Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi



Download 1 Mb.
bet1/2
Sana05.06.2022
Hajmi1 Mb.
#637875
  1   2
Bog'liq
Kurs ishi 3.85

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI

VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI


ZOOINJENERIYA FAKULTETI
ZOOINJENERIYA (BALIQCHILIK) YOʻNALISHI
3-85 GURUH TALABASI AXMATQULOV ISROIL

KURS ISH


Mavzu: Hovuzda 80 tonna hajmdagi tovar karpni yetishtirish.

TOSHKENT-2022


Mundarija
KIRISH
1.Hovuz baliqchiligini tasnifi.........................................................................4-6
2. Hovuzlarni baliq talab va ehtiyoji mos ravishda
tashkil etish....................................................................................................6-9
3. Hovuzlarni turlari ularning vazifalari va tuzilishi......................................9-12
4. Karp baliq haqida maʼlumot......................................................................12-13
5. Hovuzlarda 80 tonna tovar karp baliqini
yetishtirishni usullari.....................................................................................13-18
XULOSA.......................................................................................................19
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..........................................................................................20

KIRISH
Baliqlar odamlarning salomatligi uchun eng foydali mahsulotlar ichida yetakchi oʻrinlarda turadishung uchun odam organizmiga eng qimmatli ozuqa mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Odam organizmi uchun kerakli boʻlgan ozuq moddalarni koʻpi turli vitamin hususan bazi bir baliq tarkibidagi Omega 3 yog 'kislotalari Ko'p to'yinmagan yog'lar baliq yog'ining miyasi va aqliy salomatligining aksariyat qismi uchun javobgardir. Odam organizmi uchun yillik baliq istemoli oʻrtach 12 kg tashkil qiladi. Afsuski, O'zbekistonda baliq iste'mol qilish darajasi ancha past. bo'lib, bir yil da kishi boshiga atiga 4 kg ni tashkil qildi, vaholanki, ushbu ko'rsatkich jahon darajsida yiliga 18-21 kg teng.Mamlakatimiz yer sharodagi eng katta qit'aning markazida, ya'ni baliqning asosiy sug'orishga sariflanadi. Tabiiy suv havzalarimizda qancha baliq ovlanadi? bir yilda 6 mingdan 15 ming tonnagacha bo'lishi mumkin. Aholining to'laqonli ovqatlanishni ta'minlash yoki baliq iste'mol qilishinig o'rtachasi jahon. darajasiga yetish uchun qancha baliq kerak bo'ladi? Yiliga 400 ming tonnadan ortiq! Bu borada juda istiqbolli yo'nalishlari bor baliqni sun'iy sharoitida yetishtirish. Bu akvakultura yetishtirish /baliqchilar baliq mahsulotlari miqdorini oshirishga qaratilgan turli sun'iy choralarini amalga oshirilgan holda baliq yetishtirish. O'zbekistonda ayrim baliqchilik asosida baliq yetishtirish manbasi aylangan. Bugungi kunda respublikamizda bir oyda taxminan 35-40 ming tonna baliq yetishtirladi.
Yurtimizda oxirgi yillarda baliq va baliq mahsulotlarini yetishtirish uchun boʻlayotgan etibor oʻlaroq baliq va baliq mahsulotlari uchun aholi tomonidan istemolga boʻlgan talab ham ortib bormoqda shuning uchun baliqchilikni rivojlantirish yoʻlida turli xil ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda va xorij tajribalari oʻrganilib uning ustida qayta ishlar olib borilib iqlimlashtirilmoqda shu oʻrinda biz yosh baliqchi mutaxassislar yunalishimiz boʻyicha ilmiy, amaliy koʻnikmalarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyib hozirgi zamon talab va sharoitlaridan kelib chiqib hovuz, basseyn, YSTQ, sadok kabi yoʻnalishlarda baliqlarni Intensiv ravishda yetishtirishimiz zarurdir.
1. HOVUZ BALIQCHILIK XOʻJALIGI — baliqlarni hovuzlarda (sunʼiy havzalarda) urchitish, boqish, tabiiy suv havzalari uchun baliq chavoqlari hamda xalq isteʼmoli uchun tovar baliq yetkazib berish bilan shu-gʻullanadigan xoʻjalik. O’rta Osiyoning turli hududida joylashgan balqichilik hovuzlarining ekologik muhiti bir-biridan ma’lum omillari (suvning tiniqlik darajasi, sho’rligi, harorati o’g’itlanishi va boshq) bilan farqlanadi va shu omillar hovuzlaridagi gidrobiontlarning turlar tarkibi, miqdori va ularni mahsulotiga sezilarli darajada ta’sir qiladi.Sun'iy suv havzalarida baliq yetishtirish nafaqat zavq olish, balki foyda keltirdi, butun jarayonni mas'uliyatli tarzda tashkil qilish kerak. Bu oson ish emas. Hatto kichik bir hovuz juda ko'p vaqt va harakat talab qiladi, lekin har bir narsa mumkin. Shu munosabat bilan to'g'ri yondashuv zarur. Baliq etishtirish uchun sun'iy suv havzasi maqbul joyga joylashtirilishi va mos hajmda bo'lishi kerak. Avvalo bunda hovuzni doimiy suv bilan taʼminlash hamda suvni chiqishini nazorat qilib turishni mumkin boʻlgan joylar hamda iloji boricha katta yoʻllar (magistral) yoqasiga hovzani qurish tavsiya etilmaydi chunki baliqlarni yaxshi usib rivojlanishi uchun muntazam ravishda tinchroq boʻlgani shovqin suronlardan holi boʻlgan hududlarda hovuzlarni barpo etish maqsadida muofiq hamda va aholi doimiy yashash joyidan kamida 300 m masofa uzoqlikda qurilish talab qiladi. Bu talablar avvalo bu shartlar koʻp yillik tajribaga asoslangan holda masul tashkilotlar hamda baliqchilar tomonidan qoʻyiladigan shartlar boʻlib bunda har xil nojoʻya holatlardan holi boʻlish oldini olish (profilaktika) maqsadida qoʻyiladiga talaba va taklif bu zaruriy boʻlgan qoidaga amal qilish har bir boʻlajak baliqchilar oldidagi masʼuliyatdir.
Baliqchilik xoʻjaligining suv havzalarida baliq zaxirasini koʻpaytirish va sifatini yaxshilash bilan shugʻullanuvchi sohasi; baliq oʻstirish tadbirlari (baliqni sunʼiy usulda koʻpaytirish va uni yangi sharoitga oʻrgatish, yangi zot baliqlar yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash)ning biologik asoslarini va asosiy baliq oʻstirish jarayonlari (voyaga yetgan baliqlarni ovlash, baliq tuxumini ochirish, baliq boqish va boshqalar)ning biotexnikasini ishlab chiquvchi fan. B.tabiiy suv havzalari baliqchiligiga va sunʼiy hovuz baliqchiligiga boʻlinadi. Baliqchilik xo‘jaliklari faoliyati hovuz baliqchiligi o‘zining vazifasi va yo‘nalishiga ko‘ra asosan ikki xil, ya’ni iliq suvli va sovuq suvli tipga bo‘linadi. Buning uchun boqiladigan baliqlarni biologik xususiyatlari va ularni suv harorati hamda gidrokimyoviy sharoitlariga munosabati (chidamliligi, mosligi) hisobga o linadi.
Hovuz baliqchiligi o‘zining tashkiliy jarayonlari va maxsulot yetishtirib berish imkoniga ko‘ra to‘la tizimli va noto‘la tizimli bo‘ladi. So‘ngti tizimga asosan baliqchilik pitomniklari va keltirilgan mayda baliqlarni boqish va ustirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar kiradi.Baliqchilik hovuzlari ko’pchilik xo’jaliklarining iqtisodiy rivojlanishining bir yo’nalishi hisoblaniladi. Bunday hovuzlar kanal yoki buloq suvlari bilan to’ldiriladi. Hovuz baliqchiligi xo'jaliklarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish barcha imkoniyat va resurslarni, mahalliy sharoitlari hisobga olgan holda puxta ishlangan va mutaxassislar tomonidan tahlil etilgan loyihalar asosida amalga oshirilishi lozim.Baliqchilik xo'jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni o'z vaqtida yig'ishtirib olish, birlamchi qayta ishlov berish va iste mol uchun savdo tarmoqlariga yetkazish uchun har bir xo'jalik o'zining sharoiti uchun iqtisodiy jihatdan samarador texnika tizimi bilan ta'minlanishi zarur.Hovuz baliqchiligini intensiv rivojlantirish o'z navbatida yangi tashkil etilayotgan baliqchilik xo'jaliklarida (baliqchilik pitomniklari, fermer, yordamchi) innovastion texnologiyalari joriy etish, ularning moddiy, moddiy-texnika bazalarini ishlab chiqarishdagi zaruriy talablar asosida yaratish va rivojlantirishni talab etadi.Hovuz baliqchiligi xo`jaliklarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish barcha imkoniyat va resurslarni, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda puxta ishlangan va mutaxassislar tomonidan tahlil etilgan loyihalar asosida amalga oshirilishi lozim. Shunda olinadiga hosildorlik yanada samarali boʻlishi hamda sogʻlom baliq mahsulotlarini tayyorlash uchun ham muhim asos boʻla oladi.

2. Hovuzlarni baliqni talbi va ehtiyojiga koʻra tashkil etish bunda asosan Karp va boshqa baliqlarning bir mavsumlik chovoqlari keyingi yilning kuzida tovar baliq darajasiga etadi. Ya‟ni oktyabr oyining o„rtalarigacha 2 yillik karp 200-600 g, o„rtacha 350-450 g, oq amur 150-450 g, o„rtacha 300 g, oq do„ngpeshona 400-1300 g, o„rtacha 800 gramm yuk bosadi. Eng tez oʻsish iyul –sentyabr oylarida kuzatiladi.2 yillik baliqlarni granulalangan omuxta yem bilan sun‟iy oziqlantirish mayoktyabr oylarida ertalab (soat 6-7) va kechki payt(soat 3-4) amalga oshiriladi. Suvhavzasining tabiiy ozuqa bazasi baliqlarning rivojlanishida asosiy rol oʻynaydi. 2 yillik karp zooplanktonlar, lichinkalar, har xil hashoratlar, molyuskalar, kamdan kam hollarda yumshoq suv oʻsimliklari bilan oziqlanadi. Tabiiy ozuqalar baliqlarning normal o„sishi uchun asosiy vitaminlar manbai hisoblanadi. Suv havzasiga tashlangan bir yillik chovoqlardan 2 yillik baliq yetishishi 90-95 foizni tashkil qiladi.Baliq yetishtirishni intensifikatsiyalash, ya‟ni kichik suv havzalarini koʻproq baliqlantirib, mahsuldorlikni oshirish borasida baliqlarni sun‟iy oziqlantirish masalasi asosiy rol o„ynaydi. Karpning oylik o„sishini e‟tiborga olgan holda qoʻshimcha sun‟iy ozuqani oylar kesimida quyidagicha taqsimlash lozim:


aprel - 4%, may - 9%, iyun - 16%, iyul - 25%, avgust - 32%, sentyabr - 14%
Sun’iy ozuqa avvaldan tayyorlangan 0,5-0,8 metr chuqurlikda joylashgan oziqlantirish maydonchalariga tashlanadi. Oziqlantirish maydonchalari loy va oʻtlardan tozalanadi va so„ndirilmagan ohak bilan ishlov beriladi (1 kv.metrga 250 gramm hisobida). Ko„pchilik baliq etishtiruvchilar suv gorizontiga nisbatan 1.5-3metr balandlikda joylashtiladigan suv ostida turuvchi 1-2 kv.metr atrofidagi ozuqa stollaridan foydalanishadi. Baliqlarda refleks hosil qilish uchun ozuqa aniq belgilangan paytda grafik asosida berilishi shart. Ozuqlantirish joylarining soni baliqlar sonidan kelib chiqib belgilanadi, ya‟ni 3000-5000 dona bir mavsumlik chovoq yoki 250-400 dona 2 yillik baliqlar uchun kamida bitta oziqlantirish maydonchasi boʻlishi shart. Oziqlantirish joylarini oʻzgartirish tavsiya qilinmaydi.O’rta Osiyoning baliqchilik hovuzlari asosan qulay iqlimda joylashgan ya’ni bu hududda vegetatsiya davri 9-10 oyga cho’ziladi, hovuzlarda turli gidrofaunaga ozuqa bo’ladigan gulli o’simliklar va suvo’tlarni uzoq vaqt rivojlanishiga yorug’lik issiqlik yetarli. Hovuzlarni organik mineral o’g’itlar bilan o’g’itlash fito va ular hisobiga zoorganizmlarning yaxshi rivojlanishiga imkon beradi. Shu gidrobiontlarni tarkibi fasllar bo’yicha o’zgarib turadi. Lekin, hovuzlarda uchraydigan turlar tarkibida ularning miqdorida keskin jihatdan (hovuzlar hajmi, chuqurligi, suvning tiniqligi, harorati, ozuqa manbalari umumiylik borligidadir.Baliq yetishtirish uchun sun'iy suv havzasining maqbul o'lchamlari 0.5-10 g va chuqurlik 1,5-3 m bo'lib, bu format yozda suvning 24-26 ° c darajasida suvni isishiga oldini olishga yordam beradi. Baliqning jadal rivojlanishi va o'sishi uchun qulay bo'lgan bu harorat. Bu muhim omil yani 18- 26 °c. Hovuzdagi suv harorati 10 ° C ga tushsa, bu baliq faoliyatining pasayishiga olib keladi. Shunga ko'ra, uning o'sishi kamayadi. Yuqori haroratda (+32 ° C dan yuqori) suv baliqlarning salomatligini qattiq taʼsir qiladi suvdagi bakteriyalar, zamburugʻlarni rivojlanishi uchun qulay sharoit hosila boʻlishi natijasida hosildorlik pasaytiradi. Bu juda tez-tez baliqlarni o'limiga olib keladi.
3 Hovuzlar, ularning vazifalari va tuzilishi Hovuz baliqlarni saqlash ya`ni ularni urchitish va o`stirish uchun ishlatiladigan murakkab suvli inshoot hisoblanadi. Hovuzda turli yoshdagi baliqlarni saqlash uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilishi talab etiladi. Baliqchilik hovuzlari turli ko`rsatkichlari bo`yicha sinflanadi. Hovuzlar vazifasigako`ra asosiy 4 guruhga bo`linadi.

Bu guruhlar ham o`z navbatida guruhlarga bo`linadi.1. Suv bilan ta`minlovchi hovuzlar.2. Ishlab chiqarish hovuzlari. 3. Sanitariya hovuzlari.4. Yordamchi (podsobniy) hovuzlar.Bu guruhlar va ular har birining vazifasiga ko`ra tarkibiy jihatdan guruhlarga bo`linadi. Baliqchilik hovuzining rejasi 9-rasmda ko`rsatilgan.Hovuzga suv kirituvchi shlyuz tagidan suv chiqaruvchi va uning kanali, hovuz tagidagi suvi chiqarilgan holda baliqlarni yig`ishtiruvchi kanallar tizimlari quriladi. Baliqchilik hovuzlarining asosiy ishlab chiqarish ko`rsatkichlariga qo`yidagilar kiradi.1. Hovuzning maydoni, m2, ga.2. Hovuzning o`rtacha chuqurligi, m.3. Bir gektar suv yuzasiga to`g`ri keladigan suvning oquvchanligi, ga/l/sek.


Hovuzning suvini chiqarish va quritish tarmog`i1-suv chiqargich; 2-baliqlarni yig`uvchi chuqur; 3-suv chiqarish kanali; 4-markaziy kanal; 5-yon kanallar; 6-shlyuz Bosh hovuz. Bu hovuz baliqchilik xo`jaligi uchun kerakli suv miqdorinio`zida jamlab uni boshqa turdagi ishlab chiqarish hovuzlariga uzatib berish uchunxizmat qiladi.(5-rasm)

A-hovuz; B-damba; V-taglik suv chiqarish qurilmasi; G-baliq ushlash qurilmasi; 1-panjaralar; 2-suv chiqarish minorasi; 3-ko`prik; 4-soz tuproqqatlami; 5-chiqarish trubasi.


Bu hovuzni xo`jalikdagi yer yuzasining eng baland joyida joylashtiradi va boshqa hovuzlarni kerakli suv bilan ta`minlashda qulaylik yaratadi. Suv bilan ta`minlovchi manbadan (daryo, ariq va boshqa) kelayotgan suvdagi iflosliklarni tindirib uni boshqa hovuzlarga tozalab o`tkazadi, ya`ni suvni tozalab o`tkazuvchi qurilma vazifasini bajaradi.Agar baliqchilik xo`jaliklarida bu hovuz ta`minlovchi hovuz vazifasini bajarmasa u holda undan yayratuvchi hovuz sifatida foydalaniladi va uning yuzasi xo`jalikdagi boshqa hovuzlar yuzasiga nisbatan aniqlanadi.Xo`jalikda bosh hovuz bo`lmasa ta`minlovchi manbadan suv to`g`ri qizdiruvchi hovuzga va undan boshqa hovuzlarga uzatiladi.Tindiruvchi va isituvchi hovuzlar. Tindiruvchi hovuzlar suv manbalaridan kelayotgan suv tarkibidagi cho`kma iflosliklardan 70 % gacha tozalash uchun xizmat qiladi. Isituvchi hovuzlar, hovuzlarga suv manbaalaridan bosh hovuz orqali kelayotgan suvni quyosh harorati yordamida qizdirib berish uchun xizmat qiladi. Uning chuqurligi 1-1,5 m dan oshmaydi.Urchituvchi hovuzlar. Baliqchilik xo`jaliklarida bu hovuzlar baliq chovoqlarini ishlab chiqarish va kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun undagi sharoit baliq uvildiriqlarining rivojlanishi va lichinkalarini saqlash uchun qulay bo`lishini ta`minlashni talab etadi. Bu hovuzlar xo`jalikning eng sokin, tekis, tuprog`I tabiiy o`tlar bilan qoplangan va botqoqlik bo`lmagan toza joylarida tashkil etiladi. Bu sharoit bo`lmagan hollarda o`tlar ekiladi yoki sun`iy ravishda qulay sharoit yaratiladi.Chovoq hovuzlar. Bu hovuz urchituvchi hovuzlarida tayyorlangan yoki inkubastiya sexida tayyorlangan baliq lichinkalarini o`stirish uchun xizmat qiladi. Ular 15-18 ayrim hollarda baliq zotlarining turiga qarab 40 kungacha shuhovuzlarda boqiladi. O`stiruvchi hovuzlar.Chavoqli hovuzlardan baliq chavoqlari bu hovuzlarga o`tkaziladi. Baliqlar bu hovuzda vegetastion mavsum davomida o`stiriladi va bu yerdan to`g`ri qishlovchi hovuzlarga o`tkaziladi. Shuning uchun bu hovuzlarni qishlovchi hovuzlarga yaqin joylashtirilishi lozim bo`ladi. Qishlovchi hovuzlar. Bu hovuzlar baliqlarni qish mavsumida saqlash uchun xizmat qiladi. Ularni tutashtiruvchi kanallar qisqa bo`lishi, ya`ni qish oylarida kanallardan suv o`zatishda suv sovib ketmasligi uchun ta`minlovchi suv manbaalariga (daryo, kanal, ariq) yaqin joylashtiriladi. Qishlov hovuzlari uchun botqoq va yerosti suv qatlamlari yuqori bo`lgan va organik tuproqli joylar yaroqsiz hisoblanadi. Yayratuvchi hovuzlar. Yayratuvchi hovuzlar baliqchilik xo`jaliklaridagi yuzasi jihatdan eng kattasi bo`lib, iste`molga chiqariladigan baliqlarni o`stirish uchun xizmat qiladi.Ona baliqlar hovuzi. Bu turdagi hovuzlar o`z navbatida ikki turga ya`ni qishki va yozgi hovuzlarga bo`linadi. Ushbu hovuzlarda urug` olinadigan ona baliqlar va ularni almashtirish uchun tayyorlanayotgan yosh, bo`lg`usi ona baliqlar saqlanadi. Ular uchun hovuzda alohida qulay muhit yaratilishi talab etiladi.Karantin hovuzlari. Karantin hovuzlari har bir baliqchilik xo`jaliklarining tarkibiy qismi bo`lib bu hovuzlarda kasallangan baliqlar va boshqa xo`jaliklardan keltirilgan erkak baliqlar karantin muddatini o`tash va yangi joyga moslashishdavrida saqlanadi.Yordamchi hovuzlar. Xo`jaliklarda yordamchi hovuzlar kuzda va bahorda iste`molga chiqarishdan oldin saqlanadi. Bu hovuzlar bahorda karantindan chiqqan erkak baliqlarni urchitish hovuzlariga chiqarishdan oldin va yosh ona baliqlarni ona baliqlar hovuziga o`tkazishdan oldin saqlanadi.Yirik to`liq tizimli sanoat usulida faoliyat ko`rsatadigan baliqchilik xo`jaliklarida inkubastiya sexlari va ularning oldida kichik hajmli yaxshi jihozlangan urchituvchi laboratoriya hovuzlari faoliyat ko`rsatadi va baliq lichinkalarini talofatsiz o`stirish va ularni urchituvchi hovuzlarga chiqarishdan oldin saqlanadi.

4.Ko‘lda boqiladigan baliqlarining qo’yidagi va boshqa zot turlari mavjud. Karp barcha baliqlar orasida keng tarkalgan (2-rasm). U tez usadi. Barcha turdagi oziqlarni iste’mol qilishga moslashgan, U iliq suvlarni xush ko‘ra-di. Tuxum qo’yishi uchun suv harorati 18-20°C va jadal o‘sib rivojlanishi uchun 20-28°C harorat bo‘lishi yaxshi natija beradi. Agar suv harorati 13-14°C gacha pasayib ketsa, uning oziqlanishi tuxtaydi va harakat qilmay quyadi. Umuman, ularni o‘sishi va rivojlanishi birinchi galda suv harorati, suvdagi oziq va ularni to‘g‘ri saqlashga bog‘liq bo‘ladi.Karp balig‘i bir yoshligida 500 g, ikki yoshligida 1000 g, turt yoshligida 3000 g tosh bosadi. Ular 4 - 5 yoshligida jinsiy balog‘atga yetadi. Urg‘ochilari har bir kg vazni uchun o‘rtacha 180 ming tuxum (ikra) beradi. Karp iliq haroratni xush kuruvchi baliqlar guruhiga kiradi. Ular o‘zining biologiyasiga ko‘ra karp balig‘i bilan birxil bo‘ladi. Kul sharoitida sazan karpga nisbatan biroz sekinrok, usadi. Lekin ayrim vakillari hayoti davomida 20 kg gacha tosh bosaoladi. Karplar Cyprinus carpio oilasiga mansub boʻlib, uning asosiy obyekti iliq suvli baliqchilik xo'jaliklarida urchitiladigan asosiy zot hisoblanadi. Uning kishilar tomonidan madaniylashtirilgan. zoti sazan (zog'ora) baliq hisoblanadi.Respublikamizda, asosan, karplar oilasiga mansub bo'lgan baliq zotlari yetishtiriladi. Karplar iliqsevar bo'lib, chuchuk suv larda yashaydi, tez o'sadi, serpusht bo'ladi. Hovuzlarda bosh lang'ich zanjir halqalarini egallaydi.Karp so'zi yunonchadan olingan bo'lib, serurug', ko'p bola lovchi degan ma'nolarni anglatadi. Karp balig'i aholi iste'mol qiladigan ommaviy baliq turi sifatida ko'paytiriladi. Oziqlanishi, o'sishi va koʻpayishi uchun eng qulay harorat 20-28 °C ni tashkil etadi.Karp yirik, tez o'sadigan baliq hisoblanadi. U monokultura tarzida yoki oq do'ngpeshana va oq amur bilan birgalikdabyetishtiriladi. O'zbekistonning barcha tekisliklaridagi suv hovuzlarida ushbu turning yovvoyi xili - sazan yashaydi. Madaniylashtirilgan karp turi baliqchilik xo'jaliklarida 1960-yillardan boshlab yetishtiriladi. Karpning respublikamiz baliqchilik xoʻjaliklaridagi to'dalari madaniylashtirilgan mahalliy shakli ukrain va venger karplarning nasllaridan iboratdir.Hovuz xo'jaliklarida o'stiriladigan 2 yoshligidan keyin tirik vazni 400 g dan 1000 g ga yetadi. Karp turidagi baliqlar chuqur bo'lmagan, oqmaydigan yoki sekin oqadigan, tagi yumshoq bo'lgan, yaxshi isiydigan hovuzlarda urchitiladi. Nafas olishi uchun kislorodga boʻlgan talabi kam, jadal o'sishi uchun 6-7 mg/l, o'rtacha o'sishi uchun 3-3,5 mg//bo'lishi kerak. Hatto eng past 0,7 mg// kislorodli suvda ham yashay oladi. Karp baliq lari juda mahsuldorli, serurug', yoshi va tirik vazniga ko'ra o'rtacha 700000-800000 dan to 1,5 mln gacha uvuldiriq beradi.



Erkak baliqlar urg'ochi baliqlarga nisbatan bir yil oldin yetiladi, ya'ni jinsiy voyaga yetadi. Ko'pincha may-iyun oylarida chuqur bo'lmagan, oqmaydigan yoki juda sekin oqadigan, tubi sero't boʻlgan hovuzlarda suvning harorati 17-19 °C bo'lganda uvul diriq ko'payadi. Uvuldiriqning diametri 1,5 mm bo'lib, yaltiroq rangni eslatadi. Ular o'simliklarning barglariga yopishib turadi.Tuxumni ochib chiqishi suvning harorati 20 °C bo‘lganda molok (sperma) bilan otalangan uvuldiriqlardan 3 kunda lichinkalar hosil bo‘lganda yuz beradi. Harorat 16 °C bo‘lganda 5 kunda ochib chiqqan lichinkalarning uzunligi 5—5,5 mm bo‘lib, to‘liq shakllanmagan bo‘ladi.Lichinka uvuldiriqni ochib chiqqandan so‘ng tashqi oziqalar bilan oziqlanmaydi. 1—2 kun harakat qilmasdan, tashqimuhitdan oziqlanmasdan sariq xaltadagi oziqa hisobiga o‘simliklarning bargiga osilib yashaydi.Rivojlanishi uchun qorin qismidagi suyuqlikni ishlatadi. Juda qisqa muddatdan so‘ng qorin qismidagi suyuqlikning ishlatilishidan kelib chiqqan holda lichinkalar tashqi oziqalar bilan plankton organizmlar mikroskopik suv o‘tlari bilan oziqlanishni boshlaydi.Ikki-uch yoshda tanasining uzunligi 30—35 sm, dumi hisobda yo‘q. Ona baliqlar to‘dalarida 4—5 va undan katta yoshdagi baliqlardan foydalaniladi. Òana uzunligi balandligiga nisbatan qariyb 3 marta uzun. Eng kattalari 20 kg gacha, uzunligi 1,5 m, tanasi qalin, yirik tangachalar bilan qoplangan. Ikki juft mo‘ylovi bor, tanasi tillarang.Karp baliqlari hamma narsalarni yeyaveradi (hayvonot va o‘simlik dunyosidan), haroratning pasayishi bilan oziqlanish darajasi kamayadi. Kech kuzda suvning harorati 1—2 °C bo‘lganda, suvning pastki qatlamiga joylashib, kam harakat qiladi va oziqlanmasdan qishni o‘tkazadi.
5 Hovuzlarda 80-tonna tovar karp baliqlarining yetishtirirish Hozirgi davrgacha Oʻzbekistonda baliqchilar karp baliqlar oilasining vakillarini yetishtirib kelmoqdalar: bu baliq turi tez o„sadi, serpusht bo„ladi va hovuzlarda boshlang„ich zanjir halqasini egallaydi. Bu baliqlar aholi uchun ommaviy ovqatlanish uchun ishlatiladigan baliq tarzida ko’paytiriladi. Karpning zamonaviy to’dalari respublikaning baliqchilik ho’jaliklarida madaniylashtirilgan mahalliy shakli ukrain va venger karplarning nasllarini o’z ichiga oladi. Ushbu turning nisbatan asl turi "Baliqchi"da qolgan. Qolgan baliqchilik ho’jaliklarida turlar aralashib ketgan.Tashqi sharoitlarga juda bardoshlidir. Karp uchun yer havzalarining sharoiti juda qulaydir Drenaj kanallarda yaratilgan sho’rroq havzalarda ham juda yaxshi o’sadi.Ikki-uch yoshda tanasining uzunligi 30-35 sm (dumsiz) va og’irligi 2 kg yetganda jinsiy balog„atga yetadi. Onalik to’dalarda 4-5 va undan katta yoshdagi baliqlardan foydalaniladi. O’zbekistondagi baliqchilik ho’jaliklarida "tabiiy urchish" va gormonal qo’zg’atish yordamida ko’paytiriladi.Mayda baliq birinchi 2-3 hafta plankton organizmlar bilan oziqlanadi. Katta karplar deyarli har narsani yeyaveradi, vaholanki karp bentos organizmini qulay ko’radi, don va boshqa o’simlik oziqalarini bajonidil yeydi. Karpni yetishitirish uchun omuxta yemning turli xil retseptlari ishlab chiqilgan.1960 yillarda karp monokultura sifatida ko’paytirilgan va shu yil oxiridan O’zbekistonda karpni xitoy o’simlik yeydigan baliqlari bilan birgalikda ko’paytirila boshlandi, unda karpning ulushi 40-50% ni tashkil etardi.Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tish va baliqchilikning xususiylashtirish davrida respublika bozorlarida mavjud bo’lgan omuxta yemning sifatida hamda narxida muammolar kelib chiqdi. Baliqchilarning ongida karpni faqatgina omuxta yem bilan oziqlantirish mumkin degan tasavvur mavjudligi hamda mahalliy xom ashyo bilan oziqlantirish bo„yicha tajriba yo’qligi bilindi. Karp ulushi 5-10% gacha qisqardi.


Hozirgi kungacha Oʻzbekistonda baliqchilar karplar (Cyprinidae) oilasiga mansub baliqlarni yetishtirib kelmoqdalar. Bu baliq turi tez oʻsadi, serpusht boʻladi va hovuzlarda boshlangʻich zanjir halqalarini egallaydi. U aholi isteʼmol qiladigan ommaviy baliq turi sifatida koʻpaytiriladiKatta, tez oʻsadigan baliq. U monokultura tarzida, yoki oq doʻngpeshona va oq amur bilan birgalikda yetishtirilishi mumkin. Oʻzbekistonning barcha tekisliklaridagi suv havzalarida ushbu turning yovvoyi xili – sazan yashaydi, madaniylashtirilgan karp turi – baliqchilik xoʻjaliklarida 1960-yillardan boshlab yetishtiriladi.Karpning respublikamiz baliqchilik xoʻjaliklaridagi toʻdalari madaniylashtirilgan mahalliy shakli ukrain va venger karplarning nasllaridan ibortdir. Turning nisbatan toza nasllari respublikada qolmagan va qolgan baliq hoʻjaliklarda turlar aralashib ketgan.


Karpning oʻsish potensial nisbatan katta va issiq yozda ular belgilangan vazn meʼyorlaridan oshib ketishi mumkin. Har xil yillarda oʻn kunlikdagi oʻsishi ob-havo sharoiti, xironomidlarning paydo boʻlishi va zooplankton rivojlanish vaqtiga qarab oʻzgarib turadi, bu amaliy ishda hisobga olinishi kerak.
Tavsiya etilgan yem hisob kitobidan chetga chiqish yilning maʼlum bir harorat sharoitida boʻlishi mumkin. Oziqlanish jarayonida ushbu ogʻishlarni hisobga olish kerak. Masalan, suvning harorati pasaysa, ozuqa miqdori kamaytirilishi kerak.
Shuni esda tutish kerakki, eng issiq oylarda (iyul, avgust), suvning kislorod bilan toʻyinganligi yetishmasligi ehtimoli katta boʻlganida, suv havzasining gektariga 100 kg dan ortiq omuxta ozuqa berish mumkin emas. Ertalab yuqori darajadagi yuklamadagi zamor hodisasi yuz berishi mumkin.
Qiyosiy koʻrsatkichlarga ega boʻlish uchun barcha xoʻjaliklarda nazorat ovlari bir vaqtning oʻzida - oʻn kunlik soʻnggi kunlarida amalga oshiriladi. Buning uchun ular odatda volokushka yoki bredendan foydalanadilar. Hovuzdagi baliqlar sonining kamida 0,5 foizini tashkil etadigan 2-3 ta hududini ovlash tavsiya etiladi.Agar baliq yaxshi oziqlansa, lekin oʻsishda orqada qolsa, sabablarini bilib olish kerak va shundan keyingina kunlik ratsion koʻpaytirish kerak; agar baliq maʼlum berilgan yemni isteʼmol qilmasdan yaxshi oʻssa, uning miqdorini kamaytirish kerak.Baliq oʻsishi xisobiga ozuqani kiritishni ratsion tuzish usulining kamchiligi shundaki, ayniqsa, vegetatsiya davri oxirida juda katta qismni tashkil etgan hayotiy funksiyalarni saqlab turish uchun sarf boʻladigan ozuqa moddalarini isteʼmol qilishni hisobga olmaydi. Bundan tashqari, harorat omili hisobga olinmaydi.Jadval 22. Karpning turli yoshdagi guruhlarining kunlik oʻsishi (g /ekz namuna) yuqori oʻtqazish zichligida (4-6 ming dona / ga)


Hovuzlarda tovar karp baliqlarinii yuqoridagi jadvallarga tayangan holda suvni haroratini, yemni sutkalik ratsioniga muofiq 6 g 100 m uzunligi 560 m eni 1.5- 3 m oʻrtacha 2 m chuqurlikdagi hovuzda 60 g maydon 11 000 kubli suv hajmdagi klga 1m ³ suvga 5 donada tashlaganda 55 mingta baliq tashlanganda yem normasini toʻgʻri tuzgan holda boqilganda 1 dona baliqning tovar holatida 1.5 kg boʻlganda 55 000 * 1.5 = 82 000 tovar karp hosili olinadi.

XULOSA.
Bugun kunda dunyoda oziq ovqat xavfsizligi glabal muomo bo'lib bormoqda bu esa qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun talab oshib bormoqda, ammo yer maydoni, suv va boshqa tabiiy resustlar yetarli emas. Bunday talablarni qondirish uchun zamonaviy ilm fanining yutiqlari asosida ishlab chiqilgan texnologiya bilan tashkil etiluvchibasseyni bo'lib ushbu tizim baliq mahsulotlarini kam yer maydon va suv hisobga yuqori hosildorlini olish imkonishatini beradi.
Mamlakatimizda hovuz baliqchiligi asosiy o'rinda turadi, bu tizim juda katta hajmda yer maydoni va suv talab etadi, ammo hosildorli 0,2- 0,5 kg /m3 bu esa juda past darajada. Ushbu eski tizimni bosqichma-bosqich ravishda zamonavi basseyniga o'zgartirish natijasida 50-200 kg /m3 baliq mahsulotlari olishmiz mumkin, bu esa ichki bozormizni baliq va baliq mahsulotlari bilan ta'minlash imkonini berdi hamda yer maydonning va suv sarfini tejash imkonini beradi, basseynida natijasida qimmatbaho baliq turlarini ham yetishtirish natijasida ushbu baliq turlari arzon narxilarga tushurish mumkin. keladi, bu esa yetishtirlayotgan karp chavoqlarimiz tezda katta bo'lib ta'minlash beradi. Keyingi bosqichiga o'tgan baliqlarimiz ya'ni 40000 ta 100gr lik chavoqlarimizni 2 kg bo'lish uchun bizga 160 tonnacha yem kerak bo'ladi shunda ozuqa koyeffitsiеnt 2 - 1 ga teng shunda 2 kg yem yega baliqimiz 1 kg tirik vazin oladi. Suvning soatga 2-3 martaba aylanish va tozalash tizimini aktiv holda bo'lishi zarur gazlar, harorat miqdori nazoratda turadi, hardoim baliqshunos tomonidan nazorat o'vi o'tkaziladi va doimiy ravishda nazoratga olinadi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish