O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


rasm. Tepalik yonbag‘ridagi ‘ana: 1-suv chiqaradigan ariqcha, 2-qiyalik ariqchasi. rasm



Download 11,87 Mb.
bet6/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

rasm. Tepalik yonbag‘ridagi ‘ana: 1-suv chiqaradigan ariqcha, 2-qiyalik ariqchasi.




  1. rasm. Tepalik yonbag‘ridagi omborxona (variantlardan biri): 1-o‘rama, 2-tuproq, 10 sm, 3-tuproq, 30 sm, 4- qanduk.

Quruq va yer osti suvlarining sathi past bo‘lgan baland joylarda kartoshka va ildizmevalarni chuqur bo‘lmagan o‘ra, ariqcha, uyumlarda saqlash mumkin (14,15-rasmlar). Inshoatning konstruktsiyasi sinch yoki shox-shabba qo‘langan qiya devorli uncha chuqur bo‘lmagan tu’rog‘i


o‘yib olingan yer ko‘rinishiga ega. O‘yib olingan joy ustidan ikkita qo‘lama qo‘lanadi: ikki qavat qilib suvalgan tuproq-somonli yoki butun qo‘lama ostidan tozalangan sinchlardan tayyorlangan panjaralar tayyorlangan chetanli qo‘qoq quriladi va kartoshka uyumiga somon alohida, to‘g‘ridan- to‘g‘ri joylanadi. Quriladigan yo‘iq maydonga yomg‘ir yoqqanda yoki qorlar erigan vaqtda suv to‘‘lash uchun chuqur bo‘lmagan ariqcha qaziladi (40 santimetr). Bunday ‘ana joy hattoki, noqulay ob-havo sharoitida ham ishonchlidir.





  1. rasm. Xo‘jalik maydonlarida kartoshka va ildizmevalarni saqlash uchun o‘ra (ariqcha) (o‘lchamlar sm da): 1-kartoshka (ildizmevalar), 2-somon, 3- suv chiqaradigan ariqcha.




  1. rasm. Xo‘jalik maydonlarida kartoshka va ildizmevalarni saqlash uchun uyum (o‘lchamlar sm da): 1-ventilyatsiya panjarasi, 2-tuproq qatlami (30 sm), 3-somon qatlami (20 sm), 4-tuproq

qatlami (10 sm), 5- somon qatlami (7 sm), 6-ildizmevalar.

Shamollatishni ta‘minlash maqsadida uyumning tubida reykali shitlardan qoqib tayyorlangan uch burchakli quti yasaladi, xudi shunday quti kartoshka uyumining ustiga (qirrasiga) ham joylanadi. Uzun uyumlar yon tomondagi uch burchakli qutilarga o‘rnatilgan vertikalg‘ yog‘ochli so‘rish qutilari bilan ta‘minlanadi. Uyumda saqlash kartoshkani bir joydan-boshqa joyga to‘kish talab etilmasligi bilan qulaydir va bu uni shikastlanish va lat yeyishidan saqlaydi. Tuganaklar saqlash davrida mog‘orlardan kam zararlanishi uchun uyum orasiga ohak yoki quruq kul sochish tavsiya etiladi. Ohak va kulni quruq qum bilan aralashtirish mumkin.




    1. Doimiy (statsionar) omborxonalar

Kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlashga mo‘ljallangan omborxonalar ko‘p jihatdan bir- biridan tafovut qiladi, bulardan eng muhimi: qanday mahsulot saqlashga mo‘ljallanganligi, rejalashtirilishi va o‘lchamlari va sig‘imi, hajmi, qurilishdagi xususiyatlari, saqlash tartibiga rioya qilish, uskunalar tuzilmasi, mahsulotlarni joylash usullari va yuklash, tushurish ishlarining mexanizatsiyalashganlik darajasi va nihoyat iqtisodiy ko‘rsatkichlaridir. Meva va sabzavotlarni saqlash texnologiyasini rivojlantirishda mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan omborxonalar qurish muhim ahamiyatga ega. Doimiy omborlar meva va sabzavotlarning turiga, rejalashtirilishiga, hajmiga, saqlash tizimiga, mahsulotlarni joylashtirish va boshqa bir qator xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi.
Doimiy omborxonalar meva va sabzavotlarning turiga qarab – kartoshka, ildizmeva, piyoz, karam va meva saqlashga moslashtirilgan bo‘ladi. Bu mahsulotlarni saqlash sharoiti bir-biridan tafovut qiladi va ularni bir omborda saqlash tavsiya etilmaydi. Doimiy omborxonalar sig‘imi jihatidan kichik, o‘rtacha va katta bo‘ladi. Kichik omborxonalarning sig‘imi 100-200 tonna, o‘rtacha omborxanalarniki 10 000 tonnagacha, katta omborxonalarniki 30 000 tonnagacha bo‘ladi. Katta sig‘imli omborxonalar kichigiga qaraganda qurilish va iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘ladi. SHu Bilan birga mahsulotni saqlashga sarf bo‘lgan xarajat ham kam bo‘ladi.
Omborxonalarni rejalashtirishda ularga transportning kirib chiqishi va chuqurligini hisobga olish lozim. Hozirgi qurilayotgan barcha omborxonalar avtotarnsport bir tomonidan kirib ikkinchi tomonidan chiqib ketadigan qilib qurilgani ma‘qul. Omborxonaning chuqurligini belgilashda yer osti suvlari hisobga olinadi. Bunda yer osti suvlari 2 metrdan past bo‘lishi kerak. Bizning sharoitimizda asosan omborxonalar yarim chuqur yerto‘la qilib quriladi. Meva omborxonasi mahsulotni saralashda yorug‘ bo‘lishi uchun yer ustiga quriladi. Eng oddiy meva omborlari qatoriga oddiy yerto‘la kiradi.
Oddiy yerto‘la quruq yerdan chuqurligi 1 metr qilib qaziladi. Usti yopilib, yon tomonlariga taxta qoqiladi yoki gpisht teriladi. Ichiga devorlari bo‘yolab so‘kchaklar o‘rnatiladi. Yerto‘laning uzunligiga qarab har 3,5 metr joyga bittadan yo‘g‘onligi 10x10 sm li ventilyatsiya naylari o‘rnatiladi. Saralangan mevalar yashiklarga solingan yoki so‘kchaklarga to‘kilgan holda saqlanadi.
Ba‘zan yerto‘laning chuqurligi 1,5 metr, eni 4 metr, uzunligi saqlanadigan mevanting turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Er ustida qurilgan omborlar bir qavatli gpishtli imorat bo‘lib, ularning devor va shiplari ‘o‘kak, qi’iq, qamish va boshqa materiallardan tayyorlangan plitalar bilan qo‘lanadi. polni taxtadan qilib, ular orasida tirqishlar qoldiriladi. Bo‘lmani pol orqali tashqi havo Bilan shamollatib turish uchun qo‘qoqli tuynukchalar qilinadi.
Omborxonalar ikki qavatli qilib ham quriladi. Bunda uning birinchi qavati yerto‘la, ikkinchisi yer usti qavatidan iborat bo‘ladi. Ularda yerto‘la va yer usti omborxonalarining afzalliklari uyg‘unlashtirilgan.


    1. Omborxonalarni shamollatib turish tizimi

SHamollatish tizimi texnologik jihatdan qaraganda, bu mahsulot saqlash uchun zarur rejimni vujudga keltiradigan muhim uskunalar tizimidir.
Omborxonalarda mahsulot saqlash uchun zarur muhitni ulardagi shamollatish tizimi orqali vujudga keltiriladi. Omborxonalarni shamollatish tizimini tabiiy va majburiy ventilyatsiyalarga bo‘lish mumkin. Faol ventilyatsiya uning bir turidir. Tabiiy shamollatishda issiqlik fizikasi qonuniyatlariga binoan yuqoriga ko‘tarilib, o‘rniga sovuqroq va og‘irroq havo pastda to‘ladi. Natijada havoning tortilish kuchi vujudga keladi. Havoning almashuvi nechog‘lik zo‘raysa, omborxona ichidagi va tashqarisidagi harorat tafovuti shu qadar oshadi. Bu tafovut kuzda uncha katta bo‘lmaydi, shu sababli tabiiy shamollatib sovutish samaradorligi ham sezilarli emas. Sutkaning (tashqi haroratga nisbatan) qulay paytlarida tuynuklar orqali omborxonani shamollatishga to‘g‘ri kladi. Qishda esa tashqaridagi harorat pasayib ketib, mahsulotni sovuq urmasligi uchun ventilyatsiya quvurlarining hamma to‘siqlari yopilib, havo almashinuvi to‘xtatiladi. Majburiy shamollatish. Bu holda ventilyatorlar vositasida sovuq havo omborxonaga haydaladi. Omborchi kiritilayotgan havoning miqdorini boshqarib turish imkoniga ega bo‘lib, mahsulot saqlash tartibiga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. O‘rta va katta hajmli omborxonalar odatda majburiy shamollatish uchun uskunalar bilan jihozlanib quriladi, chunki katta hajmli omborxonalarni tabiiy shamollatish bilangina mahsulot saqlash tartibini to‘g‘ri idora qilib bo‘lmaydi. Aksariyat xonaga havo haydash va havo tortish quvurlari vositasida majburiy ventilyatsiya amalga oshiriladi.
Omborxonalardagi havo butun pol bo‘yicha bab-baravar taqsimlangan yoriqchali yer osti kanallari orqali tarqaladi. Majburiy ventilyatsiyaga ega bo‘lgan omborxonalarda mahsulot idishlarga (qutilar, konteynerlarga) solingan holda taxlanadi. SHu tariqa havo mahsulotni yalab o‘taveradi. Uncha katta hajmda bo‘lmagan mahsulot taxlarining turli joylaridagi harorati, namligi havoning gaz tarkibida sezilarli darajada tafovut ro‘y bermaydi. Bunday omborxonaning afzalligi idishlarda taxlab qo‘yilgan mahsulotni samarali sovutish va yuklash, tushirish ishlarini mexanizatsiyalash imkonini beradi. Ammo katta hajmda (g‘aram-g‘aramqilib) joylangan kartoshkaning qavatlari orasidan majburan havo o‘tkazilmas ekan, yaxshi natija olib kelmasligi isbotlangan.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish