O`zbekiston Respublikasida kechayotgan taraqqiyot jarayonlari kundan-kunga tezlashmoqda


Madaniyat xodimining maqomi va kasbiy fazilatlari



Download 0,5 Mb.
bet5/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#247239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 маъруза матн

1.3. Madaniyat xodimining maqomi va kasbiy fazilatlari

O’zbekiston Respublikasida о‘tgan davrlar mobaynida doimiy madaniyat evolyusion yо‘lni bosib о‘tdi. Shо‘rolar davridagi mazkur kasb sohasining professional fazilatlari kommunistik mafkuraga sadoqat negizida shakllantirib kelingan bо‘lsa, istiqlolga erishilgandan sо‘ng madaniyat xodimining maqomi va uning kasbiy fazilatlari tubdan о‘zgardi. Yangi mohiyatga ega bо‘lgan madaniyat xodimining maqomi va uning kasbiy fazilatlari mamlakatimizda qabul qilingan milliy istiqlol g‘oyasi hamda vatanimizda demokratik, fuqarolik jamiyat qurish maqsadlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, komil insonni tarbiyalash nuqtai nazaridan shakllantirilmoqda. Ana shu ezgu maqsadlar asosida madaniyat xodimining maqomi va uning kasbiy fazilatlari quyidagi jihatlarni о‘zida namoyon etishi kо‘zda tutiladi:



    • Madaniyat xodimi ma’naviy yuksak fazilatlarga ega bо‘lishi, о‘zining har bir xatti-harakatiga axloq nuqtai nazaridan e’tibor berishi;

    • Madaniyat xodimi о‘z ehtiyojlarini qondirishda boshqalarning huquqlariga zarar yetkazmasdan harakat qilish huquqiga ega bо‘lishi va u jamiyat farovonligini oshirishga о‘z hissasini qо‘shishi;

    • har bir madaniyat muassasasi boshqaruv shaklidan qat’iy nazar, odamlarni maksimum darajada madaniyat va san’at namunalariga yaqinlashtirishga intilishi;

    • Madaniyat xodimi ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya qilishi;

    • Madaniyat xodimi о‘zining bilimlarini, kо‘nikma va malakalarini alohida odamlar, guruhlar, jamoa va jamiyatlarning taraqqiy etishi uchun yо‘naltirishi;

    • Madaniyat xodimi milliy, irqiy mulkiy va boshqa diskriminatsiyani rad etishi madaniyat muassasasiga keluvchilarning jinsi, yoshi, millati, diniy e’tiqodi, tili, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar ularni badiiy, estetik ijodiyotga jalb etishi;

    • Madaniyat xodimi har bir odam va ijtimoiy guruh huquqlarini, ularning ma’naviyati va sha’nini hurmat qilar ekan, “BMTning inson huquqlari xartiyasi” va boshqa xalqaro hujjatlarga asoslanishi;

Madaniyat xodimi madaniyat muassasasiga keluvchilarning daxlsizligini himoyalash tamoyiliga asoslanishi, bunga tanlov erkinligi va kasbiy sir, madaniyat muassasasiga keluvchilarning о‘z huquqlari va shaxsiga tegishli hujjatlar yig‘masi nima maqsadlarda talab etilishi mohiyatini tushuntirib berishi lozim.

Madaniyat xodimi madaniyat muassasasiga keluvchilarning badiiy ijodiyot turlarida faol ishtirokini ta’minlaydi va u bilan hamkorlikda ish olib boradi. Madaniyat xodimi о‘zlari duch keladigan har qanday murakkab vazifani hal qilishda tо‘garak a’zolari, faollar, mutasaddi idoralar bilan hamkorlik qilishlari lozim, bunda madaniyat muassasasiga keluvchilarning manfaatlarini xolis himoya qilish uchun harakat qilishi kerak. Madaniyat xodimi xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslar о‘z muammolarini hal etishda umumjamoa manfaatlarini ustuvor bilishlari lozim. Madaniyat muassasasiga keluvchilar har doim madaniyat xodimi tomonidan amalga oshirilgan birgalikdagi harakatlarining maqsadi va oqibatlari (xatar va foyda) haqida ma’lumot olishlari zarur.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat bilan mashg‘ullik badiiy ijodiyot turlari bilan shug‘ullanuvchilarning ixtiyoriyligi tamoyiliga asoslanadi. Demak, bu faoliyat har qanday majburiylikni minimum darajaga tushirish uchun yо‘naltirilgan bо‘ladi.

Badiiy ijodiyot turlari bilan mashg‘ul ishtirokchilardan bir guruhining muammolarini boshqa guruh muammolari hisobiga hal qilish taqiqlanadi. Har doim muqobil guruhning manfaatlarini batafsil kо‘rib chiqish, har ikki guruhni tо‘la eshitib bо‘lgandan keyingina maqbul yechim tanlashga asoslanishi zarur. Madaniyat xodimi muqobil guruhlarning har ikkisini ham malakali tо‘garak rahbarlari bilan ta’minlashlari zarur.

Madaniy faoliyatda о‘z fuqarolarini ezadigan, terrorizm, qiynoqlar va shunga о‘xshash shafqatsiz vositalardan foydalanadigan biror shaxs, guruh, siyosiy kuchlarni qо‘llab-quvvatlashga yо‘l qо‘yilmaydi.

Madaniy faoliyat axloqiy andozalari 5 guruhga bо‘linadi: axloqiy xuassasasiga keluvchilar bilan о‘zaro samimiy munosabatlar; boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar bilan о‘zaro munosabatlar; hamkasabalar bilan о‘zaro munosabatlar; kasbga munosabat.



Axloqiy xulq-atvor andozalari:

  • Har bir inson unikal ekani, inson xulq-atvorini va unga kо‘rsatiladigan ma’naviy yordam xarakterini belgilaydigan sharoitlar unikal ekanini tushunishga intilish;

  • Kasbiy qadriyatlarni tatbiq qilish, bilim va kо‘nikmalarni takomillashtirish; kasb obrо‘sini tushiradigan xatti-harakatlar qilmaslik;

  • Shaxsiy va kasbiy imkoniyatlarga ortiqcha baho bermaslik;

  • Har doim paydo bо‘layotgan muammolarni hal qilishda bilimlar, kо‘nikmalar va ilmiy bilish metodlaridan foydalanish;

  • Jamiyat hayotining sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan siyosatning asosiy yо‘nalishlarini va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda kasbiy tajribalardan foydalanish;

  • Ijtimoiy ehtiyojlar, shaxsiy, guruh va jamoa, milliy va xalqaro ijtimoiy muammolarning mohiyati va xarakterini aniqlash va ularni tushuntirish;

  • о‘z shaxsini namoyon qilish sifatida ham, kasbiy, uyushma, tashkilot vakili sifatida ham bajarayotgan harakatlar va yondoshuvlarni tushunarli shaklda aniq va ravon izohlash.

Madaniyat muassasalariga keluvchilar bilan о‘zaro munosabatlar:

  • Madaniyat muassasalariga keluvchilarga nisbatan ularning majburiyatlarni birinchi о‘ringa qо‘yish, boshqa odamlarning axloqiy yondoshuvlarini hurmat qilish;

  • Madaniyat muassasalariga keluvchilarning о‘zaro ishonch, sir va konfidensiallikka, axborotdan mas’uliyatli foydalanishga bо‘lgan huquqlarini himoya qilish.

Axborot tо‘plash va uni boshqa shaxslarga berish faqatgina madaniyat muassasalariga keluvchilarning manfaatlari yо‘lida amalga oshiriladigan kasbiy faoliyat doirasida yuz berishi mumkin, bu harakatlarning zarurligi haqida madaniyat muassasalariga keluvchilar oldindan ogohlantirilishi lozim. Hech bir axborot madaniyat muassasalariga keluvchilarni oldindan xabardor qilmay turib va uning roziligisiz boshqalarga berilmaydi. Madaniyat muassasalariga keluvchilar о‘zi haqida madaniyat xodimida mavjud bо‘lgan har qanday axborot bilan tanishish huquqiga ega.

  • Madaniyat muassasalariga keluvchilarning shaxsiy intilishlari, tashabbuslari va xususiyatlarini qadrlash va hurmat qilish. Ijtimoiy-madaniy faoliyat doirasida madaniyat xodimi badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanuvchilarga о‘z xatti-harakatlari uchun mas’uliyatli bо‘lishda kо‘maklashadi. Biror sababga kо‘ra mana shu darajada kasbiy yordam kо‘rsatilishining imkoni bо‘lmasa, bu haqda badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanuvchilarga xabar beriladi.

  • Madaniyat muassasalariga keluvchilar (alohida odamga, guruhga, jamoaga, jamiyatga) о‘zini madaniyat muassasalarida namoyon qilishi va shaxsiy salohiyatini maksimal rivojlantirishda yordam berishi, shu bilan birga boshqa odamlarning ham huquqlarini mazkur darajada saqlashi lozim. Madaniyat muassasalariga keluvchilarga xizmat kо‘rsatish asosida uning mutaxassis bilan muloqotlaridan о‘zining qonuniy istaklari va foydasiga erishish uchun foydalanish mumkinligi tushuntiriladi.

Davlat va nodavlat tashkilotlar bilan о‘zaro munosabatlar:

  • Madaniy xizmat о‘z mohiyatiga kо‘ra turli metodlar va amaliyot orqali madaniyat muassasalariga keluvchilarga sifatli yordam kо‘rsatishi sababli ijtimoiy-madaniy faoliyatni qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat va nodavlat tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikda ishlashi;

  • Badiiy ijodiyotni tashkil etishda davlat va nodavlat tashkilotlarning nizomlaridagi maqsadlari va vazifalariga tо‘la mas’uliyat bilan munosabatda bо‘lish; ijtimoiy-madaniy faoliyatning eng yuksak andozalariga erishish maqsadida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-madaniy faoliyat uslubiyoti va amaliyotini ishlab chiqish;

  • Madaniyat muassasalarga keluvchilar taqdiriga tо‘la mas’uliyat bilan munosabatda bо‘lish; ijtimoiy-madaniy faoliyat uslubiyoti va amaliyotiga zarur о‘zgarishlarni tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar orqali kiritish. Barcha imkoniyatlardan foydalanilgan holda ham ijobiy о‘zgartirishlarni kiritishning imkoni bо‘lmasa, unda yuqori tashkilotlarga yoki manfaatdor jamoatchilikka murojaat qilish;

  • Madaniyat muassasalariga keluvchilarga yoki jamoaga ijtimoiy-madaniy faoliyat samaradorligi tо‘g‘risida hisobot berish, madaniyat muassasalariga keluvchilar bilan vujudga keladigan muammolarni birgalikda tahlil qila olish;

  • Ijtimoiy-madaniy faoliyat axloqiy tamoyillari, harakati, protsedurasi va amaliyotiga zid bо‘lgan harakatlarni qilmaslik.

Hamkasabalar bilan о‘zaro munosabatlar:

    • Hamkasblar va boshqa mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va amaliy faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bо‘lish, ularga ijtimoiy-madaniy faoliyat samaradorligiga erishishida yordam berish;

    • Hamkasblar va boshqa mutaxassislarning turlicha fikrlari va amaliy yondashuvlariga hurmat bilan munosabatda bо‘lish, zarur bо‘lgan hollarda tegishli instansiyalarda tanqidiy mulohazalarni tо‘la mas’uliyat bilan bayon qilish;

    • Hamkasblar, boshqa mutaxassislar orasida bir-birlarini о‘zaro mukammallashtirish va о‘zlarini namoyon qilish maqsadida bilimlar, kо‘nikmalarni egallashga va tarqatishga bо‘lgan harakatlarga kо‘maklashish;

    • Badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanuvchilar manfaatlari yoki axloq normalari buzilishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida tegishli idoralarni xabardor qilish;

    • Hamkasblarni adolatsiz tashqi va ichki nohaqliklar, xurujlardan himoya qilish.

Kasbga munosabat:

  • Kasbning qadrini, obrо‘sini va metodologiyasini himoya qilish; ularni ommalashtirish va takomillashtirish;

  • Ijtimoiy-madaniy faoliyatdagi professionalizmni kо‘tarish, uni har tomonlama takomillashtirishga harakat qilish;

  • Kasbni о‘rinsiz tanqiddan himoya qilish, bu kasbning ijtimoiy zarur ekani tо‘g‘risidagi ishonchni mustahkamlash;

  • Kasbni, uning nazariyalari, usullari va amaliyotini konstruktiv takomillashtirib borish;

  • Yangi va mavjud bо‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bо‘lgan ijtimoiy-madaniy faoliyatning yangicha yondashuvlari va usullarini ishlab chiqishni har tomonlama rag‘batlantirish.

Madaniyat xodimining majburiyatlari:

    1. Badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanuvchilarni sha’ni va unikalligini hurmat qilib uni harakatga, tashabbusga, ijodga undash;

    2. Badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanuvchilarni eshita bilish, sabr-toqat kо‘rsatish, muammo va vaziyatni tushunish, boshqaning о‘rniga о‘zini qо‘ya bilish, nazokat va odob kо‘rsata bilish;

    3. muloqotmand bо‘lish, ochiq bо‘lish, badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanuvchilarni iste’dodini rо‘yobga chiqara olish birgalikda muammolarning yechimini aniqlash; atrofdagilar uchun kerakli va qiziqarli bо‘lish;

    4. Madaniyat muassasalariga keluvchilar bilan ishlashda norasmiy bо‘la bilish, ularning muammolarini hal qilishda maslahatchi, kо‘makchi vazifasini bajarish;

    5. о‘z xulq-atvorining yuksak axloqiy andozalarga mosligini saqlash;

    6. о‘ziga kо‘makchilarni topa bilish, ijtimoiy-madaniy faoliyatni rivojlantirishda jamoatchilik kо‘magini ta’minlash;

    7. faqatgina о‘zi vakolatli bо‘lgan doirada ish yuritish, о‘z ishining sifati uchun shaxsan mas’ul bо‘lish; tashqi ta’sir va bosimlarga berilmaslik;

    8. о‘zining kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlar yо‘lida foydalanmaslik; vaziyatlarni muhokama qilish va baholashda faqat kasbiy maqsadlar bilan ishtirok etish; Kо‘rsatilgan xizmatlar uchun haqni faqat qonuniy asoslarda olish,bajarilgan ish uchun qimmatbaho sovg‘alar olmaslik;

    9. kasbiy bilimlari, mahorati, malakasini uzluksiz oshirib borishga intilish, о‘z amaliy faoliyatini kasbiy bilimlar asosida tashkil etish;

    10. kasbning obrо‘si va pokligini himoya qilish va orttirishga intilish. Kasbiy о‘zaro munosabatlar va о‘zaro ta’sir jarayonida hamkasblar ishonchiga hurmat bilan qarash, nazokat va adolatni saqlash. Kim bо‘lishidan qat’iy nazar, hamkasbi axloqqa zid harakat qilsa, unga tarbiyaviy choralar kо‘rish.

Malaka tavsifi bilan belilangan majburiyatlarni bajarish uchun Madaniyat xodimi о‘zining quyidagi huquqlaridan keng foydalanishi mumkin:

    • Badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanuvchilar manfaatlarini qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarida ifodalash va himoyalash;

    • Maxsus oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi va litsenziyaga mos bо‘lgan diplom yoki sertifikat bо‘lgani taqdirda davlat yoki xususiy ijtimoiy-madaniy faoliyatni yuritish;

    • aholining madaniy ehtiyojlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni tо‘plash, aholi orasida sotsiologik sо‘rovlar, diagnostik tadqiqotlar о‘tkazish;

    • Madaniyat muassasalariga keluvchilarning ijtimoiy va shaxsiy muammolarini hal qilish tо‘g‘risidagi rasmiy sо‘rovlar va iltimoslari bilan jamoat tashkilotlariga, davlat muassasalariga murojaat qilish;

    • о‘z faoliyati doirasidagi u yoki bu muammoning holati tо‘g‘risida davlat idoralariga axborot berish;

    • madaniyat muassasalardagi tajribani ommaviy axborot vositalari yordamida targ‘ib qilish uchun faol ish yuritish;

    • muayyan ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan jamoat tashabbuskorlik harakatlariga boshchilik qilish.

Mustaqil О‘zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash siyosati madaniy qurilishda muhim tayanch hisoblanadi. U respublikamizda ma’naviy hayotni yangilash masalalari bilan bog‘liq bо‘lib, milliy madaniyatni rivojlantirish, tiklash sohasi xodimlarini tayyorlashni taqazo etadi.

Respublikamiz madaniy xayotida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy о‘zgarishlar yuz berayotganligi ijtimoiy-madaniy faoliyatga bо‘lgan talab va ehtiyojni yanada oshirdi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimining faoliyati inson faoliyatining barcha sohalari singari о‘z xususiyatlariga ega. Uning eng birinchi xususiyati ijtimoiy-madaniy faoliyatning hayot bilan, mustaqillik davri vazifalari bilan uzviy bog‘langanligidadir.

Madaniyat xodimi faoliyatining hayotdan, uning muammolaridan, kishilarning ehtiyojlaridan ajralib qolishi, ularni muhim ma’rifatchilarga quruq safsatabozlarga aylantirib qо‘yadi.

Madaniyat xodimi faoliyatining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u muntazam izlanishlarini, ishga hamma vaqt ijodiy yondoshishni talab qiladi. Mustaqillikni qо‘lga kiritgan Respublikamiz jahon hamjamiyatida о‘z о‘rnini egallab, tobora rivojlanib bormoqda.

Respublikamizda sodir bо‘layotgan о‘zgarishlar natijasida kishilarimizning ma’naviy-madaniy ehtiyojlari kundan kunga о‘sib, о‘zgarib bormoqda, axloqiy qiyofasi va fe’l-atvorida ham о‘zgarishlar rо‘y bermoqda. Bunday sharoitda ijtimoiy-madaniy ishlarning shо‘rolar davrida maqbul bо‘lgan shakl va usullari bugungi kunda eskirib, talabga javob bermayapti. Mustaqillik sharoiti kishilarning о‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish, unga g‘oyaviy ta’sir etishning yanada yangi, samarali usul va vositalarini qо‘llashni talab qilmoqda. Bu esa ijtimoiy-madaniy ishlarning mazmunini takomillashtirib, yangilab borishni taqazo etadi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat pedagogik faoliyatning boshqa turlaridan о‘zining mazmunan murakkabligi, kо‘p qirraliligi, shaklan xilma-xilligi, ish shakllarining о‘ziga xos tarzda bir-biriga chatishib ketganligi bilan farq qiladi.

Madaniyat xodimi faoliyati tarbiyaviy faoliyat ham hisoblanadi, lekin u tarbiyaviy ishlarni maktab va о‘quv yurtlari pedagogik jamoalarida bо‘lganidek bir xil yoshdagi, bir xil tayyorgarlikka ega bо‘lgan qatnashchilar yoki talabalar bilan emas, balki yoshi, kasbi, bilim darajasi, qiziqish va ehtiyojlari turlicha bо‘lgan kishilar orasida olib boradi. O‘quv yurtlarida tarbiya jarayoni majburiy mashg‘ulotlar orqali amalga oshirilsa, ijtimoiy-madaniy soha xodimlari kishilarning bо‘sh vaqtini mazmunli uyushtirish, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-madaniy muassasalarda tashkil etiladigan xilma-xil ommaviy tadbirlar о‘tkazish yо‘li bilan hal qiladilar.

Madaniyat xodimi faoliyatining yana bir xususiyati ijtimoiy-madaniy tadbirlarda kishilarning aql-idroki bilan birga ularning hissiyotiga ham ta’sir kо‘rsatish lozim. Ijtimoiy-madaniy muassasalarda о‘tkaziladigan har bir tadbir chuqur mazmunli, yuksak darajada g‘oyaviy bо‘libgina qolmay, qiziqarli, jozibali, odamlarni maftun etadigan ham bо‘lishi kerak. Jonsiz, quruq о‘qilgan ma’ruza, puxta tayyorlanmay kо‘rsatilgan konsert, baxs-munozara kechasi yoki boshqa tadbirlar qatnashchilarni qiziqtirmaydi, bekor о‘tkazgan vaqt uchun achinish xissini, uyg‘otadi.

Madaniyat xodimining kasbiy (professional) faoliyati о‘z mohiyati bilan tarbiyaviy ish ekanligini biz yuqorida ta’kidlagan edik. Uning asosiy vazifasi har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. U kishilarning madaniy dam olish, о‘z ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, iste’dod va qobiliyatlarini о‘stirishga qaratilgan ijtimoiy-foydali faoliyatni uyushtiruvchidir. Ijtimoiy-madaniy soha xodimi ommaning pedagog-tarbiyachisi, ular orasida о‘tkaziladigan ijtimoiy-foydali ishlarning tashabbuskori, havaskorlik jamoalarining rahbaridir.

Madaniyat xodimi faoliyatining bunday kо‘p qirraliligi ijtimoiy-madaniy soxa xodimi shaxsiyatiga, uning axloqiy qiyofasiga yuksak talablar qо‘yadi.

Mustaqil O’zbekiston madaniyat xodimi chuqur g‘oyaviy-nazariy va kasbiy tayyorgarlikka ega bо‘lishi, о‘z kasbiga mehr-muhabbatli, sadoqatli bо‘lishi kerak. O‘z kasbiga sodiqlik, xushyorlik, ishda qat’iylik, о‘ziga talabchanlik, ijtimoiy-madaniy soha xodimining asosiy hislatlaridandir. Shuningdek, ishga ijodiy yondoshish, tashabbuskorlik, yangilikka intilish hislatlar ham xos bо‘lishi kerak. Bularsiz u ijtimoiy-madaniy ishlarning mazmuni, shakl va usullarini tо‘xtovsiz takomillashtirib borishdek muhim vazifani muvoffaqiyatli bajara olmaydi.

Kishilar bilan va kishilar uchun ishlashga da’vat etilgan ijtimoiy-madaniy xodimining qiyofasini vatanparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak axloqiy sifatlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki, madaniyat uyidagi har bir ommaviy tadbir, tо‘garak mashg‘ulotlari kishilarni о‘z ona yurtiga, xalqiga chuqur mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga, vatanparvarlik hissini mustahkamlashga yordam berish kerak. Bu esa ijtimoiy-madaniy soha xodimining о‘zida vatanparvarlik tuyg‘ulari qanchalik chuqur va mustahkam о‘rin olganligiga, о‘tkaziladigan tadbirlar mazmunini yagona maqsadga yо‘naltira bilishiga bog‘liq.

Hayotda sinovdan о‘tgan bir naql bor: «Boshqalarni tarbiyalaydigan kishining о‘zi yaxshi tarbiyalangan bо‘lishi kerak». Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatiga bо‘lgan talablar mana shu pedagogik xaqiqatdan kelib chiqadi.

Bilimlar targ‘ibotchisi, ommaning bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazishga mutasaddi bо‘lgan ijtimoiy-madaniy soha xodimi yuksak darajadagi dunyoqarash madaniyatini, ya’ni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va falsafiy bilimlar majmuyini egallagan bо‘lishi kerak. Chunki, ijtimoiy-madaniy soha xodimining ong-bilim darajasi u ish olib borayotgan kishilar bilimidan, saviyasidan yuqori bо‘lishi kerak.

Madaniyat xodimi uchun eng zarur bilim tarmoqlaridan biri-bu pedagogik bilimlar hisoblanadi. Pedagogika ijtimoiy-madaniy soha xodimiga olib boriladigan ishlarning mazmuni va mohiyatini chuqur tushunib olishda, kishilarga tarbiyaviy ta’sir о‘tkazishning yangi-yangi usullarini о‘zlashtirib olib, ulardan oqilona foydalanish yо‘llarini о‘rganishda yordam beradi. Pedagogik odobi о‘zini jamoatchilik orsida qanday tutishi, qanday gapirish va hokazolarni egallab olish, ta’lim-tarbiya ishlarini uddalay bilish ham talab qilinadi.

Madaniyat xodimi kasbiy madaniyatining yana bir muhim kо‘rsatkichi –bu psixologik (ruhiyatshunoslik) bilimlaridir. Ruhiyatshunoslik jarayonlari qonuniyatlarini chuqur о‘zlashtirib olish, ishni uyushtirishda ijtimoiy-madaniy muassasalardagi tarbiyaviy jarayonni tо‘g‘ri uyushtirish va uning samarali bо‘lishini ta’minlash mumkin.

Madaniyat xodimining tashkilotchilik qobiliyatlari quyidagilarni о‘z ichiga oladi:



  • Kommunikativ xususiyatlarni, ya’ni kishilar bilan tezda til topishishni ular bilan aloqa bog‘lashni, bir-birlarini tezda tushunishni, jamoaning xar bir a’zosining imkoniyatlarini, uning ijtimoiy topshiriqni bajarishga layoqatini tо‘g‘ri aniqlay olishini;

  • Vujudga kelgan vaziyatni tez va tо‘g‘ri baholashni, muayyan xolatda tо‘g‘ri yо‘l topib, uni zudlik bilan ishga sola bilishni;

  • Ishga ijodiy yondoshishni, tadbirkorlikni yangi, samaraliroq ish shakllari va usullarini tezda topib, ish amaliyotiga joriy qila bilishni;

  • Ishni amalda tashkil etishni, maqsadga intilgan xolda tez xarakat qilishni, topshirilgan ishning ijrosini nazorat qila va tekshira bilishni.

Kо‘rsatib о‘tilgan fazilatlarning kо‘pchiligi kishida bolalik chog‘idan boshlab о‘qish, ayniqsa, jamoat ishlarida qatnashish jarayonida namoyon bо‘ladi va rivojlanib boradi. Maxsus о‘quv yurtlari-kollej va institutlardagi ta’lim bu sifatlarning yanada rivoj topishiga yordam beradi. Lekin, madaniyat xodimining tashkilotchilik qobiliyatlarini о‘stirish va shakllantirishda uning ommaviy faoliyati xal qiluvchi rol о‘ynaydi. Madaniyat xodimining tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirshda о‘z-о‘zini tarbiyalash usullari orqali ijtimoiy-madaniy soha xodimi о‘zida ishchanlikni, boshlangan ishni oxiriga yetkaza bilishni egallab oliy sifatlardan qutulishga yordam beradi.

Madaniyat xodimi doimo kishilar bilan aloqada bо‘ladi. Ijtimoiy-madaniy muassaga keluvchilarning, о‘zi bilan birga ishlaydigan hamkasblarining «diqqat markazida» turadi. Shuning uchun ham u har bir ishda ibrat bо‘lishga intilishi, odamlarni о‘z shaxsiy namunasi, yuksak odobi, xulqi bilan ishontirishi va tarbiyalashi kerak.

Ibratli sifatlarga ega bо‘lgan ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimigina jamoa orasida obrо‘ qozonadi. Obrо‘ning о‘zi nima? Obrо‘ - kuch, hokimiyat, ta’sir ma’nolarini bildirib, ular majbur etishga emas, balki shaxs yoki jamoaning axloqiy qadr-qimmatini jamoatchilik tomonidan ixtiyoriy tan olishga asoslangan bо‘ladi. Obrо‘ning darajasi madaniyat xodimi bilimlarining о‘tkirligi, vijdonan ishlashi, ijtimoiy-siyosiy aktivligi, axloqiy qiyofasi bilan belgilanadi.

Madaniyat xodimi faoliyatini ta’sirchinligini oshiradigan omillardan yana biri bu madaniyat xodimining pedagogik odobidir.

Madaniyat xodimining pedagogik odobi-bu uning mayyan vaziyatda shaxsga yoki jamoaga tarbiyaviy ta’sir etishning maqsadga muvofiq usullari va yо‘llarini tanlay va qо‘llay bildirish. Pedagogik odobi amaliy faoliyatda, kishilar bilan muloqotda bо‘lish jarayonida namoyon bо‘ladi va mustahkamlanadi. Odoblilikning rivojlanishi ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimining umumiy madaniyati, shaxsiy sifatlarga bog‘liq bо‘ladi.

Pedagogik odobi, avvalo, kishilar bilan muomalada, u bilan samimiy, rostgо‘y bо‘lishda namoyon bо‘ladi.

Ishdan bо‘sh vaqtda о‘z bilimlarini boyitish, qobiliyatlarini о‘stirish, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun madaniy-ma’rifiy muassasaga keluvchilarga mehribonlik, g‘amxо‘rlik kо‘rsatish madaniyat xodimi pedagogik odobining muhim xususiyatlaridir.

Pedagogik odob kishiga xurmat bilan qarashni nazarda tutadi, lekin bu unga talabchan bо‘lishni istisno etmaydi, adolatli talabchanlik hamma vaqt tarbiyachining obrо‘yini kо‘taradi.

E’tibor bilan qarab, о‘z diqqatini boshqa narsalarga chalg‘itmasdan, o’rinsiz savollar bilan suhbatdoshining sо‘zini bо‘lmasdan, eshita bilishlilik ham madaniyat xodimining muhim xususiyatidir.

Yumor, xazil, askiya-bularsuhbatdoshga, tinglovchilargaemotsionalta’siretishningkuchlivositasidir.

Madaniyat sohasi xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy himoya va kafolatlardan foydalanadi.

Mehnat faoliyatini hisobga olgan holda qo‘shimcha ustamalar belgilanadi.

Samarali faoliyat ko‘rsatgan madaniyat muassasalari xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishdagi xizmatlarini inobatga olgan holda imtiyozli uy-joy va avtotransport ajratiladi.

Qo‘shimcha ijodiy faoliyatga jalb etilgan madaniyat sohasidagi xodimlar mehnat faoliyati va ish haqidan tashqari gonorarlar olish huquqiga ega bo‘ladi.

Madaniyat muassasalari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasida bo‘ladi hamda respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urtalanadi.



Madaniyat muassasasi xodimi ishlayotgan davrida yoki ijodiy xizmat safarlari faoliyatida halok bo‘lsa, agar bu hol u o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki sog‘lig‘ining boshqacha shikastlanishi oqibatida ro‘y bergan bo‘lsa, uning merosxo‘rlariga — O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 194-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorda to‘lanadi.

  Tayanch sо‘z va iboralar: Madaniyat, faoliyat, axloq, axloqiy xulq-atvor andozalari, milliy g‘urur, madaniyat, konsepsiya, iste’dod, ijtimoiylashuv, isloh etish, kasbga munosabat, shaxs, yetuk kadr, targ‘ib, xarakter, ijtimoiy himoya


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish