O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

M U A L L I F L A R D A N
M odom iki, о

tarixini bilgan, undan ruhiy quv-
vat oladigan x a lq n i y en g ib bo ‘Imas ekan, biz
tarixim izni tiklashim iz, xalqim izni, m illatim izni ana
shu tarix bilan qurollantirishim iz zarur. Tarix bilan
qurollantirish, y a n a bir bor qurollantirish zarur.
Islom Karimov
* * *
Rim tarixchisi Pompey Trog ta ’biricha, tarixining qadimiyligi 
jihatidan ko‘hna M isr bilan bellasha oluvchi umumjahon tamadduni- 
ning tarkibiy qismi, Turon, Movarounnahr, Chig'atoy ulusi, Turkiston 
deb turli asrlarda turfa nomlar bilan atalgan diyorimiz osmonini qora 
bulutlar qoplagan yillar k o ‘p b o ‘lgan. Bu o ‘lkaga hasad va tajovuz 
ko ‘zi bilan qaragan, mardona xalqini qul, tabiiy zahiralarini o ‘ziniki 
qilishga jon-jahdi bilan intilgan bosqinchilar son-sanoqsiz edi.
Biroq, hamma zamonlarda ham yovga qarshi xalqimizning 
vatanparvar yoiboshchilari, millat qahramonlari ozodlik yalovini 
baland ko‘targanlar, or-nomus, o'zlikni saqlash uchun kurashganlar. 
Pirovard natijada, dushmanlar qoldirgan kultepalar ustida obod 
qishloqlar va shaharlar tiklaganlar.
«Avesto» vujudga kelgan zamonlardayoq o ‘z tarixiy davlat- 
chiligiga ega bo‘lgan Turkistonni oq va qizil saltanatning 130 yil 
davom etgan hukmronligi istibdodga chulg‘ab, mustamlaka va 
m ute’ga aylantirgan edi.
Z o‘ravonlik bilan ushlab turilgan qizil saltanat tuzumi chor 
Rossiyasi o ‘matgan mustamlakachilik siyosatining izchil davomi, 
milliy o ik a lam i ezish va talash, madaniyati va m a’naviyatini oyoq 
osti qilishning takomillashgan shakli ekanligini yurtimizning fidoyi 
davlat arboblari, olimlar, shoir va adiblar teran fahmlar edi.
Sobiq sho‘ro saltanati yillarida eng qadimgi davrlardan to 
XIX asr ikkinchi yarmiga qadar boMgan tariximiz soxtalashtirildi. 
Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda: « 0 ‘zbekistonning, o ‘zbek
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


xalqining bugun keng ommaga yetkazishga arziydigan haqqoniy 
tarixi yaratildimi - yo'qm i? Sovet davrida yozilgan tarixni men 
tarix sanamayman. 0 ‘zgalar yozib bergan tarixni o ‘qitishga mutlaqo 
qarshiman. Mustamlakachi o ‘ziga qaram bo‘lgan xalq haqida qachon 
xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch-g‘ayratlarini Turkiston­
ning o ‘tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga 
sarflaganlar. Tarixdan judo b o iish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. 
Inson uchun tarixidan judo b o iish - hayotdan judo b o iis h demak- 
dir»1, - deb juda o ‘rinli uqtirgan edilar.
XIX asming ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida chor Ros­
siyasi hukmronligi davrida Turkistonda istibdodga va xalqni ezishga 
asoslangan siyosat hukm surdi. Mahalliy aholini xo‘rlash va qata- 
g ‘on etish oktyabr to ‘ntarishi tufayli hokimiyatga kelgan sho‘ro 
saltanati davrida yanada kuchayib, eng yuqori pog‘onaga koiarildi. 
Shu tariqa, Turkistonda mustaqil davlatchilikni poymol etgan, 
til, madaniyat, urf-odatlar, milliy qadriyatlami oyoq osti qilgan 
mustabidlik tuzumi 130 yil umr ko‘rdi.
Yaqin va o ‘tmish tarix bugungi kun va kelajak uchun ibrat 
darsligidir. Darvoqe, «vatan, millat taqdiri hal bo iadigan qaltis 
vaziyatlarda to ‘g ‘ri yo ‘lni tanlay olish uchun, avvalo, tarixni va 
hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak ekan. Tarix insonning 
ko‘zini ochar ekan. Shunda ko‘p xatolaming oldini olish mumkin 
bo‘lar ekan» 2.
Endiliqda, 0 ‘zbekiston mustaqil davlat sifatida kurrai zaminda 
qad rostlaganining o ‘n to‘qqiz yilini kechirayotgan damlarda kechagi 
kunga nazar tashlash, so‘nggi mustamlakachilik asoratini o ‘rganish 
ijtimoiy-siyosiy va m a’naviy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chunki, millatni asrash uchun uning haqiqiy tarixini o ‘rganish, 
avaylab himoya qilish kerak boMadi.
Chor Rossiyasi, shuningdek, mazlum xalqlami ezish va xunrezlik 
qilishda uning davomchisi b o ig a n sobiq sho‘ro saltanati yillarida 
mustamlaka respublikalar, xususan, 0 ‘zbekiston ittifoqning xom 
ashyo manbaiga aylantirilgan edi. Mustaqillikning ilk qadamlaridanoq 
o ik a boyliklarini bu yanglig‘ ommaviy talon qilish oqibatlariga 
chek qo‘yishga va umuman, qizil saltanat qoldirgan illatlardan 
qutilishga kirishildi. Xalqimiz o ‘zligini teran anglayotgan, qadriyatlar 
tiklanayotgan, ozod, hur davlatni mustahkamlash uchun mashaqqatli

Karimov I.
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Т.: « 0 ‘zbekiston», 1999, 10-bet.
2Karimov 1. O 'z
kelajagimizni o 'z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz. «Turkiston» 
gazetasi muxbirining savollariga javoblar. Т.: 0 ‘zbekiston, 1999, 4-bet.
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


bunyodkorlik, yaratuvchilik ishlari keng k o ia m d a olib borilayotgan 
shu kunlarda 0 ‘zbekiston yangi tarixini yaratish zaruriyatini 
hayot taqozo etayotir. Zero, Prezident I.A. Karimov haqli ravishda 
0 ‘zbekistonga, uning yeri, tabiatiga, bu yerda yashayotgan xalq- 
larga muhabbat, o ‘lkaning tarixi, madaniyati, an’analarini teran bilib 
olishga intilish, respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, 
xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg‘urish ko‘p 
millatli o ‘zbek jamiyatining muhim jisplashtiruvchi asosi deb ta ’- 
kidladi. Istiqlol y o iin i tanlagan, murakkab davr va murakkab sha- 
roitda bu y o id a n qat’iyat bilan olg‘a borayotgan 0 ‘zbekistonning 
yaqin kelajakda buyuk davlat b o iish i uchun uzoq davom etgan 
mustamlaka siyosati hosil etgan girdobdan chiqib olishi zarurli- 
gini bir necha bor uqtirgani bejiz emas. Buning uchun rus mus- 
tamlakachiligining tabiatini, uning uzoqni k o ‘zlagan istibdodi 
mohiyatini, bir so‘z bilan aytganda, tarixini o ig an ish , xulosalarga 
kelish taqozo etiladi.
Aytish joizki, 130 yil davomida q attiqqoilik bilan hayotga tat- 
biq etilgan mustamlakachilikning m ash’um tamoyillari qoldirgan 
asoratni bugungi kunda 0 ‘zbekistonning hamma jabhasida: iqtiso­
diy ot va madaniyatda, ilm-fan va maorifda, qishloq x o ‘jaligi va 
sanoatda kuzatish mumkin.
Biz yaqin kechmishdagi tarixiy haqiqatni u qanday b o is a , shu 
holda tiklash va gavdalantirishdek ezgu va olijanob maqsadni o ‘z 
oldimizga qo‘yganmiz. Tarixiy haqiqat shundaki, Rossiya impe- 
riyasining sobiq mustamlakasi b o ig a n , endilikda esa suveren davlatga 
aylangan 0 ‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasi bilan 
do‘stona teng, o ‘zaro hurmat asosida davom etib kelayotgan aloqa- 
larini mustahkamlashda u ikki tomonlama saboq va ibrat vazifasini 
o ‘tashi lozim b o ia d i.
G ‘oyat murakkab kechgan istilo jarayonini tarixan xolis va ilmiy 
yoritishda asosan ikki manbaga: rus zobitlari va harbiy mundir kiygan 
olimlarining esdalik, xotira hamda ilmiy asarlariga, shuningdek, 
istilo davrida yashagan, shu voqealarga shohid b o ig a n mahalliy 
muarrixlaming qo iy o zm a kitoblariga tayanildi.
Kitobda chor Rossiyasi istilosiga, uning mustamlaka zulmiga 
qarshi qalbda Vatan tuyg‘usi, q o id a qurol bilan hayot-mamot 
jangi olib borgan milliy qahramonlarimiz faoliyati yangicha talqin 
etilgan. 0 ‘lkada asr boshlarida yuz bergan ozodlik kurashlari tarixini 
mukammal tahlil etish esa 0 ‘zbekistonning 1991 yil 31 avgustda 
erishgan mustaqilligi shunchaki osonlik bilan amalga oshgan 
n e’mat boim ay, aksincha, chuqur tarixiy zaminga asoslanganligini
www.ziyouz.com kutubxonasi


yaqqol ko‘rsatib beradi. Qolaversa, chor Rossiyasi saltanatining 
mustamlakachilik tizimi va istibdodini tarixan ilmiy va xolis yoritish 
0 ‘zbekistonda Mustaqillik milliy mafkurasini yaratishdek salmoqli 
vazifani bajarishda ham o ‘ziga xos o ‘rin tutishi tabiiy.
Respublika Prezidenti, 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining 
haqiqiy a ’zosi I.A.Karimov 1991 yildayoq SSSRning parchalanib 
ketishi va o ‘zbek xalqining mustaqillikni qo‘lga kiritishi tasodifiy 
hodisa bo ‘lmasdan, uning chuqur tarixiy zaminga ega ekanligini 
asoslab berdi. Sho‘ro saltanati halokati yuz bergan paytda 0 ‘zbe- 
kiston hukumati mustaqillik bayrog'ini dadil ko‘targanida ana 
shu zaminga suyangani, xalqimiz 130 yildan beri chor Rossiyasi 
saltanatiga va sho‘ro tuzumiga bo‘lgan norozilikning poyoniga 
yetganini tushunganligi uchun milliy davlatchiligimizning qayta 
tiklanishi nisbatan yengil ko‘chganligi ravshan.
Turkiston o ‘lkasining chor Rossiyasi mustamlakachiligi va 
sho‘ro hukmronligi davrida kechgan mazlumona hayoti tarixiy-ilmiy 
adabiyotlarda, qay nuqtai nazardan boTmasin, har holda, nisbatan 
to ‘laroq ifoda etilgan deyish mumkin. Bu adabiyotlami mazmun va 
mohiyat e ’tibori bilan to ‘rt davrga ajratish to ‘g ‘ri b o ‘ladi. 

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish