O`zbekiston Respublikasida kechayotgan taraqqiyot jarayonlari kundan-kunga tezlashmoqda



Download 0,5 Mb.
bet6/15
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#247239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 маъруза матн

Nazoratuchun savollar:

  1. Madaniyat xodimining maqomi qanday bо‘lishi lozim?

  2. Madaniyat xodimining kasbiy va axloqiy fazilatlari haqida sо‘zlab bering.

  3. Madaniyat xodimi madaniyat muassasasiga keluvchilar bilan qanday munosabatda bо‘lishi lozim?

  4. Madaniyat xodimi qanday axloqiy xulq-atvor andozalariga amal qilishi lozim?

  5. Madaniyat xodimi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan qanday о‘zaro munosabatlarga kirishadi?

2. DAVLAT VA NODAVLAT TASHKILOTLARDA MADANIY FAOLIYAT

2.1. Ta’lim muassasalaridagi madaniy faoliyat

Shaxs sog’lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun unda o’qishga intilish hissini takomillashtirish bilan cheklanib bo’lmaydi. Ular ongida kasb - hunar va mehnat ko’nikmalarini hosil qilish, umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini tarbiyalash bilan o’z vatani va xalqiga nisbatan sadoqatni shakllantirish, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bo’lish tuyg’usini, huquqiy ongini tarbiyalash lozim. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da madaniy - estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda o’quv bilim yurtidan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ta’kidlangan hamda ta’lim sifatini yaxshilash, uning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalari belgilab berilgan. Ushbu «Darsdan tashqari ta’limni tashkil qilish davlat talablari» talabalarning bo’sh vaqtini tarbiyaviy ta’lim jihatdan samaradorli tashkil etishga qaratilgan bo’lib, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va milliy dastur g’oyalari asosida ishlab chiqildi.

2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasida madaniy faoliyatning ta'lim tizimida tashkil etish mexanizmlari ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.

Maktabdan tashqari ta'lim bolalarga uzluksiz ta'lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste'dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma'naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, «Barkamol avlod» bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san'at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.

Maktabdan tashqari ta'lim berish tartibi ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqiy-tarbiyaviy ishlar susaytirib yuborilganligi, ular ustidan bo‘lgan nazoratning bo‘shligi, ish bilan ta'minlash va boshqa muammolar qoniqarli darajada hal etilmayotganligi oqibatida ko‘plab yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etish, giyohvandlik va ichkilikbozlikka berilish, diniy aqidaparastlik yoki turli zararli oqimlar, guruhlar ta'siriga tushib qolish kabi salbiy holatlar uchrab turibdi. Yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, tarbiyalash, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari, o‘quv muassasalari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mahalliy hokimliklar huzuridagi mavjud komissiyalar o‘z faoliyatini deyarli to‘xtatib qo‘ygan.

Darsdan tashqari ta’limni urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, Respublika hududlari talablari asosida tashkil etib, uning tarmog’ini kengaytirib, hozirgi zamon talablari darajasida isloh, qilish kun tartibida turgan dolzarb masaladir. Hozirgi paytda yangi pedagogik va axborot tehnologiyasi qonuniyatlari asosida pedagog olimlarimiz ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limni tashkil etishning turli shakl va metodlarini ishlab chiqish yo’nalishida tegishli tadqiqotlarni olib bormoqdalar. Shuning bilan birga bu, bir joyda to’xtab turuvchi jarayon emas. Ushbu «Talablar» barcha o’quv maskanlaridan tashqari ta’lim muassasalari o’quv - tarbiyaviy ishini rejalashtirishda dastur va uslubiy materiallar, metodik qo’llanmalar, o’quv adabiyotlarini tayyorlashda muhim hujjat bo’lib xizmat qiladi.

Darsdan tashqari ta’lim muassasalarining to’garak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak.

Darsdan tashqari ta’lim muassasalari to’garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish ular ongini ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim o’rin tutadi. To’garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo’lishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni bilishi shart. Talabalar qaysi to’garakka qatnashishidan qat’iy nazar shu kasb yoki hunar to’g’risida boshlang’ich ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim.

Darsdan tashqari ta’lim talabalar qiziqishiga, xohishiga asoslangan holda darsdan bo’sh vaqtlarida o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha to’garak qatnashchilariga talablar qo’yilishi kerak:

Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;

Estetik ta’lim;

Sayyohlik yo’nalishi bo’yicha to’garaklarga qatnashish;

Ekologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha;

Talabalarni ma’naviy, axloqiy yo’nalish bo’yicha;

Xuquqiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha;

Texnik ijodkorlik yo’nalishi bo’yicha;

Iqtidorli va iste’dodli yoshlar;

Iqtisodiy ta’lim;

Darsdan tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ishlarning shakllari.Darsdan tashqari ta’lim muassasalari oldida turgan muhim tarbiyaviy faoliyati bu yoshlarga estetik, ekologik, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va shunga o’xshash boshqa turdagi tarbiyaviy ishlarni o’rgatishdan iboratdir. Tarbiyaning ushbu turlarini yosh avlodga singdirish uchun avvalo muassasada o’tkaziladigan talabalar his – tuyg’usini shakllantirishga asoslangan turli tadbirlarda, to’garaklar faoliyatida milliy - madaniy, tarixiy an’analarga, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Masalan, estetik tarbiyani yoshlar ongiga singdirish maqsadda talabalar uylari, saroylari, shaxslar va o’smirlar ijodiyot uylarida doirachilar, raqs, vokal-cholg’u, folklor, maqom, karnay-surnaychilar, ashula va raqs, o’zbek xalq cholg’u dastalari, xor studiyasi, qog’irchoq teatri, drama to’garagi, san’at sevarlar klublari tashkil etadi.

To’garak a’zolari ushbu dasta, to’garak va klublarda san’atni sevishga, ardoqlashga, san’at orqali go’zallikni ko’ra bilishga, shu go’zallik orqali o’z ona yurtini ulug’lashga, undagi go’zallikni, chiroyni asrab qolishga intiladi.

Estetik yo’nalish bo’yicha tahsil olgan to’garak a’zolari quyidagilarni bilishi lozim:

raqs san’atining mashhur namoyandalari hayoti va ijodini;

-kuy tinglash, uning mohiyatini tushunib raqs harakatlari orqali ifodalashni;

-turli millat va elatlar raqslari xarakatlarini, uni ijro etishni;

-doiraning yaratilish tarixini, uning keksa namoyandalari ijodiy yo’lini, doirani ushlash qoidalarini.

Shuningdek, estetik ta’lim tasviriy va xalq amaliy san’ati yo’nalishlaridagi to’garaklar mashg’ulotlari orqali ham talabalar qalbiga singdiriladi. Bu o’rinda talabalar uylari, saroylarida tashkil etilgan«Tasviriy san’at», «Haykaltaroshlik”, «Kulolchilik”, «Milliy kashtachilik” , «Naqqoshlik», «yog’och o’ymakorligi», «Ganch o’ymakorligi», «Yosh ta’mirlovchilar» to’garaklari ayni maqsadni doimiy va uzluksiz amalga oshiradi.

Sayyohlik to’garaklariga talabalar ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda keng jalb qilinadi.

To’garakka qabul qilinayotgan talaba yoshlar avvalo sayyohlik to’garaklarining biror bir yo’nalishiga qiziqqan, sayyohlik ekspeditsiyasi tug’risida tasavvurga ega bo’lgan, sog’lom bo’lishi kerak.

Sayyohlik yo’nalishi bo’yicha qatnashadigan talabalar birinchi o’quv yilidan keyin quyidagilarni bilishi lozim:

-yurtimiz haqida tasavvurga ega bo’lishi;

-yurtimizning tarixini, qadimiy obidalarini, ular haqidagi afsona va rivoyatlarni bilishi;

-ma’lum joy, ulkani o’rganish bo’yicha reja va yo’nalishlarni ishlab chiqish;

-sayohat davomida kuzatuvchanlikni bilish, sayyohlikka oid materiallarni o’rganish;

-turli xildagi sayyohlikka oid adabiyotlar bilan doimiy tanishib borishi va ularni bilish kerak.

Ekologik tabiatshunoslikdan tashkil qilingan to’garaklarning asosiy maqsadi yoshlarda jonli va jonsiz tabiat haqida yaxlit tasavvur xosil qilish, tarbiyalanuvchilarni o’simlik va hayvonot olami bilan tanishtirish. To’garak a’zolarida o’simlik va hayvonlarni himoya qilish kerakligi to’grisida tasavvur hosil qilish, to’garak a’zolari o’quv bilim yurtlarida yer maydonlarida va tirik tabiat burchagida o’simlik va hayvonlarni parvarish qilgandagina, yaxshi hosil olish mumkinligiga ishonch xosil qilishdan iboratdir.

To’garak a’zolariga birinchi o’quv yili oxirida quyidagi talablar

qo’yilishi lozim:

-jonli va jonsiz tabiat haqida tasavvurga ega bo’lishi;

-jonli va jonsiz tabiatni bir-biri bilan o’zaro bog’liqligini;

-yoz, kuz, qish va bahorning xarakterli belgilarini;

-yilning turli fasllarida odamning yashab turgan joyidagi mehnati va ularning turlarini;

-o’simlik nomlari, ildiz, poya, barg, meva va urug’larini;

-o’t- o’simliklar, daraxtlar nomini;

-meva va manzarali daraxtlarni va ularning bir biridan farqlarini uchib ketuvchi va qishlovchi qushlarning hayoti va xususiyatlarini;

-tabiat bilan inson orasidagi qonun-qoidani doimo muvozanatda saqlashni bilgan, kuzatgan ishlari yuzasidan hisobot yoza bilishni, ma’ruza qilishni bilishilari kerak.

Ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limning barcha yo’nalishlari va to’garaklaridagi talabalarning ma’naviy fazilatlari, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalanishi bilan belgilanadi.

Darsdan tashqari ta’lim muassasalarida rejalashtirilayotgan har bir tadbir mazmunida, klub va to’garaklar faoliyatida - vatanga muhabbat va komil inson tarbiyasi aks etishi lozim. Talabalarda vatanga muhabbat tuyg’usini tarbiyalashda yurtimiz madaniyati tarixi, muayyan davrlardagi mavqei, buyuk mutafakkirlarimizning jahon fan va madaniyati sohasidagi o’rni, mamlakatimizning yorqin istiqboliga ishonch tuyg’isida ma’lumot beriladi. Vatanni sevish, uning istiqboli xaqida kayg’urish iymon-e’tiqod ramzi ekanligi o’qtiriladi. Shu nuqtai nazardan asosiy maqsad - komil insonni tarbiyalash amalga oshiriladi.

Yoshlarlarning huquqiy ongini oshirmasdan huquqiy fuqarolik davlatni tasavvur etib bo’lmaydi. Huquqiy ong poydevoriga o’quv muassasasilarda asos solinadi.

Darsdan tashqari ta’lim muassasalarida talabalarga huquqiy bilimlar, ijtimoiy hayot me’yorlari va qoidalari to’g’risida keng ma’lumotlar berib boriladi. Huquqiy ta’limning mazmuni mustaqil O’zbekiston davlatining iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy-huquqiy manfaatlarini o’zida mujassamlashtirishi kerak.

Darsdan tashqari ta’lim muassasalarida iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni o’ziga xos psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga olib turli to’garaklarga jalb etish «Respublika iste’dod markazi» xodimlari bilan hamkorlikda va ularning ilmiy amaliy tajribalaridan foydalangan holda iste’dodlarni aniqlashga mo’ljallangan texnologik diagnostik tadbirlar asosida amalga oshiriladi.

Darsdan tashqari ta’lim muassasalarida quyidagi tadbirlar ishlab chiqiladi:

--iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o’tkazishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga

oshirish;

-“Mahalla», «Oltin meros» kabi jamg’armalar bilan hamkorlikda ish olib borish;

-o’quv bilim yurtlaridan tashqari Ta’lim muassasalarida yoshlar iste’dodi va iqtidorini namoyon qilishga doir shart sharoitlar yaratib berish;

-ularning qiziqishini inobatga olgan holda fanlar bo’yicha olimpiadalar, tanlovlar, ko’rgazmalar, turli bayramlar, talabalar ijodkorligi kabi tadbirlarni o’tkazish.

Respublikaning chekka mintaqalaridan iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni izlash, ularga kelgusida o’z kobiliyatlarini takomillashtirishlariga shart-sharoitlar yaratib berish kerak.

Pedagoglarning mustaqillikni tarbiyalash vazifalarini hal qiilishga sarflagan kuch-g’ayrati talabalarning ruhiy-fiziologik kayfiyatiga mutanosibdir. Agar, shaxslar mustaqil tayyorgarlikni o’z faoliyati zanjiridagi tabiiy bo’g’in sifatida qabul qilsalar, pedagoglar tomonidan ham, shaxslar tomonidan ham katta kuch-g’ayrat sarflash talab etilmaydi. Aksincha, mashg’ulotga yomon tayyorgarlik ko’rish hamma uchun qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Tarbiyachining o’quv muassasasi talabalariga irodaviy ta’sir ko’rsatishi talab etiladi, ularning esa o’z organizmlari va ruhiyatlarining ahvolini muayyan faoliyatga yo’naltirish uchun irodaviy zo’riqishlariga to’g’ri keladi. Har qanday holatda tarbiyachi tomonidan ham, talabalar tomonidan ham ko’p yoki oz miqdorda kuch –g’ayrat sarf etishni talab etadigan vaziyatlar vujudga keladi. Mustaqil tayyorgarlik davomida ta’lim muassasalarining talabalari mustaqil faoliyatining u yoki bu ko’nikmasi shakllanayotganda ham xuddi shunday vaziyatlar vujudga keladi. Bu vaziyatni zarur tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishga yordam beradigan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq holatga aylantirish tarbiyachining mahoratini bildiradi.

O’z –o’zini tarbiyalash o’z ustida ongli va rejali ish olib borish, jamiyat va rivojlanish shaxsiy dasturi talablarga javob beruvchi xususiyat va sifatlarni shakllantirishga yo’natirilgandir. O’z –o’zini tarbiyalash tarbiya jarayonida shakllanadi.

Bu usullarni shartli ravishda 2 guruhga bo’lish mumkin.

O’z –o’zini tarbiyalash shaxsining o’z –o’zini anglashdan boshlanadi. Buning uchun quyidagi usullar qo’llaniladi. Ular 1-guruhga tegishli:

O’z –o’zini kuzatish ;

Taqqoslash;

O’z -ozini taxlil qilish;

Empatiya;

O’z –o’zini baholash.

Bu usullarning barchasi o’z –o’zini anglash saviyasini o’stirishni maromlashtiradi. Bu besh usul yordamida shaxsni o’z –o’zini baholashi amalga oshiriladi. Qolgan usullar o’z-o’zini tarbiyalash uchun qo’llaniladi:

O’z-o’zini tanqid qilish;

O’z –o’ziga majburiyat yuklash;

O’z –o’zini boshqarish;

O’z –o’ziga buyruq berish;

O’z –o’zini jazolash;

O’z –o’ziga ta’sir ko’rsatish;

O’ziga ishonch.

«Darsdan tashqari ta’limga qo’yilgan davlat talablari» yoshlar ta’lim- tarbiyasini yanada takomillashtirishga, samaradorligini oshirishga xizmat qiladi hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda aniq yo’nalishlarni belgilab beradi. U zamon talablari asosida tashkil etiladi. Bu borada pedagogik xodimlarning javobgarligi ham oshiriladi. Ushbu talablar asosida guruhdan va ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limning istiqbol, rejalarini, tadbirlarini ishlab chiqish mumkin.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, xususan,Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti to‘g‘risida Nizomga hamda o‘z ustaviga amal qilgan holda faoliyat yuritadi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan uzluksiz ta'lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘quvchilarga qo‘shimcha ta'lim berishga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilar uning asosiy vazifasi hisoblanadi:

shaxsning maktabdan tashqari ta'lim olishi bo‘yicha huquqini ro‘yobga chiqarish, o‘quvchi-yoshlarga maktabdan tashqari ta'limga qo‘yilgan davlat talablari asosida bilim, ko‘nikma va malakalar berish va mazkur talablar asosida ta'lim dasturlarini o‘zlashtirishiga erishish;

o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bir qatorda ular ongida komil insonga xos bo‘lgan hislatlar, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish orqali ularni turli xil yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;

yoshlarni xalqimizning urf-odatlari, madaniyati va davlat tiliga hurmat ruhida tarbiyalash va ularni boshlang‘ich kasb-hunarga yo‘naltirish;

o‘quvchi-yoshlarning qiziqish va ehtiyojlariga javob beruvchi ta'lim mazmunini muntazam ravishda ilg‘or, milliy va yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash;

o‘quvchi-yoshlarda hayotning oliy qadriyati bo‘lgan mehnatga munosabatni tarbiyalash;

qo‘shimcha ta'lim berish hamda hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdagi faoliyatga tayyorlash uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini amalga oshirish.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti muassis tomonidan muassasa sifatidagi tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyat organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Quyidagilar:

davlat boshqaruv organlari;

mahalliy davlat hokimiyat organlari;

davlat korxonalari;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.

Yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo‘lishlari mumkin.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti o‘z ishining o‘ziga xosligiga muvofiq quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi:

ko‘p tarmoqli Bolalar ijodiyoti markazlari;

bolalar-o‘smirlar sport majmualari;

bolalar musiqa va san'at maktablari;

til o‘rgatish markazlari;

o‘quv kurslari;

kutubxonalar;

axborot - resurs markazlari;

sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotining ustavi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi “Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim standaptlapini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi 5-sonli Qarori bilan tasdiqlangan tartibda hamda ushbu Nizom talablari asosida ishlab chiqiladi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti o‘z ustaviga, bank muassasalarida hisob raqamiga, (davlat maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan) o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko‘rsatilgan shtampga ega bo‘ladi.

Maktabdan tashqari ta'limga qo‘yilgan davlat talablari asosida qo‘shimcha ta'lim beradigan Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotini (ko‘p tarmoqli Bolalar ijodiyoti markazi, bolalar-o‘smirlar sport majmuasi, bolalar musiqa va san'at maktabi, til o‘rgatish markazi) akkreditatsiya qilish davlat vakolati organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.

Nodavlat Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta'lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti belgilangan davlat me'yorlariga va maktabdan tashqari ta'limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalash va ularga qo‘shimcha ta'lim berishni ta'minlaydi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlarga ularning har tomonlama kamol topishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun imkoniyatlar yaratadilar.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotida to‘garak a'zolarining asosiy faoliyati o‘quvchi-yoshlarni qiziqishlari va xohish istaklariga ko‘ra to‘garak, sport seksiyalari, ijodiy studiya, klub, ansambl, teatr va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

Mashg‘ulotlar 1 yoki 2 yo‘nalishli dasturlar bo‘yicha, xususan, kompleks, estetika, teatr, tasviriy va amaliy san'at, musiqa, shuningdek, sport yo‘nalishlari bo‘yicha esa yakka-yakka guruhlarga bo‘lib o‘tkazilishi mumkin. Salomatligi cheklangan bolalar bilan o‘tiladigan mashg‘ulotlar yakka tartibda ularning xohishlariga ko‘ra turar joylarda olib boriladi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotida ta'lim mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan o‘quv dasturlar bilan belgilanadi. Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan to‘garak va ijodiy studiyalar maktabdan tashqari ta'limga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq birinchi va ikkinchi o‘quv yillari uchun tashkil etiladi.

To‘garak va ijodiy studiyalarga o‘quvchilarni jalb etish har yili 10-sentyabrigacha davom etadi va 15-sentabrdan kechiktirmay o‘quv yili boshlanadi va odatda keyingi yilning 25-mayida tugallanadi. Yozgi ta'til kunlari uchun alohida mavsumiy rejalar tuziladi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotidagi mashg‘ulotlar jadvali to‘garak a'zolarining mehnat qilishlari va dam olishlari uchun qulayroq tartibda, ular yoshining o‘ziga xosligini, sanitariya-gigiena me'yorlarini hisobga olgan holda pedagogik xodimlarning taqdimnomasiga ko‘ra ma'muriyat tomonidan tuziladi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotida to‘garak mashg‘ulotlari uchun barcha ixtisosliklarning o‘qitilishi birinchi o‘quv yilida haftada 4 akademik soat, ikkinchi o‘quv yilida haftada 6 akademik soat ajratiladi. 6 yoshdagi bolalar, uyda yakka tartibda tarbiyalanadigan salomatligi cheklangan va maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari uchun olib boriladigan to‘garak mashg‘ulotlari 35 daqiqa davomida o‘tkaziladi va u haftada 2 akademik soatdan oshmasligi lozim.

Sayyohlik-o‘lkashunoslik va halq hunarmandchiligi yo‘nalishidagi to‘garaklar dasturining o‘ziga xosligi sababli, o‘quvning birinchi va ikkinchi yillarida haftada 6 akademik soat ko‘zda tutiladi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotida birinchi o‘quv yilida har bir guruhdagi to‘garak a'zolarining soni 10 nafardan kam bo‘lmasligi, ikkinchi o‘quv yilida esa to‘garak a'zolari 8 nafardan kam bo‘lmasligi va odatda guruhdagi o‘quvchilar soni 15 nafardan oshmasligi lozim. Shuningdek, musiqa va san'at yo‘nalishidagi to‘garaklarda hamda xalq amaliy san'ati yo‘nalishidagi ijodiy studiyalarda bolalar soni birinchi va ikkinchi o‘quv yillarida 4-6 nafardan kam bo‘lmasligi lozim. Yakka tartibda tarbiyalanayotgan salomatligi cheklangan bola bitta guruh hisoblanadi.

To‘garak va ijodiy studiyalar yo‘nalishining o‘ziga xosligiga ko‘ra (vokal-cholg‘u ansambli, xor, raqs va boshqalar) to‘garak a'zolari sonini ko‘paytirish, shuningdek, chuqurlashtirilgan mualliflik dasturlari mavjud bo‘lganda alohida iste'dodga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular bilan yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borilishi mumkin.

Ta'til paytlarida maktabdan tashqari ta’lim tashkilotidagi to‘garak a'zolari va ularning ota-onalari bilan hamkorlikda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun yo‘nalishli (profilli) bolalar oromgohlari hamda sayyohlik guruhlari tashkil etishlari mumkin.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti boshqa o‘quv tarbiya muassasalari negizida, mahallalarda, tashkilotlarda va bolalar turar joylarida yetarli shart-sharoit bo‘lgandagina o‘z shahobchalarini ochishlari mumkin.

To‘garak va ijodiy studiya a'zolarining qiziqishlari, iqtidorlari, bo‘lajak kasblarini o‘zlari belgilashlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta'lim-tarbiya ishlarini ishlarini ijodiy va ilmiy tashkilotlar bilan birgalikda olib boradilar.

Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti laboratoriyalar tashkil etishi va maxsus o‘quv tajriba-sinov o‘tkazish bazasiga ega bo‘lishi hamda to‘garak a'zolarining ilmiy birlashmasini tuzishi mumkin.

Respublika, viloyat, tuman(shahar) maktabdan tashqari ta'lim muassasalari, joylardagi xalq ta'limining boshqaruv organlari bilan kelishgan holda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha umumta'lim muassasalarida tashkil etiladigan to‘garaklar faoliyatiga, bolalar yetakchilariga amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatadi va ularning ishini muvofiqlashtiradi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti hudud, tuman(shahar) va mahallalarda ommaviy tadbirlar: ko‘rik-tanlovlar, bayramlar va musobaqalarni tashkil qiladi. Tadbirlarning zamonaviy shakllarini izlaydi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbus va harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Maktabdan tashqari ta'lim yo‘nalishida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov yoki musobaqalarning respublika bosqichi va xalqaro tadbir va ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga belgilangan tartibda imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda xodimlarning malakasini oshirishni ta'minlaydi, ilg‘or tajribalar asosida umumta'lim maktablari va maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining to‘garaklari, ijodiy studiyalarining dasturlarini tuzish va takomillashtirishga oid ishlarni olib boradi, uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqadi va uning bajarilishini nazorat qiladi.

O‘quv natijalari bo‘yicha to‘garak va ijodiy studiya a'zolarining bilim va ko‘nikmalarini maktabdan tashqari ta'limga qo‘yilgan davlat talablariga mosligini so‘rovnomalar, seminarlar, ko‘riklar, musobaqalar, testlar va boshqa shakllarda muntazam nazorat qilib boradilar.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti vazirliklar, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot muassasalari, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar, birlashmalar, huquq tartibot idoralari, jamoatchilik markazlari, xalqaro va nodavlat tashkilotlar, mahallalar, ota-onalar bilan uzviy hamkorlikda ish olib boradi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti, qonunchilik bilan belgilangan tartibda, maktabdan tashqari ta'limning muammolari bo‘yicha xalqaro hamkorlik ishlarida ishtirok etadilar, xalq ta'limining yuqori organlari bilan kelishilgan holda chet mamlakatlarning o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga haqlidir.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta'lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkilotitarbiyalanuvchilari:

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotida o‘rnatilgan intizom va tartibga rioya qilish;

o‘z ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmasini hosil qilish va uni amalda qo‘llash huquqiga ega;

Boshqa huquq va majburiyatlar muassasa ustavida belgilab qo‘yiladi.

Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:

o‘zlarining voyaga yetmagan bolalari uchun maktabdan tashqari ta’lim tashkilotining turini va ta'lim berish tilini tanlash;

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotima'muriyatidan mazkur muassasa ustaviga muvofiq zarur shart-sharoitlar bilan ta'minlanishini va bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;

o‘z farzandlarining maktabdan tashqari ta’lim tashkilotidagi ta'lim olish jarayonida va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etilishida faol qatnashish;

tartib doirasida ular uchun qulay bo‘lgan va istalgan vaqtda o‘z farzandlarini maktabdan tashqari ta’lim tashkilotiga olib kelish va undan olib ketish huquqiga ega.

Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar quyidagilarga majbur:

bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lishlari uchun g‘amxo‘rlik qilish;

bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, unda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat kabi fazilatlarni, ona Vataniga, ona tiliga, milliy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga, o‘zidan katta yoshdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash;

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotida bolaning mashg‘ulot o‘tkazishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

Ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi va barkamol rivojlanishlarida Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti ma'muriyati bilan teng darajada javobgarlik yuklanadi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:

maktabdan tashqari ta'lim tashkilotini boshqarishda muassasa ustavida belgilangan tartibda qatnashish;

to‘garak mashg‘ulotlarining o‘ziga xos, ijodiy dasturlarini ishlab chiqish;

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotini boshqarish organlariga saylash va saylanish;

o‘z kasbiy sha'ni va qadr qimmatini himoya qilish.

Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:

o‘quv-tarbiyaviy ishlarni yuqori saviyada olib borish, ta'lim mazmunini takomillashtirish, o‘qitish vositalarini yaratishda faol qatnashish;

pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tayziqdan himoya qilish, ularni mehnatga va ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;

o‘z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish;

o‘zining nazariy bilim darajasini, pedagogik mahorati va kasb malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish;

o‘quvchilarning ota-onalari va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan muntazam ravishda ish olib borish.

Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.

Tegishli pedagogik ma'lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga hamda rasmiy «Usta» maqomiga ega bo‘lgan shaxslar pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti ustavida, shuningdek, mehnat shartnoma(kontrakt)da belgilanadi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti pedagog xodimlarining faoliyatlari o‘quvchilar shaxsini, ularning madaniy saviyasini, faolligini, mustaqilligini, mas'uliyatliligini, ongli, intizomli, uyushqoq va tartibli bo‘lishini rivojlantirishga yo‘naltirilgandir.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkilotining ta'lim jarayonida qatnashayotgan shaxslarning mansablari bo‘yicha huquq va burchlari, vazifa va majburiyatlari qonunchilikda va ta'lim muassasasining ustavida ifoda etiladi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining ish faoliyati pedagogik ish stajiga kiradi.

O‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabdan tashqari ta'limning innovatsiya shakllarini rivojlantirish maqsadida Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotida Pedagoglar kengash va Uslubiy kegashlar faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur kengashlarning a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar maktabdan tashqari ta'lim tashkilotiustavida belgilanadi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkilotiga bevosita rahbarlik qilish direktor tomonidan amalga oshiriladi. Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti direktorini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkilotidirektori bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti direktori lavozimiga qo‘yiladigan malaka tavsiflari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkilotidirektori:

Maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;

ishonchnomalar beradi;

bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi;

maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, rag‘batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko‘radi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari (kontraktlari)ni to‘xtatadi;

o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;

maktabdan tashqari ta'lim tashkilotining ishini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun xalq ta'limini boshqarish yuqori organiga kiritadi;

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotidagi barcha bo‘lim rahbarlari ishini nazorat qiladi, ular faoliyatini metodik, ommaviy va o‘quv ishlarda yuqori samaraga erishishga safarbar qiladi;

qo‘shimcha ta'lim olayotgan o‘quvchi-yoshlarning ta'lim tayyorgarligini maktabdan tashqari ta'limga qo‘yilgan davlat talablariga mos kelishini ta'minlaydi va nazorat qiladi, maktabdan tashqari ta'lim muassasa faoliyatining monitoringini tashkil qiladi va o‘tkazadi;

muassasadagi pedagogik va ma'muriy-xo‘jalik xodimlarni joy-joyiga qo‘yish va tanlashga rahbarlik qiladi, mehnat qonunchiligiga ko‘ra xodimlar vazifalarini belgilaydi;

Pedagogik kengash ishiga rahbarlik qiladi, kadrlar malakasini oshirish ishini tashkil qiladi, sanitariya – gigiena tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnik xavsizligi va yong‘indan himoyalanish qoidalarga rioya qilishni ta'minlaydi;

Muassasa tarbiyalanuvchilari hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, ta'lim jarayoni, moliya-xo‘jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik negizining mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.

Muassis yoki u vakolat bergan organ maktabdan tashqari ta’lim tashkilotiga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birkitadi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkilotigabirkitilgan mol-mulk uning tezkor boshqaruv huquqida bo‘ladi. Maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi bo‘yicha o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘z tasarrufidagi pul mablag‘lari bilan javob beradi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.

Muassislari mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari bo‘lgan maktabdan tashqari ta'lim muassasalari faoliyati davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.

Quyidagilar maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘lar;

boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy ehsonlari hamda maqsadli badallari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

O‘quvchi-yoshlarning maktabdan tashqari ta’lim tashkilotidagi pulli to‘garaklarga a'zo bo‘lishi uchun to‘lov miqdori va uni to‘lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. To‘lov belgilangan tartibda bank muassasalarida ochilgan hisob raqamlariga to‘lanadi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkilotini moliyalashtirish tasdiqlangan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotiga byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti mablag‘larining qo‘shimcha mablag‘lariga, to‘garak a'zolari va to‘garak rahbarlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar va buyumlarni sotishdan hamda badiiy va havaskorlar ishtirokida spektakllar va konsertlar ko‘rsatishdan tushgan tushum, muassasaning asosiy faoliyatidan tashqari paytda bo‘sh binolar va asbob-uskunalarni ijaraga berishdan va pullik to‘garaklardan tushgan tushumlar kiradi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti o‘z moliya-xo‘jalik faoliyatini byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘lar doirasida amalga oshiradi.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti aholiga, turli korxona va tashkilotlarga pulli xizmatlar ko‘rsatishga, shuningdek, amaldagi qonunlar bilan taqiqlanmagan, muassasaning asosiy faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydigan boshqa tegishli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga haqlidirlar.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari va to‘garak rahbarlarining ishlab chiqarishdan keltirgan byudjetdan tashqari mablag‘idan soliqlar undirilmaydi, topilgan mablag‘lardan yuqori tashkilotlarga foiz stavkalari berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu mablag‘ hisobidan direktor jamg‘armasi tashkil etiladi. To‘garak va ijodiy studiya a'zolari va to‘garak rahbarlari mehnatiga yarasha keltirilgan daromad hisobidan rag‘batlantirilishi mumkin.

Muassasa xodimlarini mukofotlashga, shuningdek, ularga turli qo‘shimcha (ustama)lar belgilashga uslubchilar, to‘garak va ijodiy studiya rahbarlari mehnatiga haq to‘lash uchun hisobotlarini yuritish tartibi amaldagi qonunchilikka binoan belgilanadi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti bank kreditidan foydalanishi mumkin. Qisqa muddatli imtiyozli kredit, muassasaning moddiy-texnika negizini rivojlantirishga va mustahkamlashga, uzoq muddatli imtiyozli kredit esa, keyinchalik ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadlarida beriladi.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkilotining moddiy-texnika negizi unga tegishli yerlar, binolar, laboratoriyalar, tajriba-sinov o‘tkazish bazalari, kutubxonalar, sport inshootlari, kommunikatsiya, mashina va uskunalar, transport vositalari hamda ta'lim va tarbiyada foydalaniladigan boshqa anjomlarni o‘z ichiga oladi.

Muassasaning moliyaviy hisobi maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti xohishiga ko‘ra mustaqil ravishda yoki boshqa maktabdan tashqari ta'lim muassasalar, o‘quv yurtlari, tashkilotlar va korxonalar bilan birgalikda, markazlashtirilgan hisobxona orqali yuritilishi mumkin.

Maktabdan tashqari ta'lim tashkiloti:

o‘z ustavida nazarda tutilgan vazifalarning bajarilmaganligi;

maktabdan tashqari ta'limga qo‘yilgan davlat talablari asosida ish tashkil etilmaganligi, amalga oshirilayotgan o‘quv qo‘llanma va dasturlarining sifati;

ta'lim jarayonini tashkil etishda qo‘llanayotgan shakllar, metodlar va vositalarni muassasa tarbiyalanuvchilarining yoshi, ruhiy-fiziologik xususiyatlari, qobiliyati, layoqati, qiziqishlari va ehtiyojlariga nomuvofiqligiga belgilangan tartibda javob beradi. Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotida maktabdan tashqari ta’lim tashkilotining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarning, shu jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga hamda faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotidagi ta'lim dunyoviy xususiyatga ega.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi va tugatilishi mumkin.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkiloti tugatilgan taqdirda uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga va muassasa ustaviga muvofiq foydalaniladi.

Nodavlat maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining halqaro hamkorligi, pedagogik axborot va tajribani ayirboshlash, pedagog kadrlarning amaliyotni o‘tashi va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish