O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


Bosh reja asosiy ob‘ektlari



Download 11,87 Mb.
bet15/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Bosh reja asosiy ob‘ektlari. Bosh rejaga quyidagi obg‘ektlar kiradi:

1).Asosiy binoda ishlab chiqarish sexlari, meva va sabzavotlarni kam muddatda saqlash uchun xom ashyo maydonchalari, zavod laboratoriyasi, tayyor mahsulot, materiallar, tunuka idishlar omborlari. Sovutkichlarning maishiy xonalari, transformator elektro‘odstantsiyasi ham shu blokda joylashtirish mumkin.
2) Yordamchi binolar va xonalarda zavod boshqarmasi, nazorat o‘tkazish punkti, oshxona, med’unkti, ba’zida mayishiy xonalar joylashadi. 3) Idishlar sexida (tarali xom ashyo va tayyor mahsulotlar uchun yashiklar va bochkalar qilinadi.
Bosh rejada bug‘xona, avtomobil tarozi, shisha idishlar, yoqilg‘i, yog‘lar, ammiak omborlari, konteynerlarni saqlash uchun maydonchalari, sport maydonchalari, zavodni suv bilan tag‘minlash inshoatlari (basseyn, suv uchun rezervuar va hokazo) ko‘rsatiladi.Kerak bo‘lganda xom ashyoni o‘zok saqlash uchun omborlar ko‘zatiladi.
Kanalizatsiya inshoatlari, shaxsiy avto, mototransport quyish joylari zavod territoriyasidan tashkari kuriladi.
Bosh korpus
Ishlab chiqarish sexlar zavod territoriyasining markazida joylashtiriladi. Ular sanitariya – o‘tkazish punkti, xom ashyo, tayyor mahsulot, shisha va tunuka idishlar omborlari, laboratoriya bilan bog‘langan bo‘ladi. Ishlab chiqarish binolarining balandligi 4,8 m dan past bo‘lmasligi kerak. Asosiy (bosh) korpus va boshqa binolar to‘g‘ri turtburchak shaklida loyihalanadi.
Bosh korpusda hamma ishlab chiqarish liniyalar joylanadi, unga xom ashyo maydonchalari, ram’a, usimlik moylar tsisternalari kushilib ketadi. Bosh korpus quyidagicha ham joylashgan bo‘lishi mumkin. Unga xom ashyo maydonchasi, sharbat sexi, tank bo‘limi, qadoqlash bo‘limi, tayyor mahsulot omborlari, sanitariya o‘tkazish punkti kiradi. Bunday joylanish asosida jarayonlar uzluksiz bo‘ladi, qurilishda esa standart qurilish konstruktsiyalaridan foydalanish imkoniyati bo‘ladi.
Xom ashyo omborlari.
Qish oylarida meva va sabzavotlarni salash uchun yo‘ik omborlar kuriladi, yozda ishlab chiqarish sexlar bilan yonma yon joylashadigan ochiq xom ashyo maydonchalari qo‘llaniladi. Maydoncha poli suv o‘tkazmaydigan N (asfalg‘t) kiyalik (suvlarni okizish uchun) bo‘lib, kanalizatsiyasi bilan bo‘ladi. Tepadan issiqlikni yomon o‘tkazadigan material (asbosement plitalari, asbest fanera) bilan ko‘langan bo‘ladi. Naves balandligi 4 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Ochiq maydonchalarda xom ashyo yaxshi saqlanishi uchun havo tabiiy usulda tsirkulyatsiya qilishi kerak. Xom ashyo maydonchalarining o‘lchamlari mavsumida bir soatda sarflanadigan xom ashyo miqdori, uni saqlash muddatiga kura hisoblanadi. Asosiy xom ashyoni cheklangan saqlash muddatlari (soatda): kuk no‘xat (donlari) –2, malina, zemlyaniqa-4, uzum, shovul-6, bodring-10, o‘rik, kuk no‘xat dukkaklari, kukatlar, ‘atisson, pomidor-12, shaftoli, olxuri, smorodina, gilos, rangli karam, kalam’ir, pasta uchun pomidor-24, baklajon kabachki-36, sabzi, karam, urugli mevalar-48, mandarin, bopiyoz, lavlagi-72 soat tashkil etadi. Xom ashyo yashiklarda saqlanganda xom ashyo maydonchaning 1m2 quyidagi miqdorda joylashtirish mumkin: pomidor, bodring, piyoz, behi, olma, nok-0,4 t, kabachka, baklajon-0,3 t, (shtabelg‘ balandligi 2,9 m); olxuri, o‘rik, shaftoli-0,4 t (shtabelg‘ balandligi 3,1 m). Xom ashyo maydonchasidagi xom ashyo 60% maydonni egallaydi,
avtopogruzchiklar va yurish yullari 40% ni tashkil etadi. Xom ashyo maydonchasining o‘lchamlari tanlanganda standart qurilish konstruktsiyalardan foydalanish imkoniyati nazarga olinadi. Xom ashyo maydonchasida ba’zi uskunalarni: yuvish mashinalar, dumchalarni ajratish mashinalari, kalibrovatellar, joylashtirish mumkin. Qish mavsumida ishlaydigan sexlar uchun yo‘ik xom ashyo maydonchalari kuriladi. Bunday maydonchalar yonida eni 4 m dan kam bo‘lmagan ‘latformalar bo‘lishi shart, xom ashyo kirgizish uchun uning balandligi kamida 2,4 m, eni 2 m bo‘lgan oynalari bo‘ladi.
Mavsumda kelib tushadigan meva sabzavotlar miqdori qayta ishlash quvvatidan oshib ketishi mumkin. Xom ashyo bo‘zilmasligi uchun zavodlarda sovitish inshoatlari kuriladi.
Ko‘pgina meva va sabzavotlar uchun optimal (kulay) saqlash haroratsi 0-1°C, pomidor uchun
+5°C, kartoshka +2–4°C, mandarin va apelsinlar +2-5°C, kabachki va bodring +6- 8°C tashkil etadi. Sovutilgan meva va sabzavotlarni saqlash kameralaridagi nisbiy namlik 80-95 % gacha ma’qullanadi. Sovutilgan xom ashyoni saqlash muddati: malina-7 sutkagacha; olcha, gilos, shovul-10 sut; kabachki, bodring-15 sut; o‘rik, shaftoli, yozgi olmalar, smorodina, qizil pomidor, ertapishar karam-1 oygacha; nok va ko‘zgi olmalar 3 oygacha; mandarin 4 oygacha; apelsin, uzumlar 6 oygacha, karam 8 oygacha; lavlagi, sabzi, bosh piyoz 10 oygacha, kartoshka, qishki olmalarni 1 yilgacha saqlash mumkin. Omborlar tabiiy yoki suniy usulda sovutiladi.

Fabrikat sexi (tayyor mahsulot ombori)


Ombor maydoni 2 oyda ishlab chiqarilgan mahsulotning 75% ni saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Konservalar yog‘och yashiklar yoki karton karobkalarda saqlanadi. Tayyor mahsulotni saqlash uchun idishlar turiga kura yuklash normalari qabul qilingan (m.sh.b 1 m ga) Tayyor mahsulot ombori ishlab chiqarish korpusi bilan bitta blokda bo‘lib, sterilizatsiya bo‘limiga yaqin loyihalanadi. Ular ko‘pincha bir qavatli bo‘ladi. Mahsulot ombordan joylashtirilganda elektrokara, avtopogro‘z-chiqlar uchun yulaklar qoldiriladi. Yashiklar shtabeleukladchiq mashinasi yordamida ustma-ust shtabellarga quyiladi. SHtabelg‘ balandligi 5,5 m cha ruxsat etilgan. Omborlarning eni ishlab chiqarish sexlarining eniday yoki kattarok bo‘ladi. pollari asfalg‘t bilan ko‘lanadi.
Transport o‘tish yo‘llari bir tomonli harakatlanishda tarnsport enidan 0,8 m cha, ikki tomonli harakatlanishda 1,5 m cha bo‘lishi kerak. Omborning eshiklari eni 2 m, buyi 2,4 m dan kam bo‘lmasligi kerak. qish oylarida tayyor mahsulot omborxonalari mahsulot mo‘zlab kolmasligi uchun isitiladi. Mahsulot mo‘zlaganda uning sifati bo‘ziladi, bundan tashkari, suyuk kisimning hajmi ko‘payib, shisha bankalar yorilishi mumkin. Tayyor mahsulotni olib ketish uchun omborlarga temir yul shoxi va platformalar kuriladi. platformaning eni 6 m bo‘ladi.
Shisha idishlar ombori.
Konserva zavodlarga banka butilkalar maxsus zavodlardan temir yo‘l va suv yullari orqali, yaqin masofalarga avtomashinalarda olib kelinadi. Shisha zavodlar o‘zok bo‘lganda ishlab chiqarish korxonalarini uzluksiz tag‘minlash uchun shisha idishlar ombori umumiy extiyojning 70% uchun loyihalanadi. SHisha idishlarda bo‘lgan extiyojlar hisoblanganda tashish va qayta ishlar jarayonida bo‘lgan yo‘qotishlari ebtiborga olinadi. Singan, yorilgan bankalar 6.5%, butilkalar 3% tashkil etadi. SHisha idishlar asosan ‘aket-taglik, bag‘zida karton korobkalarda olib kelinadi va saqlanadi. Saqlash uchun yengillashgan konstruktsiyalarda kurilgan omborlar va usti yopik maydonchalar qo‘llanadi.
Bosh reja shisha idishlar ombori temir va avtomobil yullarga yaqin kuriladi.SHu bilan birga omborlar idishlar yuvish bo‘limlarga yaqin bo‘lishi kerak. Orasida avtokaralar utadigan asfalt yullari qilinadi. Bag‘zida bu omborlarda tayyor mahsulotni (50%) saqlash mumkin.

Tunuka bankalarni tayyorlash sexi.


Metalli bankalarni bir necha konserva zavodlarni tag‘minlaydigan maxsus zavodlarda tayyorlanadi. Bu zavodlar konserva zavodining yaqinida bo‘lishi kerak. Tunuka bankalar sexi kurilganda uning yonida tunuka va idishlar ombori joylashtiriladi. Metall idishlar ombori 10 sutkali extiyojga mo‘ljallangan bo‘ladi. Kerak bo‘lganda ularda tayyor mahsulotlar saqlanadi. Tunuka ko‘pincha temir yul orqali olib kelinadi. SHuning uchun tunuka ombori temir yul shoxi oldida
loyihalanadi. Tunuka ombori birinchi qavatda, tayyor idishlar ombori esa ikkinchi qavatda joylashtiriladi. Tayyor idishlar ombori ishlab chiqarish sexlardan o‘zok bo‘lmasligi kerak.
Material ombori.
Material ombori xo‘jalik materiallarni, extiyot qismlar, inventar, rezerv uskunalarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Bu yerda shakar, to‘z, no‘xat va boshqa ozuka mahsulotlarni saqlash mumkin. Bu mahsulotlarni saqlash joyi alohida bo‘lishi kerak.Kislotalar, asoslar va boshqa kimyoviy moddalar alohida saqlanadi. Usimlik yog‘lar va unga o‘xshash materiallarni saqlash uchun omborxona yonida ‘ulat tsisternalari quyiladi.
Omborxona maydoni materiallarni quyidagi miqdorda saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi: usimlik yog‘lar, tuz, ziravorlar, sirka, sorbin kislotalar va boshqa konservantlarni- SH-kvartaldagi
100 % extiyoji, shakar- P-va SH- kvartallardagi 100% extiyoji, boshqa tez buzilmaydigan materiallardan- bir oylik extiyoji, etiketkalar-100% bir yillik extiyoji, ko‘koklar–SH-kvartaldagi 100% extiyoji.
Material ombori zavod territoriyasida temir yoki avtomobil yulning yaqinida, ishlab chiqarish sexi bilan bir blokda joylashtiriladi. Omborxonani sex omborlari bilan bog‘laydigan yullar avtokaralar uchun mo‘ljallangan kiska va tekis bo‘lib, asfalg‘t bilan ko‘langan bo‘lishii kerak. 2.7. Yog‘och idishlarni tayyorlash sexi. Yog‘och idishlarni tayyor xolda olib kelish nokulay. SHu sababli ular zavodning o‘zida tayyorlanadi.
Omborxonalarda mayda tunuka va shisha bankalarning 20% yashiklarda, qolgan 80% karton korobkalarga quyiladi. Katta hajmli shisha va tunuka bankalar (hajmi 1l dan ortik) ning 100%, xom ashyoning 20% yashiklarga quyiladi. Sex o‘lchamlari shunga kura hisoblanadi.
Omborxona laboratoriyasi.
Omborxona laboratoriyasida xom ashyo, materiallar, tayyor mahsulot, suv, yoqilg‘ining kimyoviy va mikrobiologik analizlari o‘tkaziladi, ishlab chiqarish jarayoni nazorat qilinadi.
I–grupaga kiradigan zavod laboratoriyasi 100 m2 maydonni egallaydi, shtati 7 qishi, II– grupa maydoni 119 -193 m2, 10 qishi, III – grupa maydoni 185-236 m2, shtati 15 kishidan iborat.
Omborxonaning laboratoriyasi quyidagi xonalardan iborat: Ximiyaviy bo‘lim
Texnologiya bo‘limi Mikrobiologiya bo‘limi Preparatlar xonasi Yuvish xonasi Omborxonasi
Tarozi xonasi
Laboratoriya boshligi xonasi Zaharli moddalar laboratoriyasi
Omborxona laboratoriyasi sexlar va tayyor mahsulot omborlaridan uzok bo‘lmasligi kerak, kirish joyi alohida bo‘lishi kerak.
Maishiy xonalar.
Maishiy xonalar tarkibi ishlab chiqarish jarayonlarning sanitor harakteristikasiga bog‘lik. SHu ko‘rsatkich bo‘yicha ishlab chiqarish protsesslari 4 guruhga bo‘linadi.
Oziq ovqat mahsulotlarni qayta ishlash bilan bog‘lik bo‘lgan korxonalarda yuqori sifatli mahsulotni tayyorlash uchun maxsus sanitariya rejimi talab qilinadi. Bu korxonalarning asosiy ishlab chiqarish sexlari IV-a grupaga kiradi. Tara omborlari, yuklash tushirish maydonchalari II-a, tunuka bankalar, mexanik sexlar –1b gruxga kiradi.
IV-guruh korxonalarning maishiy xonalar tarkibiga yechinish (garderob), yuvinish, dam olish, tibbiy ko‘rik xonalari va boshqalar kiradi.
Ushbu xonalar kundo‘zgi smenalarda ishlaydigan ishchilarning soniga nisbatan hisoblanadi.
Oziq-ovqat korxonalarda asosan ayollar ishlaydi. Maishiy xonalar hisoblanganda umumiy ishchilar sonidan 20% erkaklar, 80% ayollar ishlaydi deb qabul qilinadi. Yechinish, yuvinish, dush xonalari alohida loyihalanadi. Echinish xonalarda kiyimlar uchun shkaflar o‘rnatiladi, ularning gabaritlari 50x50x 165sm. Shkaflar soni ishchilar soniga teng.
SHkaflar orasidagi masofa 1,5m, skameykalar o‘rnatilgan holatda 2m. Dush xonalari eng katta smenada ishlaydigan ishchilarning 60%gacha hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish sexlar ishchilari uchun bitta dush setkasi 5 qishiga mo‘ljallangan.
Dush kabinaning o‘lchamlari 0,9x0,9 m, ikki qator orasidagi masofa 2 m, Kabinalar devor bilan ajratiladi, uning balandligi 1,6m. Yuvinish xonalari ko‘pincha yechinish xonalari bilan birga bo‘ladi. Dam olish xonasi. 1qishiga 0,2m2 mo‘ljallangan, umumiy maydon 18m2 oshmasligi kerak.
Meditsina kurigi xonasi ishchilar umumiy soni 500dan oshganda bo‘ladi, uning maydoni 12m2 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Eng katta smenada ishlaydigan ishchilar soni 100 qishidan kam bo‘lganda maishiy xonalar ishlab chiqarish sexlarda joylashadi. Ishchilar soni ko‘p bo‘lganda bu xonalar alohida ma’muriyat binosida, yoki asosiy sex binosining yonida kuriladi. Dush va gigiena xonalari ishlab chiqarish xonalar ustidan qurilmaydi. Ishlab chiqarish sexlarga kirishda yuvinish inshootlari quyiladi. Ishchilar maishiy xonalardan sexlarga xom ashyo maydonchalari va sterilizatsiya bo‘limlaridan utmasligi kerak.
Omborxona ma’muriyati.
Ma’muriyat binosida direktor, bosh muhandis xonalari, bo‘limlar: umumiy, ishlab-chiqarish, texnik qurilish, iqtisod, ta’minlash va boshqalar joylashadi. Ma’muriyat binosining maydoni 1 ishlovchiga 4m2 hisobidan loyihalanadi. Bu yerda yechinish xonasi bo‘lishi mumkin, uning maydoni 1 qishi uchun 0,27 m2 normasiga kura hisoblanadi.
Ma’muriyat binosiga kuchadan, zavod territoriyasiga nazorat o‘tkazish punktidan kiriladi.
Omborxona idorasidan tashkari sexlarda ham idoralar bo‘lishi kerak. Sex idorasi ikkita: sex boshligi va hisobchi (buxgalteriya) xonalaridan iborat. Sex boshligi xonasini maydoni 6-8m2, hisobchi –10-12m2 tashkil etadi.
Nazorat o‘tkazish punkti.
Omborxona territoriyasiga o‘tish joyi ma’muriyat binosi yonidan bo‘ladi, uning maydoni 8- 12m2. Avtotransport uchun darvozasi odamlar o‘tish joyining yonida bo‘ladi. Ba’zida asosiy darvoza yonida ikkinchi darvoza qilinadi (xom ashyo kelishi ko‘payganda).
Avtomobilg‘ tarozisi
Avtomobil tarozisi yuk bilan kelayotgan avtomashinalarni tortish uchun mo‘ljallangan tarozi zavod territoriyasida yulning chetida darvozadan 8-10m masofada joylashadi.
Katta quvvatli zavodlarda ba’zida 2ta tarozi, yoki bitta taroziga 2ta platforma kuriladi.
Omborxona idorasi, o‘tish joyi, darvoza va avtomobilg‘ darvozasi quyidagicha joylanishi mumkin:

  1. Idora.

  2. O‘tish joyi.

  3. Darvoza.

  4. Avtomobilg‘ tarozi.

  5. Yul (Omborxona teritoriyasiga kiradigan)

  6. Katta yul (kucha).

2.13. Oshxona
Oshxona bir smenadagi ishchilar soni 100 qishidan ortik bo‘lganda loyihalanadi.
Ishchilar soni bir smenada 50-dan 100gacha bo‘lganda ovqat qabul qilish xonasi va bufet loyihalanadi, bir qishiga 1,2m2 joy bo‘lishi kerak.
Omborxona oshxonadagi joylar 50dan kam bo‘lmasligi kerak. Oshxonada ovqatlanadigan ishchilar soni eng ko‘pchilik smenada ishlaydigan ishchilar sonidan 50% olinadi.
Oshxonada quyidagi xonalar bo‘lishi mumkin:
echinish, yuvinish va tualet xonalari; ovqatlanadigan xona, katta oshxonalarda bufet: ishlab chiqarish xonalari-issiq va sovuq sexlari, idishlarni yuvish xonalari va hokazo; omborlar-sovutkichlar, kuruk mahsulotlar, idishlar, invertar uchun va hokazo.
Oshxona zavod idorasi bilan bitta korpusda joylashtiriladi. Kirish joylari kuchadan va zavod territoriyasidan bo‘lishi kerak.
Remont-mexanik ustaxonalari.
Ustaxonada ishlaydigan ishchilar soni zavod kategoriyasiga bog‘lik. I- guruh zavodlar uchun- 15 - 25 qishi,

  1. guruh 25-35;

  2. guruh 35-50 qishini tashkil etadi.

Bo‘lar qatoriga asosiy sexda ishlaydigan sozlovchilar, elektromonterlar, vodoprovodchiqlar kirmaydi.
Omborxona ustaxonalari bir smenada ishlaydi va quyidagi bo‘limlardan iborat: sozlovchi, elektromontaj, instrumental va omborlar.
Ustaxonalarning umumiy maydoni: I - guruh zavodlari uchun -250m2 cha.
II- guruh – 350 – 400 m2. III –guruh - 600 – 650 m2.
Ishlab chiqarish sexlarda navbatchi sozlovchilar uchun xona loyihalanadi, uning maydoni 12-

16m2.



  1. Elevator sanoatining strukturasi

Donni ishlab chiqarish korxonalaridan iste’molchilarga yetkazib berish don sanoatining eng

asosiy vazifasi hisoblanadi.
SHu sababli ham don sanoatida bu ishni amalga oshiruvchi juda ko‘plab tarmoqlar faoliyat yuritadi. Ularning ishi bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Bu tarmoqning samarali ishlashi don va uni qayta ishlash mahsulotlari hajmiga bog‘liq.
Elevator sanoati tarmoqlarini tuzishda korxonaning vazifasi, donni tayyorlovchidan iste’molchiga yetkazib berishdagi ahamiyati hisobga olinadi. Bu qoidaga asoslanib elevator — omborxona korxonalari tayyorlov, oraliq va ishlab chiqaruvchi turlarga bo‘linadi.
Tayyorlov korxonalari donni ishlab chiqaruvchilardan qabul qiladi, dastlabki ishlov beradi, saqlaydi va vazifasiga ko‘ra jo‘natadi.
Don ko‘pincha avtomobil transportidan qabul qilinadi va temir yo‘l hamda suv transportiga yuklab jo‘natiladi. Tayyorlov korxonalarida urug‘lik donga ishlov berish muhim o‘rin tutadi.
Oraliq korxonalar donni o‘erativ zaxiralarini saqlashga mo‘ljallangan. Oraliq korxonalarning asosiy vazifasi: donni temir yo‘l hamda suv transportidan qabul qilish, tozalash va quritish, uzoq muddat saqlash, temir yo‘l transportiga yuklash. Oraliq korxonalarga don dastlabki ishlov berilgan holda keltiriladi. SHunga qaramasdan donni tozalash va quritish oraliq korxonalarning asosiy ish jarayoni hisoblanadi. Oraliq korxonalar yirik don turkumlarini jo‘natishga tayyorlaydi.
Oraliq elevator korxonalari yirik temir yo‘l stantsiyalarida, temir yo‘l va suv yo‘llari kesishgan joylarda quriladi. Bu korxonalar katta unumdorlikdagi donni qabul qilish va jo‘natish jihozlari bilan ta’minlangan. Elevator sanoatining oraliq korxonalariga davlat don zaxiralarini saqlashga mo‘ljallangan elevatorlar kiradi. Davlat zaxiralariga mo‘ljallangan don uch-to‘rt yil saqlanadi. SHu sababli sifatiga yuqori talablar qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish korxonalari un tortish, yorma, omixta yem, yog‘, kraxmal qiyomi va boshqa zavodlarni don bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Ishlab chiqarish korxonalari donni temir yo‘l va suv transportidan qabul qiladi va saqlaydi, sifatini yaxshilaydi hamda donni qayta ishlashga jo‘natadi. Ishlab chiqarish korxonalari, donni qayta ishlash korxonalarini uch-olti oy muddatga don bilan ta’minlaydi. Texnologik va transport jihozlari qabul qilish, jo‘natish qurilmalarining quvvati korxonaning unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ishlab chiqarish korxonalariga port elevatorlari kiradi. ‘ort elevatorining asosiy jarayonlari — donni temir yo‘l transportidan qabul qilish, eksport turkumlarini tayyorlash, qisqa muddat saqlash va suv transportiga yuklashdan iborat. Donni tozalash va quritish yordamchi jarayonlarga kiradi. Ishlab chiqarish korxonalariga savdo tarmoqlarini don va uni qayta ishlash mahsulotlari bilan ta’minlovchi korxonalar kiradi. Bunday korxonalar don va uni qayta ishlash mahsulotlarini temir yo‘l transportidan qabul qiladi, saqlaydi va tegishli joylarga avtomobil transportida jo‘natadi.

Ko‘pincha korxonalar o‘zining asosiy vazifasidan tashqari boshqa vazifalarni ham bajaradi. Masalan, tayyorlov korxonalari donni qabul qiladi va zaxiralarni saqlaydi. Ko‘pincha ular ishlab chiqarish vazifasini ham bajaradi.

  1. Don omborxonalarining tasnifi

Elevator sanoatining korxonalari donni saqlash usuli va mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Turlarga bo‘lishda donni saqlash davomiyligi ham hisobga olinadi.
Don uyum holida va idishlarda saqlanadi. Yumshoq idishlarda faqat urug‘lik donlar hamda saqlashga kam miqdorda keltirilgan ba’zi o‘simliklarning donlari saqlanadi. Bir qator mamlakatlarda donni tashish uchun qattiq taralar — konteynerlardan foydalaniladi.
Donni uyum holida saqlash ikki turga bo‘linadi: yerda va siloslarda. Birinchi usulda uyumning balandligi 5—6 m, siloslarda esa don uyumining balandligi 40 m gacha yetadi.
Korxonalarda donni vaqtinchalik va uzoq muddat saqlashga mo‘ljallangan omborxonalar bo‘lishi mumkin. Vaqtinchalik omborxonalar don ommaviy tarzda keltirilganda va uzoq muddatli saqlashga mo‘ljallangan omborxonalar to‘lganda kerak bo‘ladi.
Mexanizatsiyalashtirish darajasiga qarab omborxonalar
mexanizatsiyalashtirilmagan va mexanizatsiyalashtirilgan turlarga bo‘linadi. Mexanizatsiyalashtirilmagan omborxonalar gorizontal va qiya polli bo‘lishi kerak. Ikkinchi turdagi omborxonalar o‘z-o‘zidan bo‘shatiladigan hisoblanadi. Gorizontal polli omborxonalar pastki konveyerga o‘z oqimi bilan faqat qisman bo‘shatiladi. Omborxonalarning (elevatorlarga nisbatan) afzalliklariga qurilish tan-narxining pastligi (mexanizatsiya-lashtirilgan omborxonalar), mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi, tez qurib bitkazilishi, nisbatan namligi yuqori bo‘lgan donni saqlash imkoniyatining mavjudligi kiradi.
Elevatorlar — siloslarga ega hamda to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan don omborxonalari bo‘lib, donni yaxshi saqlanuvchanligini ta’minlaydi. Elevatorlarning afzalliklariga don bilan bog‘liq jarayonlarning to‘liq mexanizatsiyalashtirilganligi, donning saqlanuvchanligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarga kam mehnat sarflanishi, qurilish hajmidan yaxshi foydalanish, donning kam yo‘qotilishi, donning tashqi muhitdan yaxshi ajratilganligi, qurilish maydonining kichikligi kiradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalarni qurishga sarflanadigan xarajatlar ishchi va bo‘shatish minoralari, birlashtiruvchi ayvonlar, temiryo‘l va avtomobillarning kirish joylarini uzaytirish, maydonning kattalashishini hisobga olganda elevatorlarni qurish tannarxiga mos keladi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, omborxonalarning xizmat qilish muddati elevatorlarnikidan kam, ulardan foydalanish xarajatlari esa katta bo‘ladi.
Don omborxonalarini qurishda qurilish materiali sifatida asosan yog‘och va temir-betondan foydalaniladi. Yog‘och omborxonalar bir qator afzalliklarga (issiqlik o‘tkazuvchanligining kichikligi, yaxshi gigrosko‘ikligi, ishlov berishning osonligi, qurilishning tezligi va oddiyligi) ega bo‘lishiga qaramasdan yong‘in xavfining mavjudligi va kam muddat xizmat qilganligi sababli hozirda qurilmaydi. 5. Don omborxonalariga qo‘yiladigan talablar
Don omborxonalariga texnologik, konstruktiv va iqtisodiy tavsifga ega bo‘lgan talablar qo‘yiladi. Bir qator texnologik talablar donning tirik organizm sifatidagi xususiyatlari bilan asoslangan. Don omborxonalari birinchi navbatda o‘zining asosiy funtsiyasini bajarishi, ya’ni donning miqdoriy va sifat saqlanuvchanligini ta’minlashi kerak. Buning uchun u mustahkam bo‘lishi, donning devorlarga va polga beradigan bosimiga, shamolning bosimiga va atmosferaning yemiruvchi ta’sirlariga chidamli bo‘lishi zarur. Saqlanadigan donga yer osti suvlari va atmosfera yog‘inlari tushmasligi lozim.
Don sifatining saqlanuvchanligini ta’minlash uchun devorlar va pollar ichki yuzasining issiqlik o‘tkazuvchanligi kichik va gigrosko‘ik bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Birinchi talabga javob bermaydigan devorlar donni tashqi muhit haroratining o‘zgarishidan himoya qila olmaydi. Omborxonadan tashqarida haroratning pasayishi natijasida devorlarning ichki yuzasida suv bug‘lari kondensatsiyalanadi. Bu holat devorlar po‘latdan tayyorlanganda juda xavfli hisoblanadi. Devorlar ichki yuzasining gigrosko‘ik bo‘lishi donni kondensatsiyalangan namlikda yaxshi himoyalaydi.
Don omborxonalarining konstruktsiyasi donga zararkunandalar tushishi va ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratmasligi va zararsizlantirishni amalga oshirish hamda zararkunandalarga qarshi kurash uchun sharoitlarga ega bo‘lishi kerak. Faol shamollatish va donni gazlashni amalga oshirish hamda don omborxonasining o‘zi devorlariga gaz o‘tkazmaslik talablarini qo‘yadi. Don omborxonalaridagi barcha texnologik jarayonlar mehnat unumdorligi yuqori bo‘lishini ta’minlashi kerak. Ana shunda belgilangan ish o‘z vaqtida bajariladi.
Don omborxonalari donni tozalash va quritish uchun donni tozalash mashinalari va don quritgichlar bilan ta’minlanadi. Uning tarkibi va unumdorligi kelayotgan don miqdoriga to‘g‘ri kelishi kerak. Don omborxonalariga shamollatish qurilmlari o‘rnatiladi, chunki don ko‘chirilganda chang ajraladi. Ajralgan chang changyutkich va ventilatorlar yordamida tozalanadi. Don saqlanadigan omborxona doimo toza saqlanishi kerak.
Don omborxonalarining sxemasi, konstruktsiyasi va tuzilishi inshoot tannarxining kichikligi va qurilish materiallari kam ketishi singari talablarga javob berishi zarur. Bunda inshootning mustahkamligi, ishonchliligi, uzoq muddat foydalanishi va yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
Don omborxonalari aloqa yo‘llariga yaqin joyda quriladi. Ularning hajmi rejalashtirilgan don miqdorini qabul qila olishi zarur. Turli don turkumlarini joylashtirish uchun yetarli miqdorda alohida saqlash joylariga (bo‘limlar, siloslar, bunkerlar) ega bo‘lishi kerak.
Don omborxonalaridan foydalanishga sarflanadigan barcha xarajatlar kichik miqdorda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Don omborxonalari mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga javob berishi lozim.
6. Don tayyorlov korxonasining bosh rejasi
Tanlangan maydondan samarali foydalanish uchun dastlab korxonaning bosh rejasi tuziladi.
Bosh reja korxona ishining kelajakdagi sharoitlarini har tomonlama o‘rganish, yangi va tajribada sinovdan o‘tgan mashinalarni joriy qilish, qurilish uslublarini hisobga olib ishlab chiqiladi. Korxonaning bosh rejasida barcha asosiy va yordamchi binolar hamda inshootlar, kirish yo‘llari, energiya va suv ta’minoti oqimlari to‘liq ko‘rsatiladi.
Korxona bosh rejasida yong‘in xavfsizligi qoidalari hisobga olinadi. O‘t o‘chirish mashinalari korxonaning barcha ob’ektlariga qulay va tez kirishishi ta’minlangan bo‘ladi.
Maydonda halqa shaklidagi tuganmas suv manbaiga ega bo‘lgan o‘t o‘chirish quvuri yoki hajmi 250...500 m3 bo‘lgan 3 soatlik suv zaxirasiga ega bo‘lgan suv havzasi o‘rnatiladi. Gidrantlar orasidagi masofa 50...100 m dan oshmasligi va bir vaqtning o‘zida ikki joydan bitta obektga suv berish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Elevatorlar, tegirmonlar, yorma va omixta yem zavodlari yonida zararli kimyoviy korxonalar, veterinariya shifoxonalari, teri-mo‘yna zavodlarini bo‘lishi sanitariya qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Korxonalarni joylashtirishda sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak, chunki don organiq modda bo‘lganligi uchun begona hidlarni tortib oladi va oson buziladi.
SHu bilan birga donni qayta ishlash korxonalari yonida kasalxona va sihatgohlar, bolalar bog‘chalari bo‘lmasligiga e’tibor berish zarur.
Sanitariya qoidasiga ko‘ra don omborxonasidan qo‘shni inshootlar va aholi yashaydigan hududlargacha bo‘lgan masofa 100 m dan kam bo‘lmasligi maqsadga muvofiqdir.
Elevatorlar va donni qayta ishlash korxonalari aerodromlardan uzoqda bo‘lishi zarur, chunki elevatorlarning baland ishchi binolari samolyotlarning ‘arvozi uchun xatarli hisoblanadi.
Tanlangan maydonda bino va inshootlarni qurishda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:

  • ishlab chiqarish jarayonining uzviyligi, yuk yo‘nalishlarini qarama-

qarshiligi va kesishuviga barham berish, temiryo‘llar va avtomobil yo‘llarining qisqa bo‘lishi;

  • maydonning imkoni boricha kichikligi va keyingi kengayishi hisobga olinganligi;

  • yordamchi ishlab chiqarish obektlarini kamaytirish.

Asosiy ishlab chiqarish obektlariga elevatorlar (qabul qilish —jo‘natish qurilmalari bilan), don omborxonalari, don quritgichlar, tegirmonlar, yorma va omixta yem zavodlari, ularning tayyor mahsulot omborlari, asosiy va yordamchi laboratoriya binolari, avtomobil va vagon tarozilari uchun binolar kiradi.
Yordamchi ishlab chiqarish inshootlariga yonilg‘i omborxonalari, transformator ‘odstantsiyalari, nasos stantsiyalari, yer osti suv havzalari, chilangar-mexanik, elektr ta’mirlash va o‘rnatish, duradgorlik ustaxonalari, teplovozlar uchun depo, avtomobil transporti uchun garajlar, o‘t o‘chirish deposi va boshqalar kiradi.
Korxona xodimlari uchun issiq suvli dushlar va kiyimlarni changsizlantirish uchun qurilmalar o‘rnatiladi. Hududda oshxona yoki bufet, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish punkti bo‘lishi kerak.
Qurilish tannarxini pasaytirish uchun o‘xshash vazifani bajaruvchi xonalar birlashtiriladi.
Masalan, transformator ‘odstantsiyalari silososti xonalarida yoki tegirmon binosida joylashtiriladi. Yog‘in-sochin suvlaridan himoyalash uchun tashqi devorlar bo‘ylab asfalt yo‘laklar quriladi. Yo‘laklar kengligi 2 m, qiyaligi esa bino tomonga 1/20 bo‘lishi kerak. Yo‘laklar suvni olib ketishga mo‘ljallangan ariqchalar bilan birlashtiriladi.
Yer usti suvlarini olib ketish sistemasi yerto‘la binolarini va poydevor gruntini suv kirishidan himoya qiladi. Gruntlarning ko‘tarish qobiliyati birinchi navbatda
ularning namligiga bog‘liq bo‘ladi. Gruntda namlik qanchalik kam bo‘lsa, uning ko‘tarish qobiliyati shunchalik yuqori va elevatorning mustahkamligi katta bo‘ladi.
Korxona hududi asfalt bilan qo‘lanadi, qolgan joylar ko‘kalamzorlashtiriladi.
Qurilish majmuasi sxemasida tayyorlov elevatorining inshootlari va u bilan bog‘langan don omborxonalarining joylashuvi belgilanadi (3-rasm). Tayyorlov elevatori avtomobil transportidan qabul qilish va donni temiryo‘l vagonlariga yuklash qurilmasi bilan ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish, ‘ort, uzatish va boshqa elevatorlarning bosh rejasi tayyorlov elevatorlarnikidan farq qiladi.
Un tortish kombinatining bosh rejasi (4-rasm)da elevatorning ishchi binosi va silos korpusi donni qayta ishlash korxonalari bilan bir qatorda joylashtiriladi. Bunday imkoniyat bo‘lmaganida elevator donni qayta ishlash korxonasi bilan ishchi bino tegirmonining donni qayta ishlash bo‘limi qarshisida, Konveyerli ayvonlar bilan bog‘lanadigan qilib joylashtiriladi.


3-rasm. Tayyorlov elevatorining bosh rejasi.
1—silos korpusi; 2—yuqorigi va pastki Konveyerli mexanizatsiyalashtirilgan don omborxonalari; 3—reversiv konveyerlar uchun ayvon; 4—noriyalar uchun minora; 5—temiryo‘l transportiga yuklash-bo‘shatish qurilmasi; 6—nasos stantsiyasi va suv idishi; 7—artezian qudug‘i;
8—vizalash maydoni va laboratoriya; 9—idora va laboratoriya; 10— avtomobil tarozisi; 11— as’iratsion chang uchun bunkerlar; 12—elevatorning ishchi binosi; 13—avtomobil transportidan qabul qilish qurilmasi; 14—chiqindilar va chang uchun bunker; 15—don quritgich; 16—yordamchi korpus; 17— suyuq yoqilg‘i ombori; 18—ko‘mir ombori; 19—suyuq yoqilg‘ini sisternalardan qabul qilish qurilmasi.
    1. Don omborxonalarining konstruktsiyalari

Don omborxonalarining bir nechta konstruktsiyalari ishlab chiqilgan. Dastlab sig‘imi 3200 t bo‘lgan, omborxona qurilgan (5-rasm). Uning afzalligi konstruktsiyasi sodda bo‘lib, turli mahalliy materallardan hamda harakatlanuvchi va turg‘un moslamadan foydalanish mumkinligi hisoblangan.



Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish