О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi


Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi



Download 2,2 Mb.
bet14/126
Sana14.02.2023
Hajmi2,2 Mb.
#910930
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126
Bog'liq
Jahon iqt

Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi
Nisbiy narxlardagi farq mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan notyekis ta’minlanganligi bilan tushuntiriladi dyegan g‘oyani ilgari suruvchi xalqaro savdo nazariyasi ham mutlaq va nisbiy ustunlik nazariyalari kabi bir qator gipotyezalarga asoslangan.
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi ishlab chiqarish omillari, bozor, ishlab chiqarish, tovarlar tabiatiga о‘ziga xos munosabat jihatidan gipotyezalarga asoslangan. Bu gipotyezalarning kо‘pchiligidan mutlaq va nisbiy ustunlik nazariyalarida ham foydalanilgan. Farqi shundaki, ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasida avvalgidyek ikki mamlakat va ikki tovar bо‘lsa-da, tovarning biri myehnat sig‘imli, ikkinchisi kapital sig‘imli bо‘lib, ishlab chiqarish omillari ham ikkita: myehnat – L hamda kapital – K. Bundan tashqari har ikki mamlakat ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmagan. Myehnatning qiymat nazariyasi inkor etilmaydi, faqatgina qiymatning yaratilishida myehnatdan tashqari boshqa ishlab chiqarish omillari ham ishtirok etadi, dyegan fikr bilan tо‘ldiriladi. Ayni paytda mamlakat u yoki bu tovarga tо‘liq ixtisoslashmaydi va har ikki mamlakatda tyexnologiya bir xil. SHunday qilib, ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasidagi asosiy gipotyezalardan biri alohida olingan tovarning myehnat yoki kapital sig‘imliligi hamda mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi hisoblanadi.
Omillar intyensivligi (factor intensity) — ma’lum bir tovarni yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sarfini byelgilovchi kо‘rsatkich.

2-tovar 1-tovarga nisbatan kapital sig‘imliroq hisoblanadi, agar bu tovarni ishlab chiqarishda sarflangan myehnat va kapital xarajatlari nisbati 1-tovarga sarflangan xuddi shu xarajatlar nisbatidan kо‘proq bо‘lsa, ya’ni:


(K2/L2) > (K1/L1)




Omillar syerobligi (factor abundance) — mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini byelgilovchi kо‘rsatkich.

Omillar syerobligi ikki usul bilan aniqlanishi mumkin: har bir ishlab chiqarish omilining nisbiy narxlari orqali va ishlab chiqarish omillarining mutlaq miqdori orqali. II mamlakat kapital bilan yaxshiroq ta’minlangan sanaladi, agar bu mamlakatda kapital va myehnat narxlari nisbati birinchi mamlakatdagi xuddi shu nisbatdan kichikroq bо‘lsa, ya’ni kapital II mamlakatda I mamlakatga nisbatan arzonroq bо‘lsa:


(Pk*/PL*) < (Pk/PL)


Odatda kapital bahosi dyeganda foiz stavkasi, myehnat bahosi dyeganda esa ish haqi tushuniladi. Bu yerda ham gap omillari intyensivligi holatidagi kabi nisbiy kо‘rsatkichlar haqida kyetyapti.


Agar omillar syerobliligini ishlab chiqarish omillarining mutlaq miqdori bilan aniqlaydigan bо‘lsak, u holda II mamlakatda mavjud kapital umumiy hajmining ishchi kuchi umumiy hajmiga nisbati I mamlakatdagi xuddi shu nisbatdan yuqoriroq bо‘lsa, II mamlakat I mamlakatga nisbatan kapitalga boy sanaladi:

(Tk/TL) > (Tk*/TL*)


Omillar syerobliligining birinchi ta’rifi bozor muvozanatining har ikki tomoni – talab va taklifni hisobga oladi, chunki ta’rif omillar narxi orqali byerilyapti, narx esa talab va taklifning muvozanati natijasidir. Ishlab chiqarish omillari narxi u yoki bu mamlakatda ularga ega bо‘lish imkoniyati darajasini hamda uning tyexnologik rivoji saviyasini aks ettiradi. Ikkinchi ta’rif esa talabni inkor etgan holda faqatgina taklifni inobatga oladi. Taklif ham ushbu holatda juda muhim, chunki u yaratilishida ishlab chiqarish omillari foydalaniladigan pirovard tovarlarga bо‘lgan talabdan kyelib chiqyvchi hosilaviy talab hisoblanadi.


Turli ta’riflardan foydalanish ham bir xil, ham turli natijalarga olib kyelishi mumkin. Agar birinchi va ikkinchi tovarlarga har ikki mamlakatda talab bir xil bо‘lsa, har bir ta’rifdan foydalanish natijasi bir xil bо‘ladi: YAponiyada kapitalning umumiy miqdorining myehnatning umumiy miqdoriga nisbati О‘zbyekistondagiga nisbatan kamroq bо‘lgani bois YAponiya har ikki ta’rif bо‘yicha kapital syerob mamlakat hisoblanishi mumkin. Agar О‘zbyekistonga nisbatan YAponiyada kapitalga talab ortib bordi dyeb faraz qilsak, bu mamlakatda kapital taklifi nisbatan kо‘p bо‘lishidan qat’iy nazar, YAponiyada kapitalning nisbiy narxi О‘zbyekistonga nisbatan yuqori bо‘ladi. Bu vaziyatda YAponiya ikkinchi ta’rifga kо‘ra, mutlaq miqdor bо‘yicha kapital syerob, ammo nisbiy narxlarga asoslangan birinchi ta’rifga kо‘ra esa myehnat syerob mamlakat hisoblanadi, chunki bu mamlakatda myehnat narxi nisbatan arzon bо‘ladi. SHunga о‘xshash ziddiyatlarga duch kyelmaslik uchun u yoki bu mamlakatda omillar syerobligini aniqlashda birinchi ta’rifdan foydalangan ma’qulroq.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish