O`zbekiston Respublikasida kechayotgan taraqqiyot jarayonlari kundan-kunga tezlashmoqda



Download 0,5 Mb.
bet1/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#247239
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 маъруза матн


KIRISH

O`zbekiston Respublikasida kechayotgan taraqqiyot jarayonlari kundan-kunga tezlashmoqda. Bu kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidan borayotgan mamlakatda har bir fuqaroni taraqqiyotga o’z hissasini qo’shishini taqazo etadi. Bugungi kunda jamiyatning barcha jabhalarida islohotlar o’tkazilib, ijtimoiy madaniy-faoliyat sohasiga ham katta e’tibor berilmoqda.

Mustaqillik tufayli o`zbek xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va ma`naviy merosini o`rganish, undan xalqning bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo`l ochildi. Ma`naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Shuningdek, fanni o’qitish zarurati quyidagilar bilan ham izohlanadi.

Birinchidan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida ham shaxs ijtimoiy faolligi bir necha bor e'tirof etiladi. Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Bu jarayonda esa -madaniyat institutsionlashgan mexanizm sifatida maydonga chiqadi. Bu jarayonni tashkil qilish madaniyat xodimidan muayyan bilim, ko’nikmani talab etadi.Bu esa ayni samarali ta’lim natijasida shakllanadi.

Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma'no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.

Uchinchidan, mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san'at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratilib, O‘zbekistonda madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Bu qaror ham madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni talab etadi. Bu zarurat 5151700-Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish ta'lim yo‘nalishlari o‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokidan o’rin olgan mutaxassislikka kirish fanini o‘qitish jarayonida yaqqol namoyon bo’ladi.

“Mutaxassislikka kirish” fani mutaxassislik fanlarining kо‘rsatkichi bо‘lib, bu fan о‘quv jarayonining dastlabki kunlaridan о‘qitila boshlanadi. Chunki, talaba shu fanni o’zlashtirish orqali madaniyat sohasi, о‘qish davrida о‘tiladigan fanlar tо‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bо‘ladi. Madaniy faoliyat bilan shug‘illanadigan kadrlar qanday bilim, tajriba va kо‘nikmalarga ega bо‘lishi lozimligi tо‘g‘risida ma’lumot oladi.

Madaniy faoliyat bu odatda xalqimizning bо‘sh vaqtida dam olishi, turli xil madaniy-hordiqiy faoliyat bilan shug‘ullanishi va charchoqlardan xoli bо‘lib, о‘zini yangi mehnat jarayoniga xizmat qiladi. Demak, har bir shaxsning ish vaqtidan sо‘ng hordiq chiqarishi, jismoniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishi, о‘z qiziqishlari bо‘yicha foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi uchun qanchalik mig‘dorda bо‘sh vaqt imkoniyati yaratib berilganligi jamiyatning insonparvarligidan, unda adolat qoidalarining ustuvorligidan dalolat beradi.

Istiqlol tufayli asriy orzulari rо‘yobga chiqqan xalqimizning hayotida ishdan, о‘qishdan keyingi bо‘sh vaqtini mazmunli va samarali о‘tkazishga ehtiyoj kuchaydi. Shuning uchun, mamlakatimizda aholini keng kо‘lamda sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoyalash, yoshlarning о‘z ijodiy va intellektual salohiyatini rо‘yobga chiqarishi hamda ularning bugungi tezkor va fan-texnika misli kо‘rilmagan darajada rivojlangan XXI asr talablariga tо‘liq javob beradigan, har tomonlama barkamol shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bо‘yicha aniq yо‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.

Mamlakatda madaniyat sohasidagi islohotlarning yana bir muhim yо‘nalishi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2017 yil 15 fevraldagi PF-4956-son farmonida о‘z ifodasini topdi. Unda Madaniyat vazirligi faoliyatining asosiy vazifasi etib “madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va kо‘paytirish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rag‘batlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish” belgilangan.

Shuningdek, Prezidentning “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 2017 yil 31 maydagi PQ-3022-son qarorida “madaniyat va san’at muassasalari, teatrlar, muzeylar, badiiy jamoalar, madaniyat va aholi dam olish maskanlari, madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyati, moddiy-texnik bazasi holatini atroflicha о‘rganish, ularni ta’mirlash va zarur jihozlar, musiqa asboblari bilan ta’minlash, samarali ijodiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish” topshirishi berildi. Bu esa kishilarimizning munosib madaniy-hordiqiy faoliyatdan bahramand bо‘lishlari uchun zarur shart-sharoitlar tug‘dirishga imkon yaratdi.

Xususan, О‘zbekiston ijodkorlarini qо‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, О‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, О‘zbekiston davlat filarmoniyasi, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali tashkil etildi.

О‘zbek mumtoz va folklor san’atining noyob namunalarini, о‘ziga xos ijro maktablari va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish tizimi yaratildi. О‘zbek milliy maqom san’ati markazi va muzeyi tashkil etildi. Har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumani hamda Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining о‘tkazilishi noyob merosimizning nufuzini jahon miqyosida oshirish yо‘lida muhim amaliy qadam bо‘ldi.

Xulosa qilib aytganda, mutaxassislikka kirish fani madaniyat sohasiga kirib kelayotgan bo‘lg‘usi mutaxassislarga o‘z maqsadlari sari dadil borishlari uchun asosiy yo‘nalishni berishi kerak. Bu yo‘nalishlar nafaqat madaniyat xodimi manfaatlarini ifodalashi, balki milliymadaniyat taraqqiyotini ta'minlashi ham muhimdir. Bu o‘z-o‘zidan sohada faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlardan o‘zgacha mahorat va fidoiylikni talab etadi. Rivojlanayotgan jamiyatning asosiy belgilaridan biri bu ijobiy o‘zgarishlardir. Mutaxassislikka kirish fani ham mazkur tamoyillarga amal qilgan holda jamiyat taraqqiyotiga mutanosib tarzda takomillashib borishi lozim.

“Mutaxassislikka kirish” fani bo’yicha tayyorlangan mazkur o’quv qo’llanma shu muhim faoliyat yuzasidan asosiy tushunchalarni o’zlashtirishga yaqindan yordam beradi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish