Parazit begona o'tlar va ularga qarshi kurashish choralari


G‘umay (Andropogon halepensis)



Download 1,05 Mb.
bet2/14
Sana29.05.2022
Hajmi1,05 Mb.
#619222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Parazit begona o\'tlar va ularga qarshi kurashish choralari

G‘umay (Andropogon halepensis) – g‘alladoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik begona o‘t. Paxta ekiladigan yerlar uchun eng zararli o‘t hisoblanadi. U maydan iyun oyigacha gullaydi va iyuldan oktabrgacha hosil beradi. G‘umay tik o‘sadi, bo‘yi 1.5 m gacha yetadi, poyasining pastki qismidan shoxlaydi. Asosan urug‘idan hamda ildiz poyalaridan ko‘payadi. G‘umay serurug‘ o‘simlik bo‘lib, har tupi 2-3 mingga yaqin urug‘ beradi. Bir tupida 1-80 ildizpoya va 800 tagacha bo‘g‘im hosil bo‘lishi mumkin. G‘umay tuzilishiga ko‘ra sudan o‘tiga juda o‘xshaydi, shuning uchun ham u sudan o‘tining ashadiy dushmani hisoblanadi.
G‘umayning yosh poya va barglarida hayvonlarni zaharlovchi sinil kislotasi va sianogen glyukozidi bo‘ladi zaxarlanish qirg‘oqchilik yillarda, ayniqsa ko‘proq kuzatiladi. Sinil kislota g‘umay qurg‘oqchil yerda o‘sganda juda yuqori darajada bo‘ladi, ammo o‘rib ikki soat so‘litib qo‘yilib, mollarga berilsa, tarkibidagi glyukozidlar parchalanib ketadi.

Sorghum halepense (L) Pers. — G‘umаy

G‘umayning ildizpoyasi sassaparili o‘simligining ildizi bilan birga har xil filitik kasalliklarini, podgara, nevralgiya va revmatizmni davolashda qo‘llaniladi. Urug‘ida esa, siydik ajratishni tezlashtiruvchi va tonik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar bor. Ildizpoyasida 27 % kraxmal, 13 % gacha shakar moddalari bo‘lganidanuni cho‘chqalar yaxshi yeyishadi. Shu sababdan g‘umay ko‘p o‘sadigan dalalarni shudgorlagandan so‘ng ildizpoyalari butunlay terib tashlanishi yoki shu maydonda cho‘chqalar boqilsa, yerdagi ildizpoya miqdorini ancha kamaytirishi mumkin. Tajribakorlar g‘umayga qarshi ko‘p yillik o‘tlar ekish yo‘li bilan ham kurashadilar. Chunki uning yer osti qismlari tuproqning qotishiga juda chidamsiz.


Mastak (lolium temulentum) –g‘alladoshlar oilasiga mansub, 40-80 sm keladigan bir yillik o‘t. Ayrim hollarda lalmi g‘alla ekinlari orasida begona o‘t sifatida o‘sadi. O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida tarqalgan. Urug‘i yordamida ko‘payadi. Urug‘i pishgunga qadar hamma chorva mollari yaxshi yeydi. Ammo urug‘i parazit. Urug‘ining tarkibida 0,06 foizgacha parazit temulin nomli alkaloid bor. Bu modda mastakning urug‘ida parazitlik qiluvchi stromantiniya temulentazamburug‘i tomonidan ishlab chiqiladi va urug‘ning parazitlik xususiyatini belgilaydi. Odatda mastak urug‘ining 96 foizidan ko‘prog‘i shu zamburug‘ bilan zararlangan bo‘ladi. Bu o‘simlikning parazitlik xususiyati Pliniy zamonasida ham ma’lum bo‘lgan. Yem uchun ishlatiladigan g‘allada mastak urug‘i bo‘lishidan ot va boshqa kavsh qaytaruvchi mollar zaharlanadilar. Bunday hayvonlarda qaltirash, nafas olishining og‘irlashuvi, bosh aylanish, kuchli bosh og‘riq kuzatiladi. Ayrim hollarda zaharlanish o‘lim bilan tugallanadi. Mastak urug‘i aralashgan g‘alla unidan qilingan nonni “mast qiluvchi non” deyiladi. Eronda shunday nonni iste’mol qilgan kishilarning zaharlanganliklari ma’lum.
Qoramug‘ (vakkariya segetalis) – chinniguldoshlar oilasiga kiruvchi, balandligi 20-40 (60) sm keladigan bir yillik begona o‘t. Barglari oddiy, bandsiz, uzunlashgan tuxumsimon yoki lansetsimon, poyada qarama-qarshi o‘rnashgan. Bargining tomirlari oqish bo‘lib, ajralib turadi. Mevasi ko‘sakcha. Aprel-may (iyul) oylarida gullab urug‘laydi. Qoramug‘ning asosiy xarakterli belgisi shuki, u faqatgina lalmi ekinlar orasida, bir-ikki yillik zayak joylarda o‘sadi. Bo‘z yerlarda, sug‘oriladigan ekinlar orasida umuman o‘smaydi. Qoramug‘ning urug‘i va ildizlari parazit hamda tarkibida 3,2-5,0 foizgacha parazit moddalari bor. Urug‘i yem-g‘allaga aralashgan bo‘lsa, hayvonlarda zaharlanish kuzatiladi. Ayniqsa tovuqlar qoramug‘ urug‘idan tez zaharlanadilar. Qoramug‘dan zaharlanishning oldini olish uchun asosan uning urug‘ini yem-g‘allaga aralashib qolishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Oqdori, kuchala (arum Korolkovin) – arumdoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 50-60 sm, piyozboshli o‘tchil o‘simlik. Tog‘li rayonlarda qoya toshlarining orasida, chirindi ko‘p to‘planadigan va doim soya bo‘lib turadigan joylarda, bo‘tazorlarning orasida o‘sadi. Barglari o‘q yoysimon uzun bandli. Gul to‘plami so‘ta, guli bir uyli, ayrim jinsli. May-iyun oylarida gullab urug‘laydi. Mevasi xomligida yashil, pishganda esa to‘q qizil rangli, xuddi gilosni cho‘pga tizganday ko‘rinadi. Piyozboshisi yassi sharsimon, bir necha qatlam yupqa eski po‘stlog‘i bilan pastki tomonidan yarim o‘ralgan holda bo‘ladi. Ildizlari 5-10 sm, juda ingichka, piyozboshining ostki tarafidan hosil bo‘ladi.
Oqdorining hamma qismlari parazit. Bargining, piyozboshisining shirasi tilga yoki badanning boshqa masalan barmoq oralariga tegsa, qizartirib, achishtiradi. Til esa 5-10 minut achchiqni ham, chuchukni ham sezmaydigan bo‘lib qoladi. Oqdori piyozboshisini turli ochiq yaralarni davolashda, chayon chaqqanda ishlatishadi. Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, oqdorining tarkibibida saponinglyukozid xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar bor. Ammo uning tarkibi hali chuqur o‘rganilgan emas.Mahalliy xalq oqdori piyozboshisini tulki, itlarni zaharlashda ishlatishadi.
Itsigak (anabazis afilla) - sho‘radoshlar oilasiga kiruvchi, balandligi 30-57 sm li chalabuta. Novdasining asosiy qismi yog‘ochlangan, yas’hal shirali. Barglari qipiqsimon, chetlari yupqa oq pardali, guli yakka yoki boshoqsimon gul to‘plamida joylashgan. Iyul-sentabr oylarida gullab, urug‘laydi. Itsigak sho‘rxok, taqir, sho‘r yer osti suvlari yaqin, qumli yerlarda yaxshi o‘sadi. Tabiiy sharoitda ildiz bachkilari hosil qilish yo‘li bilan ko‘payadi. Itsigakning o‘sishi sho‘r yer osti suvining 3-4 m chuqurlikda joylashganligini ko‘rsatadigan belgidir. Bu esa gidrogeologik qidirishlar olib borishda katta ahamiyatga ega.
Itsigakning yosh, bir yillik novdalarida anabazin, afillin, afillidin lupinin kabi, hammasi bo‘lib 4 foizdan ko‘proq alkalloidlar bor. Ularning hammasi parazit moddalardir. Parazit moddalar may-iyun oylarida ko‘p (3-4 %), sentabr-oktabrda esa oz (1,5-1,0 %) bo‘ladi.
Itsigakdan zaharlangan hayvonlarda qo‘rqib qadam tashlash, orqa oyoqlariga o‘tirib qolish, boshni noto‘g‘ri tutish, ich ketish va qorinni biroz shishishi kuzatiladi. Zaharlanganlik alomatlari sezilsa, chorva mollariga tezda ayron ichirish kerak, ana shunda ularni o‘limdan asrab qolish mumkin.
Anabazin moddasining ta’siri xuddi nikotinning ta’siriga o‘xshash va juda kuchli insektisid xossaga ega. Shu sababdan uning birikmalaridan anabazin sulfat qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish uchun ishlatiladi. Bu modda hasharotlar tanasiga singib ketadi va nafas olish a’zolarini ishdan chiqaradi.
Itsigak yashil novdalarining qaynatmasi hayvonlarning teri kasalliklarini davolashda, ildizlarining qaynatmasi esa, o‘pka silini davolashda ishlatiladi.
Qo‘ylarning itsigakdan zaharlanishining oldini olish uchun mollar och vaqtida itsigak ko‘p o‘sgan yaylovlarda boqilmasligi, chorva mollarini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirganda itsigakzorlardan olib o‘tmaslik tavsiya etiladi. Yaylovlardan to‘g‘ri, rasional foydalanish itsigakning ortiqcha ko‘payib ketishining oldini oluvchi omillardandir, aks holda o‘simlik qoplamida unga konkurentlik qiladigan o‘tlar butunlay yo‘qolib, minglab gektar serhosil yaylovlar foydalanib bo‘lmas darajaga tushib qolishi mumkin. Uning ildizbachkilaridan ko‘paya olishi esa, ayrim hollarda katta maydonlarda itsigakzorlar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Uchma (seratosfalus falkatus, sortoseras) – ayiqtovondoshlar oilasiga kiruvchi, 3-10 sm keladigan bir fillik efemer o‘t. Baroglari bandli, uch tilimli, kumush rang tukli. Poyasi nozik, bargsiz. Gullari mayda, och sariq rangli, mevalari tikanli boshcha hosil qilib joylashgan. Mart-aprel (may) oylarida gullab, urug‘laydi. Uchma o‘zbekistonning hamma viloyatlarida loytuproqli, qumli, shag‘al toshli yerlarda, cho‘l, adir poyaslarida ko‘p tarqalgan. Ayniqsa qishloq atroflarida, tashlandiq joylarda, kultepalarning atroflarida ko‘p o‘sadi. Uning ikkita turi bo‘lib, ular juda o‘xshash, ammo mevasi tumshuqchasining shakli bilan bir-biridan farq qiladi. Birida mevaning tuxumchasi to‘g‘ri (seratosfalus ortoseras bo‘lsa, ikkinchisi esa o‘roqsimon egri (seratosefalus falkatus) shaklida bo‘ladi.
Uchma kuchli parazit o‘t. Uning parazitligi tarkibidagi anemonin moddasiga bog‘liq. U asosan g‘unchalash va gullash davrida parazit bo‘ladi. Erta bahorda yaylovlarda boshqa o‘tlar bilan birga uchma ham o‘sib chiqadi. Qo‘ylar uni boshqa o‘tlar bilan yeyishi natijasida zaharlanish yuz beradi. Adabiyotlarga ko‘ra Turkmanistonda har yili bir necha minglab qorakul qo‘ylar uchmadan zaharlanib o‘lgan. Urug‘lanish paytidan boshlab uchmaning uchmaning parazitligi kekin kamayadi va qurigan vaqtida butunlay zararsiz bo‘lib qoladi. Chunki bu paytda parazit moddalarning miqdori 1,43-1,57 foizdan 0,31 foizgacha kamayadi. Zaharlanishning dastlabki bosqichlarida biron bir ko‘zga tez tashlanadigan belgini ko‘rish qiyin, keyingi bosqichlari esa juda og‘ir o‘tadi va hayvonning o‘lishi bilan tugaydi. Zaharlangan qo‘ylarda aktivlik kamayadi, o‘rnidan qo‘zg‘almaydi, oldingi oyoqlari bukilib yiqiladi, ko‘z soqqasi kengayadi, nafas olishi ancha qiyinlashadi. Bu belgilar zaharlanishning eng oxirgi stadiyalaridir. Shu sababdan ham uchma bilan zaharlangan qo‘ylarni davolash ancha qiyin.
Uchmaning parazit moddalari medisinada dori siftida ishlatiladi. Undan ekzema, yiringlashgan yaralarni davolashda, shishni tez qaytarishda foydalaniladi. Ammo barg va poyalarning shirasi badanning yupqa, nozik terili joylariga tegsa, xuddi ekzemaga o‘xshash ancha qiyin tuzaladigan yara hosil qiladi.
O‘q ildizlilar. Bu tur begona o‘tlarning asosiy ildizi o‘q ildiz bo‘lib, tuproqda 2 m dan 5 m gacha chuqurlikka kirib boradi. Asosiy ildizlaridan qo‘shimcha ko‘p yon ildizlar chiqadi. O‘q ildizlilar guruhiga otquloq, sachratqi, oqquray, kampirchopon, qoqio‘t, izen, ermon kabilar kiradi.
Oqquvray (Salsola kali auct non L) – Dukkaklilar oilasiga mansub. Dukkakli ekinlar orasida ko‘p o‘sadi, bo‘yi 180 sm ga yetadi. Doni parazit, urug‘ining unib chiqish qobiliyati juda yaxshi. Ildizidan ham ko‘payadi. Oqquray asosan lalmi joylarda bug‘doy va arpapoyalarda o‘sadi. Oqquray gullab turgan paytda bo‘g‘oz qo‘ylar iste’mol qilsa, ular bola tashlaydi. Oqquray ko‘p yillik bo‘lgani uchun har yili ildizlaridan qayta o‘sib chiqadi. Oqqurayning qurigan poyalari hayvonlar uchun oqsilli ozuqa hisoblanadi, sug‘oriladigan maydonlarda uchramaydi.
Adabiyotlar sharhidan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonning oqquvrayzorlardan oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish xalq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi. Tajribalardan shu narsa ma’lumki, oqquvrayning ildizi kesilganda, uning qaytadan o‘sish qobiliyati ancha kuchli bo‘ladi. Uning ildizi 5,10,15 sm chuqurlikda kesib tashlansa, tuproqda qolgan qismidan 7-12 (20) tagacha yangi qo‘shimcha yer osti poyalari hosil bo‘ladi. Agarda ildiz 25-35 sm chuqurlikda kesilsa, uning qayta o‘sishi (regenerasiya), aksincha, ancha sekin, qo‘shimcha poyalar 3-4 (6) tagina hosil bo‘ladi. Diametri 1 sm dan kam bo‘lgan ildizlar esa kesilganda butunlay qayta o‘sa olmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlaridan foydalanib, lalmi ekinlar ekiladigan yerlarda oqquvrayga qarshi agrotexnik yo‘l effektiv kurash olib borish mumkin.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish