O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/314
Sana05.07.2022
Hajmi4,29 Mb.
#741176
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   314
Bog'liq
микроб 2курс фарм

 
Nazorat savollari 
1. “Mikrobiologiya” termini tushunchasiga izox bering. 
2. Mikrobiologiyani farmatsevt provizor uchun axamiyati. 
3.Mikrobiologiyani rivojlanish davrlari necha qismdan iborat. 
4.L.Paster va R.Koxlarning mikrobiologiyaning rivojlanishi qo‘shgan xisolari nimalardan iborat. 
5.Bakteriyalar sistematikasi xaqida ma’lumot bering. 
6.Bakteriyalar asosiy shakllari nimalarga asosan tuzilgan. 
 


17 
2-mavzu: Bakteriyalarning fiziologiyasi: nafas olishi, oziqlanishi, o`sishi, ko`payishi. Oziq 
muxitlari, ularning klassifikasiyasi 
 
Reja:
1.
Mikroorganizmlarning struktura tuzilishi va doimiy komponentlari. 
2.
Bakteriyalar o‘sish ko‘rsatkichlari. 
3.
 
Bakteriya ko‘payish turlari.
 
4.
 
Mikroorganizmlarning nafas olishi.
 
 
Tayanch iboralar:
autotrof, geterotrof, nitrifikatsiyalovchi, serobakteriyalar, Obligat aeroblar
Obligat anaeroblar, Fakultativ anaeroblar, Mikroaerofil 
2.1 Mikroorganizmlarning struktura tuzilishi va doimiy komponentlari. 
Eukarionlar va prokariotlar. Mikroorganizmlarning ko`pchiligi bir hujayralidir. Bakteriya 
hujayrasi tashqi muhitdan hujayra po`sti, ba'zan esa faqat sitoplazmatik membrana bilan ajralib 
turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra tuzilishiga qarab, organizmlar ikki 
tipga bo`linadi. Ular eukariot va prokariot hujayrali organizmlardir. Agar mikroorganizm haqiqiy 
(chin) yadroga ega bo`lsa, unday hujayralarga eukariot hujayralar deyiladi. (Grekcha eu-chin, 
kario-yadro demakdir). 
Yadro apparati sodda (diffuz holda) bo`lgan mikroorganizmlar prokariotlar deyiladi. 
Eukariotlar zamburug`lar, suvo`tlar, sodda hayvonlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va ko`k-
yashil suv o`tlari (sianobakteriyalar) kiradi. Eukariotik hujayrada yadro va yadroda 1-2 yadrocha, 
xromasomalar (DNK, oqsil), mitoxondriy, fotosintez jarayonini olib boruvchi organizmlarda esa 
xloraplastlar, Goldji apparatlari mavjud. Ribosomalari esa 80s ni (Svedberg koeffitsenti) tashkil 
qiladi. 
Prokariot hujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida aniq chegara yo`q, yadro membranasi 
bo`lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. Shuning uchun prokariotlarda mitoz va 
meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas. 
Bakteriyalarning shakllari. Bakteriyalar oddiy sodda, shar yoki silindr yoki egilgan shaklda 
bo`ladi. Sharsimon bakteriyalar kokklar (kokkus-lotincha don) deyiladi. Ular sferasimon, 
ellipssimon, no`xatsimon va boshqa ko`rinishga ega bo`ladi. Bakteriya hujayralarining bir-biriga 
nisbatan joylanishiga qarab, har xil nomlanadi. Sharsimon bakteriyalar hujayrasi bo`linib, alohida 
joylashsa ular monokoklar, hujayra bo`linishi natijasida har xil uzum boshi kabi to`plamlar hosil 
qilsa, stafilokokklar deyiladi. Bakteriyalar bo`lingandan so`ng ikkitadan bo`lib joylashsa -
diplokokklar, bo`linishi natijasida uzun zanjir hosil qilsa streptokokklar, to`rttadan bo`lib 
joylashsa-tetrakokklar, kub shaklida joylashsa-sartsinalar deb ataladi. 
Bakteriyalarning ko`pchiligi silindr yoki tayoqchasimon shaklga ega bo`ladi. Tayoqchasimon 
bakteriyalar uzunligi, katta-kichikligi ko`ndalang kesimi, hujayra uchining ko`rinishi, 
hujayralarining o`zaro joylashishlari bilan farqlanadi. Hujayra uchlari to`g`ri, oval, buralgan yoki 
o`tkirlashgan bo`lishi mumkin. Bakteriyalar qayrilgan, ipsimon, shohlangan ham bo`lishi mumkin. 
Bakteriyalar ayrim, yakka-yakka, tayoqchalar, ikkitadan joylashgan diplobakteriyalar, spora hosil 
qiluvchilari bo`lsa diplobatsillar zanjir hosil qiluvchilarini esa streptobakteriya (streptobatsilla) 
deyiladi.
 
Ba'zan buralgan yoki spiralsimon ko`rinishga egalari ham uchraydi, ular spirillalar (spira-
lotincha buralgan). Spirillalarni burilishiga ega bo`ladigan kalta egilganlari vibrionlar (vibrio so`zi 
lotincha qayrilaman) deb ataladi. 
Bakteriyalarning ipsimon shakllari, ko`p hujayralari ham bo`lib, hujayraning tashqi tomoni 
har xil o`simtalar hosil qiladi. Ularning uchburchak, yulduzsimon, ochiq yoki yopiq xalqa, 
chuvalchangsimon va boshqa shakllari ham uchraydi. 
Bakteriyalar o`lchami kichik bo`lganligi uchun mikrometrlarda, nozik strukturalari esa 
namometrlarda o`lchanadi. Kokkilarning razmeri (diametri) 0,5-1,5 mkm ni tashkil etadi. 
Tayoqchasimonlarining eni 0,5-1 mkm, uzunligi esa bir necha (2-10) mikrometr bo`lishi mumkin. 
Mayda tayoqchalarni kattaligi 0,22-0,4 x 0,7-1,5 mkm bo`ladi (1-jadval). Bakteriyalar orasida bir 


18 
necha yuz mikrometrga etadiganlari ham uchraydi. Agar bakteriya hujayrasi qattiq oziqa muhitiga 
ekilsa bir necha soatdan so`ng ular ko`payib oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin bo`lgan koloniya 
(bakteriya hujayralri to`plami) hosil qiladi. Koloniyalar ko`rinishi rangi va boshqa hususiyatlari 
bilan bakteriya turiga bog`liq holda har bir bakteriya turi uchun o`ziga xos-spetsifiklikka ega 
bo`ladi 

Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish