O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet5/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Tayanch so‘z va iboralar: Tabiiy ravishda shamollatiladigan (tashqi havo bilan sovutiladigan) omborlar, Ventilyator vositasida tashqi havo bilan sovutiladigan (sovuq havo mahsulot qavatlari orasidan o‘tkaziladigan) omborlar, Muzxona va muzli omborlar, Sun‘iy sovutiladigan sovutgichlar, Havo va gaz tarkibi nazorat qilib turiladigan sovutgichlar.


    1. Meva va sabzavotlarni saqlash omborlarining turlari va tuzilishi

Qadim zamonlardan beri meva-sabzavot va kartoshka saqlashda turli usullar – dalaning o‘zida Handaklar va o‘ralarda saqlashdan foydalanilib kelanadi. Bu usullar xo‘jaliklarda, xonadonlarda, shuningdek, namunaviy omborlari yetishmaydigan tayyorlov punktlarida keng qo‘llaniladi.
Eng zamonaviy (statsionar sabzavotxonalarda) saqlash usullari turli xillarga bo‘linadi, bunda sabzavoxonalarning katta – kichikligiga, saqlash tartibi, ish jarayonlarini mexanizatsiyalash va mahsulotni joylash tizimiga bog‘liq. Omborxonalar, mahsulotni saqlash usullari va asosan, texnika bilan ta‘minlanganlik darajasiga qarab, quyidagi usullarda saqlash tashkil qilinadi:

  1. Tabiiy ravishda shamollatiladigan (tashqi havo bilan sovutiladigan) omborlar.

  2. Ventilyator vositasida tashqi havo bilan sovutiladigan (sovuq havo mahsulot qavatlari orasidan o‘tkaziladigan) omborlar.

  3. Muzxona va muzli omborlar

  4. Sun‘iy sovutiladigan sovutgichlar.

  5. Havo va gaz tarkibi nazorat qilib turiladigan sovutgichlar.

Turli maqsadda saqlash, xo‘jalikning moddiy-texnika imkoniyatlari, shuningdek, ilmiy- tadqiqot ishlarining darajasi mahsulot saqlash usullarining anna shunday ko‘p turda bo‘lishini taqazo etadi. Muayyan sharoitlarda eng qo‘l keladigan usulni tanlash uning iqtisodiy va texnologik ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir.
Xususan qishloq xo‘jaligida, dala sharoitida mahsulot saqlashning oddiy va sinalgan usullari keng qo‘llanilmoqda, hamda keyingi yillarda zamonaviy sabzavotxonalar va sovutgichlar ko‘plab qurilib, bu usullarga e‘tibor ancha ortdi.


    1. Vaqtinchalik omborxonalar

Muvaqqat omborlar – uyum va handaqlarda kartoshka va ildizmevalar (sabzi, kartoshka, tur’ va b.) saqlanadi. Bunday omborlarda sabzavotlarni saqlash arzon, oddiy va hammabo‘ usul bo‘lib, qurilish jihozlari hamda materiallari talab qilinmaydi. SHu bilan birga muvaqqat omborlarda sabzavotlarni saqlashningn bir qator kamchiliklari ham bor. Bunda barcha ishlarni amalga oshirish ob-havo sharoitiga bog‘liq bo‘lib, saqlanadigan mhsulotni nazorat qilish ancha qiyinlashadi.
SHu sababli mahsulolarning ancha ko‘p qismi nobud bo‘ladi. Handaq va uyumlar saqlanadigan mahsulotni ishlatish maqsadiga ko‘ra, ya‘ni oziq-ovqatga ishlatiladigan mahsulotlar aholi punktiga, urug‘liklar esa ekiladigan dalaga, yem-hashak maqsadida foydalanladiganlari esa fermaga yaqin joyga joylashtiriladi. Ularni joylashtirishda uchastkaning reg‘efi, shamollatish yo‘nalishi, yer osti suvlarining joylashish chuqurlgi va tuproqning mexanik holati hisobga olinadi.
Uyum va handaqlar uchun quruq, balandroq tekis bo‘lgan joy tanlanadi. Bunda yer osti suvlari uyum va handaq tagidan 1 metrdan ziyod chuqurlikda bo‘lishi lozim. Tuproqning mexanik
tarkibi qumoq bo‘lgani ma‘qul. Uyum va handaqlarning sig‘imini aniqlashda mahsulotning hajm birligidagi massasini handaq va uyumning foydali hajmiga ko‘paytirish lozim. Ayrim sabzavot mahsuloltlarining hajm massasi 1-jadvalda keltirilgan.

      1. jadval

Mahsulotning turi va tabiiy sharoitiga qarab uyum va handaqlarning o‘lchamlari turli xil bo‘ladi. Ayniqsa, ularning ko‘ndalang kesimi muhim ahamiyatga ega. Uyum va handaqlarning ko‘ndalang kesimi ularning sig‘imi va mahsulot ajratib chiqargan issiqlikni tarqatish chegarasini belgilaydi. 2-jadvalda uyum va handaqlarning o‘lchamlari zonalar bo‘yicha keltirilgan.



      1. jadval

Zonalar

Ildizmevalar va kartoshka uchun

Karam uchun

eni

chuqurligi

uzunligi

Eni

chuqurligi

uzunligi

Handaqlar

Janubiy

0,6-1,0

0,5-0,6

5-10

0,4-0,6

0,4-0,6

5-8

G‘arbiy

0,8-1,2

0,6-0,8

8-15

0,6-0,8

0,6-0,8

8-12

O‘rta

0,8-1,2

0,9-1,2

10-15

0,8-1,0

0,8-1,0

10-12

Uyumlar

Janubiy

1,2-1,4

0-2

12-15

1,0-1,2

0

8-10

G‘arbiy

1,5-2,0

0-0,2

15-20

1,4-1,6

0-,02

10-12

O‘rta

2,0-2,2

0,2-0,4

15-20

1,8-2,0

0-0,2

10-12

Bizning zonamizda handaq va uyumlarning o‘lchamlari g‘arbiy va o‘rta zonalarga qaraganda kichikroq bo‘ladi.


Mahsulotlarni joylash oldidan albatta saralanadi, har bir uyum va handaqga mahsulotni bir kunda joylash kerak. Ayrim ildizmevalar sig‘imi 20-25 kg li yashiklarga joylanib ham uyum va handaqlarga joylashtiriladi.
Ventilyatsiyani yaxshilash maqsadida uyum va handaq bo‘ylab o‘rtasidan 30x30 sm o‘lchamda ko‘ndalang ariqcha qazib, unga taxta panjaralar o‘rnatiladi.
Har 50-60 sm oralatib havo naylari o‘rnatiladi. Handaq va uyumlardagi mahsulotlar muzlamasligi uchun usti berkitiladi.
Qishi sovuq zonalarda ularning usti qalinroq qilib yo‘iladi. Yomg‘ir va qor suvlarini atrofga oqizish uchun handaq va uyumlarning atrofida sayoz ariqchalar qaziladi. Saqlash davrida uyum va handaqlar muntazam ravishda kuzatilib boriladi. CHo‘kqanda va yoriqlar paydo bo‘lganida darhol ochib nazorat ostiga olinishi lozim.
Uyum va handaklarni qurish uchun kam, shuning bilan birgalikda arzon va asosan mahalliy qurilish materiallari talab etiladi. Uyum va handaklar uchun yengil yoki o‘rta tuproqli baland joylar tanlanadi. U yomg‘ir va qordan erigan suvlarining oqib tushishi uchun qiya joylashgan bo‘lishi kerak. Omborxonani shimoldan janubga tomon yo‘nalishda joylashtirish kerak. Yer osti suvlari omborxonaning tubiga 1-1,5 m dan ko‘tarilmasligi kerak.
Uyumlar har xil konstruktsiyada bo‘ladi: yer usti, yarim chuqurlashtirilgan va chuqurlashtirilgan. U yoki bu uyum turini tanlash yer osti suvlarining chuqurligi va mavjud qurilish materiallarining miqdoriga bog‘liq. Yer usti uyumlari tuproqning ustki qatlamida joylashtiriladi,
yarim chuqurlashtirilgan uyumlar uchun 0,22-0,3 m chuqurlikda kotlovan qaziladi, chuqurlashtirilgan uyumlar uchun esa – 0,5-1,0 m. CHuqurlashtirilgan uyumlarga taxminan mahsulotning yarmi kotlovanda, qolgan qismi esa yerning ustki qismida joylashgan turlari kiradi.
Kartoshka va sabzavotlar yarim chuqurlashtirilgan va chuqurlashtirilgan uyumlarda eng yaxshi saqlanadi, bunda ular haroratning keskin o‘zgarishiga duch kelmaydi. Uyumlarda mahsulotlar shtabelning uzunligi bo‘ylab cho‘zilgan ko‘rinishda joylashtiriladi. Uyumning ko‘rinishi aylana ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. Bunday uyumlar ko‘tsalar deb ataladi. Kartoshka va osh lavlagi uchun uyumlarning kengligi 2 m gacha olinadi, ‘etrushka va sholg‘om uchun 1 m, oqbosh karam va bryukva uchun 1,5-1,8 m olinadi. Uyumlarning uzunligi 10-15 m gacha, sabzi saqlash uchun 5 m gacha olinadi.
Kartoshka va sabzavotlar tabiiy shamollatiladigan uyumda yaxshi saqlanadi. Uyumlar quyidagi ko‘rinishda quriladi: uyumning bor uzunligi bo‘ylab saqlashga joylanadigan mahsulot turidan kelib chiqib bir yoki ikkita ariqcha qaziladi. Kartoshka va ildizmevalar uchun bita ariqcha yetarlidir, oqbosh karam uchun ikkita ariqcha qaziladi. Ushbu ariqchalarning oxirlari uyumning ko‘ndalang kesimi bo‘ylab 1 m ga chiqishi kerak. Oddiy uyumlarning ko‘ndalang kesimi pastki shamollatish kanallari bilan 4-5 rasmlarda sxematik tasvirlangan.
So‘rish ventilyatsiyasi uchun har 3-4 m dan keyin tag qismi ‘lankali qilingan vertikal trubalar o‘rnatiladi.
So‘rish ventilyatsiyasi uchun qishki sovuqlar hisobga olinib trubalar o‘rniga uyumning qirra tomoniga tashqaridan somon qatlamiga chiqadigan taxtadan qiya nov (30x30 sm) o‘rnatgan ma‘quldir. Havo oqimini kuchaytirish uchun novlarni yon tomondan va har 3-4 m da so‘rish trubasini 50 sm balandlikda va kesimi 25x25 sm dan kam bo‘lmagan holda o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Oraliq so‘rish trubalarini o‘rnatish oson bo‘lishi uchun nov uzunligi 2-4 m bo‘lgan alohida sektsiyalardan iborat bo‘lishi kerak.




4-rasm. Yer usti uyumining sxematik tasviri: 1-’astki shamollatish kanali, 2-kartoshka yoki ildizmeva, 3-uyum termometri uchun yog‘ochli nazorat trubkasi, 4-somon, 5-tuproqning
boshlang‘ich qatlami, 6-to‘liq tuproqli qo‘lama, 7- suv chiqaradigan ariqcha.

Mahsulot shtabelga joylangandan keyin u somon va tuproq bilan yo‘iladi. Kartoshka joylangan uyumning qirrasiga past (salbiy) harorat (0,1-20) tushishi va mahsulot massasida optimal harorat rejimi o‘rnatilguniga qadar tuproq tortilmaydi. Ushbu tuynuk orqali mahsulotning sovutilishi va ortiqcha namlikning bug‘lanishi sodir bo‘ladi.


Uyumlarni yopishda issiqlik izolyatsiya material sifatida somondan tashqari yog‘och qi’iqlari, quruq torf uvoqlari, quruq ‘o‘‘anaklar, daraxtlarning quruq barglari, archa shoxlari, zig‘ir titadigan ishlab chiqarish qoldiqlaridan ham foydalanish mumkin. Somonli qo‘lamaning qalinligi 60-70 sm dan kam bo‘lmagan asosda bo‘lishi, uyum qirrasida esa 30-40 sm bo‘lishi kerak. Tuproq qatlami birinchi qo‘lamada 10-15 sm, ikkinchisida, ya‘ni past haroratlarda 25-35 sm gacha yetkaziladi.



5-rasm. CHuqurlashtirilgan uyumning rejasi va bo‘ylama kesimi:
1-kartoshka yoki ildizmeva, 2-suv tushadigan ariqcha, 3-suv tushadigan ariqchaning tik quduqchasi, 4-somon, 5-tuproq, 6-yog‘och nazorat trubkasi.

-20 dan past doimiy sovuq tushushi bilan o‘tkazish ventilyatsiyasining kanallari kechqurunlari yo‘ib qo‘yiladi. Tashqi havo haroratining tushishi yana davom etsa (-30 dan past) o‘tkazish kanallari somon, quruq torf uvoqlari, yog‘och qi’iqlari bilan va keyin albatta, tuproq bilan yo‘iladi. So‘rish ventilyatsiyasining trubalari tashqi havo harorati -40 dan pastga tushib ketganda butunlay yo‘iladi, uyumning ichida esa turg‘un harorat +20 o‘rnatiladi.


Uyumlarda haroratni o‘lchash uchun termometrlar uchun nazorat trubkalari o‘rnatiladi. Bunda trubkalar kartoshka yoki sabzavot massasining o‘rtasigacha joylanadi. Trubkalar kengligi 5-6 sm dan iborat qattiq yog‘ochdan tayrlanadi. Handaqlar – yerdan har xil chuqurlik va kenglikda to‘g‘ri yoki qiya devorli qilib qazilgan kotlovan (o‘ra, chuqur)lardir. Handaqlar konstruktsiyalash usuliga ko‘ra bir necha xil ko‘rinishda bo‘ladi. Handaqlarning asosan ikki xil turi keng tarqalgan: berk va shamollatiladigan.





  1. rasm. Kirituvchi ventilyatsiyali handaq: a-bo‘ylama kesimi, b-ko‘ndalang kesimi. 1- saqlanayotgan mahsulot, 3-kirituvchi ventilyatsiya, 3-somon, 4-oxirgi tuproq qo‘lamasi, 5-dastlabki

tuproq qo‘lamasi, 6-termometr.

Berk handaqlar quyidagi o‘lchamlarga ega: tepaga qarab kengligi 1 m, tubiga qarab – 0,7-0,8 m, chuqurligi tuproqning sochiluvchanligiga bog‘liq ravishda 1 m gacha (janubiy ratsonlarda 0,8 m gacha). Uzunligi 15 m gacha. Handaqlarni qazishda har 5-6 m dan keyin tuproqli to‘siq qoldirib ketish maqsadga muvofiqdir. Bunda qaysi bir sektsiyada chirish yuzaga kelsa butun mahsulot massasi bo‘ylab tarqalib ketmaydi. Bundan tashqari handaqning bunday qurilishi sabzavot va kartoshkaning kerakli miqdorda qismlar bo‘yicha realizatsiya qilish imkonini beradi.


Handaqni yer ustki qatlamigacha yoki yer ustki qatlamidan uncha katta bo‘lmagan ikki tomonga nishabli 30-35 sm balandlikkacha to‘ldirish mumkin. Handaqni bunday to‘ldirish tartibi kartoshka va sabzavotni yaxshi isitish va uning hajmidan ancha tejamkor foydalanish imkonini beradi.
Somon-tuproqli qo‘lamaning qalinligi handaqning chekka tomonlariga 120 sm dan kam bo‘lmagan holda chiqarilish zarurligi bilan uyumda saqlashdagi kabi amalga oshiriladi.
Kartoshka va sabzavotlar shamollatiladigan handaqlarda yaxshi saqlanadi. Kartoshka uchun odatda kirituvchan ventilyatsiyali (6-rasm) handaqlar quriladi, sabzavotlar uchun esa tubi sovitiladigan va ustki qismida havo tsirkulyatsiyasi erkin bo‘lgan handaqlar quriladi (7-rasm).





  1. rasm. Kirituvchi-so‘ruvchi ventilyatsiyali handaq: a- umumiy ko‘rinish, b-ko‘ndalang kesimi, v-bo‘ylama kesimi. 1-saqlanayotgan mahsulot, 2- kirituvchi ventilyatsiya, 3-chiqarish trubasi,

4-shit, 5-’anjara, 6-termometr uchun trubka, 7-somon, 8-tuproq.

Birinchi holatda handaqning tubiga ariqcha ko‘rinishidagi yoki 25x25 sm o‘lchamdagi panjarali truba o‘rnatish yo‘li orqali o‘tkazuvchan ventilyatsiya quriladi. Ariqcha ustki tomonidan panjara bilan yo‘iladi yoki sinchalar bilan qo‘lanadi va handaqning chekkasida qazilgan quduq orqali tashqi havo bilan bog‘lanadi. Handaqning tepa qismi to muntazam sovuq tushmagunicha yo‘ilmaydi. Sabzavotlarni saqlash uchun sovutuvchi tubli handaq odatda uzunligi 10 m, chuqurligi 1-1,3 m va kengligi 1-1,2 m qilib qaziladi. CHekka tomonidan handaqning tubigacha yetib boruvchi vertikal ventilyatsiya kanallari (40x60 sm) qaziladi. Handaqning tubiga yog‘och bo‘laklari bilan yopilib va shu tariqa ikkinchi panjarali tub hosil qiladigan bo‘ylama yog‘och lagalar (qalinligi 18-20 sm) o‘rnatiladi.


Vertikal kanallar handaqning ichki hajmidan yog‘ochli isitilgan shitlar bilan ajratib turadi. Ular issiqlik izolyatsiya materiallari bilan to‘ldirilgan taxta qutidan iboratdir. Handaqning tubi va devorlariga (karam saqlanganda) archa shoxlarini yotqizish tavsiya etiladi. Yon shitlar ham karamdan nina barglilar bilan ajratib turiladi.
Handaqlar panjarali tom bilan yo‘iladi: handaqning ko‘ndalang to‘sining har 75-80 sm dan keyin brus, gorbel, xodalardan hari o‘rnatiladi va ularga ishlov berilmagan taxtalardan qator qilib qoqib chiqiladi. Har 3 m dan so‘ng ushbu karkasga balandligi 1,5 m va kesimi 25x26 sm bo‘lgan
yog‘ochli so‘rish trubasi qotiriladi. Qishki qo‘lamaga handaq bo‘ylab 100 sm qalinlikdagi tuproq qo‘lamasi ham kiradi.



  1. rasm. Kirituvchi-so‘ruvchi ventilyatsiyaning tuzilishi: 1-kirituvchi truba, 2-so‘ruvchi truba,

3-isitish (qo‘sh qavatli).

Vertikal kanallar somon bilan qo‘lanadi va oxirida handaqda 1-1,50S harorat o‘rnatilganda va doimiy sovuq tushishi bilan tuproq bilan qo‘lanadi. Kerak bo‘lganda (asosan bahorda) vertikalg‘ kanallar ochiladi. Sovuq havo tsirkulyatsiyasining shunday tizimi hisobiga handaqda sabzavotlarning barcha qismida teng harorat rejimi o‘rnatiladi.





  1. rasm. Gpishtdan qurilgan handaq: 1- bitum qo‘lamali asos, 2- beton, 3-shag‘al bilan

zichlangan tuproq.

Zax va namgarchilik ko‘p yerlarda kartoshka va sabzavotlarni mustahkam polietilen qo‘larda yoki sig‘imlarda, masalan, vaqtincha ko‘milgan va qi’iq, quruq barglar bilan isitilgan bochkalarda saqlash mumkin (9-rasm).







  1. rasm. Kartoshka va sabzavotlarni saqlash uchun bochka yoki mustahkam polietilen qo‘dan iborat eng sodda ‘ana: 1- qi’iq; 2 - yog‘och qo‘qoq; 3- marza; 4- polietilen ‘lenka; 5-yuk; 6-

quruq barg; 7-yog‘och to‘siq; 8-ventilyatsiya uchun diametri 20 mm bo‘lgan polietilen trubka; 9 - polietilen sig‘im; 10- yer osti suvlarining sathi.



  1. rasm. Ikki qismdan iborat blokli ombor.

Bunday oddiy ‘ananing ustki qismi polietilen plyonka bilan yo‘iladi va qo‘ (yoki bochkining tepa qismi) yer sathidan 15-20 sm baland bo‘lishi uchun tuproq to‘kiladi. Bunda omborga suv tushmaydi. Ventilyatsiyani qo‘ bo‘g‘iniga joylangan va pishiq arqon bilan birga bog‘langan 5-7 xivichdan iborat bog‘lam ta‘minlaydi.






  1. Download 11,87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish