uqtirishdi.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi sobiq Sovet Ittifoqidagi 
milliy respublikalarda vatanparvarlik to iq in in i yuzaga chiqardi. 
Urushdan keyingi dastlabki yillarda qardoshlik, jipslik tuyg‘usi ilm- 
fanda, shu jumladan, tarixga doir asarlarda ham aks eta boshladi. 
Yagona vatan tushunchasidan kelib chiqilgan holda, nisbatan xolis 
tadqiqotlar yuzaga keldi. Bu yillarda chorizm mustamlakachilik 
zulmini ochib tashlash va milliy-ozodlik harakatlarini ro ‘y-rost 
yoritish imkoniyati tu g ild i. Natijada bir qator jiddiy tadqiqotlar 
yuzaga keldi.
Shu tariqa ikkinchi davr adabiyotida chorizmning mustamlaka 
siyosati va istiqlol uchun kurash mavzusi m a iu m darajada o‘z aksini 
topdi. Ammo 50-yillarda qayta boshlangan siyosiy qatag‘on bunday 
ijobiy jarayonni bo‘g ‘ib tashladi.
K o‘zda tutilayotgan uchinchi davr (50-yillardan 80-yillar 
birinchi yarmiga qadar) adabiyotida tarixni soxtalashtirish va buzib 
talqin etish sohasida o ‘ziga xos poyga avj oldi. Binobarin, Turkiston 
o ‘lkasida b o iib o ‘tgan barcha milliy-ozodlik harakatlari haqida 
ijobiy fikr bildirish u yoqda tursin, bor haqiqatni yozish g o ‘yo rus 
xalqiga qaratilgan millatchilik harakati sifatida baholanar edi. 
Oqibatda ish shu darajaga borib yetdiki, XIX asr ikkinchi yarmidagi 
milliy-ozodlik kurashlariga munosabat bildirish «ulug‘ rus xalqi bilan 
b o ig a n do‘stlikka rahna solish» sifatida siyosiy xatoga yo‘nildi. 
M asalaning bu tarzda gazaklashi «ulug‘ og‘a» vakillarining ayrim 
vijdonli, halol olimlarida xijolat tuyg‘usini uyg‘otmay qolmadi. 
1954 yilda 0 ‘rta Osiyo va Q o zogiston tarixiga bagishlangan ilmiy 
sessiyada A.I.Sidorov aytgan quyidagi gaplar diqqatga loyiqdir: 
« 0 ‘rta Osiyoning o ‘zbek, qozoq, q irg iz , turkman, tojik va boshqa 
xalqlarining turli shakldagi g ‘alayonlari, bu xalqlaming mustamlaka 
istibdodiga qarshi kurashini ilg‘or harakat deb baholanmasligi - bu, 
demak, xalq ommasining tarixiy voqeliqdagi ijobiy xizmatini inkor 
qilinishidir. Unda tarixda nima ijobiy holat hisoblanadi? Millionlab 
xalq ommasini qonga botirgan podshohlikning mustamlaka idorasimi? 
Yoxud bu istibdodga qarshi kurashmi?»1.
Biroq, adolat nuqtai nazaridan, tarixiy vaziyat va kommunistik 
mafkura tazyiqini hisobga olgan holda aytiladigan b o is a , fikr 
yuritilayotgan davming 70—80-yillari boshlarida bir qancha ilmiy-
1 Материалы научной сессии, посвяшенной истории Средней Азии 
и Казахстана в дооктябрьский период. Ташкент, 1955, стр. 576.
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


tarixiy asarlar yaratildiki, ulaming ilmiy ahamiyatini pasaytirish 
nojoizdir. Turgan gapki, bu xildagi tadqiqotlarda tarixga xolisona 
yondoshish bobida, birinchi galda, Rossiya saltanatining 0 ‘rta 
Osiyodagi mustamlakachilik siyosatiga ilmiy baho berishdagi chek- 
lanish o ‘sha davr m hi bilan izohlanadigan asosiy qusurlar edi.
Sho‘ro davlati o ‘zini n ech og iik qudratli hisoblamasin, u ichdan 
chirib tugayotgan edi. Ayniqsa, 80-yillar ikkinchi yarimlari jahon 
afkor ommasi oldida qizil saltanatning qadam-baqadam fosh b o iish
yillari sifatida tarixga kirdi. «Qayta qurish» siyosati tizgini tobora 
q o id a n chiqib borayotgan saltanat otini qamchilashga behuda so‘ng- 
gi urinish edi. 1985 yildan so‘ng matbuotda, ilm-fanda oshkoralik 
to iq in i tufayli, tarixshunoslikda erkin fikrlash, xolis ilmiy xulosalami 
o ‘rtaga tashlash imkoniyatini yaratdi.Mavzu tarixshunosligining 
to ‘rtinchi davri 80-yillar ikkinchi yarimlaridan to hozirgi kunlarga 
qadar bo‘lgan muddatni o ‘z ichiga oladi. Garchand bu davr tarixan 
juda qisqa muddatni qamrasa-da, vujudga kelgan adabiyotlar mo- 
hiyat va mundarija e ’tibori bilan g ‘oyat salmoqli ekanligini ta’kid- 
lashga to ‘g ‘ri keladi1.
' Jalilov O.
XIX-XX asr boshlaridagi Qoraqlpoq tarixidan. Т., «Fan», 1986; 
Vekselmon M.I. 0 ‘rta Osiyo Rossiya monopoliyasi va xorijiy kapital (XIX asming 
ikkinchi yarmi - XX asr boshlari) Т., 1987; Sodiqov H. Rossiya xizmatidagi 
beklar. «Fan va turmush», 1988, № 11; История и историография национально- 
освободительных движений второй половины XIX-начало XX вв. Средней 
Азии и Казахстана, Т., 1989; Sodiqov Н. Turkiston uch inqilob davrida. «Fan va 
turmush», 1990, № 3; Бобобеков X.H. Народные движения в Кокандском хан­
стве и их социально-экономические и политические предпосылки. Т., 1990; 
Бабаджанов Б.М. Кокандское ханство: власть, политика, религия. Токио- 
Ташкент. 2010. Vamberi Xermon. Buxoro yohud Movaraunnahr tarixi. Т., 1990; 
Ginzburg A.I. Русское население в Туркестане. М., 1991; Гулямов Х.Г. Из 
истории дипломатических отношений России с Бухарским ханством XVIII в. 
Т., «Fan», 1992; Qoismov В. Ismoilbek Gaspirali. Т., 1992; Xanskiy М. Tur­
kiston bosqini. Т., «Nur», 1992; Tureev A.X. XIX asr oxiri - XX asr boshida 
Qoraqalpog'istondagi dehqonlar harakati. Nukus, 1991; Haydarov H. Jizzax 
tarixidan lavhalaryu Т., «Mehnat», 1992; Shamsutdinov R. Jadidchilik: haqiqiy va 
uydirma. «M a’naviyat», 1991, № 11-12; Azizxo'jaev A. Davlatchilik va ma’na­
viyat. Т., «Sharq», 1992; 0 ‘zbekiston tarixini o‘rganish va o'qitishning dolzarb 
masalalari. Т., « 0 ‘zbekiston», 1993; Абдурахимова H.A. Колониальная систе­
ма власти в Туркестане. Дисс. на соиск. уч. ст. доктора ист. наук, 1994; Sodi­
qov Н. XX asr boshlarida Turkistonda chorizmning mustamlakachilik siyosati va 
istiqlol uchun kurash. Doktorlik dissertasiyasi. Т., 1994; Karimov Sh., Shamsut­
dinov R. Turkiston Rusiya bosqini davrida. Andijon, «Meros», 1995; Исхаков Ф. 
Национальная политика чоризма в Туркестане (1867-1917. Т., 1997; Kari­
mov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi. Т., «Sharq», l'997rO‘zbekistontarrxr-yangi 
nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar. Tj; 1998; Ahftradjohov fl.
 
1
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mustaqillik, shubhasiz, olamshumul tarixiy ahamiyatga ega b o i ­
gan siyosiy voqea b o id i. K o‘pgina qalam ahli, muarrixlar, olimlar 
va ijtimoiy fanlar sohiblari sodir b o ig a n voqea ahamiyatini teran 
anglab yetdilar, lekin bu buyuk o ‘zgarish mohiyatini d a f atan ilg‘ab 
ololmagan tarixnavislar ham b o id i. Qolaversa, oim ish n i qo‘msash 
vasvasasi ham bu yillarda yozilgan ayrim asarlar sahifalarida aks 
etmay qolmadi.
Shu tariqa, tarixshunoslikka doir asarlarning to ‘rtinchi davriga 
oid bu bosqichida uch holat, uch xil jarayon va qarashlar mavjudligi 
ko‘zga tashlanadi.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish